|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.07.2021
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “SUDLAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi O‘RQ-703-sonli “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 2000-yil 14-dekabrda yangi tahrirda qabul qilinishi munosabati bilan amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni e’lon qilingan kundan amalga kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 1993-yil 17-noyabrdagi 224 (722)-sonida e’lon qilingan.
Belgilab qo‘yilsinki, 62-moddaning qoidalari Qonun amalga kiritilganidan keyin saylanadigan va tayinlanadigan sudyalarga nisbatan qo‘llaniladi.
2. “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun amalga kiritilgan vaqtdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi xalq maslahatchilarining vakolati tugatiladi. Xalq maslahatchilarining vakolat muddatlari ular sud ishlarini ko‘rib turgan vaqtda tugaydigan bo‘lsa, ularning vakolatlari shu ishning muhokamasi tugagunga qadar saqlanadi.
“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun amalga kiritilgunga qadar saylangan boshqa sudlarning xalq maslahatchilari o‘z vakolatlarini ular saylangan muddat tugaguncha saqlab qoladilar.
3. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirilgunga qadar amaldagi qonun hujjatlarining mazkur Qonunga zid bo‘lmagan qismi qo‘llanilaveradi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga sudlarni xizmat binolari, avtotransport, tashkiliy texnika, aloqa vositalari bilan ta’minlash masalalarini hal etish va “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunda ko‘zda tutilgan moddiy-texnika ta’minotiga oid boshqa choralarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, viloyat sudlarining alohida rejimdagi obyektlarda amal qiluvchi doimiy sessiyalari tugatilsin.
6. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida sud tuzilishi to‘g‘risida”gi 1981-yil 27-noyabrdagi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1981-yil, № 33, 642-modda);
O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudi va xo‘jalik nizolarini hal qilish tartibi to‘g‘risida”gi 1991-yil 20-noyabrdagi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 86-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “O‘zbekiston Respublikasi sudlarining konferensiyalarini chaqirish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 1989-yil 30-noyabrdagi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989-yil, № 31—33, 526-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari va xalq mslahatchilarining qasamyodi to‘g‘risida”gi 1989-yil 21-dekabrdagi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989-yil, № 35-36, 605-modda).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 2-sentabr,
925-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 10-son, 368-modda)