Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.03.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KIRIShDA IMPORT BOJXONA BOJI VA QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻIDAN OZOD QILINADIGAN TEXNOLOGIK JIHOZLAR, BUTLOVChI BUYuM VA EHTIYOT QISMLAR ROʻYXATIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 23-sentabrda 1802-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-fevraldagi 21, 16, 3, 01-02/8-44-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2436, 20.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son Farmonining 5-bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 11-son, 96-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 27-martdagi PQ-823-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 14-15-son, 98-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 2-maydagi 52, 46, EG-01/19-2784 va 01-02/8-38-son qarori (2008-yil 3-may, roʻyxat raqami 1802 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 19-son, 163-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Roʻyxatining oʻzbek tilidagi matniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-sentabr,
58-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-sentabr,
94-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-sentabr,
EG-01/10-5084-son
Davlat bojxona qoʻmitasining raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-sentabr,
01-02/8-53-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 15-sentabrdagi 58-son, 94-son, EG-01/10-5084-son, 01-02/8-53-sonli qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar roʻyxatining oʻzbek tilidagi matniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Ikkinchi grafaning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“TIF TN kodi (2007-yil versiyada)”.
2. 81-banddagi “8704 23 910 0” raqami “8704 23 910” raqami bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 399-modda)