Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Raqobatbardosh yuqori sifatli nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va turlarini kengaytirishni ragʻbatlantirish, ichki isteʼmol bozorini ular bilan yanada toʻliqroq boyitish, tayyor nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqaruvchi yangi mahalliy korxonalarni tashkil etish hamda mavjudlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, buning asosida aholi bandligini taʼminlash, insonlarning daromadlari va farovonlik darajasini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan manfaatdor xoʻjalik birlashmalari va korxonalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2009 — 2011-yillarda 1-ilovaga muvofiq maqsadli parametrlarga erishishni nazarda tutgan holda nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” kompaniyasi, “Oʻzbekcharmpoyabzali” va “Oʻzeltexsanoat” uyushmalari hamda boshqa manfaatdor idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida:
ikki oy muddatda 2009 — 2011-yillarda nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan korxonalar faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish, jumladan yangi moddiy-texnika bazasini barpo etish va mavjud bazani modernizatsiyalash yuzasidan binolar va yer uchastkalari ajratish, barcha zarur hujjatlar kadastr boʻyicha rasmiylashtirilishi, qurilish va kapital rekonstruksiya qilishga ruxsatnomalar berish kabi va boshqa ishlarni taʼminlasin.
3. 2018-yil 1-yanvargacha boʻlgan davrda 2-ilovaga muvofiq nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarga quyidagi koʻrinishda soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalari berilsin:
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun foyda soligʻi va mulk soligʻi, yagona soliq toʻlovlari, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha import qilinadigan, shu jumladan vositachilik shartnomalari asosida olib kelinadigan, nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo hamda materiallarni bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 584-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan roʻyxatiga kiritilmagan nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini oʻzi uchun ishlab chiqarishda zarur boʻlgan xom ashyo, materiallar va furnituralarni import qilishda bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab, bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) 60 kungacha boʻlgan muddatga uzaytirish.
2-ilovaga muvofiq nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan korxonalar jumlasiga sotuv umumiy hajmida ushbu tovarlarni ishlab chiqarishdan tushum ulushi hisobot davri yakunlari boʻyicha kamida 60 foizini tashkil etadigan korxonalar kiradi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga muvofiq 3-bandning amal qilish muddati 2016-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilgan.
4. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlar yangi ishlab chiqarishlarni barpo etishga, shuningdek faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishda zarur boʻladigan xom ashyo va materiallar xarid qilishga, kiritilgan investitsiyalarni qoplash, jumladan kreditlarni toʻlashga yoʻnaltiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Berilgan imtiyozlardan boʻshaydigan mablagʻlar maqsadga nomuvofiq foydalanilgan taqdirda, ushbu mablagʻlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalarini hisobga olgan holda toʻliq hajmda davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi bir oy muddatda mazkur qarorda nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash, ularning berilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoniga muvofiq tuzilgan Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishining monitoringi hamda nazorati boʻyicha Ishchi guruhiga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining ijobiy xulosasi boʻlgan taqdirda, ichki isteʼmol bozorida tarkib topgan konyunkturani hisobga olgan holda ushbu qarorning 2-ilovasiga kiritilgan nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarining tovar guruhlari roʻyxatiga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Ishchi guruhi (R.S. Azimov) 1-ilovada, eng avvalo, 2-ilovada tasdiqlangan nooziq-ovqat tovarlariga istiqbolda boʻladigan talab-ehtiyojlarni oʻrganishga alohida eʼtibor qaratsin, ushbu tovarlarga isteʼmolchilar tomonidan barqaror kafolatlangan buyurtmalar boʻlgan taqdirdagina ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
7. “Oʻzstandart” agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda xalqaro talablarga muvofiq standartlarni ishlab chiqishda, nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarda sifatni boshqarish tizimlarini tezkor joriy etishda koʻmaklashsin, shuningdek ushbu korxonalarning standartlashtirish va sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish masalalariga masʼul xodimlari oʻqitilishini tashkil etsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-yanvar,
PQ-1050-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-yanvardagi PQ-1050-son qaroriga
1-ILOVA
2009 — 2011-yillarda nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish hajmlarining
MAQSADLI PARAMETRLARI

T/r

Mahsulot nomi

Oʻlchov birligi

Yillar kesimida ishlab chiqarish hajmi

2009-yil

2010-yil

2011-yil

I. Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlariga kundalik ehtiyoj

1.

Tayyor matolar, jami

mln kv. m

55,3

115,8

179,8

shu jumladan:

1.1.

Shundan ip gazlamalar:

mln kv. m

54,1

97,0

137,8

koʻylakbop (erkaklar)

mln kv. m

3,0

10,0

20,0

koʻylakbop (ayollar)

mln kv. m

43,3

68,3

85,0

1.2.

Aralashma matolar

mln kv. m

8,0

21,0

1.3.

Shoyi matolar

mln kv. m

4,0

7,0

2.

Tayyor tikuvchilik buyumlari, jami

mln dona

12,5

21,0

30,9

2.1.

shu jumladan bolalar va oʻsmirlar tikuvchilik buyumlari

mln dona

5,8

9,2

14,0

3.

Trikotaj buyumlar

mln dona

32,5

33,9

35,2

4.

Paypoq buyumlar

mln juft

10,0

25,0

43,4

5.

Bosh kiyimlar

mln dona

3,0

5,0

7,0

6.

Poyabzal, jami

mln juft

3,8

5,6

7,5

6.1.

shu jumladan bolalar poyabzali

mln juft

1,8

2,7

3,4

7.

Attorlik buyumlari, jami

mlrd soʻm

13,9

35,8

72,3

shu jumladan:

7.1.

Toʻqimachilik attorlik buyumlari

mlrd soʻm

0,5

10,7

28,7

7.2.

Metall-attorlik buyumlari

mlrd soʻm

1,0

3,9

8,8

7.3.

Plastmassa-attorlik buyumlari

mlrd soʻm

4,0

9,7

18,6

7.4.

Charm-attorlik buyumlari

mlrd soʻm

8,4

11,5

16,2

8.

Parfyumeriya-kosmetika tovarlari

mlrd soʻm

50,1

76,0

109,5

9.

Xoʻjalik mollari va uy-roʻzgʻor buyumlari

mlrd soʻm

24,7

42,9

84,5

10.

Madaniy-maishiy buyumlar

mlrd soʻm

7,1

10,1

13,1

II. Uzoq muddat foydalaniladigan nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari

11.

Televizorlar

ming dona

290,0

330,0

360,0

12.

Sovutkichlar va muzlatkichlar

ming dona

90,0

145,0

225,0

13.

Kir yuvish mashinalari

ming dona

30,0

45,0

60,0

14.

Konditsionerlar

ming dona

54,0

75,0

95,0

15.

Kompakt-disklar qurilmasi

ming dona

160,0

224,0

253,0

16.

Elektr dazmollar

ming dona

10,0

11,0

12,0

17.

Elektr choynaklar

ming dona

20,0

25,0

50,0

18.

Statsionar telefon apparatlari

ming dona

5,0

15,0

30,0

 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-yanvardagi PQ-1050-son qaroriga
2-ILOVA
Ishlab chiqarilganda soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etiladigan nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari guruhi
ROʻYXATI
1. Tayyor ip-gazlama matolari (chit va satindan tashqari)
2. Tayyor aralashma matolar
3. Tayyor shoyi matolar (atlasdan tashqari)
4. Poyabzal va uni ishlab chiqarish uchun materiallar
5. Tayyor tikuvchilik mahsulotlari, tayyor kiyimlar (tikuvchilik, trikotaj va charm buyumlar)
6. Bosh kiyimlar (milliy bosh kiyimlardan tashqari)
7. Paypoq mahsulotlari
8. Toʻqimachilik-attorlik buyumlari
9. Metall-attorlik buyumlari
10. Plastmassa-attorlik buyumlari
11. Charm-attorlik buyumlari
12. Parfyumeriya-kosmetika tovarlari, sanitariya va shaxsiy gigiyena tovarlari
13. Metall idishlar va oshxona anjomlari
14. Elektr-yoritish jihozlari
15. Mebel uchun furnitura
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 37-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda; 2012-y., 52-son, 587-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; 2015-y., 52-son, 646-modda; 2016-y., 51-son, 584-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)