Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.04.2016
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
SOLIQ TOʻLOVChILARGA NOL DARAJALI STAVKANI QOʻLLASh NATIJASIDA HOSIL BOʻLGAN QOʻShILGAN QIyMAT SOLIGʻINING ORTIQChA SUMMASINI QAYTARISh TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 16-mayda 1807-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 3-martdagi 10, 2016-06-sonli “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2775, 07.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror (roʻyxat raqami 1807, 2008-yil 16-may) rasmiy sharhga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 228-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-aprel,
44-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-aprel,
2008-23-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 30-apreldagi 44, 2008-23-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 227 va 228-moddalariga muvofiq soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish tartibini belgilaydi.
§ 1. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda qoʻshilgan qiymat soligʻi (keyinchalik — QQS)ning ortiqcha summasi deganda haqiqatda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun toʻlangan (toʻlanadigan) QQS summasining nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan oborotlar uchun ishlatiladigan qismi uchun hisoblab yozilgan summasidan oshib ketishi tushunilishi kerak.
2. QQS summasini qaytarilishi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 207-moddasiga asosan toʻlanishi kerak boʻlgan QQS summasini (Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan taqdim qilingan ishlar va xizmatlar boʻyicha QQS summasini) qoplashga;
korxonaning boshqa soliqlardan boʻlgan qarzlarini qaytarishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 228-moddasiga muvofiq, soliq toʻlovchilarning bankdagi hisob raqamlariga pul mablagʻlarini oʻtkazib berish.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 8-yanvardagi 3, 2009-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1807-1, 15.01.2009-y.) — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 16-modda)
3. Soliqlar boʻyicha qarzdorlikni qoplash hisobiga QQS summasini qaytarishni tegishli moliya organlari davlat soliq xizmati organlari tomonidan korxonalarning yozma arizalariga asosan qaytarish boʻyicha xulosa taqdim qilingandan soʻng amalga oshiradilar.
Soliqlar boʻyicha qarzdorlik, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 207 moddasiga muvofiq, QQS toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni hisobga olgan holda soliqlar boʻyicha qarzlarni yopish hisobiga QQS summasini qaytarish, QQSning ortiqcha summasi doirasidagi mablagʻlar summalarini boshqa soliq turlari boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 23-moddasiga muvofiq aniqlangan mavjud qarz miqdorida jismoniy shaxslarning daromad soligʻini hisobga olmagan holda yoʻnaltirish yoʻli bilan zarurat tugʻilgan holda maxsus 23202-son hisobvaraqdan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Korxonaning hisob raqamiga QQSning qaytariladigan summasini oʻtkazishni tegishli moliya organlari 23402 balans hisob raqamidan QQS uchun shartli hisobvaraq raqami (ShHR)dan amalga oshiradilar. Mablagʻ oʻtkazish budjetga tushadigan QQS ning joriy tushumlaridan, ushbu tushumlarning respublika budjeti va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda mahalliy budjetlarga taqsimlanguniga qadar amalga oshiriladi.
4. Soliqlardan qarzi boʻlmagan korxonaga QQS summasini qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona gʻazna hisobvaragʻidan (bundan buyon matnda YaGʻH deb yuritiladi) tegishli davlat soliq xizmati organining xulosasida belgilangan summa doirasidagi mablagʻlarni korxonaning bank hisobvaragʻiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 10-iyundagi 57, 2013-31-sonli qarori (roʻyxat raqami 1807-2, 21.06.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 330-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. QQS summasini qaytarishni ushbu Nizomining 4-bandiga muvofiq, tegishli davlat soliq xizmati organidan soliq toʻlovchining QQSni qaytarish toʻgʻrisidagi arizasi olingan vaqtdan boshlab yigirma kun mobaynida amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 8-yanvardagi 3, 2009-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1807-1, 15.01.2009-y.) — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 16-modda)
§ 2. QQSni qaytarish tartibi
6. Soliq toʻlovchilar QQS summasini qaytarish uchun mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq roʻyxatga olingan joydagi tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi arizaga quyidagi hujjatlarni toʻrt nusxada ilova qilgan holda taqdim qiladilar:
a) tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan soliq toʻlovchining soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha solishtirish dalolatnomasi.
Soliq toʻlovchining soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan qarzdorligi boʻyicha solishtirish dalolatnomasi soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning turlari boʻyicha hisobot oyining 15-sanasiga qadar tuziladi hamda kalendar oy mobaynida amal qiladi;
b) Soliq hisobotining shakllariga (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-(I)-son, 162-modda) muvofiq QQS hisob-kitobi;
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 10-iyundagi 57, 2013-31-sonli qarori (roʻyxat raqami 1807-2, 21.06.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 330-modda)
v) soliq toʻlovchining rahbari va bosh hisobchisi (yoki zimmasiga buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy boshqarish vazifalari yuklangan boshqa shaxs) va davlat soliq xizmati organining QQSni qaytarilishi boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish vazifasi yuklatilgan javobgar xodimi tomonidan imzolangan soliq toʻlovchining bankdagi hisob raqamiga qaytariladigan QQSning mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalariga muvofiq shakldagi hisob-kitobi (hisob-kitoblarni toʻldirish boʻyicha shartli misol ushbu Nizomning 2a va 2b-ilovalarida keltirilgan);
g) agarda, soliq toʻlovchilarga ilgari QQS summasi qaytarilgan boʻlsa, u holda ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda qaytarilgan QQS summasining sanasi, davri va summasi toʻgʻrisida maʼlumot taqdim qilinadi;
d) agarda, soliq toʻlovchilarga QQS mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan tartibda qaytarilgan taqdirda, soliq toʻlovchining mansabdor shaxsi imzolagan va muhr bilan tasdiqlangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berishga doir tuzilgan shartnomalarning nusxalari, tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlarning nusxalari, soliq toʻlovchilarning yetkazib beruvchi korxonalardan qarzi boʻyicha solishtirish dalolatnomalari, shuningdek yetkazib beruvchi korxonalarning soliq va majburiy toʻlovlar boʻyicha budjet, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, shuningdek budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha qarzdorligini hisobga olgan holda qarzdorligi boʻyicha belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan solishtirish dalolatnomalari;
(6-bandning “d” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 20-martdagi 21, 2014-11-sonli qarori (roʻyxat raqami 1807-3, 28.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 151-modda)
Solishtirish dalolatnomasi hujjatlar taqdim qilinadigan oyning birinchi yoki keyingi sanalari holatiga tuziladi hamda taqvimiy oy mobaynida haqiqiydir.
e) agarda yuklab joʻnatilgan tovar uchun valyuta tushumi turli chet el valyutasida amalga oshirilayotgan boʻlsa, chet el valyutasini yuklab joʻnatish amalga oshirilgan oyning soʻnggi kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada (soʻmda) qayta hisoblab chiqishning mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shaklda soliq toʻlovchi tomonidan imzolangan va uning muhri bilan tasdiqlangan hisob-kitobi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 10-iyundagi 57, 2013-31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1807-2, 21.06.2013-y.) asosan “e” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 330-modda)
7. Mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar toʻrt nusxada taqdim etiladi:
a) tovarlarni eksport qilish natijasida hosil boʻlgan QQS summasini qaytarish uchun:
soliq toʻlovchining mansabdor shaxsi imzolagan va muhr bilan tasdiqlangan kontrakt nusxasi;
tovarlarni eksport rejimida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan davlat bojxona organining belgilari bilan bojxona yuk deklaratsiyasi (keyinchalik — BYuD) nusxasi, shuningdek BYuD yigʻma koʻchirma reyestri;
kontrakt (tovarlarning yuklab joʻnatilgan turkumi) boʻyicha valyuta tushumlarini tushganligini tasdiqlovchi bank koʻchirmasi va shaxsiy hisob raqamdan koʻchirmalarning yigʻma reyestri, shuningdek koʻchirmalarning yigʻma reyestri;
tovarlarni respublika hududidan tayinlangan mamlakatga olib chiqish dalilini tasdiqlaydigan bojxona organlari tomonidan belgi qoʻyilgan tovarlarga ilova qilinadigan hujjatlarning nusxalari;
b) chet el diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotilishi natijasida hosil boʻlgan QQS summasini qaytarish uchun — soliq toʻlovchining mansabdor shaxsi tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturaning nusxasi;
v) “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimida joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali chet el yuklarini tashish (tranzit tashishlar) natijasida hosil boʻlgan QQS summasini qaytarish uchun:
soliq toʻlovchining mansabdor shaxsi imzolagan va muhr bilan tasdiqlangan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish, ishlarni bajarish uchun kontraktlar nusxasi;
shaxsiy hisobvaraqdan bundan oldingi xatboshida koʻrsatilgan bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat)larga toʻlovlarni tasdiqlovchi bank koʻchirmasi va yigʻma reyestr koʻchirmasi;
soliq toʻlovchining mansabdor shaxsi imzolagan va muhr bilan tasdiqlangan, ishlar (xizmatlar) sotuvchi va xaridori tomonidan imzolangan ishlar bajarilganligi, xizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlaydigan hujjatlarning nusxasi;
g) ichki bozorda yarim tayyor toʻqimachilik mahsulotlari (kalava, gazmol, trikotaj polotno va paxtani yigirish chiqindilari)ni erkin muomaladagi valyutaga QQSni nol darajali stavkasini qoʻllash bilan sotilishi natijasida hosil boʻlgan QQS summasini qaytarish uchun:
(7-bandning “g” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 8-iyundagi 51, 2015-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1807-4, 18.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 24-son, 322-modda)
soliq toʻlovchining mansabdor shaxsi imzolagan va muhr bilan tasdiqlangan toʻqimachilik yarim tayyor mahsulotlarni yetkazib berishga kontrakt nusxasi;
toʻqimachilik yarim tayyor mahsulotlarni sotib oluvchiga joʻnatilganligini tasdiqlovchi belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalarning nusxalari;
(7-bandning “g” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 8-iyundagi 51, 2015-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1807-4, 18.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 24-son, 322-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “g” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 8-iyundagi 51, 2015-18-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1807-4, 18.06.2015-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 24-son, 322-modda)
d) aholiga suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti va sanitariya tozalash boʻyicha kommunal xizmatlar koʻrsatish natijasida hosil boʻlgan QQSning ortiqcha summasini qaytarish uchun — nol stavkasini qoʻllanilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi:
(7-bandning “d” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 8-iyundagi 51, 2015-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1807-4, 18.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 24-son, 322-modda)
suv taʼminoti va kanalizatsiya boʻyicha — suv sotish va kanalizatsiya xizmatlarini koʻrsatganlik toʻgʻrisida maʼlumot;
issiqlik taʼminoti boʻyicha — issiqlik energiyasini sotganligi toʻgʻrisida maʼlumot;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “d” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 8-iyundagi 51, 2015-18-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1807-4, 18.06.2015-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 24-son, 322-modda)
sanitariya tozalash boʻyicha — sanitariya tozalash xizmatlarini koʻrsatganligi toʻgʻrisida maʼlumot.
(7-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 10-iyundagi 57, 2013-31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1807-2, 21.06.2013-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 330-modda)
e) yoʻlovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yoʻnalishda tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish natijasida hosil boʻlgan QQS summasini qaytarish uchun — mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi, soliq toʻlovchi tomonidan imzolangan va uning muhri bilan tasdiqlangan yoʻlovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yoʻnalishda tashish boʻyicha yagona xalqaro tashish hujjatlari reyestri.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 10-iyundagi 57, 2013-31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1807-2, 21.06.2013-y.) asosan “e” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 330-modda)
8. Arizalar va ularga ilova qilinadigan hujjatlar davlat soliq inspeksiyasining devonxonasi tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati va miqdorini koʻrsatgan holda masʼul xodimning tilxati bilan qabul qilinadi.
QQSni qaytarish uchun taqdim qilingan hujjatlar toʻplami bilan birga, ushbu hujjatlarni qabul qilib oluvchi vazirlik va idoralarning nomi, kelib tushish sanasi, ijrochining familiyasi va lavozimi majburiy ravishda qayd qilingan holda, ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda texnik yoʻnalish qogʻozi (tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan rasmiylashtiriladigan) taqdim qilinadi.
Texnik yoʻnalish qogʻozining nusxasi hujjatlar toʻplamining barcha oʻtish bosqichlari mobaynida davlat soliq xizmati organlari va Moliya vazirligida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Hujjatlar olinganidan keyin tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi toʻrt ish kuni mobaynida QQS boʻyicha nol stavkasini qoʻllashning asosliligi, mazkur Nizomning 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarning borligi va ishonchliligini tekshiradi. QQSni qaytarishni rad etish mazkur Nizomning 17-bandida belgilangan asoslar boʻyicha va tartibda amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 8-yanvardagi 3, 2009-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1807-1, 15.01.2009-y.) — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 16-modda)
10. QQSni qaytarish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilinganda tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi soliq toʻlovchi arizasi olingan kundan boshlab 4 ish kunidan kechiktirmay:
arizachi taqdim etgan bank hisob raqamiga oʻtkaziladigan QQSning ortiqcha summasi hisob-kitobining barcha nusxalarini tasdiqlaydi;
mazkur Nizom 7-ilovasiga muvofiq shaklda QQSni qaytarish boʻyicha xulosani (keyinchalik — xulosa) rasmiylashtiradi va uni bundan keyin koʻrib chiqish uchun yuqori davlat soliq boshqarmasiga taqdim etadi.
Yuqori soliq boshqarmasiga yuborilayotgan xulosaga roʻyxat bilan birgalikda arizachi taqdim etgan hujjatlar uch nusxada ilova qilinadi. Hujjatlarning bir nusxasi davlat soliq inspeksiyasida saqlash uchun qoldiriladi.
Bunda arizachidan tegishli hujjatlarni qabul qilgan davlat soliq inspeksiyasi xulosaga ilova qilinayotgan hujjatlar barcha nusxalarining aynan bir xilligi, shuningdek ularning butligi uchun javobgar hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 8-yanvardagi 3, 2009-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1807-1, 15.01.2009-y.) — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 16-modda)
11. Davlat soliq boshqarmasi xulosa olingandan keyin 4 ish kunidan kechiktirmay olingan xulosaning asosliligini tekshiradi. Mazkur tekshirish natijalari boʻyicha xulosani kelishib tekshirilgan va kelishilgan xulosani Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etadi yoki QQSni qaytarishni mazkur Nizomning 17-bandida belgilangan asoslar boʻyicha va tartibda rad etadi.
Davlat soliq qoʻmitasiga yuborilayotgan xulosaga tegishli roʻyxat bilan birgalikda davlat soliq inspeksiyasi taqdim etgan hujjatlarning ikki nusxasi ilova qilinadi. Hujjatlarning bir nusxasi davlat soliq boshqarmasida saqlash uchun qoldiriladi.
Bunda davlat soliq boshqarmasi xulosaga ilova qilinayotgan hujjatlar barcha nusxalarining aynan bir xilligi, shuningdek ularning butligi uchun javobgar hisoblanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 8-yanvardagi 3, 2009-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1807-1, 15.01.2009-y.) — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 16-modda)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi olingan kundan boshlab 4 ish kuni mobaynida xulosaning asosliligini tekshiradi, tasdiqlaydi va uni QQSni qaytarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga topshiradi yoki mazkur Nizomning 17-bandida belgilangan asoslar boʻyicha va tartibda QQSni qaytarishni rad etadi.
Bunda Moliya vazirligiga yuborilayotgan xulosaga mazkur Nizomning 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarning bir nusxasi roʻyxat bilan ilova qilinadi. Hujjatlarning bir nusxasi Davlat soliq qoʻmitasida saqlash uchun qoldiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 8-yanvardagi 3, 2009-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1807-1,15.01.2009-y.) — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 16-modda)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqish va QQS summasini qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining xulosasi taqdim etilgan kundan boshlab 8 ish kunidan kechiktirmay quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli tarmoq boshqarmasi (bundan buyon matnda tarmoq boshqarmasi deb yuritiladi) tomonidan 6 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi. Tarmoq boshqarmasi koʻrib chiqish natijalari boʻyicha QQS summasini qaytarish toʻgʻrisida soʻrovnoma (bundan buyon matnda soʻrovnoma deb yuritiladi) tayyorlaydi. Soʻrovnoma (asli va bir nusxasi) Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining mutasaddi oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi xulosasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga (bundan buyon matnda Gʻaznachilik deb yuritiladi) YaGʻHdan soliq toʻlovchining hisob raqamiga toʻlovni amalga oshirish uchun topshiriladi;
Gʻaznachilik xodimi soʻrovnoma nusxasiga soʻrovnomani qabul qilib olingan kun va vaqtni qoʻyib, uni tarmoq boshqarmasiga qaytaradi;
Gʻaznachilik soʻrovnoma va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining xulosasini olgandan soʻng 2 ish kuni mobaynida mazkur Nizomning 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda YaGʻH dan QQS summasi toʻlovini amalga oshiradi.
Gʻaznachilik YaGʻH dan QQS summasi toʻlovini amalga oshirgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining xulosasi, shuningdek unga ilova qilingan hujjatlarni tegishli tarmoq boshqarmasiga qaytaradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi QQSni qaytarishni rad etgan taqdirda ushbu toʻgʻrisida soliq toʻlovchi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga yozma ravishda maʼlum qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 10-iyundagi 57, 2013-31-sonli qarori (roʻyxat raqami 1807-2, 21.06.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 330-modda)
14. Gʻaznachilik YaGʻH dan QQS summasi toʻlovini amalga oshirgandan soʻng Gʻaznachilik va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlar bazalarining oʻzaro elektron aloqasi yoʻli bilan, Davlat soliq qoʻmitasini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tarmoq boshqarmasi va Davlat budjeti bosh boshqarmasini xabardor qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilangan tartibda ushbu toʻgʻrisida tegishli davlat soliq xizmati organlarini xabardor qiladi.
Gʻaznachilik tomonidan oʻzaro elektron aloqasi yoʻli bilan taqdim etilgan xabarnomalar davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning shaxsiy kartochkalariga QQS boʻyicha summani toʻlov topshiriqnomalari nusxalarida koʻrsatilgan summaga kamaytirish toʻgʻrisida yozuv kiritish uchun asos hisoblanadi.
Soʻrovnoma nusxasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining xulosasi, hamda unga ilova qilingan hujjatlar tegishli tarmoq boshqarmasida, soʻrovnomaning asl nusxasi esa Gʻaznachilikda saqlanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 10-iyundagi 57, 2013-31-sonli qarori (roʻyxat raqami 1807-2, 21.06.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 330-modda)
15. Soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yozma murojaati boʻyicha QQSning ortiqcha summasini qaytarish soliq toʻlovchining Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi hamda budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi oldidagi qarzlarini soʻndirishga, shuningdek yetkazib beruvchi korxonalar soliq boʻyicha qarzlarni hamda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi hamda budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi oldidagi qarzlarini soʻndirish orqali tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun ularga soliq toʻlovchining toʻlovlarini (shu jumladan boʻnak toʻlovlarini) toʻlash hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 20-martdagi 21, 2014-11-sonli qarori (roʻyxat raqami 1807-3, 28.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 151-modda)
16. Tegishli davlat soliq xizmati organlari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kuniga qadar tegishli davlat soliq boshqarmalariga mazkur Nizomning 8-ilovasida keltirilgan shakliga muvofiq korxonalar boʻyicha hosil boʻlgan va haqiqatda qaytarilgan QQSning ortiqcha summasi boʻyicha maʼlumot taqdim etadilar.
Taqdim etilgan maʼlumot asosida davlat soliq boshqarmasi QQS boʻyicha qaytarilgan summalar toʻgʻrisida hudud boʻyicha yigʻma maʼlumot tuzadi va uni belgilangan muddatlarda Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etadi, Davlat soliq qoʻmitasi bu maʼlumotni hududlar boʻyicha jamlab chiqadi va har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay uni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
17. Davlat soliq xizmati organlari, Moliya vazirligi QQSning ortiqcha summasini mazkur Nizomning 4-bandi boʻyicha qaytarishni rad javobini berish qarorini qabul qilishga quyidagi holatlarda haqli:
soliq toʻlovchining soliq boʻyicha soliq qarzdorligi mavjud boʻlgan holatda;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 10-iyundagi 57, 2013-31-sonli qarori (roʻyxat raqami 1807-2, 21.06.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 330-modda)
hisobga olinadigan QQS summasini eksportga sotilgan tovarlar oboroti boʻyicha kelib tushmagan valyuta tushumlariga toʻgʻrilanmagan holatda;
hujjatlar roʻyxat boʻyicha toʻliq boʻlmagan holatda taqdim etilganda;
ishonchsiz hujjatlar taqdim etilganda;
hujjatlarni mazkur Nizomning 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan talablarni buzgan holda rasmiylashtirib taqdim qilganda.
Bunda QQS boʻyicha ortiqcha summani qaytarishga rad etish toʻgʻrisidagi xat rad etish sabablari va asoslarini koʻrsatgan holda bayon etilishi kerak.
18. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xulosa va unga ilova qilinadigan hujjatlar taqdim etilishi feldyegerlik xizmatlari boʻlinmalari orqali amalga oshiriladi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat soliq xizmatining tegishli organlari bilan birgalikda QQSni boʻyicha ortiqcha summani hosil boʻlishi asosliligini aniqlash uchun hujjatlarni tekshirishga haqlidir.
§ 3. Nazorat va javobgarlik
20. Moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari belgilangan tartibda soliq toʻlovchilarni QQS boʻyicha qaytariladigan summasini toʻgʻri hisoblanganligi va ular taqdim etgan qaytarishga doir materiallar masalasi boʻyicha birgalikda tekshirishni amalga oshiradilar. Ortiqcha qaytarish summasi olinganligi dalillari aniqlangan taqdirda soliq toʻlovchidan haqiqatda qaytarishning hisob-kitob qilingan va aniqlangan summalari oʻrtasidagi farq olib qoʻyiladi hamda respublika budjetining daromadiga, budjet tizimi budjetlari daromadlar tasnifining 3 450 721 “Respublika budjeti xarajatlarini qoplash” kodiga yoʻnaltiriladi, aybdor mansabdor shaxslar esa qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Agarda, ortiqcha qaytarish summasi olinganligi dalillari soliq toʻlovchilarning oʻzlari tomonidan aniqlangan taqdirda, soliq toʻlovchidan haqiqatda qaytarishning hisob-kitob qilingan va aniqlangan summalari oʻrtasidagi farq olib qoʻyiladi hamda respublika budjetining daromadiga, budjet tizimi budjetlari daromadlar tasnifining 3 450 721 “Respublika budjeti xarajatlarini qoplash” kodiga yoʻnaltiriladi. Soliq toʻlovchilarning yozma bildirishnomasi va unga ilova qilingan toʻlov topshiriqnomasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning shaxsiy kartochkasiga tegishli yozuvlarni qayd qilishga asos boʻlib xizmat qiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 20-martdagi 21, 2014-11-sonli qarori (roʻyxat raqami 1807-3, 28.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 151-modda)
21. Taqdim etilayotgan hisob-kitoblar, birlamchi hujjatlar va boshqa materiallar, shuningdek ular nusxalarining ishonchliligi va asosliligi, toʻlov hujjatlarining toʻgʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi, ularni toʻlashga oʻz vaqtida taqdim etish, mablagʻlarni oʻtkazish va maqsadli toʻlov boʻyicha qayd etish uchun shaxsan javobgarlik soliq toʻlovchilarning rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari zimmasiga yuklanadi.
22. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xulosani oʻz vaqtida va toʻgʻri taqdim qilish boʻyicha javobgarlik tegishli davlat soliq xizmati organlarining rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
23. Mazkur Nizom talablarini qatʼiy bajarish, maqsadli toʻlov boʻyicha moliyalashni imkoni boricha qisqa muddatlarda oʻtkazish uchun shaxsan javobgarlik tegishli korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining zimmasiga yuklanadi.
24. QQS summasini qaytarish toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organi xulosasida koʻrsatilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida oʻtkazish, shuningdek hujjatlar toʻplamini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan oʻtish boʻyicha texnik yoʻnalish qogʻozini oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli mansabdor shaxslarining zimmasiga yuklanadi.
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Korxonaning bankdagi hisob raqamiga qaytariladigan QQSning ortiqcha summasining hisob-kitobi

soʻm
Koʻrsatkichlar Qator kodi Soliqqa tortiladigan oborot Korxonaning bank hisob raqamiga qaytariladigan mablagʻlarning hisob-kitobi Korxonaning shaxsiy kartochkasida keltirilgan QQS ning ortiqcha summasi
jami shu jumladan: soliq kodeksining 207-moddasiga asosan, toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni yopishga boshqa soliq turi boʻyicha qarzni qoplash uchun hisobga olindi korxonaning hisob raqamiga
amaldagi stavka boʻyicha eksportdan tashqari nol stavka boʻyicha nol stavka boʻyicha chet el valyutasiga eksport qilingan tovarlar
summa QQS summa QQS summa QQS summa QQS
A‎ 1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎
Tovar (ish, xizmat) sotish oboroti 010‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Tovar (ish, xizmat) sotishdan sof tushum 020‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Chet el valyutasiga eksport qilingan tovarlar 021‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Valyuta tushumi (chet el valyutasida) 030‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Chet el valyutasida tushgan tushumning ulushi
‎(030 ust. / 021 ust. x 100)
040‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Hisobot davrida hisobga olish uchun qabul qilingan tovar (ish, xizmatlar) boʻyicha QQS summasi. 050‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Joriy soliq davrida tushgan, oʻtgan soliq davrining eksport mahsulotlarini sotish oborotlari boʻyicha hisobga olinadigan QQS summalari 060‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Hisobga olish uchun qabul qilingan QQSning umumiy summasi 070‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Bank hisob raqamiga qaytariladigan QQSning hisob-kitob boʻyicha jami summasi.
‎(010 ust. – 070 ust.)
080‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Rahbar

‎‎________

‎‎__________________

Hisob-kitobni tekshiruvchi DSI inspektori


‎________‎


‎‎‎__________________

(imzo)

‎‎(F.I.Sh.)‎

‎(imzo)‎ (F.I.Sh.)
Bosh hisobchi ‎________ ‎‎‎__________________‎‎
‎‎‎‎(imzo) ‎‎‎‎(F.I.Sh.)
Korxonaning M.Oʻ

M.Oʻ. davlat soliq xizmati organ

Izoh:
1) 010 (020) qatorda — 2 va 3- ustunlarda jami sotish oboroti (sof tushum), soliqqa tortilmaydigan oborotni qoʻshgan xolda koʻrsatiladi, 8 va 9-ustunlarda tovarlarni eksportga sotilgani milliy valyutada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tovarlarni yuklagan kundagi kursi boʻyicha koʻrsatiladi
2) 050 qatorda QQS hisob-kitobiga 2-sonli ilovadagi QQS summasi koʻrsatiladi, jumladan 3-ustunda 050 qatordagi, 5-ustunda 0501-qatordagi, 7-ustunda 0502-qatordagi, 9-ustunda 05031-qatordagi.
3) 060 qatorning 9-ustunida QQS hisob-kitobining 3-sonli ilovasi 050 qatoridagi QQS summasi koʻrsatiladi
4) 080 qatorning 13-ustuni 7 va 9-ustunlar summalariga teng boʻlib, 5-ustun koʻrsatkichlariga kamaytiriladi (agarda u ijobiy koʻrsatkich bilan boʻlsa, agarda u manfiy koʻrsatkich bilan boʻlsa unda bu koʻrsatkich hisob-kitobda ishtirok etmaydi) hamda 10, 11 va 12-ustunlar koʻrsatkichlariga kamaytiriladi.
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga
2a-ILOVA

Korxonalarning bank hisob raqamiga qaytariladigan QQS ning ortiqcha summasining hisob-kitobi boʻyicha shartli misol

soʻm
Koʻrsatkichlar Qator kodi Soliqqa tortiladigan oborot QQS summasi qaytarildi Korxonaning bank hisob raqamiga qaytariladigan mablagʻlarning hisob-kitobi Korxonaning shaxsiy kartochkasida keltirilgan QQS ning ortiqcha summasi
jami shu jumladan: soliq kodeksining 207-moddasiga asosan, toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni yopishga boshqa soliq turi boʻyicha qarzni qoplash uchun hisobga olindi korxonaning hisob raqamiga
amaldagi stavka boʻyicha eksportdan tashqari nol stavka boʻyicha nol stavka boʻyicha chet el valyutasiga eksport qilingan tovarlar
‎summa QQS ‎summa‎ QQS ‎summa‎ QQS ‎summa‎ QQS
A‎ 1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎
Tovar (ish, xizmat) sotish oboroti 010‎ 370‎ 24‎ 120‎ 24‎ 50‎ 0‎ 200‎ 0‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Tovar (ish, xizmat) sotishdan sof tushum 020‎ 350‎ 20‎ 100‎ 20‎ 50‎ 0‎ 200‎ 0‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Chet el valyutasiga eksport qilingan tovarlar 021‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ 160‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Valyuta tushumi (chet el valyutasida) 030‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ 140‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Chet el valyutasida tushgan tushumning ulushi
‎(030 ust. / 021 ust. x 100)
040‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ 87,5‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Hisobot davrida hisobga olish uchun qabul qilinadigan sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha QQS summasi. 050‎ x‎ 46,4‎ x‎ 14,3‎ x‎ 7,2‎ x‎ 24,9‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Joriy soliq davrida tushgan, oʻtgan soliq davrining eksport mahsulotlarini sotish oborotlari boʻyicha hisobga olinadigan QQS summalari 060‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ 10‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Hisobga olish uchun qabul qilingan QQSning umumiy summasi 070‎ x‎ 56,4‎ x‎ 14,3‎ x‎ 7,2‎ x‎ 34,9‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Bank hisob raqamiga qaytariladigan QQSning hisob-kitob boʻyicha jami summasi.
‎(010 ust. – 070 ust.)
080‎ x‎ – 32,4‎ x‎ 9,7‎ x‎ – 7,2‎ x‎ – 34,9‎ 5‎ 10‎ 7,7‎ – 9,7‎ 16,4‎
Rahbar

‎‎________

‎‎__________________

Hisob-kitobni tekshiruvchi DSI inspektori


‎________‎


‎‎‎__________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.Sh.)‎

(imzo)‎ (F.I.Sh.)
Bosh hisobchi ‎________ ‎‎‎__________________‎‎
‎‎‎‎(imzo) ‎‎‎‎(F.I.Sh.)
Korxonaning M.Oʻ. M.Oʻ. davlat soliq xizmati organi
Izoh:
1) 010 (020) qatorda — 2 va 3- ustunlarda jami sotish oboroti (sof tushum), soliqqa tortilmaydigan oborotni qoʻshgan xolda koʻrsatiladi, 8 va 9-ustunlarda tovarlarni eksportga sotilgani milliy valyutada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tovarlarni yuklagan kundagi kursi boʻyicha koʻrsatiladi
2) 050 qatorda QQS hisob-kitobiga 2-sonli ilovadagi QQS summasi koʻrsatiladi, jumladan 3-ustunda 050 qatordagi, 5-ustunda 0501-qatordagi, 7-ustunda 0502-qatordagi, 9-ustunda 05031-qatordagi.
3) 060 qatorning 9-ustunida QQS hisob-kitobining 3-sonli ilovasi 050 qatoridagi QQS summasi koʻrsatiladi
4) 080 qatorning 13-ustuni 7 va 9-ustunlar summalariga teng boʻlib, 5-ustun koʻrsatkichlariga kamaytiriladi (agarda u ijobiy koʻrsatkich bilan boʻlsa, agarda u manfiy koʻrsatkich bilan boʻlsa unda bu koʻrsatkich hisob-kitobda ishtirok etmaydi) hamda 10, 11 va 12-ustunlar koʻrsatkichlariga kamaytiriladi.
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga
2b-ILOVA

Korxonalarning bank hisob raqamiga qaytariladigan QQS ning ortiqcha summasining hisob-kitobi boʻyicha shartli misol

soʻm
Koʻrsatkichlar Qator kodi Soliqqa tortiladigan oborot QQS summasi qaytarildi Korxonaning bank hisob raqamiga qaytariladigan mablagʻlarning hisob-kitobi Korxonaning shaxsiy kartochkasida keltirilgan QQS ning ortiqcha summasi
jami shu jumladan: soliq kodeksining 207-moddasiga asosan, toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni yopishga boshqa soliq turi boʻyicha qarzni qoplash uchun hisobga olindi korxonaning hisob raqamiga
amaldagi stavka boʻyicha eksportdan tashqari nol stavka boʻyicha nol stavka boʻyicha chet el valyutasiga eksport qilingan tovarlar
‎summa QQS ‎summa‎ QQS ‎summa‎ QQS ‎summa‎ QQS
A‎ 1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎
Tovar (ish, xizmat) sotish oboroti 010‎ 370‎ 24‎ 120‎ 24‎ 50‎ 0‎ 200‎ 0‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Tovar (ish, xizmat) sotishdan sof tushum 020‎ 350‎ 20‎ 100‎ 20‎ 50‎ 0‎ 200‎ 0‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Chet el valyutasiga eksport qilingan tovarlar 021‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ 160‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Valyuta tushumi (chet el valyutasida) 030‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ 140‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Chet el valyutasida tushgan tushumning ulushi
‎(030 ust. / 021 ust. x 100)
040‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ 87,5‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Hisobot davrida hisobga olish uchun qabul qilinadigan sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha QQS summasi. 050‎ x‎ 120,7 x‎ 37,2 x‎ 18,6 x‎ 64,9 x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Joriy soliq davrida tushgan, oʻtgan soliq davrining eksport mahsulotlarini sotish oborotlari boʻyicha hisobga olinadigan QQS summalari 060‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ 10‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Hisobga olish uchun qabul qilingan QQSning umumiy summasi 070‎ x‎ 130,7 x‎ 37,2 x‎ 18,2 x‎ 74,9 x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Bank hisob raqamiga qaytariladigan QQSning hisob-kitob boʻyicha jami summasi.
‎(010 ust. – 070 ust.)
080‎ x‎ – 106,7 x‎ – 13,2 x‎ – 18,2 x‎ – 74,9 5‎ 10‎ 7,7‎ – 70,4 – 106,7
Rahbar

‎‎________

‎‎__________________

Hisob-kitobni tekshiruvchi DSI inspektori


‎________‎


‎‎‎__________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.Sh.)‎

(imzo)‎ (F.I.Sh.)
Bosh hisobchi ‎________ ‎‎‎__________________‎‎
‎‎‎‎(imzo) ‎‎‎‎(F.I.Sh.)
Korxonaning M.Oʻ. M.Oʻ. davlat soliq xizmati organi
Izoh:
1) 010 (020) qatorda — 2 va 3- ustunlarda jami sotish oboroti (sof tushum), soliqqa tortilmaydigan oborotni qoʻshgan xolda koʻrsatiladi, 8 va 9-ustunlarda tovarlarni eksportga sotilgani milliy valyutada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tovarlarni yuklagan kundagi kursi boʻyicha koʻrsatiladi
2) 050 qatorda QQS hisob-kitobiga 2-sonli ilovadagi QQS summasi koʻrsatiladi, jumladan 3-ustunda 050 qatordagi, 5-ustunda 0501-qatordagi, 7-ustunda 0502-qatordagi, 9-ustunda 05031-qatordagi.
3) 060 qatorning 9-ustunida QQS hisob-kitobining 3-sonli ilovasi 050 qatoridagi QQS summasi koʻrsatiladi
4) 080 qatorning 13-ustuni 7 va 9-ustunlar summalariga teng boʻlib, 5-ustun koʻrsatkichlariga kamaytiriladi (agarda u ijobiy koʻrsatkich bilan boʻlsa, agarda u manfiy koʻrsatkich bilan boʻlsa unda bu koʻrsatkich hisob-kitobda ishtirok etmaydi) hamda 10, 11 va 12-ustunlar koʻrsatkichlariga kamaytiriladi.
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti va sanitariya tozalash boʻyicha xizmatlarni koʻrsatuvchi kommunal korxonalarning bank hisob raqamiga qaytariladigan QQS summasining hisob-kitobi

soʻm‎
Koʻrsatkichlar Qator kodi Soliqqa tortiladigan oborot QQS summasi qaytarildi Korxonaning bank hisob raqamiga qaytariladigan mablagʻlarning hisob-kitobi Korxonaning shaxsiy kartochkasida keltirilgan QQS ning ortiqcha summasi
jami shu jumladan: soliq kodeksining 207-moddasiga asosan, toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni yopishga boshqa soliq turi boʻyicha qarzni qoplash uchun hisobga olindi korxonaning hisob raqamiga
amaldagi stavka boʻyicha nol stavka boʻyicha chet el valyutasiga eksport qilingan tovarlar
summa‎ QQS summa‎ QQS summa‎ QQS
A‎ 1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎‎
010‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
020‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
030‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
040‎ x‎ x‎ x‎
Rahbar ‎‎________ ‎‎__________________ Hisob-kitobni tekshiruvchi DSI inspektori
‎________‎

‎__________________
‎‎(imzo)‎

‎‎(F.I.Sh.)

‎‎(imzo)‎‎ ‎‎(F.I.Sh.)
Bosh hisobchi ‎________ ‎__________________
‎‎‎‎(imzo)‎‎ ‎‎‎‎(F.I.Sh.) Korxonaning M.Oʻ.
‎‎Korxonaning M.Oʻ.
Izoh:
1) 010 ustun 2 va 3 grafalarda QQS hisob-kitobi 4-ilovaning 10 qator 3 va 4 grafasidagi summalar koʻrsatiladi.
2) 020 ustunda QQS hisob-kitobi boʻyicha 2-ilovaning QQS summasi koʻrsatiladi: 050 qator 3 grafada, 0501 qator 5 grafada, 0502 qator 7 grafada.
3) 030 ustun 3, 5 i 7 grafada 020 grafadagi summa koʻrsatiladi.
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 8-iyundagi 51, 2015-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1807-4, 18.06.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 24-son, 322-modda)
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Qaytarilgan QQS summasi toʻgʻrisida
‎MAʼLUMOT
‎____________________________ oyi uchun

(hisobot davri)

_____________________________________________________ boʻyicha

(hudud (tuman, shahar) va korxona nomi)

soʻm

T/r Davr va sana Qaytarish uchun taqdim qilingan Jami qaytarilgan summa
korxonaning bank hisob raqamiga qaytarildi shu jumladan:
korxonaning bank hisob raqamiga qaytarildi korxonaning yozma murojaatiga muvofiq qaytarildi
Soliq kodeksining 207-moddasiga asosan, toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni yopishga boshqa soliq turi boʻyicha qarzni qoplashga
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎
Hisobot davri uchun jami
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 8-iyundagi 51, 2015-18-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1807-4, 18.06.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 24-son, 322-modda)
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
____________________________________ hujjatlar toʻplamining texnik yoʻnalish qogʻozi,

‎‎(korxona nomi)

nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan QQSni qaytarish uchun taqdim qilish
T/r Idora (tashkilot)ning nomi Hujjat raqami va kelib tushish sanasi Hujjatlar �oʻplamini qabul qilib oluvchi shaxsning lavozimi va F.I.Sh. Hujjatlar toʻplamini ijrochiga berish sanasi Hujjatlar toʻplamini olgan ijrochining F.I.Sh va imzosi‎ Hujjatlarni keyinchalik qayta ishlashga berish sanasi Hujjatlarni koʻrib chiqishning kechikishi sababi
1.‎ Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi (4 ish kuni)‎
2.‎ Davlat soliq boshqarmasi (4 ish kuni) ‎
3.‎ Davlat soliq qoʻmitasi
‎(4 ish kuni) ‎
4.‎ Moliya vazirligi
‎(8 ish kuni), shu jumladan:‎
4.1.‎ Tarmoq boshqarmasi (6 ish kuni)‎
4.2.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi (2 ish kuni)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 10-iyundagi 57, 2013-31-sonli qarori (roʻyxat raqami 1807-2, 21.06.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 330-modda)
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

“KELIShILGAN”
‎Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi

‎‎_________________________________

“TASDIQLAYMAN”
‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

(hudud nomi)

‎‎‎

________________________________‎‎
‎________________________________

‎“___” _________________ 200__ y.

________________________________
‎________________________________

‎“___” ___________________ 200__ y.



_____ -son XULOSA
‎‎

‎‎__________________________________________________________________

(xulosa bergan DSI nomi)

_____________________________________________________ arizasi boʻyicha

(korxona nomi)

____________________________________ STIR ________________________,
nol stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan, qaytariladigan QQSning ortiqcha summasi _______________________________________________ uchun

‎‎(davr) ‎

taqdim qilingan hujjatlarni tekshirish asosida toʻlovchida _______________ 20__ y. holatiga qaytariladigan QQSning ortiqcha summasi ________________________________ soʻm.

(raqam bilan)

‎‎_______________________________________________________ soʻm.

(soʻz bilan)

‎‎hosil boʻlganligi aniqlandi.
DSI boshligʻi

‎‎_________________________‎

____________‎

‎‎(F.I.Sh.)‎

(imzo)‎

“____” __________________ 200__ yil‎‎

M.Oʻ.
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA

Hisoblangan va haqiqatda qaytarilgan QQSning ortiqcha summasi toʻgʻrisida
‎ MAʼLUMOT
‎_______________________ oyi uchun
‎_________________________________________ uchun

(hudud (tuman, shahar) nomi)
‎‎

soʻm

T/r Korxona nomi Qaytarish uchun taqdim qilingan Jami qaytarilgan summa
Jami (5 ust + 6 ust) Shu jumladan
korxonaning depozit hisobvaragʻiga respublika budjetidan oʻtkazilgan mablagʻ Soliq kodeksining 207-moddasiga muvofiq QQS toʻlovlari boʻyicha qarzdorligini hisobga olgan holda korxonalarning soliq toʻlovlari boʻyicha qarzlarini yopishga yoʻnaltirildi
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎
DSI boshligʻi

‎‎______________________________

____________‎

‎‎(F.I.Sh.)

(imzo)‎


‎“___” _____________200__ y.
M.Oʻ.‎
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Chet el valyutasini yuklab joʻnatish amalga oshirilgan oyning soʻnggi kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada (soʻmda) qayta hisoblab chiqishning
HISOB-KITOBI
T/r‎ Chet ellik hamkorning nomi ‎ Kontrakt (shartnoma) raqami‎ Kontrakt (shartnoma) sanasi‎ Bojxona yuk deklaratsiyasi raqami va sanasi‎ Yuklab joʻnatishning sanasi‎ Tovarning chet el valyutasidagi qiymati ‎ Valyuta turi‎ Yuklab joʻnatish sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oʻrnatilgan valyuta kursi ‎ Tovarning milliy valyuta ekvivalentidagi qiymati ‎ Yuklab joʻnatish amalga oshirilgan oyning oxirgi kunidagi valyuta kursi‎ Milliy valyutadagi ekvivalenti ‎ Chet el valyutasidagi tushumning kelib tushish sanasi‎ Chet el valyutasidagi tushum summasi‎ Yuklab joʻnatish amalga oshirilgan oyning oxirgi kunidagi kurs boʻyicha milliy valyutadagi ekvivalenti‎ Salmogʻi‎
‎1.
‎2.
‎3.
...‎
...‎
Jami‎
‎‎

Korxona rahbari‎‎

‎‎___________________

‎‎Bosh hisobchi

‎‎___________________‎
‎‎20___ y. “___” _________


‎M.Oʻ.‎ ‎

‎‎
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 10-iyundagi 57, 2013-31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1807-2, 21.06.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 330-modda)
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
20___ yilda yoʻlovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yoʻnalishda tashish boʻyicha yagona xalqaro tashish hujjatlari
REESTRI
T/r‎‏ Reys raqami Tashish sanasi Yoʻnalish Miqdori Xizmatlar qiymati
qayerdan qayerga tashilgan yoʻlovchilar tashilgan bagajlar tashilgan yuklar tashilgan pochta yoʻlovchilarni tashish boʻyicha bagajlarni tashish boʻyicha yuklarni tashish boʻyicha pochtani tashish boʻyicha
‎‎
‎‎Korxona rahbari ‎‎_____________________‎
‎‎Bosh hisobchi ‎‎‎‎_____________________‎
‎‎20___ y. “___” _________‎


‎‎‎M.Oʻ.‎

(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 10-iyundagi 57, 2013-31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1807-2, 21.06.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 330-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 180-modda; 2009-y., 3-son, 16-modda; 2013-y., 25-son, 330-modda; 2014-y., 13-son, 151-modda; 2015-y., 24-son, 322-modda)