Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.03.2020
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
QARORI
OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIGA STIPENDIYALAR TAYINLASh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA QO‘ShIMChA VA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 13-fevralda 1339-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining 2020-yil 11-martdagi 8-2020, 11-sonli “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1339-6, 27.03.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-744 sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda talabalarga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish hamda to‘lov-kontrakt shaklida ta’lim olayotgan talabalarning yuqori reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘qishga qiziqishlarini oshirish maqsadida qaror qilamiz:
1. 2004-yil 10-martdagi 2-P va 43-sonli O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirliklari qarori bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligida 16.04.2004-yilda № 1339-son bilan ro‘yxatga olingan, O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami 2004-yil 15-son 184-modda) Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga ilovaga* muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-yanvar,
№ 13
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-yanvar,
№ 3
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 6-7-son, 31-modda)