1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
BUYRUGʻI
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 12-fevraldagi 22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794-2, 17.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 7-son, 70-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 17-aprelda 1794-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida” va “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 290-sonli qaroriga asosan buyuraman:
1. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 12-fevraldagi 22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794-2, 17.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 7-son, 70-modda)
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari Oʻ. Barnoyev zimmasiga yuklatilsin.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-mart,
41-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2008-yil 22-martdagi 41-son buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 12-fevraldagi 22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794-2, 17.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 7-son, 70-modda)
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi hamda “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari (bugʻdoy va arpa) urugʻlarini (bundan buyon matnda urugʻlik gʻalla deb yuritiladi) yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 12-fevraldagi 22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794-2, 17.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 7-son, 70-modda)
I. Umumiy qoidalar
1. Tumanda urugʻlik gʻalla yetishtirish maydoni, urugʻlik uchun ekiladigan gʻalla navlari va kutiladigan urugʻlik gʻalla hajmlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan belgilanadi.
2. Tuman hokimi super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlov oʻtkazish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda matnda Komissiya deb yuritiladi) tarkibini tasdiqlaydi va tanlovni eʼlon qilish boʻyicha qaror qabul qiladi.
Komissiya tarkibiga tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (komissiya raisi), Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, xizmat koʻrsatuvchi tegishli bank(lar) hamda irrigatsiya tizimi boshqarmasi rahbarlari, tumanda joylashgan “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi don mahsulotlari korxonasi rahbari (rahbar oʻrinbosari) yoki uning filiali rahbari, tuman “Davurugʻnazoratmarkaz” inspeksiyasi, “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatining tuman (shahar) filiali, tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi hamda tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi vakillari, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi hosiloti (agronomi) hamda boshqa tegishli korxona va tashkilotlar vakillari (rahbarlari) kelishuv asosida kiritilishi lozim.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2018-yil 5-fevraldagi 44-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794-3, 19.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 10/18/1794-3/0785-son)
Komissiya kotibi etib, qoida tariqasida, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi xodimi tayinlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 12-fevraldagi 22-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1794-2, 17.02.2016-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 7-son, 70-modda)
3. Komissiya super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun ruxsat berish boʻyicha tanlov oʻtkazadi.
Tender tanlovi har yilning 15-iyulidan 15-avgustigacha oʻtkaziladi.
4. Tuman hokimining tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari boshqaruvi (maʼmuriyati) binolarida fuqarolar tanishish imkoni qulay boʻlgan joylarga qoʻyilishi kerak. Eʼlonda tanlovning oʻtkazish vaqti va joyi, taqdim qilinadigan hujjatlar roʻyxati hamda tanlov oʻtkazish tartibi koʻrsatilishi lozim.
5. Tuman hokimining tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinib, eʼlon qilingan kundan boshlab 30 kundan keyin tanlov oʻtkaziladi.
6. Tanlovda gʻalla yetishtiruvchi fermer, tajriba va boshqa xoʻjaliklar ishtirok etish huquqiga ega. Bunda tanlovda ishtirok etishni istagan xoʻjalikda urugʻlik gʻalla yetishtirish uchun ajratiladigan yer maydoni — suvli yerlarda 10 gektardan, lalmi yerlarda esa, 20 gektardan kam boʻlmasligi lozim (tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi maʼlumotnomasiga asosan aniqlanadi).
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 12-fevraldagi 22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794-2, 17.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 7-son, 70-modda)
7. Komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda yigʻilish oʻtkazishga haqli hisoblanadi.
8. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlov mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan jadval boʻyicha oʻtkaziladi.
9. Tanlov yakunlari boʻyicha Komissiyaning qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va tasdiqlash uchun tuman hokimiga taqdim etiladi. Mazkur bayonnoma nusxalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalariga taqdim etiladi.
10. Urugʻlik gʻalla yetishtirish toʻgʻrisidagi huquq 1 yilga beriladi.
II. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun ruxsat berishning umumiy shartlari
11. Tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon qilingan kundan boshlab 30 kun davomida arizalar qabul qilinadi.
12. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish tanlov eʼlon qilingan kunning 30-kuni soat 18-00 da toʻxtatiladi. Agar 30-kun dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuni soat 18-00 da arizalarni qabul qilish toʻxtatiladi.
13. Ariza va hujjatlarni komissiyaning kotibi qabul qiladi. Komissiyaning kotibi talabgorlarga tanlovda yuqori ball olishi uchun imkon beradigan barcha holatlarni tushuntirib, lozim boʻlganda uning hujjatlaridagi kamchiliklarni ishchi tartibda bartaraf etish choralarini koʻradi. Komissiya kotibi tanlovda ishtirok etish kunigacha talabgorning baholanadigan imkoniyatlarini asoslantiruvchi hujjatlarning toʻliq taqdim qilinishini, ularning toʻgʻri rasmiylashtirilishini taʼminlashga koʻmaklashishi lozim.
III. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash tartibi
14. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlarni tanlash ikki bosqichdan iborat boʻladi:
birinchi bosqichda hujjatlarning toʻliqligi va mazmuni tekshiriladi;
ikkinchi bosqichda talabgorlarning arizalarida bayon qilingan imkoniyatlarining asoslanganligi oʻrganib chiqiladi va yakuniy qaror qabul qilinadi.
15. Talabgorlar imkoniyatlari 10 ballik reyting shkalasida baholanadi.
16. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda komissiya suvli va lalmi yerlar boʻyicha muayyan super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun berilgan ariza taqdim etgan talabgorlarning hujjatlari asosida ularning takliflarini puxta oʻrganib chiqadi. Bunda ariza beruvchining oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarning toʻliqligi va haqiqatga yaqinligi hamda ularni bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi.
17. Birinchi bosqichda tanlovda ishtirok etuvchilarning arizalari toʻliqligi va mazmuni jihatidan tekshirilgandan soʻng, ikkinchi bosqichda talabgorlarning imkoniyatlari asoslanganligi oʻrganib chiqilib, reyting ballari qoʻyiladi va yakuniy qaror qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etuvchilarni tanlashning ikkinchi bosqichi quyidagi koʻrsatkichlar asosida baholanadi:
a) xoʻjaliklar yer maydonining tuproq unumdorligi — tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi maʼlumotnomasiga asosan 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
b) xoʻjaliklarning (suvli yerlaridagi) oqar suv taʼminoti — irrigatsiya tizimi boshqarmasi maʼlumotnomasiga asosan 0 balldan 10 ballgacha baholanadi (lalmi yerlar bundan mustasno). Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
v) xoʻjaliklarning suvli yer maydoni tuprogʻining shoʻrlanganlik darajasi — tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi maʼlumotnomasiga asosan 0 balldan 10 ballgacha baholanadi (lalmi yerlar bundan mustasno). Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
g) xoʻjaliklarning suvli yer maydoni tuprogʻi tarkibidagi fosfor, kaliy va gumusning miqdori — tuproq tarkibidagi fosfor, kaliy va gumusning mavjud miqdorini tasdiqlovchi maʼlumotga (agrokimyoviy xaritanomaga) asosan 0 balldan 5 ballgacha baholanadi (lalmi yerlar bundan mustasno). Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning (agrokimyoviy xaritanomaning) asli yoki xoʻjalik rahbari tomonidan tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;
d) soʻnggi 3 yil ichida gʻalla maydonlari kasalliklarga chalinmaganligi va zararkunandalar bilan zararlanmaganligi, shuningdek begona oʻtlar tarqalmaganligi — “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining tuman (shahar) filiali maʼlumotnomasiga asosan 0 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
(17-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2018-yil 5-fevraldagi 44-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794-3, 19.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 10/18/1794-3/0785-son) )
e) xoʻjalik rahbarining mutaxassisligi va maʼlumoti — maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatga asosan 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli koʻrsatilgan holda uning xoʻjalik rahbari tomonidan tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Xoʻjalik rahbari bir nechta mutaxassislikka va maʼlumotga ega boʻlsa, uning mutaxassisligi va maʼlumoti uchun qoʻyiladigan balllarning nisbatan yuqorirogʻi inobatga olinadi;
j) xoʻjalik rahbarining qishloq xoʻjaligi sohasidagi ish staji (faqat urugʻchilik sohasidagi ish staji inobatga olinadi) — mehnat daftarchasiga asosan 2 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga mehnat daftarchasining asli koʻrsatilgan holda uning xoʻjalik rahbari tomonidan tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;
z) talabgorning bank hisobvaragʻida majburiyatlardan holi boʻlgan pul mablagʻlari mavjudligi — bank tomonidan berilgan maʼlumotnoma (bank rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan va bank muhri bilan tasdiqlangan) asosida 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi;
i) talabgorning texnika vositalari bilan taʼminlanganligi (ularning turi va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib) — texnika vositalari texnik pasportlari va “Davtexnazorat” inspeksiyasi maʼlumotnomasiga asosan 0 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga texnika vositalari texnik pasport (lar)ining asli koʻrsatilgan holda u (lar)ning xoʻjalik rahbari tomonidan tasdiqlangan nusxasi va “Davtexnazorat” inspeksiyasi maʼlumotnomasining asli taqdim etiladi.
Texnika vositalarini baholashda texnik pasportda texnika vositasining sozligini tasdiqlovchi belgi mavjud boʻlgan texnika vositalari inobatga olinadi.
Texnika vositalarini baholashda ular uchun qoʻyilgan ballar yigʻindisi 10 balldan oshmasligi lozim;
k) talabgor tomonidan soʻnggi 3 yil ichida gʻalla sotish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilganligi — shartnoma tuzgan korxonasi tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumotnomaning asli taqdim etiladi.
Talabgorning har bir koʻrsatkichi boʻyicha tegishli ballni berish masalasi komissiya aʼzolari tomonidan suvli va lalmi yerlar uchun mazkur Nizomning tegishlicha 2 va 3-ilovalarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar asosida koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi va har bir koʻrsatkich boʻyicha bitta ball beriladi.
Suvli va lalmi yerlar boʻyicha toʻplangan ballarni qoʻshib hisoblash taqiqlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 12-fevraldagi 22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794-2, 17.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 7-son, 70-modda)
18. Yigʻilishda komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovoziga koʻra qoʻyilgan reyting ballariga asosan tanlov gʻoliblari aniqlanadi.
Tanlovda har bir komissiya aʼzosi tomonidan talabgorga qoʻyilgan ballar yigʻindisi komissiyada ball qoʻygan aʼzolar soniga boʻlinadi va talabgorga qoʻyilgan oʻrtacha ball hisoblab chiqariladi.
19. Eng koʻp ball toʻplagan talabgorlar tanlov gʻoliblari deb komissiya raisi tomonidan eʼlon qilinadi.
20. Komissiya yakuniy yigʻilishining bayonnomasi mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shaklda ikki nusxada tuzilib, komissiya raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi.
21. Komissiyaning yakuniy yigʻilishi bayoni va unga ilova qilingan hujjatlar tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga va viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalariga hamda Boshoqli don ekinlari urugʻchiligi respublika markazining hududiy boʻlimlariga yuboriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 12-fevraldagi 22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794-2, 17.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 7-son, 70-modda)
IV. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish ishlari boʻyicha hujjatlarni yuritish
22. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish boʻyicha hujjatlar komissiya kotibi tomonidan yuritiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 12-fevraldagi 22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794-2, 17.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 7-son, 70-modda)
23. Komissiyaning talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq barcha hujjatlari alohida yigʻmajildlarda saqlanadi. Mazkur hujjatlar urugʻchilik xoʻjaliklarining barchasi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng 2 hafta mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga va viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari arxiviga, Boshoqli don ekinlari urugʻchiligi respublika markazining hududiy boʻlimlariga topshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 12-fevraldagi 22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794-2, 17.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 7-son, 70-modda)
24. Har bir yigʻmajildda quyidagi hujjatlar tikilishi lozim:
a) tuman hokimining tanlov oʻtkazish komissiyasi tarkibini tasdiqlash va tanlovni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
b) tanlovga talabgor tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar;
v) har bir komissiya aʼzosi tomonidan toʻldirilgan tanlov varaqalari;
g) tanlov yakuni boʻyicha qoʻyilgan ballar hisob-kitobi;
d) tanlov oʻtkazish yakunlari boʻyicha komissiyaning bayonnomalari;
e) talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar.
Yigʻmajildga reyting ballarini berish uchun asos boʻlgan barcha hujjatlar tikilishi shart.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 12-fevraldagi 22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794-2, 17.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 7-son, 70-modda)
25. Komissiyaning faoliyatiga doir hujjatlarning toʻliq yuritilishi, saqlanishi va belgilangan muddatlarda arxivga topshirilishiga komissiya raisi va kotibi shaxsan javobgardir.
V. Tanlov gʻoliblarining vazifa va funksiyalari
26. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlgan fermer, tajriba va boshqa xoʻjaliklar qaysi navdan necha gektar ekishi va qancha hajmda urugʻlik yetishtirishi viloyat hokimining kelgusi yil hosili uchun talab etiladigan urugʻlik tayyorlash hajmlari va navlarni joylashtirish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan belgilab beriladi.
Bunda tanlov gʻoliblarining vazifa va funksiyalari quyidagilardan iborat boʻladi:
a) asosiy vazifalar:
respublika ehtiyojini qondirish uchun navlar boʻyicha zarur miqdordagi, standart talablariga mos keluvchi nav urugʻlarining avlodlarini hisobga olgan holda yetishtirish;
koʻpaytirilayotgan navning qimmatli xoʻjalik, texnologik xususiyatlarini saqlab qolish;
yuqori sifatli va nav sofligiga ega boʻlgan super elita, elita va keyingi avlodli urugʻlarni yetishtirish;
super elita, elita va keyingi avlodli urugʻliklarni yetishtirish va qayta ishlash tartib va qoidalariga amal qilish;
nav mualliflari va nav originatorlari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va meʼyorlarda sifatli oʻtkazilishini taʼminlash;
b) yuklatilgan vazifalarga asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
urugʻlik maydonlari yuqori unumdor, mexanizmlar yordamida ishlov berishga qulay, suv bilan yaxshi taʼminlangan, shoʻrlanmagan va tekis dalalarda joylashtiriladi;
almashib ekish va agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish dasturini tuzadi va ularning hisobini olib boradi;
xoʻjalikda urugʻchilik boʻyicha agronom yoki agronomning boʻlishini taʼminlaydi (xoʻjalik rahbarining mutaxassisligi (maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatga asosan) urugʻchilik boʻyicha agronom yoki agronom boʻlgan hollar bundan mustasno);
(26-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 12-fevraldagi 22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794-2, 17.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 7-son, 70-modda)
super elita, elita va keyingi avlodli urugʻlik maydonlarini ixcham qilib joylashtiradi, belgilangan tartibda va maqbul muddatlarda oraliq himoya masofani saqlagan holda ekadi;
foydalanishga ruxsat etilgan kimyoviy preparatlar bilan qayta ishlangan (zararsizlantirilgan) urugʻlik donni ekadi;
(26-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 12-fevraldagi 22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794-2, 17.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 7-son, 70-modda)
yiliga kamida ikki marta nav va tur tozaligi boʻyicha dala koʻrigini oʻtkazib, begona nav va turlardan tozalash ishlarini tashkillashtiradi.
(26-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 12-fevraldagi 22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794-2, 17.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 7-son, 70-modda)
27. Mazkur Nizomda belgilangan talablar buzilgan holda xoʻjaliklar oʻrnatilgan tartibda urugʻlik yetkazish huquqidan mahrum etiladi.
VI. Yakuniy qoidalar
28. Ushbu Nizomda tartibga solinmagan masalalar Komissiya tomonidan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi(roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
29. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-mart
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUAZIZOV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-mart
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi E. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-mart
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(1-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 12-fevraldagi 22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794-2, 17.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 7-son, 70-modda)
Suvli va lalmi yerlarda super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlovini oʻtkazish JADVALI
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda talabgorlarning suvli yerlari boʻyicha imkoniyatlarini baholaydigan
REYTING BALLARI
T/r
Baholanadigan imkoniyatlar (holatlar)
Reyting koʻrsatkichlari
Reyting ballar
Asoslash uchun taqdim etilgan hujjat(lar)
1.
Tuproq unumdorligi
(bonitet ball)
60 ball
va undan yuqori
10 ball
Tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi maʼlumotnomasi
50 balldan
60 ballgacha
8 ball
40 balldan
50 ballgacha
4 ball
2.
Oqar suv taʼminoti
yaxshi
10 ball
Irrigatsiya tizimi boshqarmasi maʼlumotnomasi
oʻrtacha
5 ball
yomon
0 ball
3.
Tuprogʻining shoʻrlanganlik darajasi (foizda)
shoʻrlanmagan
10 ball
Tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi maʼlumotnomasi
kam shoʻrlangan (0,3 — 0,5)
6 ball
oʻrtacha shoʻrlangan (0,6 — 1,0)
4 ball
kuchli shoʻrlangan (1 dan yuqori)
0 ball
4.
Tuprogʻi tarkibidagi fosforning miqdori
(mg / 1 kg)
juda koʻp
(60 va undan koʻp)
5 ball
Tuproq tarkibidagi fosforning mavjud miqdorini tasdiqlovchi maʼlumotnoma
(agrokimyoviy xaritanoma)
koʻp
(46-60)
4 ball
oʻrtacha
(31-45)
3 ball
kam
(16-30)
2 ball
juda kam
(0-15)
0 ball
5.
Tuprogʻi tarkibidagi kaliyning miqdori
(mg / 1 kg)
juda koʻp
(400 va undan koʻp)
5 ball
Tuproq tarkibidagi kaliyning mavjud miqdorini tasdiqlovchi maʼlumotnoma
(agrokimyoviy xaritanoma)
koʻp
(301-400)
4 ball
oʻrtacha
(201-300)
3 ball
kam
(101-200)
2 ball
juda kam
(0-100)
0 ball
6.
Tuprogʻi tarkibidagi gumusning miqdori
(foizda)
juda koʻp
(1.61 va undan koʻp)
5 ball
Tuproq tarkibidagi gumusning mavjud miqdorini tasdiqlovchi maʼlumotnoma
(agrokimyoviy xaritanoma)
koʻp
(1.21-.160)
4 ball
oʻrtacha
(0.81-1.20)
3 ball
kam
(0.41-0.80)
2 ball
juda kam
(0-0.40)
0 ball
7.
Soʻnggi 3 yil ichida gʻalla maydonlari kasalliklarga chalinmaganligi va zararkunandalar bilan zararlanmaganligi,
shuningdek ularda begona oʻtlar tarqalmaganligi
soʻnggi 3 yilda kuzatilmagan
10 ball
“Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatining tuman (shahar) filiali maʼlumo�nomasi
soʻnggi 2 yilda kuzatilmagan
5 ball
soʻnggi 1 yil davomida kuzatilgan
1 ball
soʻnggi 3 yil davomida kuzatilgan
0 ball
8.
Xoʻjalik rahbarining mutaxassisligi
urugʻchilik boʻyicha agronom
10 ball
Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat
agronom
9 ball
iqtisodchi
8 ball
huquqshunos
7 ball
injener, hisobchi
5 ball
mexanik, zootexnik, veterinar va boshqa mutaxassislar
4 ball
9.
Xoʻjalik rahbarining maʼlumoti
oliy
10 ball
Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat
oʻrta maxsus
5 ball
10.
Xoʻjalik rahbarining qishloq xoʻjaligi sohasidagi ish staji
15 yil
va undan yuqori
10 ball
Mehnat daftarchasi
10 yildan
15 yilgacha
8 ball
5 yildan
10 yilgacha
6 ball
3 yildan
5 yilgacha
4 ball
1 yildan
3 yilgacha
2 ball
11.
Talabgorning bank hisobvaragʻidagi majburiyatlardan holi boʻlgan pul mablagʻlari
eng kam ish haqining
200 barobari
va undan yuqori miqdorda
10 ball
Bank tomonidan berilgan maʼlumotnoma
eng kam ish haqining
150 barobaridan 200 barobarigacha miqdorda
8 ball
eng kam ish haqining
100 barobaridan 150 barobarigacha miqdorda
6 ball
eng kam ish haqining
100 barobaridan kam boʻlsa
4 ball
12.
Talabgorning texnika vositalari bilan taʼminlanganligi
haydov traktori
2 ball
Texnika vositalari texnik pasporti, “Davtexnazorat” inspeksiyasi maʼlumotnomasi
gʻalla ekish seyalka (moslamasi)
2 ball
transport traktori
(OVX-600)
(2 ta tirkama bilan)
2 ball
er tekislagich, greyder, chizel
(mola, borona komplektda)
2 ball
gʻalla oʻrish kombayni
2 ball
13.
Soʻnggi 3 yil ichida gʻalla sotish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilganligi
soʻnggi 3 yil
ichida bajargan
10 ball
Shartnoma tuzilgan korxona tomonidan berilgan maʼlumotnoma
soʻnggi 2 yil
ichida bajargan
6 ball
soʻnggi 1 yil
ichida bajargan
2 ball
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2018-yil 5-fevraldagi 44-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794-3, 19.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 10/18/1794-3/0785-son)
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda talabgorlarning lalmi yerlari boʻyicha imkoniyatlarini baholaydigan
Tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi maʼlumotnomasi
30 balldan
40 ballgacha
8 ball
20 balldan
30 ballgacha
4 ball
2.
Xoʻjalik rahbarining mutaxassisligi
urugʻchilik boʻyicha agronom
10 ball
Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat
agronom
9 ball
iqtisodchi
8 ball
huquqshunos
7 ball
injener, hisobchi
5 ball
mexanik, zootexnik, veterinar va boshqa mutaxassislar
4 ball
3.
Xoʻjalik rahbarining maʼlumoti
oliy
10 ball
Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat
oʻrta maxsus
5 ball
4.
Xoʻjalik rahbarining qishloq xoʻjaligi sohasidagi ish staji
15 yil
va undan yuqori
10 ball
Mehnat daftarchasi
10 yildan
15 yilgacha
8 ball
5 yildan
10 yilgacha
6 ball
3 yildan
5 yilgacha
4 ball
1 yildan
3 yilgacha
2 ball
5.
Talabgorning bank hisobvaragʻidagi majburiyatlardan holi boʻlgan pul mablagʻlari
eng kam ish haqining
150 barobari
va undan yuqori miqdorda
10 ball
Bank tomonidan berilgan maʼlumotnoma
eng kam ish haqining
100 barobaridan 150 barobarigacha miqdorda
8 ball
eng kam ish haqining
50 barobaridan 100 barobarigacha miqdorda
6 ball
eng kam ish haqining
50 barobaridan kam boʻlsa
4 ball
6.
Talabgorning texnika vositalari bilan taʼminlanganligi
haydov traktori
2 ball
Texnika vositalari texnik pasporti, “Davtexnazorat” inspeksiyasi maʼlumotnomasi
gʻalla ekish seyalka (moslamasi)
2 ball
transport traktori
(OVX-600)
(2 ta tirkama bilan)
2 ball
er tekislagich, greyder, chizel
(mola, borona komplektda)
2 ball
gʻalla oʻrish kombayni
2 ball
7.
Soʻnggi 3 yil ichida gʻalla sotish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilganligi
soʻnggi 3 yil
ichida bajargan
10 ball
Shartnoma tuzilgan korxona tomonidan berilgan maʼlumotnoma
soʻnggi 2 yil
ichida bajargan
6 ball
soʻnggi 1 yil
ichida bajargan
2 ball
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 12-fevraldagi 22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794-2, 17.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 7-son, 70-modda)
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
(4-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 12-fevraldagi 22-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1794-2, 17.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 7-son, 70-modda)
______________ viloyati ______________ tumani __________________________ komissiyasi yigʻilishining
(komissiyaning nomi)
____________ - SONLI BAYoNNOMASI
_____________ viloyati ____________ tumani “___” __________ 200_ yil
_____________________________________________ urugʻchilik xoʻjaliklari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlov yakunlari toʻgʻrisida. Kun tartibidagi masala yuzasidan komissiya raisi _______________________ _________________________________________________ axboroti eshitildi. __________________________________________________________________ Kun tartibidagi masalani muhokama qilib, komissiya
QAROR QILADI:
___________________________ urugʻchilik xoʻjaliklari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlov yakunlari quyidagicha tasdiqlansin.
T/r
Tanlov gʻoliblarining nomi
Maydoni, ga
Toʻplagan bali
1.
2.
3.
4.
5.
Komissiya raisi
__________________
____________
(F.I.Sh.)
(imzo)
Komissiya aʼzolari:
__________________
____________
(F.I.Sh.)
(imzo)
Kotib
__________________
____________
(F.I.Sh.)
(imzo)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 16-son, 126-modda; 2012-y., 52-son, 599-modda; 2016-y., 7-son, 70-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 10/18/1794-3/0785-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)