Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TOMONIDAN RATIFIKATSIYA QILINGAN IShGA QABUL QILISh UChUN ENG KIChIK YoSh TOʻGʻRISIDAGI KONVENSIYANI HAMDA BOLALAR MEHNATINING OGʻIR ShAKLLARINI TAQIQLASh VA YOʻQ QILIShGA DOIR ShOShILINCh ChORALAR TOʻGʻRISIDAGI KONVENSIYANI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiya hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiya ratifikatsiya qilinishi munosabati bilan hamda bolalar mehnati masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning xalqaro va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejasi (keyingi oʻrinlarda Milliy harakatlar rejasi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan konvensiyalar, shuningdek Milliy harakatlar rejasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha vazirliklar, idoralar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi zimmasiga yuklansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda korxonalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan bolalarni mehnatga majbur qilishga yoʻl qoʻymaslik va ular tomonidan voyaga yetmaganlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan mehnat normalari va sharoitlariga rioya qilinishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlasinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga respublika hududida Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiya hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiya talablariga soʻzsiz rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish tavsiya etilsin.
4. Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi Milliy harakatlar rejasi bajarilishi muntazam ravishda koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-iyundagi 385-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 539-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Milliy harakatlar rejasi toʻgʻrisidagi axborotni manfaatdor xalqaro tashkilotlarga maʼlum qilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 12-sentabr,
207-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-sentabrdagi 207-son qaroriga
ILOVA
Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish boʻyicha
MILLIY HARAKATLAR REJASI
T/r‎ Tadbirlar nomi‎ Amalga oshirish mexanizmi*‎ Bajarish muddati‎ Masʼul ijrochilar‎
I. Bolalar mehnatidan noqonuniy foydalanishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan nazoratni amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
1.‎ Oʻzbekiston Respublikasida ishga qabul qilish uchun belgilangan eng kichik yoshga koʻrsatmani nazarda tutuvchi Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiyaning ratifikatsiya qilinganligi haqidagi hujjatga ilova qilinadigan bayonotni ishlab chiqish va Xalqaro Mehnat Tashkilotiga (keyingi oʻrinlarda XMT deb yuritiladi) yuborish.‎ Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiya ratifikatsiya qilinganligi haqidagi hujjatga ilova qilinadigan bayonot‎ 2008-yil III chorak ‎ Tashqi ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi‎
2.‎ Qonun hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish va bolalarni Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyada belgilangan bolalar mehnatining ogʻir shakllariga jalb etganlik uchun, shuningdek 18 yoshga yetmagan shaxslarga nisbatan mehnat qonunchiligini buzganlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslarning, shu jumladan ota-onalarning javobgarligini belgilash va kuchaytirish boʻyicha takliflar tayyorlash.‎ Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari‎ 2009-yil II chorak ‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Adliya vazirligi ‎
3.‎ Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʻyxatini qayta koʻrib chiqish.‎ Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirishlar kiritish‎ 2009-yil II chorak ‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi‎
4.‎ Bolalar mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek uning ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilish masalalarini voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar majlislarida koʻrib chiqish.‎ Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar qarorlari‎ Har yili‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar
5.‎ 16 yoshgacha boʻlgan bolalarni ishga qabul qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.‎ Idoraviy normativ-huquqiy hujjat‎ 2008-yil IV chorak ‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi‎
6.‎ Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiya hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiya talablarini hisobga olgan holda, 18 yoshdan kichik boʻlgan shaxslarning ogʻir yuklarni koʻtarish va koʻchirishdagi mavjud normativlarni koʻrib chiqish va zarur boʻlganda ularga oʻzgartirishlar kiritish. ‎ Idoraviy normativ-huquqiy hujjat‎ 2008-yil IV chorak ‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi‎
7.‎ Oʻquvchilarning respublika korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.‎ Hukumat qarori loyihasi‎ 2008-yil IV chorak ‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi ‎
8.‎ Oilaviy biznes va hunarmandchilik faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni, ularda oʻn sakkiz yoshga yetmagan shaxslarning ishtirok etishi tartibini nazarda tutgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash.‎ Hukumat qarori loyihasi‎ 2009-yil II chorak ‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi‎
II. Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirishni nazorat qilish va monitoringini olib borish
9.‎ Korxonalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan bolalarni mehnatga majbur qilishga yoʻl qoʻymaslik va ular tomonidan voyaga yetmaganlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan mehnat normalari va sharoitlariga, shuningdek Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiya hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqla� va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiya talablariga rioya qilinishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash.‎ Tadbirlar rejasi‎ Tasdiqlash — 2008-yil sentyabr

‎Amalga oshirish — doimo ‎
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
10.‎ Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh va oʻn sakkiz yoshdan kichik boʻlgan yoshlarning mehnat sharoitlari boʻyicha mehnat qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash.‎ Qonun hujjatlariga muvofiq rejali va rejadan tashqari tekshirishlar‎ Qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan muddatlarda ‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ‎
11.‎‏ Har bir taʼlim muassasasi darajasida oʻquvchilarning mashgʻulotlarga doimiy ravishda qatnashmasligining har bir holatini koʻrgazmali muhokama qilgan holda oʻquvchilarning oʻquv mashgʻulotlaridagi davomati yuzasidan nazoratni taʼminlash.
Taʼlim muassasalari rahbarlarining oʻquvchilar kontingentini saqlash va ularning davomati yuzasidan shaxsiy javobgarligini belgilash.
Ijrochilarning qoʻshma qarori‎ Qaror qabul qilish — 2008-yil sentyabr

‎‎‎‎Amalga oshirish — doimo
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Yoshlar ittifoqi
12.‎ Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar oʻquvchilarining majburiy mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan monitoring va nazoratni amalga oshirish. ‎ Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qoʻshma qarori‎ Qaror qabul qilish — 2008-yil sentyabr

‎‎Amalga oshirish — doimo ���
Xalq taʼlimi vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar ittifoqi
13.‎ Oʻquv muassasasiga qatnamaydigan bolalarning ota-onalariga jamoat taʼsirini koʻrsatish va bolalarni oʻqishga qaytarish maqsadida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ana shunday bolalar bilan ishlashini kuchaytirish.‎ Ijrochilarning qoʻshma qarori‎ Qaror qabul qilish — 2008-yil sentyabr

‎‎Amalga oshirish — doimo ‎
Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, “Mahalla” jamgʻarmasi‎
14.‎ Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududlarida (yakka tartibdagi qurilish, hunar-mandchilik sohasida va iqtisodiy faoliyatning boshqa turlarida) bolalarning majburiy mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan jamoat nazoratini amalga oshirish.‎ Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori‎ Qaror qabul qilish — 2008-yil oktyabr

‎‎Amalga oshirish — doimo ‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi‎
15.‎ Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-maydagi 106-son qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan aholi bandligini doimiy ravishda oʻrganish doirasida band boʻlgan 18 yoshgacha boʻlgan shaxslar soni toʻgʻrisida maʼlumotlar olinishini taʼminlash. ‎ Tadbirlar rejasi‎ Tasdiqlash — 2008-yil sentyabr

‎‎Amalga oshirish—belgilangan muddatlarda ‎
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ‎
16.‎ Amaldagi davlat statistika hisoboti doirasida 18 yoshgacha boʻlgan xodimlar sonini hisobga olishni taʼminlash.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qarori‎ 2008-yil IV chorak ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ‎
17.‎‏ Bolalar mehnati masalalari boʻyicha bandlikning norasmiy sektorini oʻrganishni oʻtkazish metodikasini ishlab chiqish. Metodika 2009-yil II chorak Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

Bolalar mehnati masalalari boʻyicha bandlikning norasmiy sektorini oʻrganishni oʻtkazish.

‎Oʻrganishlarni oʻtkazish ‎ ‎Har yili ‎‎
18.‎ Notinch oilalardagi bolalar ahvolining doimiy monitoringini amalga oshirish. ‎ Tadbirlar rejasi‎ Tasdiqlash — 2008-yil sentyabr

‎Amalga oshirish — doimo ‎
Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar, Xalq taʼlimi vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Yoshlar ittifoqi
19.‎ Bolalarning mehnat sohasidagi huquqlari buzilishi toʻgʻrisida kelib tushayotgan xabarlarga qonun hujjatlari doirasida oʻz vaqtida munosabat bildirish maqsadida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, shuningdek uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida bolalar mehnati masalalari boʻyicha doimiy faoliyat yuritadigan “Ishonch” telefonlarini tashkil etish.‎ Vazir buyrugʻi‎ 2008-yil sentyabr ‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ‎
20.‎‏ Paxta yigʻim-terimi ishlarida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining majburiy mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan joylarda monitoring olib borish uchun ishchi guruh tashkil etish. Ishchi guruh tarkibi va harakatlar rejasi‎‏ 2008-yil sentyabr, keyinchalik har yili––avgust Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
‎Paxta yigʻim-terimi ishlarida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining majburiy mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan joylarda monitoring olib borish. ‎ Har yili— avgust-noyabr
‎Monitoring natijalari toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnomani tegishli takliflar bilan birga Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Har yili —
‎‎10-sentabr,
‎‎10-oktabr,
‎10-noyabr,
‎10-dekabr ‎
21.‎ Jamoa shartnomalarini, ularga yoshlarga nisbatan, ayniqsa oʻn sakkiz yoshdan kichik boʻlgan shaxslarga nisbatan mehnat qonunchiligida va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlar va qoʻshimcha kafolatlarga rioya qilishni, shuningdek ularning ishlab chiqarishda ijtimoiy muhofazasi taʼminlanganligini kafolatlaydigan maxsus qoidalarni kiritgan holda qayta koʻrib chiqish. ‎ Jamoa shartnomasi tuzish boʻyicha tavsiyalar‎ 2008-yil IV chorak ‎ Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Mehnat va a�olini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi‎
III. Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish masalalari boʻyicha keng axborot-tushuntirish ishlari olib borish
22.‎ Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiya hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiya mazmunini tushuntirgan holda ommaviy axborot vositalarida axborot materiallari eʼlon qilish.‎ 2008-2009-yillar uchun ommaviy axborot vositalarida yoritish dasturi ‎ Tasdiqlash — 2008-yil sentyabr

‎Amalga oshirish — 2008-2009-yillar
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati‎
23.‎ Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiya hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiya mazmunini tushuntirib beradigan axborot materiallari (risolalar, bukletlar)ni ish beruvchilar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasida tarqatish.‎ Axborot materiallarini ishlab chiqish va nashr etish qoʻshma rejasi‎ Tasdiqlash — 2008-yil sentyabr

‎‎Amalga oshirish — 2008-2009-yillar
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, XMT**, YUNISEF**
24.‎ Ota-onalarni bolalar mehnatining ogʻir shakllari oqibatlari toʻgʻrisida maqsadli xabardor qilishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish.‎ Chora-tadbirlar kompleksi‎ Tasdiqlash — 2008-yil oktyabr

‎‎Amalga oshirish — doimo ‎
Xalq taʼlimi vazirl�gi, Oʻrta maxsus, kasb-hun?r taʼlimi markazi, XMT**, YUNISEF**
25.‎ Xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuniga bagʻishlangan “davra suhbati” tashkil etish.‎ Bolalar mehnati muammolarini keng muhokama qilish ‎ 2009-yildan boshlab har yili 12-iyulda‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, vazirliklar va idoralar‎
26.‎ Manfaatdor xalqaro tashkilotlar uchun respublika tomonidan bolalar mehnatining ogʻir shakllariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar masalalari boʻyicha yillik maʼruzalar tayyorlash. ‎ Xalqaro jamoatchilikni bolalar mehnatining ogʻir shakllarini yoʻq qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida xabardor qilish‎ Har yili 1-fevralgacha ‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, YUNISEF**, XMT**, PROON**
27.‎ Bolalar mehnati masalalari boʻyicha xalqaro konferensiyalarda Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtirokini taʼminlash va ushbu masalalar boʻyicha Oʻzbekiston munosabatini xalqaro jamoatchilikka yetkazish. ‎ Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini yoʻq qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida xalqaro jamoatchilikni xabardor qilish‎ Belgilangan tartibda kelishuv boʻyicha‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Bosh prokuratura, XMT**, YUNISEF**, PROON**‎
28.‎ 2010-yildan boshlab kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy oʻquv yurtlarida oʻquv rejalari va oʻquv dasturlariga “Biznes bilan tanishish” va “Mehnat huquqi” oʻquv modullarini joriy etish.‎ Chora-tadbirlar kompleksi‎ Tasdiqlash—2008-yil oktyabr

‎‎‎Amalga oshirish — 2008-2009-yillar
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Savdo-sanoat palatasi, XMT**
29.‎ Qishloq xoʻjaligi ishlarini amalga oshirishda bolalarning majburiy mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida qoʻshma bayonot qabul qilish.‎ Ijrochilarning qoʻshma bayonoti‎ 2008-yil III chorak ‎ Fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ‎
IV. Bolalar mehnatining ogʻir shakllariga yoʻl qoʻymaslikka yoʻnaltirilgan xalqaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirish
‎‏30. Oʻzbekiston Respublikasining XMTning Bolalar mehnatiga barham berish boʻyicha Dasturi (IPEK)ga qoʻshilishi yuzasidan takliflar ishlab chiqish va kiritish.‏Mamlakatimizda XMT IPEK faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish.‎ Tadbirlar rejasi, Oʻzaro tushunish toʻgʻrisidagi Memorandum loyihasi 2009-yil II chorak Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi
31.‎ Bolalar huquqlarini himoya qilish va bolalar mehnatining ogʻir shakllariga yoʻl qoʻymaslik masalalari boʻyicha:
‎‎— mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, xalq taʼlimi organlari (umumtaʼlim maktablari rahbarlari) va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun;
‎— bolalar huquqlarini taʼminlash va bolalar mehnati muammolarini yoritadigan ommaviy-axborot vositalari jurnalistlari va muharrirlari uchun;
‎‎— kasaba uyushmalari tashkilotlari rahbarlari uchun trening va seminarlar turkumini tashkil etish.
YUNISEF, XMT, PROON va Osiyo taraqqiyot banki moliyaviy koʻmagida oʻtkaziladigan trening va seminarlar dasturi‎ Tasdiqlash — 2008-yil oktyabr

‎‎‎Amalga oshirish— 2008––2009-yillar
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, YUNISEF**, XMT**, PROON**, Osiyo taraqqiyot banki**
32.‎ Mamlakatimiz mintaqalarida tumanlar va shaharlar hokimlari oʻrinbosarlari uchun bolalar huquqlarini taʼminlash va ularni mehnatning ogʻir shakllaridan muhofaza qilish masalalari boʻyicha treninglar oʻtkazish. YUNISEF tomonidan moliyalashtiriladigan treninglar dasturi‎ 2008––2009-yillar‎ Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, YUNISEF**
33.‎ Fermyerlar oʻrtasida qishloq xoʻjaligi ishlariga qatnashishga bolalarni jalb etishda qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik masalalari boʻyicha axborot-tushuntirish ishlari oʻtkazish.‎ Axborot-tushuntirish ishlari jadvali, dasturi‎ Tasdiqlash — 2008-yil sentyabr

‎Amalga oshirish — 2009-yil ‎
Fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, YUNISEF**
34.‎ Bolalar huquqlarini taʼminlash, shu jumladan mehnat sohasida taʼminlash va bolalar mehnatining ogʻir shakllariga yoʻl qoʻymaslik masalalari boʻyicha axborot materiallari (plakatlar, postyerlar) ishlab chiqish va oʻquv yurtlarida tarqatish.‎ YUNISEFning moliyaviy ishtirokida nashr prospekti va ishlab chiqish jadvali‎ 2009-yil‎ Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, YUNISEF**‎
35.‎ “Bolalarning muhofazalanganligini taʼminlaydigan muhitni qoʻllab-quvvatlash” loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlash, unda:
‎— kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni;
‎— infratuzilmani va hayotda ogʻir vaziyatlarga tushib qolgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash metodlarini takomillashtirishni nazarda tutish.
‎Ushbu loyihani aholi farovonligini oshirish mintaqaviy strategiyalariga joriy etish. ‎
Loyihani amalga oshirish dasturi, moliyaviy hujjatlar‎ Ishlab chiqish — 2009-yil 1-yanvargacha

‎Amalga oshirish — 2009-2010-yillar ‎
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, YUNISEF, Osiyo taraqqiyot banki, PROON‎
36.‎ Mintaqaga maqsadli donor mablagʻlarini jalb qilgan holda Orolboʻyi mintaqasida yashayotgan bolalarning farovonligini oshirish uchun qulay muhit yaratishni nazarda tutadigan 2009-2010-yillar uchun “Orol bolalari” xalqaro dasturini ishlab chiqish. ‎ Dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida Hukumat qarori‎ Ishlab chiqish — 2009-yil II chorak

‎Amalga oshirish — 2009-2010-yillar ‎
Orol genofondini himoya qilish jamgʻarmasi, YUNISEF**, PROON**, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm va Buxoro viloyatlari hokimliklari ‎
37.‎ Kam taʼminlangan oilalar uchun bolalar mehnatiga iqtisodiy muqobil choralar sifatida, shu jumladan aholining oʻzini oʻ�i ish bilan band qilishi?a koʻmaklashish maqsadida ayniqsa uzoq qishloq va togʻli tumanlarda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va mavjud ish oʻrinlari samaradorligini oshirish boʻyicha innovatsiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.‎ Ijrochilar tomonidan tasdiqlangan dasturlar‎ 2009––2010-yillar‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Osiyo taraqqiyot banki, PROON, xalqaro donor tashkilotlar ‎
Izohlar.
* Milliy harakatlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish ijrochilar mablagʻlari va xalqaro tashkilotlardan jalb qilinadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
** Moliyaviy yordam, konsultatsiya berish, kelishilgan qoʻshimcha dasturlarni amalga oshirish.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 377-modda; 2017-y., 25-son, 539-modda, 37-son, 996-modda)