Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “DAVLAT XIZMATChILARINING LAVOZIM MAOShLARIGA YIGIRMA FOIZLI USTAMA HAQ BELGILASh TOʻGʻRISIDA” 1997-YIL 3 IYuLDAGI 339-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASINING OLIY OʻQUV KURSLARINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 7 NOYABRDAGI PQ-727-SON QARORI)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy oʻquv kurslarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-727-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilari lavozimlari roʻyxatining “Qonunchilikni mustahkamlash muammolari va prokuratura-tergov xodimlari malakasini oshirish markazi” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy oʻquv kurslari
Boshliq
Boshliq oʻrinbosari
Kafedra boshligʻi
Katta oʻqituvchi
Oʻqituvchi
Boʻlim boshligʻi
Bosh mutaxassis
Yetakchi mutaxassis
1-toifali mutaxassis
2-toifali mutaxassis”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-dekabr,
258-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 520-modda)