Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.06.2020
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
QARORI
MIKROKREDIT TAShKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI YuRITISh TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 12-oktabrda 1728-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 27-iyundagi 15/9-sonli “Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3263, 27.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida” va “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi qonunlariga asosan Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
3. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisi oʻrinbosari M.Y. Eshmatov zimmasiga yuklatilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-sentabr,
23/1-son
Markaziy bank Boshqaruvining
2007-yil 8-sentabrdagi 23/1-sonli qaroriga
ILOVA
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisida
YOʻRIQNOMA
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”, “Mikromoliyalash toʻgʻrisida” va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, mikrokredit tashkilotlari uchun majburiy boʻlgan buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini belgilaydi.
I boʻlim. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Yoʻriqnomada mikrokredit tashkilotlarida moliyaviy hisobining tamoyillari, moliyaviy operatsiyalarning hisobini yuritish va nazorat qilish qoidalari, moliyaviy apparatining tuzilishi, mijozlarga xizmat koʻrsatish hamda hujjatlar aylanmasini yoʻlga qoʻyish usullari, Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarga asoslangan moliyaviy hisobotini tuzish tartibi belgilangan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
2. Buxgalteriya operatsiyalarini amalga oshirish, rasmiylashtirish, hisobini yuritish va nazorat qilish boʻyicha mazkur Yoʻriqnoma va uning ilovalarida belgilangan koʻrsatmalar barcha mikrokredit tashkilotlari uchun majburiydir. Mikrokredit tashkiloti doirasida hujjatlarning aylanish tartibi har bir mikrokredit tashkilotining ish xususiyatlaridan kelib chiqib, mazkur Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan asosiy qoidalarga amal qilingan holda belgilanishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq oʻz hisob siyosatini ishlab chiqishi, tasdiqlashi va amalda qoʻllashi lozim.
3. Mikrokredit tashkilotlarining buxgalteriya operatsiyalarini hisobvaraqlarda aks ettirish mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga (bundan buyon matnda hisobvaraqlar rejasi deb yuritiladi) asosan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-4, 25.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 10/19/1728-4/3958-son)
4. Koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisob ikki yoqlama yozuv usulida yuritiladi. Bunda har bir asosiy hisobvaraq yoki asosiy hisobvaraqlar guruhi uchun kontr-hisobvaraqlar mavjud boʻlib, ulardan faqat buxgalteriya hisobi maqsadlari uchungina foydalaniladi. Balans hisoboti yoki shu kabi boshqa moliyaviy hisobotlarda asosiy hisobvaraqlar aks ettirilib, kontr-hisobvaraqlardagi maʼlumotlari koʻrsatilmaydi.
5. Mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organi rahbari hamda bosh buxgalteri buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha mazkur Yoʻriqnomada oʻrnatilgan talablarga rioya qilinishi va moliyaviy hisobotlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlash yuzasidan javobgar hisoblanadi.
II boʻlim. Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya ishi va hujjatlar aylanishini tashkil etish
1-bob. Mikrokredit tashkilotining buxgalteriya apparati tuzilishi
6. Buxgalteriya apparati mikrokredit tashkilotlarining hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar hisobini, hisob hujjatlarini rasmiylashtirish va nazoratini amalga oshiradigan xodimlarni oʻz ichiga oladi. Ushbu tuzilma mikrokredit tashkilotlarining bosh buxgalteri tomonidan boshqariladi. U mikrokredit tashkilotlari bosh buxgalteri toʻgʻrisidagi nizom (11-ilova) asosida ish olib boradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-4, 25.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 10/19/1728-4/3958-son)
7. Har bir mikrokredit tashkilotida xodimlarning lavozim vazifalari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi zarur. Mazkur lavozim vazifalarining nusxalari tegishli xodimlarga tanishtiriladi va bosh buxgalter tomonidan imzo qoʻydirib beriladi. Buxgalteriya apparatining asosiy vazifalari roʻyxati mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan.
8. Buxgalteriya xodimiga, uning lavozim majburiyatlariga muvofiq maʼlum vazifalarni bajarish yuklatiladi.
9. Chiqim kassa operatsiyalari ustidan nazorat maxsus ajratilgan buxgalter-nazoratchi tomonidan, agar mikrokredit tashkilotida bu lavozim koʻzda tutilmagan boʻlsa, bosh buxgalter yoki uning oʻrinbosari tomonidan mikrokredit tashkiloti rahbarining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi. Shu bilan bir vaqtda mikrokredit tashkilotida chiqim kassa operatsiyalari boʻyicha kassa chiqim jurnali yuritilishi lozim.
10. Hisobga olish hujjatlarida mikrokredit tashkilotlari operatsiyalari hisobining yuritilishini tashkil etish va hisobotlar tuzish hamda hisob va hisobotlarning saqlanishi ustidan rahbarlik bosh buxgalterga yuklatiladi, u boʻlmagan vaqtda, mikrokredit tashkiloti rahbarining buyrugʻi asosida bosh buxgalterning oʻrinbosariga yuklatilishi mumkin.
2-bob. Ish kuni va hujjatlar aylanishini tashkillashtirish
11. Buxgalteriya xodimlarining ish kuni davomida mikromoliyalashga oid hisob hujjatlari rasmiylashtirilishi va ushbu hujjatlar asosida amalga oshirilgan operatsiyalar shu kunning oʻzida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirilishi lozim.
12. Har bir mikrokredit tashkilotida tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlar aylanish jadvali belgilanadi. Jadvalda hujjatlarning barcha koʻrib chiqish jabhalari boʻyicha oʻtish tartibi belgilanadi.
3-bob. Ichki nazoratni tashkil etish
13. Moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda ularning toʻgʻri rasmiylashtirilganligi, shuningdek, mablagʻlar va qimmatliklarning but saqlanishini tegishlicha nazorat qilish taʼminlanishi lozim.
14. Mikrokredit tashkilotlarida kassa operatsiyalari amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
15. Kassa chiqim operatsiyalari chiqim kassa orderi bilan rasmiylashtiriladi (3-ilova) va mazkur Yoʻriqnomaning 9-bandida koʻrsatilgan tartibda markazlashgan holda nazorat qilinadi. Bosh buxgalter amalga oshiriladigan operatsiyalarning haqqoniyligini, qonun hujjatlariga mosligini, hujjatlar toʻgʻri rasmiylashtirilishini tekshiradi. Kassa chiqim orderi ijrochi direktor va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
Kassa chiqim hujjatlarini toʻlov uchun kassaga yoʻnaltirilish tartibi mikrokredit tashkiloti ijrochi direktori va bosh buxgalteri tomonidan oʻrnatiladi.
16. Kassa kirim operatsiyalarini rasmiylashtirish va mikrokredit tashkiloti kassa hisobvaragʻiga mablagʻlarni kiritish faqat kassaga haqiqatda pul kelib tushganidan soʻng amalga oshirilishi lozim.
Bunda kirim kassa orderi (4-ilova) bir nusxada rasmiylashtirilib, buxgalteriyaga hisobvaraqlarda aks ettirish va kunlik hujjatlarga tikilishi uchun beriladi. Naqd pul qabul qilinganligi toʻgʻrisida kvitansiya bosh buxgalter yoki boshqa vakolatli shaxs va kassir tomonidan imzolanadi va mikrokredit tashkiloti kassasi shtampi bilan tasdiqlanib, pul mablagʻini qoʻyuvchiga qaytariladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-3, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1728-3/2896-son)
17. Mikrokredit tashkilotining bosh buxgalteri muhrlar, shtamplar va blanklardan foydalanish, ularning yoʻqolishi yoki suiisteʼmolchilik maqsadlarida foydalanish sharoitiga imkon bermaslik uchun tegishli ravishda saqlanishini taʼminlashi shart. Mikrokredit tashkiloti rahbarining buyrugʻi asosida bosh buxgalter muhrlarni roʻyxatga olish kitobini yuritadi. Mazkur kitobda muhrlar va burchak muhrlarining hisobi ularni saqlayotgan buxgalter hamda kassirlar familiyasi va lavozimi hamda biriktirilgan burchak muhrlarning izi koʻrsatilgan holda imzo orqali rasmiylashtiriladi.
III boʻlim. Buxgalteriya hisobining umumiy qoidalari
1-bob. Hisobga olish kitoblari
18. Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun Bosh va Yordamchi kitoblardan (sintetik va analitik hisob) foydalaniladi.
19. Bosh kitob (5-ilova) bu ikkinchi tartibli balans hisobvaraqlari rejasi nomenklaturasiga mos ikkinchi tartibli balans hisobvaraqlari guruhi boʻlib, moliya hisobotlarni (balans hisoboti, daromad va xarajatlar toʻgʻrisida hisoboti va boshqalar) tayyorlashda ishlatiladigan yigʻma maʼlumotlarni aks ettiradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
20. Mikrokredit tashkilotlarida bosh kitob kunlik balans shaklida yuritiladi. Bundan tashqari bosh kitob balans hisobvaraqlari boʻyicha mablagʻlar aylanmasi va qoldiqlari maʼlumotidan tashkil topishi mumkin. Bosh kitob maʼlumotlari quyidagi yordamchi kitoblar maʼlumotlari asosida shakllantiriladi:
— pul mablagʻlarini hisobga olish kitobi (6-ilova);
— berilgan mikrokredit, mikrolizing, mikroqarz va boshqa mikromoliyalash operatsiyalarni hisobga olish kitobi (7-ilova);
— hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish kitobi (8-ilova);
— kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni hisobga olish kitobi (9-ilova);
— mehnatga haq toʻlashni hisobga olish kitobi (10-ilova);
— hisobot davri xarajatlarini hisobga olish kitobi (11-ilova);
— asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish kitobi (12-ilova);
— kirim va chiqim kassa kitoblari (13, 14-ilovalar).
kassa kitobi (17-ilova).
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
201. Bosh va yordamchi kitoblar hisobvaraqlar rejasi nomenklaturasiga mos ikkinchi tartibli balans hisobvaraqlari boʻyicha har oy uchun alohida yuritilishi lozim.
Bosh va yordamchi kitoblar dasturiy yoʻl bilan yuritilishi mumkin, kassa kitobi bundan mustasno. Bunda bosh va yordamchi kitoblar (kirim va chiqim boʻyicha kassa kitoblari har kuni) qogʻozga koʻchirilib, xronologik tartibda har oy uchun alohida tikiladi, oʻsib borish tartibida raqamlanadi hamda varaqlar soni koʻrsatilgan holda mikrokredit tashkiloti rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi.
(201-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) asosan kiritilgan —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
21. Barcha kunlik operatsiyalar Yordamchi kitobda xronologik tartibda aks ettiriladi. Yordamchi kitob uchun manba boʻlib quyidagi birlamchi buxgalteriya hujjatlari hisoblanadi:
— kirim kassa orderi (4-ilova);
— chiqim kassa orderi (3-ilova);
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) asosan chiqarilgan —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
— toʻlov topshiriqnomasi (umumiy qabul qilingan shaklda);
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) asosan chiqarilgan —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
— boshqa birlamchi hujjatlar.
22. Yordamchi kitobni yuritishni soddalashtirish va qoʻshimcha nazorat uchun kassa operatsiyalari hisobi kirim va chiqim boʻyicha kassa kitoblarida yuritiladi. Kun oxirida kirim va chiqim kassa kitoblaridagi qoldiqlar kassa bilan solishtiriladi. Mazkur kitoblardagi maʼlumotlar har bir hisobvaraq boʻyicha alohida yigʻilib, yordamchi kitobga oʻtkaziladi. Kassa hujjatlari alohida tikib boriladi va ular kassada saqlanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
23. Mikrokredit tashkiloti kassa kitobining barcha varaqlari raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organ rahbari va bosh buxgalterining imzosi, shuningdek, mikrokredit tashkiloti muhri bilan tasdiqlanadi.
Kassa kitobi varaqlari yozuvlari ikki nusxada yuritiladi. Kassa kitobi varaqlarining ikkinchi nusxasi yirtib olinadigan boʻlib, u kassirning hisoboti boʻlib hisoblanadi. Kassa kitobining har ikkala varagʻi bir xil raqamlanadi. Har kuni, ish kuni oxirida kassir kun davomidagi operatsiyalar yakunini hisoblaydi, keyingi kunga kassadagi pullar qoldigʻini hisoblab chiqaradi va buxgalteriyaga kassir hisoboti sifatida yirtib olingan ikkinchi varaqni kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birgalikda kassa kitobiga imzo chektirib topshiradi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
2-bob. Hisobga olish davri
24. Hisobga olish davri moliyaviy operatsiyalar tahlilidan boshlanib, moliyaviy hisobotlarni tuzish va hisobvaraqlarni yopishgacha boʻlgan hisob jarayonining ketma-ket bosqichini oʻz ichiga oladi.
Hisobga olish davri quyidagi bosqichlardan iborat:
a) birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish (kirim kassa orderi, chiqim kassa orderi va boshqa hujjatlar);
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
b) yordamchi kitoblarda operatsiyalarni roʻyxatga olish;
v) oyning oxirida yordamchi kitoblardagi jami summani Bosh kitobga oʻtkazish;
g) oy oxirida buxgalteriya balansini tayyorlash;
d) buxgalteriya balansi asosida moliyaviy hisobotni tayyorlash;
e) hisobot yili oxirida mikrokredit tashkilotining foyda va zararlar hisobvaraqlarini yopish;
j) yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish.
3-bob. Buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatish
25. Bosh va Yordamchi buxgalteriya kitoblarida hech qanday tuzatishlar qilinishiga ruxsat etilmaydi. Oʻchiruvchi suyuqliklar yordamida, shuningdek, summalarni oʻchirib yozish va tuzatish yoʻli bilan tuzatishlar kiritish taqiqlanadi.
26. Aniqlangan xato yozuvlar ushbu xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlarga teskari yozuvlar kiritish yoʻli bilan (storno usulida) tuzatish ordyerlarini tuzish asosida tuzatilishi lozim.
27. Tuzatish orderi ikki nusxada tuziladi:
a) birinchi nusxasi oʻtkazmani tasdiqlovchi birlamchi hujjat hisoblanadi;
v) ikkinchi nusxasi tuzatish ordyerlarini roʻyxatga olish kitobiga tikiladi.
28. Tuzatish orderi matnida qachon va qaysi hujjatda xatoga yoʻl qoʻyilgani koʻrsatilishi kerak, agarda qarzdorning tashabbusi bilan berilgan arizaga asosan boʻlsa, unda arizaga eslatma beriladi. Ushbu ariza birlamchi hujjatlar bilan birga saqlanadi.
29. Tuzatish orderi ikkinchi nusxasining teskari tomonida, shuningdek, roʻyxatga olish kitobida xatoga yoʻl qoʻygan shaxsning F.I.Sh. va lavozimi koʻrsatiladi. Roʻyxatga olish kitobi bosh buxgalterda saqlanadi.
30. Summasi keyinchalik storno bilan tuzatilgan kredit kartochkasida yoki shaxsiy hisobvaraqdagi xato yozuv qarshisiga albatta “Stornolangan” belgisi qoʻyilishi, tuzatish kiritilgan sana va tuzatish orderining raqami koʻrsatilishi shart. Bu qayd tuzatish orderini imzolagan bosh buxgalter yoki uning muovini imzosi bilan tasdiqlanadi.
IV boʻlim. Mikrokredit tashkilotlarining buxgalteriya operatsiyalari hisobi
1-bob. Umumiy qoidalar
31. Mikrokredit tashkilotlari, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, banklarda depozit hisobvaraqlari va boshqa bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega.
Mikrokredit tashkilotlarida mijozlarga mikromoliya xizmatlarini koʻrsatish va ichki xoʻjalik operatsiyalari boʻyicha shaxsiy hisobvaraqlarni ochish tartibi ushbu Yoʻriqnomaning 20-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
32. Mikrokredit tashkiloti bilan mijoz oʻrtasida mikrokredit (mikrolizing, mikroqarz, isteʼmol krediti) berish boʻyicha shartnoma kuchga kirgandan soʻng, keyingi ish kunidan kechiktirmasdan mijozga shaxsiy hisobvaraq ochiladi. Bunda mikrokredit tashkiloti tomonidan har bir qarzdorga har bir mikrokredit (mikrolizing, mikroqarz, isteʼmol krediti) boʻyicha alohida kredit kartochkasi ochiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
2-bob. Mikrokredit va mikroqarz operatsiyalari hisobi
33. Mikrokredit tashkilotlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratiladigan mikrokreditlar hamda jismoniy shaxslarga mikroqarzlar miqdori qonunchilik bilan belgilanadi.
34. Mikrokredit tashkiloti tomonidan yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga mikrokredit hamda jismoniy shaxslarga mikroqarzlar berilganda har bir qarz oluvchining har bir mikrokredit va mikroqarzi boʻyicha qogʻoz shaklida kredit kartochkasi rasmiylashtirilib, unda mikrokredit va mikroqarzlar boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalar hisobi olib boriladi. Kredit kartochka va unda amalga oshirilgan mikrokredit va mikroqarzlar boʻyicha operatsiyalarning hisobi dasturiy yoʻl bilan amalga oshirilishi mumkin.
Kredit kartochkasida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:
qarz oluvchi jismoniy shaxsning ismi, familiyasi va otasining ismi, qarz oluvchi yuridik shaxsning nomi;
shaxsiy hisobvaraq raqami;
qarz oluvchi jismoniy shaxsning pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat maʼlumotlari, qarz oluvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumotlari;
qarz oluvchi jismoniy shaxsning turar joyi, qarz oluvchi yuridik shaxsning joylashgan yeri hamda ularning kontakt maʼlumotlari;
majburiyatlar taʼminlanganligi haqida maʼlumotlar;
kafillar toʻgʻrisida maʼlumotlar, shu jumladan ularning pasport yoki shaxslarini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar maʼlumotlari, turar joy (joylashgan yeri) va kontakt maʼlumotlari;
mikrokredit yoki mikroqarzning maqsadi;
mikrokredit yoki mikroqarz shartlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
mikrokredit yoki mikroqarz boʻyicha hisoblangan va toʻlangan foizlar toʻgʻrisida maʼlumot;
mikrokredit yoki mikroqarzni qaytarish summalari toʻgʻrisida maʼlumot;
toʻlov muddatini kechiktirish toʻgʻrisida maʼlumot.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
35. Mikrokredit va mikroqarz berish boʻyicha operatsiyalar oʻtkazilganda bosh buxgalter:
har bir qarzdor uchun har bir mikrokredit (mikroqarz) shartnomasiga asosan alohida shaxsiy hisobvaraq ochadi;
mikrokredit (mikroqarz) berish boʻyicha operatsiyalarni va tegishli oʻtkazmalarni amalga oshirishni tasdiqlaydi.
Mikrokredit (mikroqarz) shartnomalari buxgalteriyada bosh buxgalter javobgarligi ostida saqlanadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
36. Qarz oluvchiga mablagʻlarni berish ushbu Yoʻriqnomaga muvofiq pul mablagʻlarni berishni rasmiylashtirish jarayoni va hisobiga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda mikrokredit va mikroqarz boʻyicha naqd pul mablagʻlari berilganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet Mikrokredit va mikroqarz boʻyicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvaragʻi;
Kredit 10101 — “Kassadagi pul mablagʻlari” hisobvaragʻi.
Mikrokredit va mikroqarz mijozga naqd pulsiz tarzda berilganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet Mikrokredit va mikroqarz boʻyicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvaragʻi;
Kredit 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvaragʻi.
37. Mikrokredit va mikroqarzni qaytarish hisobvaragʻida mablagʻlarni hisobga olish va foizlar hisoblash ushbu Yoʻriqnomaga muvofiq kelib tushgan pul mablagʻlarni rasmiylashtirish jarayoni va hisobiga muvofiq amalga oshiriladi.
38. Mikrokredit va mikroqarz boʻyicha asosiy qarz va hisoblangan foizlar naqd pulda soʻndirilganda quyidagi oʻtkazma amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Kassadagi pul mablagʻlari” hisobvaragʻi;
Kredit Mikrokredit yoki mikroqarz boʻyicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvaragʻi;
Kredit 163** — Mikrokredit yoki mikroqarz boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar boʻyicha tegishli hisobvaraq.
Xuddi shuningdek, mikrokredit va mikroqarz boʻyicha asosiy qarz va hisoblangan foizlar naqd pulsiz shaklda soʻndirilganda quyidagi oʻtkazma amalga oshiriladi:
Debet 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvaragʻi;
Kredit Mikrokredit yoki mikroqarz boʻyicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvaragʻi;
Kredit 163** — Mikrokredit yoki mikroqarz boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar boʻyicha tegishli hisobvaraq.
39. Hisoblangan foizlar summasi mikrokredit tashkiloti tomonidan har xil mikrokredit yoki mikroqarz turlari boʻyicha belgilagan yillik foiz stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Foizlar hisoblashda bir yil deb 365 (366) kun qabul qilinadi. Foizlar mikrokredit yoki mikroqarz berilgan sanadan boshlab haqiqiy kunlar miqdoridan (mikrokredit yoki mikroqarz berilgan kun hisobga olingan holda) yoki foizlarni qaytarishni oxirgi kunidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

Kredit yoki qarz boʻyicha asosiy qarzning toʻlanmagan qoldigʻi summasi X yillik foiz stavkasi X kunlar soni
‎____________________________________________________
‎365 (366)‎

(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
40. Olinishi lozim boʻlgan foizlar har kuni hisoblanadi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Debet 163** — Mikrokredit yoki mikroqarz boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar boʻyicha tegishli hisobvaraq;
Kredit 42000—44500 — Mikrokredit va mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar tegishli hisobvaragʻi.
41. Mikrokredit yoki mikroqarzning asosiy summasi yoki foizlar qaytarilishi 60 va undan ortiq kunga kechiktirilgan holda va bunday mikrokredit va mikroqarzlar boʻyicha foizlarni balans hisobvaraqlarida hisoblash toʻxtatilganda, hisoblangan, lekin olinmagan barcha foizlar quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan hisobdan chiqarilishi lozim:
Debet 4200—4500 — Mikrokredit va mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar tegishli hisobvaragʻi;
Kredit 163** — Mikrokredit yoki mikroqarz boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar boʻyicha tegishli hisobvaraq.
Shuningdek, ushbu foizlar summasini koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida aks ettirish uchun quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 91501 — “Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha hisoblangan foizlar” hisobvaragʻi;
Kredit 96335 — “Aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”.
42. Foizlar balansdan hisobdan chiqarilganidan soʻng, foizlarni keyingi hisoblash faqat balansdan tashqari 91501 — “Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha hisoblangan foizlar” va 91505 — “Boshqa aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari” hisobvaraqlarida qoida boʻyicha 3 yildan oshmagan vaqtgacha amalga oshirilishi mumkin. Bunda barcha muddati oʻtgan foizlar kreditning asosiy summasi toʻliq qoplanganidan va toʻlanganidan keyin daromadga kiritilishi mumkin.
Avval hisobdan chiqarilgan va balansdan tashqari hisoblanadigan foizlarni qaytarishda:
Debet 96335 — “Aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq” hisobvaragʻi;
Kredit 91501 — “Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha hisoblangan foizlar” hisobvaragʻi.
43. Mikrokredit va mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasiga oʻtkazmalar mikrokredit tashkilotining xarajatiga 56802 — “Mikroqarz va mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash” hisobvaragʻi orqali olib borilishi va joriy davr uchun “Foyda va zararlar toʻgʻrisida hisobot”da aks ettirilishi shart:
Debet 56802 — “Mikrokredit va mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash” hisobvaragʻi;
Kredit Mikrokredit va mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasining tegishli hisobvaragʻi (kontr-aktiv).
Mikrokredit tashkiloti tomonidan koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasiga oʻtkazmalar belgilangan talablardan kam boʻlganda, qoʻshimcha oʻtkazmalar ushbu holat aniqlangan davrda mikrokredit tashkilotining xarajatiga 56802 — “Mikroqarz va mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash” hisobvaragʻi orqali olib boriladi va joriy davr uchun “Foyda va zararlar toʻgʻrisida hisobot”da aks ettiriladi.
Mikrokredit tashkiloti tomonidan belgilangan talablarga nisbatan ortiqcha shakllantirilgan zaxiralar kamaytirilganda, shuningdek qarzdor tomonidan zaxira shakllantirilgan aktiv boʻyicha mablagʻlar qaytarilganda ortiqcha shakllantirilgan zaxiralar 56802 — “Mikroqarz va mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash” (zaxira hisobot yilida yaratilgan boʻlsa) hisobvaragʻiga yoki 45921 — “Hisobdan chiqarilgan mablagʻlarning qaytarilishi” (zaxira hisobot yilidan oldingi yilda yaratilgan boʻlsa) hisobvaragʻiga olib boriladi va joriy davr uchun “Foyda va zararlar toʻgʻrisida hisobot”da aks ettiriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
44. Tegishli zaxiralar hisobidan mikrokredit va mikroqarzlarni hisobdan chiqarish quyidagi oʻtkazma bilan amalga oshiriladi:
Debet Mikrokredit va mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasining tegishli hisobvaragʻi (kontr-aktiv);
Kredit Mikrokredit va mikroqarz boʻyicha tegishli shaxsiy hisobvaragʻi.
(44-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
Bunda zaxira hisobiga hisobdan chiqarilgan aktivning kelgusi hisobi 95413 — “Hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar” hisobvaragʻida yuritiladi. Zaxira hisobiga hisobdan chiqarilgan aktiv va unga hisoblangan foizlar balansdan tashqari “Koʻzda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlarida kamida uch yil yuritiladi va mikrokredit tashkiloti tomonidan ularni undirish boʻyicha tegishli choralar koʻrilishi shart. Mikrokredit tashkiloti tomonidan zaxira hisobiga hisobdan chiqarilgan aktiv va unga hisoblangan foizlar boʻyicha har oyda qarzdorga qarzdorlikni soʻndirish boʻyicha daʼvo xati va tegishli “Koʻzda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridan koʻchirmalar yuboriladi.
Ushbu daʼvo xati va koʻchirmalar sudga qarzdorlikni undirish boʻyicha murojaat etish uchun asos hisoblanadi. Koʻrilgan choralar natijasida qarzdorlik qoplanmagan taqdirda, yaratilgan zaxira hisobiga hisobdan chiqarilgan aktiv va unga hisoblangan foizlar mikrokredit tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
45. Oldin balansdan hisobdan chiqarilgan mikrokredit va mikroqarzlar boʻyicha asosiy qarz va foizlar naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklda pul oʻtkazish yoʻli bilan undirilganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
(45-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
Debet 10101 — “Kassadagi pul mablagʻlari” yoki 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvaragʻi;
(45-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
Kredit 45921 — “Hisobdan chiqarilgan mablagʻlarning qaytarilishi” hisobvaragʻi;
Kredit 42000—44500 — Mikrokredit va mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar tegishli hisobvaragʻi.
Koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida oldin hisobdan chiqarilgan mikrokredit va mikroqarz summasi (asosiy qarz)ga:
Debet 96397 — “Boshqa koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
Kredit 95413 — “Hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar”.
3-bob. Mikrolizing operatsiyalarining hisobi
3.1. Lizing beruvchi mikrokredit tashkilotida mikrolizing hisobi
46. Mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizingga berilgan aktivlarning hisobi 15600 — “Mikrolizing (moliyaviy ijara)” hisobvaraqlarida yuritiladi.
47. Mikrokredit tashkilotida mikrolizingga berilayotgan aktiv boʻyicha debitorlik qarzni dastlabki tan olish mikrolizing shartnomasining amal qilish muddati boshlanishida amalga oshiriladi. Bunda mikrokredit tashkiloti ushbu debitorlik qarzni oʻz balansida lizingga berilgan mikrolizing obyektini sotib olish, uni lizing oluvchiga yetkazib berish va foydalanishga shay holga keltirish bilan bogʻliq xarajatlar yigʻindisi aktiv sifatida tan oladi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
48. Mikrokredit tashkiloti mikrolizing obyekti uchun toʻlovlarni sotuvchiga oldindan toʻlab bergan holda mikrolizing obyekti toʻgʻridan toʻgʻri lizing oluvchiga yetkazib berilsa, mikrokredit tashkiloti foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga asosan, quyidagi buxgalteriya amallarini bajaradi:
(48-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
a) Debet 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlar hisobvaragʻi”;
Kredit 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”;
b) Debet 15607 — “Mikrolizing”;
Kredit 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlar hisobvaragʻi”.
49. Mikrokredit tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan va mikrolizing shartnomasiga muvofiq lizing oluvchi tomonidan qoplanadigan dastlabki bevosita xarajatlar mikrolizing obyektining qiymatiga qoʻshiladi.
Mikrolizing shartnomasiga muvofiq yuqoridagi xarajatlar lizing oluvchi tomonidan qoplanmagan taqdirda, mazkur xarajatlar yuzaga kelgan paytdagi tegishli hisobot davri xarajatlari sifatida tan olinadi.
50. Mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizingga berilayotgan aktiv boʻyicha debitorlik qarzi dastlabki tan olinganidan soʻng, keyingi hisob lizing oluvchi tomonidan toʻlanadigan mikrolizing boʻyicha asosiy qarz summasini (dastlabki tan olingan summani) va u boʻyicha foizlarning hisobini yuritishdan iborat. Keyingi hisob mikrolizing obyektini baholab borishni ham oʻz ichiga oladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
51. Mikrokredit tashkilotining daromadi lizing oluvchi tomonidan lizing toʻlovlarining amalga oshirilishidan qatʼi nazar, tegishli hisobot davrlarida lizing toʻlovlari jadvaliga muvofiq hisoblanadi.
52. Mikrokredit tashkilot tomonidan mikrolizing boʻyicha foizli daromadlar har kuni hisoblanadi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari beriladi:
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
Debet 16323 — “Mikrolizing (moliyaviy ijara) boʻyicha olish uchun hisoblangan foizlar”;
Kredit 45105 — “Mikrolizing boʻyicha foizli daromadlar”.
53. Lizing toʻlovlari kelib tushgan hollarda, xususan asosiy qarzning qaytarilgan summasiga hamda foizli daromad summasiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari beriladi:
Debet 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”;
Kredit 15607 — “Berilgan mikrolizing”;
Kredit 16323 — “Mikrolizing (Moliyaviy ijara) boʻyicha olish uchun hisoblangan foizlar”.
54. Mikrolizing shartnomasi muddati tugaganidan soʻng lizing toʻlovlarini toʻlash shartlari toʻliq bajarilgan taqdirda 15607 — “Berilgan mikrolizing”; va 16323 — “Mikrolizing (Moliyaviy ijara)” boʻyicha olish uchun hisoblangan foizlar hisobvaraqlari qoldigʻi nolga teng boʻladi.
Lizing oluvchi tomonidan mikrolizing obyekti mikrolizing shartnomasi muddati tugamasidan oldin sotib olingan hollarda ham ushbu hisobvaraqlardagi qoldiq nolga teng boʻladi.
55. Mikrolizing obyekti lizing oluvchi tomonidan mikrolizing shartnomasi shartlari buzilganligi sababli qaytarib olinganida, lizing beruvchi mikrokredit tashkiloti ushbu aktivning taqdirini hal etgunga qadar uni oʻz balansiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari orqali qabul qiladi:
Debet 16701 — “Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar”;
Kredit 15607 — “Berilgan mikrolizing”.
56. Lizing oluvchi tomonidan lizing toʻlovlari oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda aktivga oʻstirmaslik maqomi beriladi va aktivning kelgusi hisobi mazkur Yoʻriqnomaning 41-42-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
57. Mikrolizing operatsiyalari boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasiga oʻtkazmalar mikrokredit tashkilotining xarajatiga 56838 — “Mikrolizing (moliyaviy ijara) boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash” hisobvaragʻi orqali olib borilishi va joriy davr uchun “Foyda va zararlar toʻgʻrisida hisobot”da aks ettirilishi shart:
Debet 56838 — “Mikrolizing (moliyaviy ijara) boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash” hisobvaragʻi;
Kredit 15699 — “Mikrolizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)”.
58. Tegishli zaxiralar hisobidan mikrolizingni hisobdan chiqarish quyidagi oʻtkazma bilan amalga oshiriladi:
Debet 15699 — “Mikrolizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)”;
Kredit Tegishli mikrolizing hisobvaragʻi.
59. Oldin balansdan hisobdan chiqarilgan mikrolizing boʻyicha asosiy qarz va foizlar naqd pulda undirilganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Kassadagi pul mablagʻlari”;
Kredit 45921 — “Hisobdan chiqarilgan mablagʻlarning qaytarilishi”;
Kredit 45100 — “Mikrolizing (moliyaviy ijara) boʻyicha foizli daromadlar”.
Xuddi shuningdek, balansdan hisobdan chiqarilgan mikrolizing boʻyicha asosiy qarz va foizlar naqd pulsiz undirilganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”;
Kredit 45921 — “Hisobdan chiqarilgan mablagʻlarning qaytarilishi”;
Kredit 45100 — “Mikrolizing (moliyaviy ijara) boʻyicha foizli daromadlar”.
Oldin hisobdan chiqarilgan mikrolizing summasi (asosiy qarz)ga:
Debet 96397 — “Boshqa koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”;
Kredit 95413 — “Hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar”.
3.2. Lizing oluvchi mikrokredit tashkilotida lizing (mikrolizing) hisobi
(3.2 paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
60. Mikrokredit tashkilotlari mikrolizing shartnomasi boʻyicha lizing oluvchi sifatida ishtirok etgan taqdirda lizingga olingan aktivlar hisobi 16515 — “Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi”, lizing boʻyicha yuzaga kelgan majburiyatlar esa 22100 — “Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha majburiyatlar”ning tegishli mos hisobvaraqlarida yuritiladi.
61. Mikrolizing lizing oluvchi mikrokredit tashkilotining moliyaviy hisobotlarida ham aktiv ham majburiyat sifatida tan olinadi. Ushbu dastlabki tan olish mikrolizing shartnomasi muddati boshlanishida amalga oshiriladi. Bunda, lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti lizing obyektini oʻz balansida sof investitsiya qiymati yoki uning haqqoniy qiymatining qaysi biri kichik boʻlsa oʻsha summada aks ettiradi.
62. Mikrolizingni dastlabki tan olishda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bajariladi:
Debet 16515 — “Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi”;
Kredit 22100 — “Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha majburiyatlar”ning tegishli hisobvaragʻi.
63. Mikrolizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan mikrolizing obyektini sotib olish, yetkazib berish yoki belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bogʻliq xarajatlar mikrolizing obyektining qiymatiga qoʻshiladi.
64. Mikrolizing obyekti lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti balansida aktiv va majburiyatlarning alohida moddalari sifatida aks ettirilishi lozim. Mikrolizing boʻyicha majburiyatni aktiv summasidan chegirib tashlagan holda (kontr-aktiv hisobvaraq sifatida) koʻrsatishga ruxsat etilmaydi.
65. Lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizing dastlabki tan olingandan soʻng keyingi hisob majburiyat boʻyicha asosiy qarz summasini (dastlabki tan olingan summani) va mikrolizing boʻyicha foizlar toʻlash hisobini yuritishdan iborat.
Keyingi hisob, mikrolizing bilan bogʻliq barcha xavf-xatarlar lizing oluvchiga oʻtganligi sababli lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizing obyektini baholab borish, amortizatsiya ajratmalarini va shartnomada koʻzda tutilgan boshqa xarajatlarni amalga oshirish ishlarini ham oʻz ichiga oladi.
66. Dastlabki tan olishda yoki obyektni lizingga olish vaqtida lizing oluvchi mikrokredit tashkilotning mikrolizing foizi boʻyicha xarajatlari buxgalteriya hisobida aks ettirilmaydi.
67. Lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan lizing toʻlovlari jadvaliga muvofiq mikrolizing boʻyicha foizli xarajatlar har kuni hisoblanadi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari beriladi:
(67-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
Debet 54401 — “Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha foizli xarajatlar”.
(67-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-4, 25.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 10/19/1728-4/3958-son)
68. Lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan lizing toʻlovlari quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari orqali amalga oshiriladi:
Debet 22408 — “Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha hisoblangan foizlar”;
Debet 22100 — “Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha majburiyatlar”;
Kredit 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” (yoki 10101 “Kassadagi pul mablagʻlari”).
69. Lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizing obyekti boʻyicha amortizatsiya ajratmalari ushbu Yoʻriqnomaning 99-bandi talablari asosida amalga oshiriladi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 56626 — “Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi boʻyicha eskirish summasi”;
Kredit 16519 — “Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi boʻyicha yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)”.
Agar mikrolizing obyektiga egalik huquqi oʻtishi mikrolizing shartnomasida belgilanmagan boʻlsa, mikrolizing obyekti boʻyicha eskirish mikrolizing shartnomasining amal qilish muddatidan yoki aktivning foydali xizmat qilish muddatidan qaysi biri kichik boʻlsa oʻsha muddatga hisoblanadi.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
70. Aniq bir davrdagi lizing oluvchi mikrokredit tashkilotining mikrolizing obyekti boʻyicha amortizatsiya ajratmasi va moliyaviy xarajatlari (mikrolizing boʻyicha foizlari) summasi mazkur davrda toʻlanishi kerak boʻlgan lizing toʻlovlari summasiga teng boʻlmasligi mumkin.
71. Mikrolizing obyektini yillik qayta baholash lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
72. Lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan oxirgi toʻlovlar amalga oshirilganidan keyin 16515, 16519, 22100 va 22408 balans hisobvaraqlarida mazkur lizing operatsiyalari boʻyicha ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar (analitik hisob) qoldigʻi nolga teng boʻladi va mulkka egalik huquqi lizing oluvchiga oʻtadi.
Mikrolizing obyektining lizing oluvchi mikrokredit tashkilotiga oʻtkazish quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari orqali amalga oshiriladi:
a) Debet 16519 — “Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi boʻyicha yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)”;
Kredit 16515 — “Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi”;
b) Debet 16500 — “Asosiy vositalar”ning tegishli hisobvaragʻi;
Kredit 165** — Asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish summasi tegishli hisobvaragʻi (kontr-aktiv).
73. Mikrolizing shartnomasi muddati oxirida lizing oluvchi mikrokredit tashkilotiga mikrolizing obyektining sotish sanasidagi haqqoniy qiymatidan past narxda sotib olish huquqi berilgan boʻlsa, sotib olish quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali amalga oshiriladi:
Debet 22100 — “Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha majburiyatlar”;
Kredit 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” (yoki 10101 “Kassadagi pul mablagʻlari”).
22100 — “Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha majburiyatlar” hisobvaragʻi yopilganidan soʻng, mikrolizing obyektiga boʻlgan mulk huquqi lizing oluvchiga oʻtadi va bunda 72-bandda koʻrsatilgan buxgalteriya oʻtkazmalari bajariladi.
74. Mikrolizing shartnomasi uning amal qilish muddatidan oldin toʻxtatilib lizing beruvchi tomonidan mikrolizing obyekti shartnoma shartlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilgan taqdirda, mikrolizing obyektini lizing beruvchiga qaytarish mikrolizing shartnomasining amal qilish muddati toʻxtatilgan sanadagi mikrolizing obyektining qoplanmagan qiymati summasida amalga oshiriladi va bunda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 16519 — “Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi boʻyicha yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)”;
Kredit 16515 — “Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi”.
75. Mikrolizing obyektining hisobdan chiqarish boʻyicha moliyaviy natija (foyda yoki zarar) mikrolizing obyektining qoldiq (balans) qiymati va lizing toʻlovlari jadvali boʻyicha qolgan qarz oʻrtasidagi farq sifatida mikrolizing obyektining hisobdan chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar summasini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Mikrolizing obyektining hisobdan chiqarish boʻyicha moliyaviy natija (foyda yoki zarar) aniqlanganida, oldingi qayta baholashlardagi mikrolizing obyekti qiymatining koʻpaygan summasi, yaʼni oldingi baholashlar natijasida 30908 — “Boshlangʻich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvaragʻining kredit qoldigʻi mikrolizing obyektining chiqib ketishidan koʻrilgan daromad tarkibiga qoʻshiladi va bir vaqtning oʻzida ushbu hisobvaraq boʻyicha rezerv kapitalini kamaytiradi.
751. Lizing oluvchi mikrokredit tashkilotida lizing hisobi mazkur Yoʻriqnomaning 60 — 75-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(751-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qaroriga(roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) asosan kiritilgan —OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
4-bob. Faktoring operatsiyalarining hisobi
76. Faktoring operatsiyalarining hisobi “Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”ga muvofiq yuritiladi.
77. Faktoring operatsiyalari boʻyicha toʻlov hujjatlarining hisobini yuritish uchun mikrokredit tashkiloti tomonidan 90966 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaragʻida shaxsiy hisobvaraq ochiladi. Ushbu hisobvaraqning debetida sotib olingan debitorlik qarzlarining toʻla summasi aks ettiriladi, kreditida esa toʻlovchilar tomonidan toʻla toʻlab berilgan sotib olingan debitorlik qarzlari summasi hisobdan chiqariladi.
78. Taraflar tomonidan faktoring (pul talabini berish) toʻgʻrisidagi shartnoma imzolanganidan keyin mikrokredit tashkiloti — moliyaviy agent mablagʻlarni mijozning talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaragʻiga, diskont summasini chegirgan holda, oʻtkazishni amalga oshiradi.
79. Mablagʻlarni mijozning asosiy talab qilib olingungacha depozit hisobvaragʻiga oʻtkazishni mikrokredit tashkiloti toʻlov topshiriqnomasi bilan amalga oshiradi. Quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
a) faktoring boʻyicha mablagʻlar mijoz hisobvaragʻiga oʻtkazib berilganda:
Debet 11101 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” — (faktoring umumiy summasiga);
Kredit 11195 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring boʻyicha diskont (kontr-aktiv)” — (diskont summasiga);
Kredit 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” — (Umumiy summa bilan diskont summasi oʻrtasidagi farq summasiga);
b) faktoring boʻyicha mablagʻlar belgilangan tartibda undirilganda:
Debet 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” (yoki 10101 “Kassadagi pul mablagʻlari”);
Kredit 11101 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring”;
v) faktoring boʻyicha diskont summasi daromadga tan olinganda:
Debet 11195 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring boʻyicha diskont (kontr-aktiv)”;
Kredit 45217 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari boʻyicha daromadlar — Faktoring”.
80. Faktoring operatsiyalarida mijoz toʻlov talabnomasining yuqori qismida shtamp qoʻyishi yoki “Faktoring” deb yozib qoʻyishi va kredit boʻyicha mikrokredit tashkiloti-moliyaviy agent faktoring hisobvaragʻining raqamini koʻrsatishi kerak.
5-bob. Pul mablagʻlarini berish va qabul qilishni rasmiylashtirish va hisob-kitobi
81. Mikrokredit tashkiloti mijozlarga mikrokredit, mikroqarz va boshqa mikromoliya xizmatlari boʻyicha kassadan naqd pul berishda chiqim kirim kassa ordyerlari (3-ilova)dan foydalaniladi.
82. Mikromoliyalash xizmatlarini koʻrsatish uchun buxgalteriya xodimi berilayotgan naqd pul summasi boʻyicha ushbu Yoʻriqnomaning 15-bandiga muvofiq, chiqim kassa orderini tuzadi va rasmiylashtiradi.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
83. Chiqim kassa orderi faqat buxgalteriya xodimi tomonidan chiqim kassa orderiga imzo qoʻyilganidan soʻng kassaga beriladi. Chiqim kassa orderini pul olayotgan shaxs orqali kassaga topshirish taqiqlanadi.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
84. Kassir chiqim kassa orderini olganidan soʻng quyidagilarni bajarishi shart:
a) pul oluvchini chiqim kassa orderining raqami boʻyicha chaqiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(84-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
v) mikrokredit tashkilotning pul berishga ruxsat berish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxslar imzolari borligini va bu imzolar mavjud namunalar bilan bir xilligini tekshiradi;
g) hujjatda raqam va soʻz bilan koʻrsatilgan summalar oʻzaro mos kelishini tekshiradi;
d) hujjatda pul olinganligini tasdiqlovchi imzo qoʻyilganligini tekshiradi;
e) pul oluvchining shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki boshqa hujjat koʻrsatilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar borligini tekshiradi;
j) mijozning shaxsini tasdiqlovchi pasport tekshiriladi va koʻrsatilayotgan pasportdagi maʼlumotni orderdagi maʼlumotlar bilan qiyoslaydi;
z) hujjatda koʻrsatilgan pul summasini tayyorlaydi, pul oluvchidan u qancha pul olayotganligini soʻraydi, tayyorlangan pul summasini yana bir bor chiqim kassa orderi bilan qiyoslaydi va uni pul oluvchiga berib, chiqim kassa orderiga imzo qoʻyadi.
85. Qarzdor tomonidan mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing va boshqa mikromoliya xizmatlari boʻyicha hisoblangan foizlar va boshqa komission toʻlovlarni qaytarish naqd pul va naqd pulsiz shaklida amalga oshirilishi mumkin.
86. Mikrokredit tashkiloti mijozlaridan mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing va boshqa mikromoliya xizmatlari boʻyicha naqd pullarni qabul qilish kirim kassa ordyerlari (4-ilova) boʻyicha amalga oshiriladi.
Mijozlar oʻz majburiyatlari boʻyicha toʻlovlarni naqd pul shaklida amalga oshirganda, buxgalteriya xodimi ushbu Yoʻriqnomaning 16-bandiga muvofiq, 1 nusxada kirim kassa orderini rasmiylashtiradi va operatsiyani 10101 — “Kassadagi pul mablagʻlari” hisobvaragʻi debeti boʻyicha aks ettiradi. Shundan soʻng kirim kassa kitobiga imzo qoʻygan holda, hujjatlarni kassaga topshiradi.
(86-band ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
87. Kassir kirim kassa ordyerlarini olganidan soʻng, ularda buxgalteriya xodimining imzosi borligini va ushbu imzoni kassirda saqlanuvchi namunalariga mos kelishini tekshirishi, mijoz imzosi qoʻyilganligi, undagi koʻrsatilgan summaning son va soʻz bilan yozilganligiga mos kelishini tekshirishi, shundan soʻng pul qoʻyuvchini chaqirib, undan naqd pullarni birma-bir sanab olish orqali qabul qilib olishi lozim.
88. Pul qabul qilib olganidan soʻng, kassir kirim kassa orderida koʻrsatilgan summani qayta sanalganda chiqqan summa bilan solishtiradi. Ular mos kelgan taqdirda, kvitansiyaga imzo qoʻyadi, mikrokredit tashkiloti kassasi shtampi bilan tasdiqlaydi va pulni topshirgan shaxsga beradi. Kirim kassa orderi buxgalterga yoki kirim boʻyicha kassa kitobini yurituvchi boshqa masʼul xodimga kun oxirida kunlik hujjatlarga tikib qoʻyish uchun beriladi.
(88-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-3, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1728-3/2896-son)
89. Kirim kassa kitobini yurituvchi xodim kassaga naqd pul mablagʻlari qabul qilinganda kirim kassa ordyerlari asosida operatsiyani kassirdan olingan kirim kassa orderi asosida pul mablagʻlari kirimi kassa kitobida aks ettiradi.
90. Mikrokredit tashkilotining kassa kitoblariga yozuvlar pul kelib tushgandan va chiqib ketgandan soʻng darhol kiritilishi lozim, soʻngra balans hisobvaragʻi boʻyicha kun oxirida kassa qoldigʻi chiqariladi. Ushbu kassa qoldigʻi keyingi kun uchun boshlangʻich qoldiq boʻladi. Kassa kitobi (17-ilova) qoldigʻi kun yakunida kassadagi pul mablagʻlari mavjudligi bilan solishtiriladi. Nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, oradagi farq summasi 19908 — “Mikrokredit tashkilotlari xodimlari bilan boʻladigan hisob-kitoblardagi undirib olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar” hisobvaragʻining debetiga yoki 45994 — “Boshqa foizsiz daromadlar” hisobvaragʻining kreditiga olib boriladi.
91. Mijozlar tomonidan mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing va boshqa mikromoliya xizmatlari boʻyicha hisoblangan foizlar va boshqa komission toʻlovlarni naqd pulsiz oʻtkazishda naqd pulsiz shaklidagi toʻlov hisobi bankning mikrokredit tashkiloti talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan koʻchirma va toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisida bankning belgisi bilan toʻlov topshiriqnomaning nusxasi asosida olib boriladi. Ushbu operatsiya mikrokredit tashkilotining 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvaragʻi debeti boʻyicha aks ettiriladi.
92. Pul mablagʻlari naqd pulsiz shaklda kelib tushganda buxgalteriya xodimi:
(92-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
bankning koʻchirmasidagi mikrokredit tashkilotining 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlarni qarzdorning toʻlov topshiriqnomasi (bank kvitansiyasi) nusxasidagi oʻtkazilgan summa maʼlumotlari bilan solishtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(92-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
qarzdorning kredit kartochkasiga operatsiya sanasi, oʻtkazilgan summa, qoldiq, hisoblangan foizlar summasi, foizlar qoldigʻini yozadi.
6-bob. Toʻlanishi lozim boʻlgan kreditlar
93. Toʻlanishi lozim boʻlgan kreditlar hisobvaragʻida, mikrokredit tashkiloti tomonidan banklardan, boshqa moliyaviy tashkilotlardan olingan kreditlar summasi hisobga olinadi.
94. Har bir olingan kredit boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yordamchi hisob yuritilishi zarur boʻlib, unda kreditning olingan sanasi, olingan kredit boʻyicha barcha toʻlovlar va qoldiq hisobi olib boriladi.
95. Olingan kredit yordamchi kitobida kredit qismining “Boshqalar” ustunida aks ettiriladi. Kreditning qisman yoki toʻliq qaytarilishida toʻlangan summalar yordamchi kitobining debet qismining “Boshqalar” ustunida aks ettiriladi.
96. Tuzilgan kredit shartnomasiga muvofiq bankdan mablagʻlar olish quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Debet 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”;
Kredit Kreditlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan tegishli hisobvaraq.
Olingan kreditlarni soʻndirish vaqtida:
Debet Kreditlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan tegishli hisobvaraq;
Kredit 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”.
97. Toʻlanishi lozim boʻlgan kreditlar va boshqa majburiyatlar boʻyicha foizlar har kuni hisoblanadi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi.
(97-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
Debet Toʻlanishi lozim boʻlgan kreditlar boʻyicha foizli xarajatlarning tegishli hisobvaragʻi;
Kredit 22410 — “Olingan kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlar”.
Hisoblangan foizlarni soʻndirish:
Debet 22410 — “Olingan kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlar”;
Kredit 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”.
7-bob. Asosiy vositalar hisobi
98. Mikrokredit tashkiloti faoliyatida mikromoliyaviy xizmatlarni koʻrsatish jarayonida, ijaraga berish uchun yoki maʼmuriy maqsadlar uchun foydalaniladigan, shuningdek bir yildan ortiq vaqt mobaynida foydalanish koʻzda tutilgan moddiy aktivlar asosiy vositalar boʻlib hisoblanadi.
Asosiy vositalarga binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, kompyuterlar, mebel, hisoblash texnikasi, transport vositalari, foydalanish huquqlarida xarid qilingan yer, kutubxona fondi, qiymatidan qatʼi nazar qurishda bino qiymatiga kiritilmagan signalizatsiya va telefonizatsiya obyektlari va boshqalar kiritiladi.
Balansda asosiy vositalar balans (qoldiq) qiymati boʻyicha aks ettiriladi. Asosiy vositalar kirim qilinganda balansda boshlangʻich (haqiqiy) qiymati boʻyicha aks ettiriladi.
Boshlangʻich qiymatga asosiy vositani sotib olish yoki uni qurish (bino qurish va qurilishni tugallash) bilan bogʻliq barcha xarajatlar, shu jumladan, toʻlangan soliqlar, bojxona bojlari va yigʻimlari hamda yetkazib berish, montaj, oʻrnatish va ishga tushirish bilan bogʻliq bevosita aktivdan belgilangan maqsadda foydalana olish uchun uni ishchi holatiga keltirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa barcha xarajatlarning summasi kiritiladi.
Asosiy vositalarning boshlangʻich qiymati vaqti-vaqti bilan qayta baholanadi. Asosiy vositalarni qayta baholash bilan hisobga olgan holdagi qiymati tiklanish qiymati deyiladi. Buxgalteriya balansida tan olinadigan aktiv summasi, shuningdek, balans qiymati deb ham ataladi.
(98-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) asosan birinchi va ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
981. Chet el valyutasida sotib olingan asosiy vositalar balansda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasidagi Markaziy bank kursi boʻyicha milliy valyutada aks ettiriladi va chet el valyutasi kursining oʻzgarishi munosabati bilan qayta baholanmaydi.
(981-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-4, 25.10.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 10/19/1728-4/3958-son)
99. Foydalanishda boʻlgan vositalar boʻyicha har oylik eskirishning hisoblanishi ular foydalanishga kiritilgan oydan keyingi har oyi eskirish hisoblanadi. Bunda 56600 — “Eskirish xarajatlari” debetlanadi va yigʻilgan eskirishning kontr-aktiv hisobvaragʻi kreditlanadi.
Asosiy vositalarning foydalilik xizmati muddati ichida uning boshlangʻich qiymati asosida tugatish qiymatini ayirish bilan eskirish hisoblanadi. Tugatish qiymati asosiy vositalar foydalilik xizmati muddatining tugash vaqtida ularni tugatish bilan bogʻliq xarajatlarni ayirish orqali aniqlanadigan ushbu asosiy vositalardan kutilayotgan qiymat hisoblanadi.
Eskirishni hisoblash quyidagi usullarda amalga oshirilishi mumkin:
1) toʻgʻri chiziqli hisoblash usuli;
2) bajarilgan ish hajmiga mutanosib ravishda hisoblash usuli;
3) tezlashtirilgan usul (kamayib boruvchi qoldiq usuli va yillar yigʻindi usuli).
100. Asosiy vositalarning qiymatini oldindan toʻliq yoki qisman toʻlash quyidagi oʻtkazmalar bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlar hisobvaragʻi”;
Kredit 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”.
Sotib olingan asosiy vositalar quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan balansda aks ettiriladi:
Debet 165** — Asosiy vositalarning tegishli hisobvaragʻi yoki 16561 — “Ombordagi asosiy vositalar”;
Kredit 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlar hisobvaragʻi”.
101. Asosiy vositalar tekinga olinganda:
Debet 16561 — “Ombordagi asosiy vositalar” yoki 165** — Asosiy vositalarning tegishli hisobvaragʻi;
Kredit 30905 — “Tekinga olingan mulk” “(taʼsischilardan olinganda) yoki 45994 — “Boshqa foizsiz daromadlar” (boshqalardan olinganda).
(101-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
102. Qurilish, asosiy vositalarni yangilash, qaytadan tiklash va zamonaviylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan barcha chiqim hisobi “Tugallanmagan qurilish” hisobvaragʻida olib boriladi:
Debet 16505 — “Tugallanmagan qurilishlar”;
Kredit 19909 — “Tovar-moddiy qiymatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlar hisobvaragʻi”.
Bino (imorat)lar foydalanishga tayyor boʻlgan taqdirda, ularning qiymati 16509 — “Mikrokredit tashkiloti binolari va boshqa imoratlari” hisobvaragʻiga tegishli qabul qilish dalolatnomasi asosida oʻtkaziladi. Agarda qurilish yoki qayta tiklash xarajatlari smetasida mebel va uskunalar sotib olish koʻzda tutilgan boʻlsa, ularning qiymati qabul qilish dalolatnomasi umumiy qiymatdan alohida ajratiladi hamda toʻliq roʻyxati koʻrsatiladi. Bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:
a) bino qiymati summasiga:
Debet 16509 — “Mikrokredit tashkiloti binolari va boshqa imoratlari”;
Kredit 16505 — “Tugallanmagan qurilishlar”;
b) mebel va uskunalar qiymati summasiga:
Debet 16535 — “Mebel, moslama va jihozlar”;
Kredit 16505 — “Tugallanmagan qurilishlar”.
103. Asosiy vositalarni qayta baholash asosiy vosita obyektlarining boshlangʻich qiymatini ularning haqiqiy qiymatiga moslashtirish maqsadida muntazam ravishda amalga oshiriladi. Agar haqiqiy qiymatni yetarlicha darajada aniqlash imkoniyati mavjud boʻlsa, mikrokredit tashkilotlari barcha asosiy vositalarni bitta guruh doirasida qayta baholangan qiymati boʻyicha aks ettiradi. Qayta baholangan qiymat bu obyektlarning qayta baholash davridagi haqiqiy qiymatidan toʻplangan amortizatsiya va qiymatning pasayishidan koʻrilgan zarar summasi chegirib tashlangan qiymatdir.
104. Asosiy vositalarning alohida obyektlarini qayta baholashda asosiy vositalarning ushbu obyektiga tegishli barcha guruhlari qayta baholanadi. Asosiy vositalarning guruhi — bu mikrokredit tashkilotida foydalaniladigan tur va usuliga oʻxshaydigan aktivlarning yigʻindisidir. Asosiy vositalarning bir guruhi tarkibidagi obyektlar bir vaqtda qayta baholanadi.
105. Tashkilot tasarrufidagi barcha asosiy vositalar, ularning xoʻjalik qaramogʻida yoki operativ boshqaruvida boʻlgan, shuningdek, uchinchi tomonga ijaraga berilgan va uchinchi tomondan ijaraga olingan mol-mulk, foydalaniladigan va foydalanmaydigan mol-mulk, konservatsiyada saqlanayotgan, hisobdan chiqarishga tayyorlab qoʻyilgan, lekin belgilangan tartibda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan, shuningdek, tugallanmagan qurilish obyektlari va oʻrnatishga moʻljallangan asbob-uskunalar qayta baholanishi kerak.
Yer maydonlari va tabiatdan foydalanish obyektlari qiymati qayta baholanmaydi.
106. Qayta baholash mikrokredit tashkiloti tomonidan mustaqil ravishda yoki qonunchilikka muvofiq baholash faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlgan malakali baholovchilar — ekspertlarni jalb qilgan holda, amalga oshiriladi. Asosiy vositalar obyektining haqiqiy qiymati deb ularning bozor qiymati hisoblanadi. Haqiqiy qiymatni tasdiqlovchi bozordagi taqqoslama narxlarni oʻrganishga asoslangan maʼlumotlar mavjud boʻlmagan holatda mikrokredit tashkiloti haqiqiy qiymatni daromad yoki amortizatsiyalangan qiymatga asoslangan uslub yordamida taxminan aniqlashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(107-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qaroriga(roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
108. Asosiy vositalarni qayta baholash uchun quyidagi usullar qoʻllaniladi:
1. Indeks usuli;
2. Toʻgʻridan-toʻgʻri qayta baholash usuli.
109. Indeks usuli. Qayta baholashning indeks usulida asosiy vositalarning balans qiymati va qayta baholash kuniga shu aktivlarning jamgʻarilgan amortizatsiyasi maʼlum indeksdan foydalanilgan holda qayta baholanadi. Shundan keyin aktivlarning qayta baholangan qiymati ularning balans qiymati va jamgʻarilgan eskirish bilan taqqoslanadi va oʻrtadagi farq summasiga tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:
1) agar aktivning qayta baholangan qiymati uning balans qiymatidan ortiq boʻlsa, ushbu oshgan summa 30908 “Boshlangʻich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvaragʻida quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali aks ettiriladi:
a) Debet 165** — Asosiy vositalarning tegishli hisobvaragʻi;
Kredit 30908 — “Boshlangʻich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”;
b) qayta baholashgacha boʻlgan va qayta baholangandan keyin jamgʻarilgan eskirish summalari oʻrtasidagi farq summasiga:
Debet 30908 — “Boshlangʻich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”;
Kredit 165** — Asosiy vositalar eskirish summasining tegishli hisobvaragʻi (kontr-aktiv);
v) qayta baholash natijasida asosiy vositaning oʻsgan qiymati, ushbu aktiv boʻyicha oldingi qayta baholash natijasiga koʻra xarajat sifatida hisobga olingan qismi miqdoridagina daromad sifatida hisobga olinishi lozim;
2) qayta baholash natijasida asosiy vositalarning haqiqiy qiymati kamaysa, u xarajat sifatida hisobga olinadi. Ushbu summa 30908 — “Boshlangʻich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvaragʻidan oldingi qayta baholash natijasida bevosita mazkur aktiv boʻyicha hosil boʻlgan ijobiy summadan ayirib tashlanishi lozim. Bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:
a) qayta baholashgacha boʻlgan va qayta baholangandan keyin jamlangan eskirish oʻrtasidagi farq summasiga:
Debet 165** — Asosiy vositalar eskirish summasining tegishli hisobvaragʻi (kontr-aktiv);
Kredit 30908 — “Boshlangʻich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”;
b) qayta baholash natijasida aniqlangan aktiv haqiqiy qiymatining kamayish summasiga:
Debet 30908 — “Boshlangʻich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”;
Kredit 165** — Asosiy vositalarning tegishli hisobvaragʻi;
v) 30908 — hisobvaragʻida aks ettirilgan oldingi qayta baholash summasi yetarli boʻlmagan holda, kamayish va oldingi qayta baholash summalari oʻrtasidagi farq summasi xarajat sifatida hisobga olinadi va 55995 — “Boshqa foizsiz xarajatlar” hisobvaragʻida aks ettiriladi. Bunda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 55995 — “Boshqa foizsiz xarajatlar”;
Kredit 165** — Asosiy vositalarning tegishli hisobvaragʻi;
3) qayta baholashning indeks usulida, asosiy vositalarning har bir guruhi boʻyicha ushbu aktivlarning sotib olish davridan kelib chiqqan holda har xil indekslar qoʻllaniladi.
110. Toʻgʻridan-toʻgʻri qayta baholash usuli. Asosiy vositalarning toʻliq tiklanishi qiymati, alohida obyektlar qiymatini shunga oʻxshash yangi obyektlarning qayta baholash sanasida shakllangan, tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bozor qiymati asosida toʻgʻridan toʻgʻri qayta hisoblash orqali aniqlanadi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri qayta baholash usulini qoʻllashda obyektlarning toʻliq tiklanish qiymatini tegishli hujjatlar bilan tasdiqlash uchun tashkilot xohishiga qarab quyidagilardan foydalanish mumkin:
1) tayyorlov tashkilotlaridan va ularning maxsus dilyerlaridan, tovar-xomashyo birjalaridan, koʻchmas mulk birjalaridan oʻxshash aktivning narx (baho)lari toʻgʻrisida yozma shaklda olingan maʼlumotlar;
2) asosiy fondlarni sotib olish va qayta baholash kunlaridagi Markaziy bank kursiga nisbatan hisob-kitob koeffitsiyenti aniqlanadigan erkin ayirboshlanadigan valyutada sotib olingan asosiy fondlarning qiymati (tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlganda) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
3) tegishli davlat tashkilotlaridagi narx (baho)lar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
4) qayta baholash davrida ommaviy axborot vositalarida va maxsus adabiyotda eʼlon qilingan narx (baho)lar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
5) baholovchining asosiy fondlarning qiymati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Toʻgʻridan-toʻgʻri usul bilan asosiy vositalarni qayta baholashda, buxgalteriya hisobida tegishli asosiy vosita boʻyicha hisoblangan jamgʻarilgan eskirish summasi, shu aktivning qayta baholangandagi tiklanish qiymatini qayta baholangunga qadar boʻlgan balans qiymatiga boʻlish natijasida hosil qilinadigan koeffitsiyentga koʻpaytiriladi.
111. Qayta baholashdan keyin aktivlarning haqiqiy qiymati ularning boshlangʻich tiklanish qiymati va yigʻilgan eskirish summasi bilan taqqoslanadi va farq summalariga mazkur Yoʻriqnomaning 109-bandiga muvofiq buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi.
112. Yuqoridagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshirilgandan keyin, aktivning qayta baholangan qiymati aktivning qolgan hisoblab chiqilgan xizmat qilish muddati davomida amortizatsiyalanadi.
113. 30908 — “Boshlangʻich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvaragʻidagi qayta baholash boʻyicha aks ettirilgan ijobiy natija har oyda tegishli aktiv tiklanish qiymatining eskirish summasi bilan boshlangʻich qiymatining eskirish summasi oʻrtasidagi farqqa teng ravishda 31203 — “Tasdiqlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkazib boriladi. Bunda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
(113-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.)tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
Debet 30908 — “Boshlangʻich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”;
Kredit 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)”.
Tegishli aktiv hisobdan chiqarilayotganda 30908 — hisobvaraqdagi shu aktivga tegishli qayta baholash natijasi toʻliq 31203 — hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
114. Ombordagi asosiy vositalarni qayta baholash natijasi quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari orqali hisobga olinadi:
1) tegishli aktivlar boʻyicha qayta baholashning ijobiy natijasi:
Debet 16561 — “Ombordagi asosiy vositalar”;
Kredit 30908 — “Boshlangʻich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”.
2) qayta baholash natijasida asosiy vositalar qiymatining kamayish summasi:
Debet 30908 — “Boshlangʻich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” va/yoki
Debet 55995 — “Boshqa foizsiz xarajatlar”;
Kredit 16561 — “Ombordagi asosiy vositalar” — tegishli aktiv.
115. Mikrokredit tashkilotining asosiy vositalariga egalik huquqini berishni tasdiqlovchi barcha hujjatlar ularning bahosi, sugʻurta polisi va boshqa hujjatlari alohida yigʻma jildlarda saqlanishi lozim. Asosiy vositalarning yordamchi hisobi har bir asosiy vosita boʻyicha alohida kartochkalarda (18-ilova) yuritilishi lozim.
116. Asosiy vositalar va eskirishni hisoblash boʻyicha barcha oʻtkazmalar 12-ilovada aks ettiriladi.
8-bob. Mikrokreditlar hisob-kitobida olingan mol-mulk hisobi
117. Mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit va mikroqarzni soʻndirish hisobidan olingan koʻchmas mulk va boshqa mulklar, 16701 — “Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar” hisobvaragʻida hisobga olinadi.
118. Agar mikrokredit va mikroqarzni soʻndirish garovga olingan mulk hisobidan, ushbu mulkka boshlangʻich egalik huquqini olish orqali amalga oshiriladigan boʻlsa, mikrokredit va mikroqarzni balans qiymati yoki garovga olingan mulkning, uni sotish bilan bogʻliq xarajatlarni chiqarib tashlagan holda, haqqoniy qiymatidan eng kami boʻyicha hisobga olinadi. Bunda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 16701 — “Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar”;
Kredit Mikrokredit va mikroqarz boʻyicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvaragʻi.
Agar garovning bozor qiymati mikrokredit, mikroqarzning balans qiymatidan kam boʻlsa, ularning farqi mikrokredit, mikroqarzlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zararlar hisobvaragʻi orqali hisobdan chiqariladi.
Debet Mikrokredit, mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasining tegishli hisobvaragʻi (kontr-aktiv);
Kredit Mikrokredit va mikroqarz boʻyicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvaragʻi.
119. Boshqa xususiy mulk qiymatining har qanday oʻzgarishi “Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulk boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvaragʻida aks ettirilishi lozim.
Debet 56834 — “Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash”;
(119-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-4, 25.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 10/19/1728-4/3958-son)
Kredit 16799 — “Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)”.
120. Boshqa xususiy mulkning qiymatini nazorat qilish va hisobga olish uni sotishdan avval amalga oshiriladi. Boshqa xususiy mulkni sotishdan koʻrilgan zarar yoki foyda, mos ravishda daromad yoki xarajat hisobvaragʻida aks ettiriladi. Bunda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 16799 — “Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)”;
Kredit 16701 — “Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar”.
1) Boshqa xususiy mulk balans qiymatidan yuqori bahoda sotilganda:
Debet 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”;
Kredit 16701 — “Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar”,
Kredit 45913 — “Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda”;
(120-band 1-kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-4, 25.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 10/19/1728-4/3958-son)
Bunda agar garovga qoʻyilgan mol-mulkning sotilishidan tushgan summa, mikrokredit tashkilotining talablari miqdoridan oshib ketsa, tafovuti garovga beruvchiga qaytarib beriladi.
(120-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
2) Boshqa xususiy mulk balans qiymatidan past bahoda sotilganda:
Debet 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”;
Debet 55906 — “Boshqa xususiy mulklar/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan koʻrilgan zararlar”;
Kredit 16701 — “Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar”.
9-bob. Kambaholi va tez eskiruvchi buyumlar hisobi
121. Kambaholi va tez eskiruvchi buyumlar (keyingi matnda — KTB) — bu mikrokredit tashkilotlari faoliyatida foydalaniladigan va quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan moddiy aktivlardir:
a) xizmat muddati bir yildan oshmaydigan;
b) xizmat muddatidan qatʼi nazar, (sotib olingan vaqtga) bir komplekt uchun qiymati Oʻzbekiston Respublikasida bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha belgilangan buyumlar. Rahbar hisobot yiliga KTB tarkibida hisobini yuritish uchun buyumlar qiymatining eng kam miqdorini belgilash huquqiga ega.
(121-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-4, 25.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 10/19/1728-4/3958-son)
KTBga devonxona va idora buyumlari, blanklar, pochta va hujjat markalari va boshqalar kiradi.
KTB hisobi haqiqiy sotib olingan qiymati boʻyicha, bojxona bojlari va yigʻimlari, taʼminlovchi va vositachi tashkilotlarga toʻlangan vositachilik xarajatlari, soliqlar (masalan, qoʻshilgan qiymat soligʻi) va KTB ni sotib olish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda yuritiladi.
122. KTB qiymatini toʻliq yoki qisman oldindan toʻlash quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan amalga oshiriladi:
Debet 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlar hisobvaragʻi”;
Kredit 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” (yoki 10101 “Kassadagi pul mablagʻlari”).
KTBga kirim qilinganda:
Debet 19921 — “Ombordagi kambaholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”;
Kredit 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlar hisobvaragʻi”.
Ombordan KTB foydalanishga berilishi quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan amalga oshiriladi:
Debet 56406 — “Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari”;
Kredit 19921 — “Ombordagi kambaholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”.
KTB bilan barcha operatsiyalar 9-ilovaga muvofiq hisobga olinishi mumkin. Foydalanishda va omborda boʻlgan KTB saqlanishining hisobi va nazorati tizimidan tashqari (jurnallarda) amalga oshiriladi.
10-bob. Nomoddiy aktivlarning hisobi
123. Nomoddiy aktivlar — bu nomonetar, identifikatsiya qilinadigan aktivlar boʻlib, moddiy va jism shakliga ega boʻlmagan, foydali xizmat muddati bir yildan ortiq boʻlgan, hamda ulardan mikromoliyalash xizmatlari koʻrsatishda yoki maʼmuriy maqsadlar uchun foydalanishga moʻljallangan aktivlardir.
Nomoddiy aktivlarga patentlar, mualliflik huquqlari, gudvill (goodwill), savdo markalari, kompyuter dasturiy taʼminotlari, litsenziyalar va shu kabilar tegishlidir.
Agar dasturiy taʼminot tegishli jihozning tarkibiy qismi boʻlsa, u moddiy aktiv sifatida qaraladi. Agar dasturiy taʼminot tegishli jihozning tarkibiy qismi boʻlmasa, u nomoddiy aktiv hisoblanadi.
124. Sotib olingan nomoddiy aktiv boshlangʻich (haqiqiy) qiymati boʻyicha baholanadi va hisobga olinadi. Nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymatini aniqlash ushbu Yoʻriqnomaning 98-bandiga muvofiq aniqlanadi va uning oʻzgarishiga nomoddiy aktivlarning faqat qayta baholanishi natijasida ruxsat etilishi mumkin.
Nomoddiy aktivlar bilan bogʻliq xarajatlar, agar ushbu xarajatlar kelajakda shu aktivlar boʻyicha dastlabki hisoblangan meʼyorlardan yuqori iqtisodiy foyda olib kelishi mumkin boʻlsa, ularning boshlangʻich (haqiqiy) qiymatiga qoʻshilishi mumkin. Barcha boshqa xarajatlar, ular qaysi davrda yuzaga kelgan boʻlsa, oʻsha davrning joriy xarajatlari sifatida aks ettiriladi.
125. Xorijiy valyutaga sotib olingan nomoddiy aktivlar, balansda milliy valyutada Markaziy bankning xorijiy valyutaga nisbatan davlat bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan kundagi kursi boʻyicha aks ettiriladi va xorijiy valyuta kursining oʻzgarishi munosabati bilan qayta baholanmaydi.
126. Nomoddiy aktivlar qiymatining oldindan toʻliq yoki qisman toʻlanishi quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlar hisobvaragʻi”;
Kredit 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” (yoki 10101 “Kassadagi pul mablagʻlari”).
Aktivlar kelib tushganda:
Debet 16601 — “Nomoddiy aktivlar”;
Kredit 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlar hisobvaragʻi”.
127. Nomoddiy aktiv balansda dastlabki qiymati boʻyicha hisobga olingandan keyin, qayta baholash sanasida, agar uning bozor bahosini aniqlash mumkin boʻlsa, nomoddiy aktiv qayta baholanadi va qayta baholanish (tiklanish) qiymati boʻyicha hisobga olinadi.
128. Qayta baholagandan soʻng nomoddiy aktivlarning qayta baholangan qiymati ularning balans qiymati va jamgʻarilgan eskirishi bilan taqqoslanadi va oʻrtadagi farq summasiga tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
129. Agar aktivning qayta baholangan qiymati uning balans qiymatidan ortiq boʻlsa, ushbu oshgan summa 30908 “Boshlangʻich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvaragʻida quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali aks ettiriladi:
a) Debet 16601 — “Nomoddiy aktivlar”;
Kredit 30908 — “Boshlangʻich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”;
b) qayta baholashgacha boʻlgan va qayta baholangandan keyingi jamgʻarilgan eskirish summalari oʻrtasidagi farq summasiga:
Debet 30908 — “Boshlangʻich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”;
Kredit 16605 — “Nomoddiy aktivlarning yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)”.
130. Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar qiymatining oʻsgan summasi shu aktiv boʻyicha ilgarigi qayta baholashning xarajat sifatida hisobga olingan va qiymatini kamaytirgan summasini qoplaydigan qismigina daromad sifatida tan olinadi.
131. Agar aktivning qayta baholangandagi qiymati uning balans qiymatidan kam boʻlsa, unda aktivning summasi kamayadi va bu kamayish quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
a) qayta baholashgacha boʻlgan va qayta baholangandan keyingi jamgʻarilgan eskirish oʻrtasidagi farq summasiga:
Debet 16605 — “Nomoddiy aktivlarning yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)”;
Kredit 30908 — “Boshlangʻich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”;
b) qayta baholash natijasida aniqlangan aktiv qiymatining kamayish summasiga:
Debet 30908 — “Boshlangʻich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” (ilgarigi oʻsish miqdori doirasida);
Kredit 16601 — “Nomoddiy aktivlar”.
132. Agar 30908 hisobvaraqdagi kredit qoldiq (nomoddiy aktivlarning aynan shu toifasiga taalluqli qismi) yetarli boʻlmasa, unda qayta baholangan aktivning qoʻshimcha kamaygan qiymati quyidagicha hisobga olinadi:
Debet 55995 — “Boshqa foizsiz xarajatlar”;
Kredit 16601 — “Nomoddiy aktivlar”.
133. Qayta baholashning 30908 — “Boshlangʻich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvaragʻiga qoʻshilgan ijobiy natija, ushbu Yoʻriqnomaning 113-bandiga muvofiq, har oyda 31203 — “Taqsimlanmagan foyda” (aktiv-passiv) hisobvaragʻiga bevosita oʻtkazib boriladi.
134. Nomoddiy aktivlarga eskirish (amortizatsiya ajratmalari), ulardan foydalanila boshlangan oyning keyingisidan boshlab hisoblab boriladi. Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyalanadigan summasi, ularning foydali xizmat qilish muddati davomida muntazam ravishda mikrokredit tashkiloti xarajatlariga oʻtkazib boriladi.
(134-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
135. Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat qilish muddati amortizatsiya normalari yordamida aniqlanadi. Amortizatsiya normalari mikrokredit tashkiloti tomonidan ularning boshlangʻich qiymati va foydali xizmat qilish muddatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
(135-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
136. Nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblash ushbu Yoʻriqnomaning 99-bandida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. Eskirishni hisoblashning tanlangan usuli mikrokredit tashkilotining hisob yuritish siyosatida aniqlanishi va bir hisobot davridan keyingi hisobod davriga ketma-ket ravishda qoʻllanilib borilishi hamda yil davomida oʻzgarmasliga kerak.
137. Amortizatsiya ajratmalari quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali mikrokredit tashkiloti xarajatlariga oʻtkazib boriladi:
(137-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
Debet 56618 — “Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi”;
Kredit 16605 — “Nomoddiy aktivlarning yigʻilgan eskirish summasi” (kontr-aktiv).
138. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishda qoldiq qiymat quyidagicha aniqlanadi:
1) jamgʻarilgan eskirish summasiga:
Debet 16605 — “Nomoddiy aktivlarning yigʻilgan eskirish summasi” (kontr-aktiv);
Kredit 16601 — “Nomoddiy aktivlar”;
2) ushbu nomoddiy aktiv boʻyicha 30908 — hisobvaraqda qolgan qoldiq summasiga:
Debet 30908 — “Boshlangʻich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”;
Kredit 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)”.
139. Hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlar sotilayotganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
1) Nomoddiy aktivlar joʻnatilgandan keyin xaridor tomonidan toʻlov amalga oshirilgan holda:
Debet 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlar hisobvaragʻi”;
Kredit 16601 — “Nomoddiy aktivlar”.
Toʻlov kelib tushgandan keyingi buxgalteriya yozuvlari:
Debet 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” (yoki 10101 “Kassadagi pul mablagʻlari”);
Kredit 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlar hisobvaragʻi”.
140. Nomoddiy aktivlarning qiymati toʻliq eskirish, fors-major holatlar bilan bogʻliq boʻlganda, bepul berilganda belgilangan tartibda zarar sifatida qoldiq (likvidatsiya) qiymati summasiga hisobdan chiqariladi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 55906 — “Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar/ aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan koʻrilgan zararlar”;
(140-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-4, 25.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 10/19/1728-4/3958-son)
Kredit 16601 — “Nomoddiy aktivlar”.
Mikrokredit tashkilotlarida nomoddiy aktivlarning harakati va hisobi ushbu Yoʻriqnomaning 12-ilovasiga muvofiq yuritilishi mumkin.
11-bob. Mikrokredit tashkilotida ichki xoʻjalik operatsiyalar hisobi. Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlar hisobvaragʻi va xodimlar bilan boʻladigan hisob-kitoblar va oldindan toʻlangan xarajatlar
Oldingi tahrirga qarang.
(141-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
142. Mikrokredit tashkilotining operatsion xarajatlari hisobi mikrokredit tashkiloti tomonidan balansda quyidagi tegishli hisobvaraqlarda yuritiladi: “Ish haqi va xodimlar uchun boshqa xarajatlar”, “Ijara va saqlash”, “Xizmat safari va transport xarajatlari”, “Maʼmuriy xarajatlar” va shu kabilar. Bu hisobvaraqlarga faqat hujjatlar bilan tasdiqlangan va amalda qilingan xarajatlar kiritiladi.
Mikrokredit tashkiloti hisobot davri xarajatlarini hisobga olish ushbu Yoʻriqnomaning 11-ilovasiga muvofiq, xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar ushbu Yoʻriqnomaning 10-ilovasiga muvofiq olib boriladi.
143. Mikrokredit tashkilotlarida tovar moddiy boyliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlar hisob-kitobi 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlar hisobvaragʻi” va 29802 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlanadigan mablagʻlar” hisobvaraqlari boʻyicha olib boriladi.
Ushbu hisobvaraqlardagi mablagʻlar vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya qilinishi, shuningdek toʻlab berilgan va toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar boʻyicha debitor va kreditor qarzdorliklar hisobi yuritilishi lozim.
144. Mikrokredit tashkilotlarining xodimlardan, mijozlardan, boshqa debitorlardan olinishi lozim boʻlgan turli xil summalar olinishi lozim boʻlgan hisobvaraqda hisobga olinadi.
145. Olinishi lozim boʻlgan hisobvaraqlarni balans hisobotida haqiqiy qiymatini aks ettirish uchun 19911 — “Olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar hisobvaraqlari boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvaragʻidan foydalaniladi.
146. Ushbu hisobvaraqlar boʻyicha oʻtkazmalar 8-ilovada aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqning debet qismida debitorning majburiyati yuzaga kelganda olinishi lozim boʻlgan summa. Kredit qismida — Mikrokredit tashkilotlari tomonidan olingan summa.
147. Kelajakdagi hisobot davriga tegishli boʻlgan xarajatlar 19925 — “Oldindan toʻlangan xarajatlar” hisobvaraqlarida aktiv sifatida aks ettirilishi hamda ular tegishli boʻlgan hisobot davri davomida amortizatsiya (xarajatga oʻtkaziladi) qilinishi lozim. Bunday xarajatlarga yil oxirida taʼtilga ketayotgan xodimlarga toʻlangan ish haqi, xususan kelasi yilga taalluqli toʻlovlar, davriy nashrga obuna boʻlish boʻyicha, kelgusi yillar smetalari hisobidan oʻrni qoplanishi kerak boʻlgan ijaraga olingan binolarni kapital taʼmirlash xarajatlari summasi, binoni ijarasi uchun oldindan toʻlov, oldindan sugʻurta badali, oldindan auditorlik xizmatlari uchun toʻlovlar, faoliyat koʻrsatish bilan bogʻliq tashkiliy xarajatlar va boshqa soliq toʻlovlari misol boʻlishi mumkin.
(147-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
148. Oldindan toʻlangan va qoldirilgan xarajatlar hisobvaraqlari boʻyicha oʻtkazmalar 6-ilova shakliga muvofiq alohida hisob-kitob shaklida aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqning debet qismida oldindan toʻlangan summa yoki qoldirilgan xarajatlar, Kredit qismida — oldindan toʻlangan xarajatlarning amortizatsiya qilinadigan qismi.
149. Kelajakdagi hisobot davriga tegishli boʻlgan oldindan toʻlangan va qoldirilgan xarajatlar hisobi quyidagi tarzda amalga oshiriladi (masalan, davriy nashrga obuna boʻlish uchun toʻlanadigan yillik summa).
Debet 19925 — “Oldindan toʻlangan xarajatlar”;
Kredit 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”.
Bunda, obuna boʻyicha har oy boʻyicha oldindan toʻlangan xarajatlarning bir qismi hisobot davrining xarajatlariga kiritiladi:
Debet 56418 — “Kitob, gazeta va boshqa davriy nashriyotlar boʻyicha xarajatlar”;
Kredit 19925 — “Oldindan toʻlangan xarajatlar”.
150. Mikrokredit tashkiloti operatsion xarajatlari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish vazifasi yuklatilgan xodim bu xarajatlar boʻyicha hujjatlarni buxgalteriya qaydlovlari uchun qabul qilayotganda quyidagilarni tekshiradi:
a) puli toʻlanayotgan hujjatda ijrochi direktorning ruxsat imzosi bor-yoʻqligi (agar boʻnak hisoboti kabi jamlama hujjat puli toʻlanayotgan boʻlsa, imzo faqat jamlama hujjatda boʻlishi talab qilinadi);
b) 29802-hisobvaraqdagi boʻnaklarni hisobga olgan holda smeta xarajatlari qoldigʻi ushbu chiqimni toʻlash uchun yetarli ekanligi;
v) puli toʻlanayotgan hujjatdagi xususiy summalar va yakunlar toʻgʻriligi;
g) hujjat toʻgʻri rasmiylashtirilgani va xususan, koʻrsatilgan xizmatlar uchun tuzilgan toʻlovnomalarga mikrokredit tashkilotining tegishli mansabdor shaxslari bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar qabul qilinganini tasdiqlab qoʻygan imzolarning bor-yoʻqligi;
d) sotib olingan moddiy boyliklar uchun yozilgan toʻlovnomalarda bu boyliklarni ular but saqlanishi uchun javobgar shaxslar qabul qilib olganligi toʻgʻrisidagi tilxatlar bor-yoʻqligi;
e) hujjat puli hisoboti topshiriladigan summalardan toʻlangan hollarda pul olingani toʻgʻrisida hujjatga imzo chekilgani.
151. Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalar mikrokredit tashkiloti ixtiyoriga koʻra mazkur Yoʻriqnomaning 19-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Ishonchnomalar mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbari yoki u tomonidan qonunda belgilangan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan imzolanadi.
152. Ishonchnomani berish berilgan ishonchnomalarni hisobga olish daftarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ishonchnomalar daftari sahifalari raqamlanadi va ip oʻtkazib tikiladi. Daftarning muqovasida oʻtkazilgan iplar uchi ustidan alohida qogʻozda mikrokredit tashkiloti ijrochi direktori va bosh buxgalteri tomonidan “Mazkur daftarda ... varaq raqamlandi” degan yozuv qayd etiladi, yelimlanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan koʻrsatiladi.
Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish daftari ishonchnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan shaxsda saqlanishi lozim.
153. Ishonchnomaning amal qilish muddati u asosida ishonchnoma berilgan shartnomalar va boshqa bitimlar boʻyicha tegishli boyliklarni olish va olib chiqib ketish imkoniyatiga bogʻliq ravishda belgilanadi, biroq u 10 ish kuni muddatidan oshmasligi kerak.
154. Ishonchli shaxs boyliklarni olgandan soʻng topshiriqlar bajarilganligi va u olgan tovar-moddiy boyliklar omborga (omborxonaga) topshirilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni korxona buxgalteriyasiga yoki tegishli moddiy javobgar shaxsga taqdim etishi shart.
Foydalanilmagan ishonchnomalar amal qilish muddati tugagan kundan keyingi sanada uni bergan korxonaga qaytarilishi kerak.
Foydalanilmagan ishonchnomaning qaytarilganligi toʻgʻrisida berilgan ishonchnomalarni hisobga olish daftarida (“Ishonchnoma boʻyicha topshiriqlar bajarilganligi toʻgʻrisidagi qaydlar” ustunida) qayd etiladi. Qaytarilgan foydalanilmagan ishonchnomalar “foydalanilmagan” yozuvi bilan soʻndiriladi va ularni roʻyxatdan oʻtkazish uchun javobgar boʻlgan shaxs tomonidan hisobot yili oxiriga qadar saqlanadi. Yil tugagach bunday foydalanilmagan ishonchnomalar bu haqda tegishli dalolatnoma tuzish bilan belgilangan tartibda yoʻq qilinadi. Amal qilish muddati tugagan ishonchnomalardan foydalanish xususida hisobot bermagan shaxslarga yangi ishonchnomalar berilmaydi va muddati oʻtgan ishonchnomani qaytarib berilmaganligi sababi oʻrganiladi. Suiisteʼmol holati aniqlanganda qonun hujjatlarida belgilangan choralar koʻrilishi shart.
155. Ishonchnomalar amal qilish muddatidan qatʼi nazar, tovar-moddiy boyliklarning dastlabki berilishida yetkazib beruvchida qoldiriladi.
Tovar-moddiy boyliklar berib boʻlingandan keyin ishonchnoma ishonchnomalar boʻyicha topshirilayotgan boyliklarning oxirgi turkumini berish uchun hujjat bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi.
12-bob. Moddiy boyliklarni inventarizatsiya qilish hamda aniqlangan ortiqcha va kamomadlarni rasmiylashtirish tartibi
156. Mikrokredit tashkilotlarida moddiy boyliklarning amalda mavjudligini va ularning saqlanishini nazorat qilish uchun ular mikrokredit tashkiloti tomonidan davriy ravishda, lekin kamida yilda bir marta inventarizatsiya qilinadi. Inventarizatsiya oʻtkazish tartibi mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbariyati tomonidan belgilanadi.
157. Moddiy boyliklarni inventarizatsiyasi natijasida aniqlangan ortiqcha yoki kamomad yuzasidan oʻrnatilgan tartibda dalolatnoma tuziladi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Mikrokredit tashkilotida oʻtkazilgan inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha moddiy boyliklar, misol uchun, asosiy vositalar baholangan qiymat boʻyicha balansga quyidagicha kirim qilinadi.
1) foydalanishga qabul qilinganda:
Debet 165** — Asosiy vositalarning tegishli hisobvaragʻi;
Kredit 45994 — “Boshqa foizsiz daromadlar”;
2) omborga kirim qilinganda:
Debet 16561 — “Ombordagi asosiy vositalar”;
Kredit 45994 — “Boshqa foizsiz daromadlar”.
158. Mikrokredit tashkiloti xodimlarining aybi bilan foydalanishga yaroqsiz holga kelgan moddiy boyliklar yoki kamomad aniqlangan holda, ushbu moddiy boyliklarning haqiqiy qiymati, qonunchilikda belgilangan tartibda aybdor shaxslardan undirib olinadi. Etkazilgan zarar miqdorini, mikrokredit tashkiloti mulkiga zarar yetkazganligi uchun tashkilot xodimi moddiy javobgarligi doirasi va tartibini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi. Oʻtkazilgan asosiy vositalarning inventarizatsiya natijasi yuzasidan quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi:
1) yigʻilgan eskirish summasiga:
Debet 165** — Asosiy vositalar yigʻilgan eskirish summasining tegishli hisobvaragʻi (kontr-aktiv);
Kredit 165** — Asosiy vositalarning tegishli hisobvaragʻi;
2) agar undirilishi lozim boʻlgan summa aktivning qoldik qiymatidan ortiq boʻlsa:
Debet 19908 — “Mikrokredit tashkilotlari xodimlari bilan boʻladigan hisob-kitoblardagi olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar” — aybdor shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan summaga;
Kredit 165** — Asosiy vositaning tegishli hisobvaragʻi — qoldiq qiymat — va/yoki
Kredit 45994 — “Boshqa foizsiz daromadlar” — undirilishi lozim boʻlgan summa bilan aktivning qoldik qiymati oʻrtasidagi farq summaga;
3) agar undirilishi lozim boʻlgan summa aktivning qoldiq qiymatidan kam boʻlsa:
Debet 19908 — “Mikrokredit tashkilotlari xodimlari bilan boʻladigan hisob-kitoblardagi olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar” — undirilishi lozim boʻlgan summa;
Debet 55995 — “Boshqa foizsiz xarajatlar” — aktivning qoldiq qiymati bilan undirilishi lozim boʻlgan summa oʻrtasidagi farq;
Kredit 165** — Asosiy vositaning tegishli hisobvaragʻi — qoldiq qiymati.
4) mablagʻlar undirib olinganda:
Debet 10101 — “Kassadagi pul mablagʻlari” va/yoki
Debet 29803 — “Mikrokredit tashkilotlari xodimlari bilan hisob-kitoblardagi toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar” (xodimning ish haqidan ushlab qolish);
Kredit 19908 — “Mikrokredit tashkilotlari xodimlari bilan boʻladigan hisob-kitoblardagi olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”.
121-bob. Chet el valyutasida ifodalangan aktiv va majburiyatlarning hisobi
1581. Mikrokredit tashkilotining chet el valyutasidagi operatsiyalari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
mol-mulkni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, oʻrnatiladigan asbob-uskunalar, tovar-moddiy qiymatliklar) chet el valyutasida sotib olinishi (sotilishi);
toʻlov summasi chet el valyutasida belgilangan kredit (mikrokredit)lar va qarzlarning olinishi (berilishi);
(1581-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-4, 25.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 10/19/1728-4/3958-son)
chet el valyutasida ifodalangan majburiyatlarning qabul qilinishi (toʻlanishi);
Jismoniy shaxslarga chet el valyutasida kreditlar (qarzlar) berish va kreditlar (qarzlar) boʻyicha ularning majburiyatlarini chet el valyutasida hisobga olish taqiqlanadi.
(1581-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-4, 25.10.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 10/19/1728-4/3958-son)
1582. Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlar qiymati buxgalteriya hisobida aks ettirilishi uchun chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish sanasidagi Markaziy bank kursi boʻyicha milliy valyuta — soʻmda qayta baholanadi.
1583. Mikrokredit tashkiloti balansining valyuta moddalari har oyda hisobot oyining oxirgi sanasidagi va chet el valyutasidagi operatsiyalar amalga oshirilgan sanadagi Markaziy bank kursi boʻyicha qayta baholanadi.
1584. Balansning quyidagi valyuta moddalari qayta baholanadi:
kassadagi, bankdagi depozit va ssuda hisobvaraqlaridagi valyuta mablagʻlari, shu jumladan akkreditivlar;
chet el valyutasidagi pul hujjatlari;
chet el valyutasida ifodalangan qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalar;
chet el valyutasida ifodalangan debitorlik va kreditorlik qarzlar, kreditlari va qarzlari.
(1584-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-4, 25.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 10/19/1728-4/3958-son)
1585. Quyidagilar qayta baholanmaydi:
chet el valyutasiga sotib olingan mol-mulk (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, oʻrnatiladigan asbob-uskunalar, kapital qoʻyilmalar, tovar-moddiy qiymatliklar);
ustav kapitali miqdori va taʼsischilar (qatnashchilar) ulushlarining nisbatlari.
1586. Chet el valyutasidagi aktiv va majburiyatlarni qayta baholashda yuzaga kelgan kurs farqlari mikrokredit tashkiloti tomonidan moliyaviy natijalarga toʻgʻri olib borish usuli bilan olib boriladi.
(1586-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-4, 25.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 10/19/1728-4/3958-son)
1587. Toʻgʻri olib borish usuli qoʻllanilganda qayta baholash natijasida yuzaga kelgan kurs farqlari moliyaviy natijalarga yuzaga kelishi (qayta baholanishi) bilan olib boriladi. Kurs farqlari natijasida yuzaga kelgan foyda 45401 — “Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida olingan foyda” va zararlar 55301 — “Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida koʻrilgan zarar” hisobvaraqlariga olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1588-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-4, 25.10.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 10/19/1728-4/3958-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1589-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-4, 25.10.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 10/19/1728-4/3958-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15810-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-4, 25.10.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 10/19/1728-4/3958-son)
(121-bob Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
13-bob. Kapital hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar hisobi. Olingan grant mablagʻlarining buxgalteriya hisobi
159. Moliyaviy yilning yakunida barcha daromad va xarajatlar hisobvaraqlari yillik sof foyda (zarar) hisobvaragʻida yopilishi lozim.
Daromad hisobvaraqlarini yopish:
Debet Daromad hisobvaraqlari (foyda va zararlar hisobotidan);
Kredit 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)”.
Xarajat hisobvaragʻini yopish:
Debet 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)”;
Kredit Barcha xarajat hisobvaraqlari (foyda va zararlar hisobotidan)”.
Soʻngra sof foyda (zarar) hisobvaragʻidagi qoldiq taqsimlanmagan foyda hisobvaragʻiga oʻtkaziladi:
Debet 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)”;
Kredit 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)”.
160. Taqsimlanmagan foyda kapitalning zarur ajratmalari yoki zaxiralar (fondlar) tuzatishlari summasiga debetlanadi (kamayadi) yoki kreditlanadi (koʻpayadi). Boshqa hollarda taqsimlanmagan foyda oldingi hisobot davriga tegishli boʻlgan faqat katta summalar boʻyicha tuzatishlar kiritilgan taqdirdagina kamaytiriladi yoki koʻpaytiriladi.
161. Moliyaviy hisobotlarga muhim tuzatishlar kiritish arifmetik xatoliklar, maʼlumotlardan notoʻgʻri foydalanish yoki yanglishish, buxgalteriya hisobi tamoyillari va qoidalarini qoʻllashda xatoliklar oqibatida yuzaga kelishi mumkin.
162. Mikrokredit tashkilotining ustav kapitalini foyda hisobidan oshirish quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan amalga oshiriladi:
Debet 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)”;
Kredit 30301 — “Ustav kapitali”.
163. Zaxira fondiga ajratma har yili sof foydaning 5% dan kam boʻlmagan hajmda mikrokredit tashkiloti ustavida belgilangan summa miqdorida oʻtkaziladi.
Debet 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)”;
Kredit 30903 — “Umumiy zaxira fondi”.
164. Mikrokredit tashkilotiga berilgan xayriya badallari va grantlar faoliyatni moliyalashtirish manbai sifatida qaraladi va quyidagi tartibda hisobga olinadi:
a) mikrokredit tashkiloti tomonidan xayriya badallari olinganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10101 — “Kassadagi pul mablagʻlari” yoki 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”;
Kredit 45994 — “Boshqa foizsiz daromadlar”;
b) mikrokredit tashkilotiga berilgan grantlar dastlab majburiyat sifatida tan olinadi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10503 — “Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”;
Kredit 22814 — “Grant mablagʻlari”;
v) grantlar bilan bogʻliq boʻlgan shartlar mikrokredit tashkiloti tomonidan bajarilishiga (grantlar oʻzlashtirilishiga) muvofiq quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 22814 — “Grant mablagʻlari”;
Kredit 45917 — “Grant mablagʻlaridan olingan daromad”;
g) grantlar pul shaklida boʻlmagan aktivlar, masalan asosiy vositalar, koʻrinishida olinganida aktivlarning baholangan qiymati boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 165** — “Asosiy vositalarning tegishli hisobvaragʻi”;
Kredit 22814 — “Grant mablagʻlari” (agar grant bilan bogʻliq shartlar mavjud boʻlsa) yoki Kredit 45917 — “Grant mablagʻlaridan olingan daromad” (agar grant bilan bogʻliq shartlar boʻlmasa).
Grant shaklida olingan asosiy vositalar eskirishi sari ularning eskirishi boʻyicha oʻtkazmalar mikrokredit tashkilotining boshqa oʻziga tegishli asosiy vositalari kabi amalga oshiriladi va 22814 — “Grant mablagʻlari” hisobvaragʻidagi grant summasi 45917 — “Grant mablagʻlaridan olingan daromad” hisobvaragʻiga hisobot davri uchun hisoblanadigan eskirish summasida oʻtkaziladi;
d) oʻzlashtirilgan grantlar hisobot yili tugashi bilan foyda (zararlar) hisobvaragʻidan kapitaldagi “Oʻzlashtirilgan grant mablagʻlari” hisobvaragʻiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)”;
Kredit 31701 “Oʻzlashtirilgan grant mablagʻlari”.
(164-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
V boʻlim. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash va qatʼiy hisobda turuvchi blanklardan foydalanish nazorati
165. Mikrokredit tashkiloti buxgalteriya hujjatlarining qatʼiy saqlanishini taʼminlashi shart. Hujjatlarini saqlash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etilishi hamda bu ishlar toʻgʻri tashkil qilinishi uchun javobgarlik mikrokredit tashkilotining rahbari va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatiladi, ular mikrokredit tashkiloti xodimlariga koʻrsatma berishi, xodimlarga hujjatlarni saqlash uchun maʼlum joy taqsimlashi va biriktirib qoʻyishi lozim.
166. Buxgalteriya hujjatlari har ish kuni uchun alohida shakllantirilib, koʻpi bilan bir oylik hujjatlar bir jildga tikilgan holda saqlanadi. Hujjatlarni yigʻib shakllantirish va alohida jildlarga tikish bilan bosh buxgalter tomonidan shakllantirish boʻyicha majburiyatlar vazifasi biriktirib qoʻyilgan xodim shugʻullanadi. Kassa hujjatlari alohida yigʻma jildlarda kassir yoki kassa mudiri tomonidan joylashtiriladi.
(166-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
167. Xodim har bir ish kuni boʻyicha buxgalteriya operatsiyalari oʻtkazilgan yigʻmajildlarda barcha hujjatlar mavjudligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Yakunlangan kun uchun hujjatlar ertangi kundan kechiktirilmay, shakllantirilishi zarur. Keyingi kun boshlangunga qadar hujjatlar yonmaydigan shkafda saqlanishi lozim.
(167-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
168. Yanada uzoqroq muddat saqlanadigan, shuningdek, mikrokredit tashkilotining ichki operatsiyalariga taalluqli quyidagi hujjatlar alohida yigʻmajildlarda saqlanishi kerak:
mikrokredit tashkilotining asosiy vositalar, operatsiyalarga doir va boshqa daromad hamda xarajatlar va boshqa xoʻjalik operatsiyalari boʻyicha;
mikrokredit tashkiloti mijozlarining mikrokredit, mikroqarzlari, shuningdek, mikrolizing va faktoring operatsiyalari boʻyicha.
Kassa hujjatlariga kirim va chiqim kassa ordyerlari barcha ilovalari bilan tikib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(169-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
170. Asosiy vositalar bilan operatsiyalar hujjatlari va turli daromad hamda xarajatlar bilan bogʻliq operatsiyalar, mikrokredit tashkilotlarining boshqa xoʻjalik operatsiyalari boʻyicha hujjatlarga kassa hisobvaragʻi bilan korrespondensiyalashgan va kassa ordyerlarini (toʻlovnomalar, ish haqi toʻlash qaydnomalari va boshqalar) tuzish uchun asos boʻlgan asl nusxadagi hujjatlar ham joylanadi.
(170-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-3, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1728-3/2896-son)
171. Operatsiyalar hajmi kam boʻlgan taqdirda, mikrokredit tashkilotlarining rahbari qaroriga koʻra oʻtgan yilga tegishli boʻlgan uzoq muddat saqlanadigan hujjatlar joriy yil tugaganidan keyin shakllantirilishi mumkin. Bunday holda yil tugagunicha bu hujjatlar yigʻmajildda tikib borilishi va yonmaydigan metall shkafda bosh buxgalter javobgarligi ostida saqlanishi lozim.
Mikrokredit tashkiloti mijozlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, mijozlar bilan yozishmalarni, shuningdek mijozlarni identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari toʻxtatilganidan keyin kamida besh yil mobaynida saqlashlari shart.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
172. Uzoq muddat saqlanadigan hujjatlar shakllantirilayotganda yigʻmajildda har oy uchun qistirma varaqlar qoʻshilishi, ularda shu oy uchun buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan taqqoslangan har bir hisobvaraq debeti va krediti boʻyicha summalari koʻrsatilishi kerak, yigʻmajild muqovasida esa, buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan taqqoslangan har bir hisobvaraq debet va kredit boʻyicha hujjatlarning umumiy summasi koʻrsatiladi.
(172-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
173. Quyidagi hujjatlar kassada, omborda yoki yonmaydigan shkaflarda saqlanishi shart:
yillik hisobotning tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan nusxasi hamda oylik (chorak) balans uning barcha ilovalari bilan;
oxirgi oʻn ikki oy uchun kassa hujjatlari;
yordamchi kitoblar.
(173-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-3, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1728-3/2896-son)
yillik hisobotning tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan nusxasi hamda oylik (chorak) balans uning barcha ilovalari bilan;
oxirgi oʻn ikki oy uchun kassa hujjatlari;
joriy oy uchun memorial hujjatlar;
asosiy vositalar hamda kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hisobi yuritiladigan jurnallar;
amaliyot jurnallari, kitoblar, imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalar va muhr izi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda), foizlarni hisoblash boʻyicha qaydnomalar.
(173-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 5-sentabrdagi 24/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-2, 15.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 37-son, 494-modda)
174. Buxgalteriya hisobiga tegishli barcha materiallar (shaxsiy hisobvaraqlar va boshqalar) ular arxivga topshirilguniga qadar, buxgalteriyaning stellajlar va temir javonlar bilan jihozlangan buxgalteriyaning joriy arxivida saqlanishi kerak. Bu joriy arxiv hujjatlar but saqlanishi uchun javob beradigan maxsus ajratilgan xodim qoʻl ostida boʻladi. Agar kassa yoki omborda joy yetmasa, ayni shu xodim buxgalteriyadagi yonmaydigan temir javonlarda saqlanadigan hujjatlarning daxlsizligi uchun javob beradi.
(174-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-3, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1728-3/2896-son)
175. Buxgalteriya va joriy arxivda saqlanayotgan hujjatlarga doir maʼlumotlar kassa hujjatlari boʻyicha javobgar xodim huzurida, bosh buxgalter imzolagan talabnomalar asosida, joriy arxiv uchun javobgar xodim qatnashuvida olinadi. Maʼlumot olish uchun ruxsat berilgan mikrokredit tashkiloti xodimi kassir yoki joriy arxivni boshqaruvchi xodim kuzatuvida ishlashi lozim. Ular maʼlumot olishga ruxsat berilgan xodimlar hujjatlarga biror-bir tuzatuv yozuvlarini kiritmasligini kuzatib turishlari shart.
176. Mijozlarga tegishli va boshqa pul hisob-kitob hujjatlari sud va tergov organlarining yozma talabi asosida faqat mikrokredit tashkiloti rahbarining ruxsati bilan olinishi mumkin.
177. Hujjatning asl nusxasi olinayotganda bu haqda ikki nusxada dalolatnoma yoki bayonnoma tuzilib, unga mikrokredit tashkiloti rahbari, bosh buxgalter va hujjatni talab qilgan tashkilot vakili imzo chekadi. Dalolatnoma yoki bayonnomada ayni qanday hujjat olinayotgani, uni kimning talabiga va ruxsatiga koʻra olinayotgani aniq koʻrsatilishi kerak. Dalolatnoma yoki bayonnomaning ikkinchi nusxasi yuqorida aytilgan vakilga topshiriladi.
178. Olingan toʻlov hujjatining asl nusxasi oʻrniga bosh buxgalter tomonidan tasdiqlagan nusxa (kserokopiyasi), shuningdek hujjatning asl nusxasini olayotgan shaxs tomonidan imzolangan bayonnomaning birinchi nusxasi va hujjatni olish xususidagi talabnoma qoʻyiladi. Hujjat olinganligi toʻgʻrisida bosh buxgalter shu hujjat turgan yigʻmajildning muqovasiga yozib, imzo chekadi.
179. Bir yilning turli sanalariga tegishli pul hisob-kitob hujjatlari bir vaqtning oʻzida olingan hollarda, bu hujjatlarning barchasi uchun bitta dalolatnoma yoki bayonnoma tuzilib, unga shu hujjatlar roʻyxati kiritiladi. Ushbu hujjatlarning biri oʻrniga uning nusxasi, hujjatni olish toʻgʻrisidagi talabnoma, dalolatnoma yoki bayonnomaning birinchi nusxasi qoʻyiladi, boshqalarining oʻrniga esa, shu hujjatlar nusxalari qoʻyilib, ularda hujjatni olish toʻgʻrisidagi talabnoma qayerda saqlanayotganligi yoziladi.
180. Mikrokredit tashkilotlarida hisob-kitob kitobchasining berilishi, kvitansiya blankalari hamda qatʼiy hisobda turuvchi boshqa blanklardan foydalanishni qatʼiy nazorat qilinmogʻi kerak, shuningdek, ular harakatining hisobda oʻz vaqtida va toʻliq aks ettirilishini taʼminlashi lozim.
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari
rejasi
I. Hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
Mazkur hisobvaraqlar rejasi mikrokredit tashkilotlarida mikromoliyaviy operatsiyalarning buxgalteriya hisobini aks ettirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi hamda mikrokredit tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qoʻllanadigan Bosh kitob hisobvaraqlari roʻyxatidan iboratdir.
Xatolarni toʻgʻrilash va hisob siyosatidagi oʻzgarishlar boʻyicha tuzatishlar kiritishda, hisobvaraqlarning taʼriflarida koʻzda tutilmagan boʻlsa ham hisobvaraqlarning debet va kreditlari boʻyicha tuzatish oʻtkazmalari berishga ruxsat beriladi.
Mikrokredit tashkilotlarining hisobvaraqlar rejasi buxgalteriya hisobining koʻp valyutali tizimiga asoslangan boʻlib, chet el valyutasidagi operatsiyalarning hisobi yuritilishi mumkin boʻlgan barcha hisobvaraqlarda xorijiy valyutadagi operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi boʻyicha sintetik hisobni yuritish uchun — alohida Bosh kitob, tahliliy (analitik) hisobni yuritish uchun esa Yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta boʻyicha Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi summalar Yordamchi kitoblardagi summalar yigʻindisiga mos kelishi kerak. Mikrokredit tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan har bir operatsiya tegishli valyuta turi boʻyicha Bosh va Yordamchi kitoblarda roʻyxatga olinishi kerak. Hisobot sanasida Bosh kitoblarning xorijiy valyutalar boʻyicha jami summalari milliy valyutaga oʻtkaziladi va hisobot davri davomida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar boʻyicha mikrokredit tashkilotining jamlanma balansi tuziladi.
Hisobvaraqlarni kodlashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqilgan:
hisobvaraqlarning Bosh va Yordamchi kitoblarda joylanishini yengillashtirish;
hisobvaraqlarni bir tizimda tasniflash va guruhlashga yordam berish;
hisob jarayonlarini avtomatlashtirishni yengillashtirish;
operatsiyalar yozuvini tezlashtirish.
Balans hisobvaraqlarining Bosh kitobda kodlashtirilish tizimi quyidagi sxema boʻyicha beshta belgidan iboratligi qabul qilingan:
Raqamli kodlashtirishga quyidagi zarur shartlar joylashtirilgan:
jamlanma hisobvaraqlar uchun MM va/yoki SS nol raqamlariga ega (masalan, 10000 — “Aktivlar”, 10100 — “Kassadagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari” va boshqalar);
“Aktivlar” boʻlimidagi “... zararlarni qoplash zaxirasi” sarlavhali subhisobvaraqlar uchun SS oʻrnida 99 raqami qabul qilingan.
Yordamchi kitobda shaxsiy hisobvaraqlar quyidagi sxema boʻyicha kodlashtiriladi:

CCCCC

VVV

K

SSSSSSSS

NNN

Hisobvaraqning tartib

raqami



Mikrokredit tashkilotining yoki

mijozning xos raqami



Nazorat kaliti


Valyuta kodi


Balans hisobvaragʻi

Bundan tashqari, operatsiyalarni boshqarish maqsadida Yordamchi kitoblarga Markaziy bank, mikrokredit tashkilotlari menejmenti (boshqarishi) uchun zarur boʻlgan batafsil axborotlar bilan taʼminlovchi qoʻshimcha maʼlumotlar kiritiladi.
Hisobvaraqlar rejasida har bir hisobvaraqning aktiv yoki passiv boʻlishi aniq belgilab qoʻyilgan, aktiv-passiv qoldiqlarga ega boʻladigan ayrim hisobvaraqlar bundan mustasno. Aktiv hisobvaraqlarga “Aktivlar”, “Xarajatlar” va “Koʻzda tutilmagan holatlar” boʻlimlaridagi balans hisobvaraqlari, passiv hisobvaraqlarga “Majburiyatlar”, “Kapital” va “Daromadlar” boʻlimlaridagi balans hisobvaraqlari taalluqlidir.
Aktivlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida “Aktivlar” boʻlimiga kontr-aktiv hisobvaraqlari, majburiyatlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida esa “Majburiyatlar” boʻlimiga kontr-passiv hisobvaraqlar kiritilgan.
Baʼzi hisobvaraqlardan tashqari “Aktivlar” likvidlilik, “Majburiyatlar” esa muddatlilik tamoyillariga asosan tasniflangan.
Mazkur hisobvaraqlar rejasida har bir ikkinchi tartibli balans hisobvaragʻi uchun hisobvaraq taʼrifi berilgan boʻlib, unda hisobvaraqning debeti va krediti boʻyicha qanday operatsiyalarni aks ettirish hamda tahliliy (analitik) hisobini yuritish koʻrsatilgan. Batafsil tahliliy (analitik) hisob yuritish uchun mikrokredit tashkilotlarida shaxsiy hisobvaraqlardan tashqari qoʻshimcha jurnal hisobi va reyestrlar yuritilishi mumkin.
“Daromadlar” va “Xarajatlar” boʻlimi uchun tahliliy (analitik) hisob koʻrsatilmagan boʻlib, ushbu boʻlimlardagi hisobvaraqlar mikrokredit tashkiloti ichki hisobvaraqlari hisoblanadi. Mikrokredit tashkilotlari Markaziy bank talablari va ichki hisob siyosatidan kelib chiqqan holda mazkur hisobvaraqlarda tahliliy (analitik) hisobni yuritish tartibini oʻzlari belgilaydilar.
II. Hisobvaraqlar roʻyxati

Kod

Nomi

10000

AKTIVLAR

10100

Kassadagi naqd pullar

10101

Kassadagi pul mablagʻlari

10109

Yoʻldagi naqd pullar


10500

Banklarga qoʻyilgan depozitlar va boshqa mablagʻlar

10503

Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar

10505

Banklarga qoʻyilgan jamgʻarma depozitlar

10507

Banklarga qoʻyilgan muddatli depozitlar

10509

Yoʻldagi naqdsiz mablagʻlar

10597

Banklarga qoʻyilgan boshqa mablagʻlar


11100

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring

11101

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring

11103

Muddati oʻtgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring

11105

Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring

11195

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring boʻyicha diskont (kontr-aktiv)

11199

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)


12400

Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar

12401

Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar

12405

Jismoniy shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikroqarzlar

12409

Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikroqarzlar

12499

Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)


12500

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar

12501

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar

12505

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar

12509

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar

12599

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)


12700

Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar

12701

Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar

12705

Yuridik shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar

12709

Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar

12799

Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)


14800

Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar

14801

Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar

14809

Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikroqarzlar

14899

Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumk�n boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)


14900

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar

14901

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar

14909

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar

14999

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan za�arlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)


15100

Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar

15101

Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar

15109

Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar

15199

Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)


15600

Mikrolizing (moliyaviy ijara)

15607

Mikrolizing

15617

Muddati oʻtgan mikrolizing

15619

Shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrolizing

15699

Mikrolizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)


15700

Sud jarayonidagi mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar

15701

Jismoniy shaxslarga berilgan sud jarayonidagi mikroqarzlar

15703

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan sud jarayonidagi mikrokreditlar

15707

Yuridik shaxslarga berilgan sud jarayonidagi mikrokreditlar

15709

Sud jarayonidagi mikrolizing

15799

Sud jarayonidagi mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)


16100

Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablagʻlar

16102

Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablagʻlar — Moliyaviy mablagʻlar

16104

Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablagʻlar — Boshqa aktivlar


16300

Olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar

16301

Banklardagi depozitlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar

16307

Mikroqarzlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar

16309

Mikrokreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar

16323

Mikrolizing (moliyaviy ijara) boʻyicha olish uchun hisoblangan foizlar

16377

Muddati oʻtgan hisoblangan foizlar

16397

Boshqa olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar


16400

Hisoblangan foizsiz daromadlar

16401

Koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisoblangan toʻlovlar

16405

Hisoblangan jarima va penyalar

16409

Operatsion ijara boʻyicha hisoblangan daromad

16413

Hisoblangan boshqa foizsiz daromadlar

16499

Hisoblangan foizsiz daromadlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)


16500

Asosiy vositalar

16501

Yer

16505

Tugallanmagan qurilishlar

16509

Mikrokredit tashkiloti binolari va boshqa imoratlari

16511

Mikrokredit tashkiloti binolari va boshqa imoratlarining yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)

16515

Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi

16519

Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi boʻyicha yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)

16529

Transport vositalari

16531

Transport vositalarining yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)

16535

Mebel, moslama va jihozlar

16539

Mebel, moslama va jihozlarning yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)

16549

Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar

16551

Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)

16561

Ombordagi asosiy vositalar

16563

Ombordagi asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)

16575

Olingan kreditlar boʻyicha garovga qoʻyilgan asosiy vositalar

16579

Olingan kreditlar boʻyicha garovga qoʻyilgan asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)


16600

Nomoddiy aktivlar

16601

Nomoddiy aktivlar

16605

Nomoddiy aktivlarning yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)

16609

Oʻrnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar

16617

Gudvill

16699

Oʻrnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)


16700

Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar

16701

Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar

16707

Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklarning yigʻilgan eskirish summasi

16799

Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)


19900

Boshqa aktivlar

19901

Mayda xarajatlar

19907

Xizmatlar uchun oldindan toʻlangan xarajatlar

19908

Mikrokredit tashkilotlari xodimlari bilan boʻladigan hisob-kitoblardagi olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar

19909

Tovar-moddiy qimmatliklar vakoʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlar hisobvaragʻi

19911

Olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar hisobvaraqlari boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

19921

Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar

19925

Oldindan toʻlangan xarajatlar

19931

Muddati kechiktirilgan soliqlar

19941

Tugatilgan va tugatilish jarayonida boʻlgan banklardagi mablagʻlar

19945

Tugatilgan va tugatilish jarayonida boʻlgan banklardagi mablagʻlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

19995

Sud jarayonidagi boshqa aktivlar

19997

Boshqa aktivlar

19999

Boshqa aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)


20000

MAJBURIYATLAR

21400

Jalb qilingan qarz mablagʻlar

21402

Taʼsischilarning qarz mablagʻlari

21404

Boshqa shaxslardan jalb qilingan qarz mablagʻlari


21600

Olingan qisqa muddatli kreditlar

21606

Banklardan olingan qisqa muddatli kreditlar

21610

Davlatning maqsadli jamgʻarmalaridan olingan qisqa muddatli kreditlar

21614

Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar

21618

Nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan qisqa muddatli kreditlar

21622

Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan qisqa muddatli kreditlar

21626

Chet ellik investorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar

21696

Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar


22000

Olingan uzoq muddatli kreditlar

22006

Banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar

22010

Davlatning maqsadli jamgʻarmalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar

22014

Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan olingan uzoq muddatli kreditlar

22018

Nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan uzoq muddatli kreditlar

22022

Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan uzoq muddatli kreditlar

22026

Chet ellik investorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar

22096

Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar


22100

Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha majburiyatlar

22102

Banklar oldidagi lizing boʻyicha majburiyatlar

22104

Boshqa lizing beruvchilar oldidagi lizing boʻyicha majburiyatlar


22200

Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar

22203

Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Moliyaviy mablagʻlar

22205

Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Boshqa aktivlar


22400

Toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar

22402

Taʼsischilarning qarz mablagʻlari boʻyicha hisoblangan foizlar

22404

Boshqa shaxslardan jalb qilingan qarz mablagʻlari boʻyicha hisoblangan foizlar

22408

Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha hisoblangan foizlar

22410

Olingan kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlar

22414

Chiqarilgan korporativ obligatsiyalar boʻyicha toʻlash uchun hisoblangan foizlar

22496

Boshqa majburiyatlar boʻyicha hisoblangan foizlar


22500

Hisoblangan soliqlar

22502

Hisoblangan foyda soliqlari

22504

Hisoblangan boshqa soliqlar

22506

Toʻlash uchun ushlab qolingan soliqlar

22508

Muddati kechiktirilgan soliqlar

22510

Hisoblangan yagona ijtimoiy toʻlov

22512

Jamgʻarmalar bilan boʻladigan hisob-kitoblar


22800

Muddati uzaytirilgan daromadlar

22812

Kelgusi davr foizli daromadlari

22814

Grant mablagʻlari

22896

Bo�qa muddati uzaytirilgan daromadlar


23600

Chiqarilgan korporativ obligatsiyalar

23602

Chiqarilgan korporativ obligatsiyalar

23696

Chiqarilgan korporativ obligatsiyalar boʻyicha mukofot

23698

Chiqarilgan korporativ obligatsiyalar boʻyicha diskont (kontr-passiv)


29800

Boshqa majburiyatlar

29801

Mijozlar bilan hisob-kitoblar

29802

Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlanadigan mablagʻlar

29803

Mikrokredit tashkilotlari xodimlari bilan hisob-kitoblardagi toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar

29805

Ijara (operatsion ijara) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar

29807

Toʻlanishi lozim boʻlgan dividendlar

29830

Taʼsischi (aksiyador)lar ning ustav kapitalini (aksiyalar uchun obuna mablagʻlarini) oshirish maqsadida qoʻyilgan mablagʻlari

29896

Boshqa majburiyatlar


30000

KAPITAL

30300

Mikrokredit tashkilotining ustav kapitali

30301

Ustav kapitali

30315

Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli aksiyalar

30318

Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy aksiyalar

30321

Aksiyadorlardan qayta sotib olingan oʻz aksiyalari — Imtiyozli (kontr-passiv)

30324

Aksiyadorlardan qayta sotib olingan oʻz aksiyalari — Oddiy (kontr-passiv)


30600

Qoʻshimcha kapital

30603

Qoʻshimcha kapital — Imtiyozli aksiyalar

30606

Qoʻshimcha kapital — Oddiy aksiyalar


30900

Zaxira kapitali

30903

Umumiy zaxira fondi

30905

Tekinga olingan mulklar

30908

Boshlangʻich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi


31200

Taqsimlanmagan foyda

31203

Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)

31206

Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)


31700

Oʻzlashtirilgan grant mablagʻlari

31701

Oʻzlashtirilgan grant mablagʻlari


40000

DAROMADLAR

40400

Banklardagi depozitlar boʻyicha foizli daromadlar

40401

Banklardagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar boʻyicha foizli daromadlar

40403

Banklardagi jamgʻarma depozitlar boʻyicha foizli daromadlar

40405

Banklardagi muddatli depozitlar boʻyicha foizli daromadlar

40407

Banklardagi boshqa mablagʻlar boʻyicha foizli daromadlar


42000

Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar

42001

Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar

42005

Jismoniy shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar

42009

Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar


42100

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar

42101

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar

42105

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar

42109

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar


42300

Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar

42301

Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar

42305

Yuridik shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar

42309

Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar


44200

Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar

44201

Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar

44209

Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar


44300

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar

44301

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar

44309

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar


44500

Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar

44501

Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar

44509

Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar


44700

Sud jarayonidagi mikroqarzlar va mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar

44701

Sud jarayonidagi mikroqar�lar boʻyicha foizli daromadlar

44703

Sud jarayonidagi mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar


44900

Boshqa foizli daromadlar

44901

Boshqa foizli daromadlar


45100

Mikrolizing (moliyaviy ijara) boʻyicha foizli daromadlar

45105

Mikrolizing boʻyicha foizli daromadlar

45117

Muddati oʻtgan mikrolizing boʻyicha foizli daromadlar

45119

Shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrolizing boʻyicha foizli daromadlar

45121

Sud jarayonidagi mikrolizing boʻyicha foizli daromadlar


45200

Foizsiz daromadlar

45201

Koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar

45217

Sotib olingan debitorlik qarzlari boʻyicha daromadlar — Faktoring


45400

Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida olingan foyda

45401

Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida olingan foyda


45900

Boshqa foizsiz daromadlar

45901

Asosiy vositalarning ijarasi boʻyicha olingan daromadlar

45909

Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda

45913

Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda

45917

Grant mablagʻlaridan olingan daromad

45921

Hisobdan chiqarilgan mablagʻlarning qaytarilishi

45994

Boshqa foizsiz daromadlar


50000

XARAJATLAR

50600

Jalb qilingan mablagʻlar boʻyicha foizli xarajatlar

50601

Taʼsischi (aksiyador)larning qarz mablagʻlari boʻyicha foizli xarajatlar

50603

Boshqa shaxslardan jalb qilingan qarz mablagʻlar boʻyicha foizli xarajatlar


53100

Qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

53101

Banklardan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan foizli xarajatlar

53105

Davlat maqsadli jamgʻarmalaridan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan foizli xarajatlar

53109

Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

53113

Nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

53117

Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

53121

Chet ellik investorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

53195

Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar


54100

Uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

54101

Banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

54105

Davlat maqsadli jamgʻarmalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

54109

Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

54113

Nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

54117

Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan uzoq muddatli kreditl?r boʻyicha foizli xarajatlar

54121

Chet ellik investorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

54195

Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar


54200

Chiqarilgan korporativ obligatsiyalar boʻyicha foizli xarajatlar

54202

Chiqarilgan korporativ obligatsiyalar boʻyicha foizli xarajatlar


54400

Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha foizli xarajatlar

54401

Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha foizli xarajatlar


54900

Boshqa foizli xarajatlar

54902

Boshqa foizli xarajatlar


55100

Foizsiz xarajatlar

55106

Koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik xarajatlari


55300

Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida koʻrilgan zarar

55301

Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida koʻrilgan zarar


55900

Boshqa foizsiz xarajatlar

55902

Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan koʻrilgan zararlar

55906

Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklarni/ aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qili?dan koʻrilgan zararlar

55995

Boshqa foizsiz xarajatlar


56100

Mikrokredit tashkiloti xodimlarining ish haqi va ular uchun qilingan boshqa xarajatlar

56102

Ish haqi

56106

Mikrokredit tashkiloti xodimlari uchun imtiyozlar

56110

Tibbiy, stomatologiya xizmatlari va shifoxonada davolash xarajatlar

56114

Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha badallar

56118

Ijtimoiy himoya boʻyicha xarajatlar

56122

Jamgʻarmalarga badallar

56195

Mikrokredit tashkiloti xodimlari uchun qilingan boshqa xarajatlar


56200

Ijara va saqlash (taʼminot) xarajatlari

56202

Ijara toʻlovi

56206

Suv toʻlovi

56210

Elektr energiyasi va isitish tarmoqlari xarajatlari

56214

Taʼmirlash va taʼminot xarajatlari

56218

Qoʻriqlash xizmati xarajatlari


56300

Xizmat safari va transport xarajatlari

56302

Xizmat safari xarajatlari

56306

Xizmat safar? vaqtidagi kunlik xarajatlar

56310

Mikrokredit tashkiloti mulkini koʻchirish bilan bogʻliq boʻlgan (Fraxt) xarajatlar

56314

Yoqilgʻi xarajatlari


56400

Maʼmuriy xarajatlar

56402

Reklama va eʼlon xarajatlari

56406

Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari

56410

Pochta, telefon, faks boʻyicha xarajatlar

56414

Hujjat markalari uchun xarajatlar

56418

Kitob, gazeta va boshqa davriy nashriyotlar boʻyicha xarajatlar

56500

Reprezentatsiya va xayriya

56502

Reprezentatsiya va koʻngilochar tadbirlar xarajatlari

56506

Aʼzolik badallari

56510

Xayr-ehson va xayriya xarajatlari


56600

Eskirish xarajatlari

56602

Mikrokredit tashkiloti bino va boshqa imoratlarining eskirish summasi

56610

Transport vositalarining eskirish summasi

56614

Mebel va jihozlarning eskirish summasi

56618

Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi

56622

Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning eskirish summasi

56626

Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi boʻyicha eskirish summasi

56630

Ombordagi asosiy vositalarning eskirish summasi

56632

Olingan kreditlar boʻyicha garovga qoʻyilgan asosiy vositalarning eskirish summasi


56700

Sugʻurta, soliq va boshqa xarajatlar

56702

Yuridik va auditorlik xizmati xarajatlari

56706

Maslahatchi (konsalting)lar xizmati uchun toʻlov xarajatlari

56710

Sugʻurta xarajatlari

56714

Soliq (foyda soligʻidan tashqari) va litsenziyalar

56718

Jarima va penya xarajatlari

56722

Sud jarayoni va/yoki aktivni sotib olish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar

56795

Boshqa operatsion xarajatlar


56800

Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash

56802

Mikroqarz va mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash

56814

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash

56832

Nomoddiy aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash

56834

Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash

56838

Mikrolizing (moliyaviy ijara) boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash

56840

Hisoblangan foizsiz daromadlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash

56842

Sud jarayonidagi mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing (moliyaviy ijara) boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash

56895

Boshqa aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash


56900

Foyda soligʻini baholash

56902

Foyda soligʻini baholash


90000

KOʻZDA TUTILMAGAN HOLATLAR

90300

Qimmatli qogʻozlar

90329

Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi mikrokredit tashkilotining hujjatsiz qimmatli qogʻozlari

90337

Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi mikrokredit tashkilotining sotib olingan qimmatli qogʻozlari


90900

Savdoga oid moliyalashlar

90966

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring

90993

Kafolat va kafilliklar


91500

Aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari

91501

Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha hisoblangan foizlar

91505

Boshqa aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari


91700

Mikrokredit tashkilotining mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish majburiyatlari

91709

Mikrokredit tashkilotining mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish majburiyati


91800

Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing (moliyaviy ijara) majburiyatlari

91816

Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing (moliyaviy ijara) olish majburiyati


91900

Qarzdorlarning mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing majburiyatlari

91901

Qarzdorlarning qisqa muddatli mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing boʻyicha majburiyatlari

91905

Qarzdorlarning uzoq muddatli mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing boʻyicha majburiyatlari


94500

Garov sifatidagi qimmatli qogʻozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar

94501

Garov sifatida olingan qimmatli qogʻozlar

94502

Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar

94503

Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar


95400

Boshqa koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari

95413

Hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar

95497

Boshqa koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari


96300

Koʻzda tutilmagan holatlar kontr-hisobvaraqlari

96314

Mikrokredit tashkilotining qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq

96331

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring boʻyicha kontr-hisobvaraq

96335

Aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq

96337

Kafolat va kafilliklar boʻyicha kontr-hisobvaraq

96345

Qarzdorlarning qisqa muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha majburiyatlari kontr-hisobvaragʻi

96349

Qarzdorlarning uzoq muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha majburiyatlari kontr-hisobvaragʻi

96351

Mikrokredit tashkilotining mikroqarzlar, mikrokredit va mikrolizinglar berish majburiyati boʻyicha kontr-hisobvaraq

96358

Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing (moliyaviy ijara) olish majburiyati boʻyicha kontr-hisobvaraq

96381

Garov sifatida olingan qimmatli qogʻozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar boʻyicha kontr-hisobvaraq

96397

Boshqa koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq

III. Hisobvaraqlarning taʼrifi

Kod

Nomi


10000

AKTIVLAR

10100

KASSADAGI NAQD PULLAR

10101

Kassadagi pul mablagʻlari
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining kassasidagi banknot va tangalar koʻrinishidagi naqd pul mablagʻlarining hisobi yuritiladi. Kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tartibga solinadi.

Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotining kassasiga kelib tushgan pul mablagʻlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkilotining kassasidan toʻlangan pul mablagʻlari, shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi bankka topshiriladigan ortiqcha pul mablagʻlarining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.


10109

Yoʻldagi naqd pullar
Hisobvaraqning taʼrifi:
yoʻldagi naqd pul, chek va boshqa toʻlov hujjatlarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida bankka va boshqa kredit tashkilotlariga joʻnatilgan naqd pul, chek va boshqa toʻlov hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qabul qiluvchi bank tomonidan ularning kassaga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomasi asosida naqd pul, chek va boshqa toʻlov hujjatlari summasini hisobdan chiqarish amalga oshiriladi.
Tahliliy hisob qabul qiluvchi bank boʻyicha, shuningdek, naqd pullar, cheklar va boshqa toʻlov hujjatlari turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


10500

BANKLARGA QOʻYILGAN DEPOZITLAR VA BOShQA MABLAGʻLAR

10503

Banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
mikrokredit tashkilotining banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida banklarga qoʻyilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlarning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob banklar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


10505

Banklarga qoʻyilgan jamgʻarma depozitlar
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining banklarga qoʻyilgan jamgʻarma depozitlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida banklarga qoʻyilgan jamgʻarma depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida jamgʻarma depozitlarning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob banklar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


10507

Banklarga qoʻyilgan muddatli depozitlar
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining banklarga qoʻyilgan muddatli depozitlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida banklarga qoʻyilgan muddatli depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida muddatli depozitlarning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob banklar va depozitlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


10509

Yoʻldagi naqdsiz mablagʻlar

Hisobvaraqning taʼrifi: ushbu hisobvaraqda mikrokredit tashkilotining bankdagi depozit hisobvaragʻiga kirim qilinadigan, lekin kelib tushmagan naqdsiz pul mablagʻlari summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotining ba�kdagi depozit hisobvaragʻiga kirim qilinadigan, lekin kelib tushmagan naqdsiz pul mablagʻlari aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida bankdan olingan depozit hisobvaragʻi koʻchirmasi asosida naqdsiz pul mablagʻlar summasini hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir mijoz boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


10597

Banklarga qoʻyilgan boshqa mablagʻlar
Hisobvaraqning taʼrifi: yuqorida koʻrsatilgan turkum taʼriflarga mos tushmaydigan, mikrokredit tashkilotining banklarga qoʻyilgan mablagʻlari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida banklarga qoʻyilgan boshqa mablagʻlarning summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida boshqa mablagʻlarning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir bank va depozitlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


11100

SOTIB OLINGAN DEBITORLIK QARZLARI — FAKTORING

11101

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring

Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlari — joʻnatilgan tovarlar, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz mijozlari (mahsulot yetkazib beruvchi) tomonidan inkassoga qoʻyilgan toʻlov talabnomalarining hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan mijozlarning debitorlik qarzlarining nominal qiymati aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan toʻlangan debitorlik qarzlarining qiymati, qayta tasniflangan va 11103 — “Muddati oʻtgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring”, 11105 — “Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvaraqlarga oʻtkazilgan, shuningdek, boshqa shaxslar hisobiga kechib yuborilgan debitorlik qarzlarining qiymati aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


11103

Muddati oʻtgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring

Hisobvaraqning taʼrifi: belgilangan qoidalarga muvofiq muddati oʻtgan deb tasniflangan sotib olingan debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11101 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvaragʻidan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining toʻliq va/yoki toʻlanmagan qiymati aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan toʻlangan yoki hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlarining summasi, shuningdek qayta tasniflangan va 11105 — “Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvaragʻiga oʻtkazilgan sotib olingan muddati oʻtgan debitorlik qarzlarining qiymati aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


11105

Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring

Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan sud jarayonidagi debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11101 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring”, 11103 — “Muddati oʻtgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining toʻliq va/yoki toʻlanmagan qiymati aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan qoplangan yoki hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlari summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


11195

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring boʻyicha diskont (kontr-aktiv)

Hisobvaraqning taʼrifi: sotib olingan debitorlik qarzlarining toʻliq nominal qiymati bilan sotib olish narxi oʻrtasidagi salbiy farq, yaʼni diskont hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkilotining debitorlik qarzini uning toʻliq nominal qiymatidan past narxda sotib olgandagi diskont summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi, shuningdek, qarzdor tomonidan debitorlik qarzlarini qisman yoki toʻliq qoplash natijasida yoki boshqa shaxslar hisobiga kechib yuborilganda hisobdan chiqarilgan diskont summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


11199

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

Hisobvaraqning taʼrifi: qarzdordan summa undirib olinmagan va/yoki baholashda summa undirib olinishiga shubha tugʻilgan hollarda sotib olingan debitorlik qarzlari boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12400

JISMONIY ShAXSLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROQARZLAR

12401

Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar

Hisobvaraqning taʼrifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha jismoniy shaxslarga berilgan mikroqarzlarning hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida berilgan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12405

Jismoniy shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikroqarzlar

Hisobvaraqning taʼrifi: jismoniy shaxslarga berilgan muddatida toʻlanmagan (qoplanmagan) qisqa muddatli va uzoq muddatli mikroqarzlarning hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12401 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar”, 12409 — “Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikroqarzlar”, 14801 — “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar”, 14809 — “Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikroqarzlar” hisobvaraqlaridan mazkur hisobvaraqqa oʻtkazilgan jismoniy shaxslarga berilgan muddatida toʻlanmagan mikroqarzlarning summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan toʻlangan, mikroqarzlarning boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12499 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

12409

Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikroqarzlar

Hisobvaraqning taʼrifi: mikroqarz shartnomasi hamda unga qoʻshimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari oʻzgartirilgan jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlarning hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12401 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar” va 12405 — “Jismoniy shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikroqarzlar” hisobvaraqlaridan mazkur hisobvaraqqa oʻtkazilgan va jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida toʻlangan, qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mum?in boʻlgan zararlarni qoplash 12499 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12499

Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan, jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

12500

YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROKREDITLAR

12501

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida berilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12505

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar

Hisobvaraqning taʼrifi: yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddatida toʻlanmagan (qoplanmagan) qisqa muddatli va uzoq muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12501 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar”, 12509 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar”, 14901 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar”, 14909 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddatida toʻlanmagan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan toʻlangan, mikrokreditlarning boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12599 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12509

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar

Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit shartnomasi hamda unga qoʻshimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari oʻzgartirilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12501 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar” va 12505 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan va yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida toʻlangan, qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash 12599 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12599

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12700

YuRIDIK ShAXSLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROKREDITLAR

12701

Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha jismoniy shaxslarga berilgan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12705

Yuridik shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: yuridik shaxslarga berilgan muddatida toʻlanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12701 — “Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar”, 12709 — “Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar”, 15101 — “Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar”, 15109 — “Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan yuridik shaxslarga berilgan muddatida toʻlanmagan barcha mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrokreditlarning boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12799 — “Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻi hisobidan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan toʻlangan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyi�a mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12709

Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
mikrokredit shartnomasi hamda unga qoʻshimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari oʻzgartirilgan yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12701 — “Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar” va 12705 — “Yuridik shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan va yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12799 — “Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilgan qoplangan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


12799

Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan, yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


14800

JISMONIY ShAXSLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROQARZLAR

14801

Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar
Hisobvaraqninng taʼrifi:
berilgan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga jismoniy shaxslarga berilgan mikroqarzlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlangan va/yoki boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


14809

Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikroqarzlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
mikroqarz shartnomasi hamda unga qoʻshimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari oʻzgartirilgan jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14801 — “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar” va 12405 — “Jismoniy shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikroqarzlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan va jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlangan, qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14899 — “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻidan chiqarilgan mikroqarzlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


14899

Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan, jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


14900

YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROKREDITLAR

14901

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqninng taʼrifi: berilgan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlangan va/yoki boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


14909

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit shartnomasi hamda unga qoʻshimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari oʻzgartirilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14901 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar” va 12505 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan mazkur hisobvaraqqa oʻtkazilgan va yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida �oʻlangan, qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14999 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻidan chiqarilgan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


14999

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


15100

YuRIDIK ShAXSLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROKREDITLAR

15101

Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: berilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga yuridik shaxslarga berilgan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlangan va/yoki boshqa maqomi boʻyicha qayta tasniflangan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


15109

Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit shartnomasi hamda unga qoʻshimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari oʻzgartirilgan yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 15101 — “Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar” va 12705 — “Yuridik shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan va yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlangan, qayta tasniflangan va/yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15199 — “Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻidan chiqarilgan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


15199

Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan, yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


15600

MIKROLIZING (MOLIYAVIY IJARA)

15607

Mikrolizing
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan berilgan mikrolizing boʻyicha olinishi lozim boʻlgan summalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida mikrolizing boʻyicha sof investitsiya summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida asosiy qarz soʻndirilganda kelib tushgan pul mablagʻlari, shuningdek 15617 — “Muddati oʻtgan mikrolizing” va 15619 — “Shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrolizing” hisobvaraqlariga hamda Markaziy bank meʼyoriy hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa hisobvaraqlarga oʻtkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mikrolizing shartnomasi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


15617

Muddati oʻtgan mikrolizing
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrolizing boʻyicha muddati oʻtgan qarz hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan 15607 — “Mikrolizing” va 15619 — “Shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrolizing” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan mikrolizing boʻyicha asosiy qarz summasi boʻyicha vujudga kelgan muddati oʻtgan qarz summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrolizing oluvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan toʻlangan qarz summasi, qayta tasniflangan va boshqa toifaga oʻtkazilgan va\yoki 15699 — “Mikrolizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” (kontr-aktiv) hisobvaraqni debetlash orqali hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mikrolizing shartnomasi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


15619

Shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrolizing
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrolizing shartnomasi va unga qoʻshimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari oʻzgartirilgan mikrolizing hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan 15607 — “Mikrolizing” va 15617 — “Muddati oʻtgan mikrolizing” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrolizing summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrolizing boʻyicha toʻlangan qarz summasi, qayta tasniflan�an va/yoki 15699 — “Mikrolizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” (kontr-aktiv) hisobvaraqni debetlash orqali hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mikrolizing shartnomasi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


15699

Mikrolizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan mikrolizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mikrolizing shartnomasi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


15700

SUD JARAYoNIDAGI MIKROQARZLAR, MIKROKREDITLAR VA MIKROLIZINGLAR

15701

Jismoniy shaxslarga berilgan sud jarayonidagi mikroqarzlar

15703

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan sud jarayonidagi mikrokreditlar

15707

Yuridik shaxslarga berilgan sud jarayonidagi mikrokreditlar

15709

Sud jarayonidagi mikrolizing

Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari oʻz xususiyatlari boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning taʼrifi: s�d ishi qoʻzgʻatilgan mikroqarz, mikrokredit va mikrolizinglar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida qayta tasniflangan va sud jarayonida boʻlganligi sababli asosiy mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan mikroqarz, mikrokredit va mikrolizinglar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida undirib olingan va/yoki 15799 — “Sud jarayonidagi mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻidagi zaxiralar hisobidan qoplangan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizingning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


15799

Sud jarayonidagi mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan, sud jarayonidagi mikroqarz, mikrokredit va mikrolizinglar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflanib koʻrib chiqilayotgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha ehtimoliy zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan tegishli zaxira hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan mablagʻlarning va/yoki zaxiraning oʻsish summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16100

BOSh OFIS VA (YOKI) FILIALLARDAN OLINADIGAN MABLAGʻLAR

16102

Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablagʻlar — Moliyaviy mablagʻlar
Hisobvaraqning taʼrifi: Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan mikrokredit tashkilotining Bosh ofisi va filiallari oʻrtasida yoki bir mikrokredit tashkiloti filiallari oʻrtasida boʻladigan moliyaviy mablagʻlar bilan bogʻliq operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22203 — “Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Moliyaviy mablagʻlar” oʻzaro mos hisobvaraq hisoblanadi. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng boʻlishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq boʻlmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis va (yoki) filiallarga berilgan moliyaviy mablagʻlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlangan moliyaviy mablagʻlar, notoʻgʻri oʻtkazilish natijasida qaytarilgan moliyaviy mablagʻlar sum�asi, shuningdek mikrokredit tashkiloti Bosh ofisida yopiladigan barcha oʻtkazmalar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis va filiallar bilan hisob-kitoblar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16104

Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablagʻlar — Boshqa aktivlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
bir mikrokredit tashkiloti ichida filiallar va Bosh ofis va (yoki) filiallar orasida boshqa aktivlar boʻyicha operatsiyalar hamda Bosh ofis va (yoki) filiallariga berilgan boshqa aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qimmatliklar) hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 22205 — “Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Boshqa aktivlar” oʻzaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng boʻlishi va jamlangan balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq boʻlmasligi shart.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis va (yoki) filiallarga topshirilgan boshqa aktivlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis va (yoki) filiallarga belgilangan muddatlarda toʻlanadigan qarzlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis va filiallar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16300

OLINIShI LOZIM BOʻLGAN HISOBLANGAN FOIZLAR

16301

Banklardagi depozitlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
mikrokredit tashkilotining banklardagi depozitlari va boshqa hisobvaraqlari boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida olinishi lozim boʻlgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlangan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan shuningdek, notoʻgʻri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16307

Mikroqarzlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan mijozlarga berilgan mikroqarzlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida olinishi lozim boʻlgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlangan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, notoʻgʻri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16309

Mikrokreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan mijozlarga berilgan mikrokreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida olinishi lozim boʻlgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlangan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, notoʻgʻri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16323

Mikrolizing (moliyaviy ijara) boʻyicha olish uchun hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan mijozlarga berilgan mikrolizinglar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida olinishi lozim boʻlgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlangan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqaril?an, shuningdek, notoʻgʻri hisoblangan foizla?ning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16377

Muddati oʻtgan hisoblangan foizlar

Hisobvaraqning taʼrifi: kredit shartnomasi boʻyicha olish uchun hisoblangan, biroq muddatida toʻlanmagan foizlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida shartnoma boʻyicha olish uchun hisoblangan, biroq muddatida toʻlanmagan foizlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida toʻlangan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16397

Boshqa olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan mijozlarga berilgan boshqa majburiyatlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida olinishi lozim boʻlgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlangan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, notoʻgʻri hisoblangan foizlar qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16400

HISOBLANGAN FOIZSIZ DAROMADLAR

16401

Koʻr�atilgan xizmatlar uchun hisoblangan toʻlovlar

Hisobvaraqning taʼrifi: hisoblangan, lekin hali olinmagan koʻrsatilgan xizmat haqlari summalarining hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida hisoblangan koʻrsatilgan xizmat haqlari summasi aks ettiriladi

Hisobvaraqning kreditida toʻlangan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, notoʻgʻri hisoblangan koʻrsatilgan xizmat haqlarining qaytarilish summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob xizmathaqi turlari boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16405

Hisoblangan jarima va penyalar

Hisobvaraqning taʼrifi: kreditlar, koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisoblangan, lekin hali olinmagan jarima va penyalar summalarining hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan jarima va penyalar summasi aks ettiriladi

Hisobvaraqning kreditida undirilgan va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, notoʻgʻri hisoblangan jarima va penyalar qaytarilish summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob mijozlar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16409

Operatsion ijara boʻyicha hisoblangan daromad

Hisobvaraqning taʼrifi: operatsion ijara boʻyicha hisoblangan, lekin hali olinmagan daromad hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida operatsion ijara boʻyicha olinishi lozim boʻlgan daromad summasi aks ettiriladi

Hisobvaraqning kreditida olishi lozim boʻlgan toʻlovlar va/yoki hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16413

Hisoblangan boshqa foizsiz daromadlar

Hisobvaraqning taʼrifi: hisoblangan, lekin hali olinmagan boshqa foizsi domadlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida hisoblangan boshqa foizsiz daromadlar summasi aks ettiriladi

Hisobvaraqning kreditida toʻlangan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, notoʻgʻri hisoblangan boshqa foizsiz daromadlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16499

Hisoblangan foizsiz daromadlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

Hisobvaraqning taʼrifi: olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizsiz daromadlarning undirib olinmasligi natijasida vujudga kelishi mumkin boʻlgan zararlar boʻyicha yaratilgan zaxira hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxiraning baholash summasi va/yoki uning oʻsish summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob aktivlarning turi boʻyicha tashkil etilgan zaxiralar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16500

ASOSIY VOSITALAR

16501

Yer
Hisobvaraqning taʼrifi: qonunchilikka muvofiq, mikrokredit tashkilotlariga foydalanish uchun berilgan yoki foydalanish huquqi bilan sotib olingan yer qiymati hisobi olib boriladi. Yerni sotib olishda qoʻshimcha xarajatlar, yaʼni koʻchmas mulk boʻyicha vositachilik haqlari, yuridik xizmat toʻlovlari, sotib olishdagi soliqlar, yerni tozalash va tekislash, drenaj qiymatlari ham yerning qiymati singari hisobvaraqning debetida aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan yerning yer kadastri maʼlumotlariga koʻra qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yer qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir yer maydoni (uchastkasi) boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16505

Tugallanmagan qurilishlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
binolarni, inshootlarni qurish, jihozlarni oʻrnatish va boshqa asosiy vositalar bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlar bilan birga barcha xarajatlar qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida asosiy vositalarni rekonstruksiya qilish yoki qayta tiklash, qurilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida nihoyasiga yetkazilgan qurilish yoki rekonstruksiya qiymati, shuningdek, qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zarar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalar turi (obyektlari) boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16509

Mikrokredit tashkiloti binolari va boshqa imoratlari
Hisobvaraqning taʼrifi:
mikrokredit tashkilotining faoliyati va toʻliq ish yuritishi uchun zarur boʻlgan, unga tegishli binolarning (xizmat binolari, ombor, garaj, oshxona, oʻquv markazi, ijtimoiy infrastruktura obyektlari) va boshqa inshootlarning qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qurilgan bino va boshqa inshootlarning qiymati va/yoki sotib olingan bino va boshqa inshootlarning ularni sotib olishdagi xarajatlarini hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan bino va boshqa inshootlarning qiymati, shuningdek qay�a baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bino (inshoot)lar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16511

Mikrokredit tashkiloti binolari va boshqa imoratlarining yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi: bino va boshqa inshootlarning yigʻilgan eskirish va qadrsizlanish natijasidagi yigʻilgan zararlar summasi hisobga olinadi. Bunda qonunchilikda oʻrnatilgan meʼyor va eskirishni hisoblashning qabul qilingan metodlaridan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bino va boshqa inshootlarning eskirish summasi, qadrsizlanish natijasidagi vujudga kelgan zararlar, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan bino va boshqa inshootlarning yigʻilgan eskirish summasi, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bino (in?oot) boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16515

Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan lizing (moliyaviy ijara)ga olingan asosiy vositalar (bino, inshoot, yer, transport va boshqalar)ning va moliyaviy ijara va/yoki operatsion ijara boʻyicha foydalanilayotgan ijara mulkini takomillashtirish xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijaraga olingan obyektlarning ijaraga olish huquqi bilan bogʻliq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek, ijaraga olinadigan obyektlarni rekonstruksiyalash va takomillashtirish bilan bogʻliq qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijaraga olingan asosiy vositalarning ijara muddati tugagach yoki ijara huquqi bekor qilingan taqdirda lizing beruvchiga qaytarilgan yoki asosiy vositalarning ijara muddati tugagandan keyin mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan va sotilgan va/yoki qayta tasniflangan ijaraga olingan mulkni takomillashtirish bilan bogʻliq qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ijaraga olingan obyekt boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16519

Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi boʻyicha yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning �aʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan ijaraga olingan asosiy vositalar (bino, inshoot, yer, transport va boshqalar)ning yigʻilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan yigʻilgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijaraga olingan obyektlarning eskirish summasi, qadrsizlanish natijasidagi vujudga kelgan zararlar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ijaraga olingan obyektlarning ijara muddati tugashi yoki ijara huquqining bekor qilinishi bilan lizing beruvchiga qaytarilgan yoki ijara muddati tugashi bilan mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olinganda yigʻilgan eskirish summasi, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ijaraga olingan obyekt boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16529

Transport vositalari
Hisobvaraqning taʼrifi:
mikrokredit tashkiloti ishida foydalanish uchun sotib olingan transport vositalari (avtomashina, yuk mashinalari va boshqa harakatlanuvchi vositalar)ning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida transport vositalarining ularni sotib olish bilan bogʻliq barcha xarajatlarini hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan transport vositalarining qiymati, shu�ingdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir transport vositasining turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16531

Transport vositalarining yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan ish faoliyatida foydalanish uchun sotib olingan transport vositalarining yigʻilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan yigʻilgan zararlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida transport vositalarining eskirish summasi, qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqaralayotgan transport vositalarining yigʻilgan eskirish summasi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir transport vositasi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16535

Mebel, moslama va jihozlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan ish faoliyati uchun sotib olingan mebellar, kompyuterlar, binolar uchun moslamalar, ofis uchun va boshqa uskunalarning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida mebel, moslama va jihozlarni sotib olish, olib kelish, oʻrnatish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan mebel, moslama va uskunalarning qiymati, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16539

Mebel, moslama va jihozlarning yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan ish faoliyatida foydalanish uchun sotib olingan mebel, moslama va jihozlarning yigʻilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida koʻrilgan zararlar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida mebel, moslama va jihozlarning eskirishini baholash summasi, qadrsizlanish natijasida koʻrilgan zararlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan mebel, moslama va jihozlarning yigʻilgan eskirish summasi, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16549

Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar
Hisobvaraqning taʼrifi: operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning (koʻchmas mulkdan tashqari) qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida koʻchmas mulkdan tashqari ijaraga berilgan asosiy vositalarning qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijara muddati tugashi va/yoki ijara shartnomasi bekor qilinishi natijasida qaytarilgan asosiy vositalarning qiymati, shuningdek, ijara muddati tugagandan keyin ijarachi olgan asosiy vositalarning qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ijaraga berilgan har bir asosiy vosita boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16551

Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning maqsadi:
operatsion ijara boʻyicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish va ularning qadrsizlanishi natijasida yigʻilgan zararlar summasi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida ijaraga berilgan asosiy vositalarning eskirishini baholash summasi, qadrsizlanish natijasida koʻrilgan zararlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ijaraga berilgan, ijara muddati tugashi yoki ijara huquqi bekor qilinishi natijasida qaytariladigan, yoki muddati tugashi bilan ijarachi tomonidan sotib olinadigan asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish summasi soʻndiriladi, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ijaraga berilgan har bir asosiy vosita boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16561

Ombordagi asosiy vositalar
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan va omborda ekspluatatsiyaga kiritilgunga qadar hamda ekspluatatsiyadan chiqarilgandan keyin saqlanadigan asosiy vositalarning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va omborda saqlanadigan asosiy vositalar deb aks ettiradigan asosiy vositalarning qiymati hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ekspluatatsiyaga kiritilgan yoki hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning qiymati hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir asosiy vosita turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16563

Ombordagi asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish summasi(kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi:
ombordagi asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida omborda asosiy vositalarning eskirish qiymati va qadrsizlanishi natijasida vujudga kelgan zarar hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga beriladigan, sotish va\yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarishdagi asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish summasining hisobdan chiqarish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ombordagi asosiy vositalar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16575

Olingan kreditlar boʻyicha garovga qoʻyilgan asosiy vositalar

Hisobvaraqning taʼrifi: olingan kreditlar boʻyicha mikrokredit tashkiloti tomonidan garovga qoʻyilgan asosiy vositalarning hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti tomonidan olingan kreditlarning taʼminoti sifatida qoʻyilgan asosiy vositalarning hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida qaytarmlmagan kreditlariniqoplash uchun foydalanilgan, shuningdek kreditni qoplashdagi va kredit shar?nomasi muddati tugagandagi asosiy vositalar hamda qayta b?holash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir garovga qoʻyilgan asosiy vositalar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16579

Olingan kreditlar boʻyicha garovga qoʻyilgan asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish summasi (kont�-aktiv)

Hisobvaraqning maqsadi: olingan kreditlar boʻyicha mikrokredit tashkiloti tomonidan garovga qoʻyilgan asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish summasi hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar boʻyicha garovga qoʻyilgan asosiy vositalarning eskirishini baholash summasi, qadrsizlanish natijasida koʻrilgan zararlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida kreditor tomonidan qaytarilmagan kreditni qoplash uchun foydalanilganda, shuningdek kreditni qoplashdagi va kredit shartnomasi muddati tugagandagi garovga qoʻyilgan asosiy vositalarning yigʻilgan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob garovga qoʻyilgan asosiy vositalar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16600

NOMODDIY AKTIVLAR

16601

Nomoddiy aktivlar
Hisobvaraqning taʼrifi: dasturiy taʼminot, m�alliflik huquqi va patent kabi nomoddiy aktivlarning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek ekspluatatsiyaga tayyor nomoddiy aktivlarning qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib beriladi.


16605

Nomoddiy aktivlarning yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi: nomoddiy aktivlarning yigʻilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida yigʻilgan zararlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida nomoddiy aktivlarning amortizatsiya summasi, qadrsizlanish natijasida koʻrilgan zararlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning yigʻilgan eskirish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16609

Oʻrnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
ekspluatatsiyaga tayyor boʻlmagan, oʻrnatish va/yoki yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar boʻyicha xarajatlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga tayyor boʻlmagan nomoddiy aktivlarning oʻrnatish va\yoki yaratish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ekspluatatsiyaga berilayotgan, sotilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16617

Gudvill
Hisobvaraqning taʼrifi:
xoʻjalik subyektlarining qoʻshilishi yoki qoʻshib olinishi natijasida vujudga keluvchi gudvill hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida xoʻjalik subyektlarining qoʻshilish yo�i qoʻshib olinishi natijasida sotib olingan sof aktivlarining xarid qilish bahosini ularning haqiqiy bahosidan oshiq summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida gudvillning qadrsizlanishi va\yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xoʻjalik subyekti boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16699

Oʻrnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi:
oʻrnatish va/yoki yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar qadrsizlanishi boʻyicha zararlarni qoplash zaxirasi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida qadrsizlanishi natijasida vujudga kelgan zararlar va qayta baholash boʻyicha kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga berilayotgan va/yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qadrsizlanishi boʻyicha zararlarni hisobdan chiqarish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16700

KOʻChMAS MULK VA BOShQA XUSUSIY MULKLAR

16701

Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan garovga olingan mulkka egalik huquqini qoʻllagan holda qarzdorlar va mikrolizing oluvchilardan undirib olingan, mikrokredit tashkiloti faoliyatida yoki koʻchmas mulkka qilingan investitsiya sifatida foydalanilmaydigan boshqa xususiy mulklari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit va mikrolizingning sof balans qiymatidan yoki qarzdorlar va mikrolizing oluvchilardan undirib olingan mulkning haqiqiy qiymatidan qaysi biri kichik boʻlsa, shu qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan, dispozitsiya qilingan va/yoki qayta tasniflangan mulklarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mulklarning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16707

Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklarning yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan garovga olingan mulkka egalik huquqini qoʻllagan holda qarzdorlar va mikrolizing oluvchilardan undirib olingan, mikrokredit tashkiloti faoliyatida yoki koʻchmas mulkka qilingan investitsiya sifatida foydalanilmaydigan boshqa xususiy mulklarning yigʻilgan eskirish summasi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklarning yigʻilgan eskirish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan yoki\va boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilayotgan koʻchmas mulklarning eskirish qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


16799

Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi: koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mulkning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19900

BOShQA AKTIVLAR

19901

Mayda xarajatlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
oʻrnatilgan tartibda mayda xarajatlar uchun beriladigan hisobdorlik summalari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida mayda xarajatlar uchun hisobdorlik sifatida berilgan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida foydalanilmagan mablagʻlarning qaytarilishi, shuningdek, hisobdorlikdagi summalarning qoplanishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir hisobdor shaxs boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19907

Xizmatlar uchun oldindan toʻlangan xarajatlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
koʻrsatilgan xizmatlar uchun oldindan toʻlangan (1 yildan oshmagan) xarajatlar (pochta, telegraf, telefon aloqasi, suv, elektr toki, gaz, ta�mirlash va boshqalar uchun avans) toʻlovlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida koʻrsatilgan xizmatlar uchun oldindan toʻlangan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida xizmatlar haqiqatda bajarilgandagi toʻlanadigan va hisobdan chiqariladigan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib


19908

Mikrokredit tashkiloti xodimlari bilan boʻladigan hisob-kitoblardagi olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti xodimlariga xizmat safari xarajatlari uchun avanslar, ortiqcha hisoblangan ish haqi yoki mukofot (badal) tariqasida toʻlangan mablagʻ, shuningdek javobgar shaxs tomonidan yetkazilgan zarar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida xodimlarga hisoblangan va toʻlangan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan va toʻlangan summalarni qoplash aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xodim uchun alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19909

Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlar hisobvaragʻi
Hisobvaraqning taʼrifi: moddiy-tovar qimmatliklar (bu qoidaga muvofiq, asosiy vositalar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar uchun va boshqa moddiy-tovar qimmatliklar uchun avans toʻlovlaridir) uchun oʻtkaziladigan mablagʻlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida moddiy-tovar qimmatliklar uchun oʻtkazilgan mablagʻlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida moddiy-tovar qimmatliklar omborga kirim qilinganda toʻlanadigan yoki hisobdan chiqariladigan aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19911

Olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar hisobvaraqlari boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmasligi mumkin boʻlgan debitorlik qarzlari boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir debitor boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19921

Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar
Hisob varaqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan va omborda saqlanayotgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, shuningdek, boshqa qimmatliklar, shu jumladan mikrokredit tashkilotining bino va boshqa asosiy vositalarini taʼmirlash uchun moʻljallangan materiallar hisobi olib boriladi.
Hisob raqamning debetida sotib olingan va omborga kirim qilingan kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar hamda boshqa qimmatliklarning qiymati aks ettiriladi.
Hisob raqamning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki foydalanishga berilgan kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar va boshqa qimmatliklarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar, shuningdek, boshqa qimmatliklarning turlari boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.


19925

Oldindan toʻlangan xarajatlar
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan joriy hisobot davri davomida kelgusi hisobot davri uchun oldindan toʻlangan xarajatlari (davriy nashrlarga yillik obunalar, oldindan toʻlangan sugʻurta toʻlovlari, ijara toʻlovlar va boshqalar)
Hisobvaraqning debetida kelgusi hisobot davridagi xarajatlar uchun oldindan toʻlangan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qaysi davrga taalluqli boʻlsa, oʻsha davrning joriy xarajatlariga oʻtkazilgan xarajatlarning amalda qoplangan summasi va oldindan toʻlangan xarajatlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisobvaraq xarajatlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19931

Muddati kechiktirilgan soliqlar
Hisobvaraqning taʼrifi: Oʻzbekiston Respublikasi budjetiga va budjetdan tashqari fondlariga oldindan boʻnak tariqasida toʻlangan soliqlar, yigʻimlar, ajratmalar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqda muddati kechiktirilgan soliq talablarining ham hisobi yuritiladi. Muddati uzaytirilgan soliq talablari bu — joriy davrning soliqqa tortiladigan foydasiga kiritilib, vaqtinchalik farqlar mavjud boʻlgani sababli kelgusi davrda qoplanadigan, lekin kelgusi davr soliqqa tortiladigan foydani aniqlashda chegirib tashlanadigan foydani soligʻidir. Bu — buxgalteriya balansidagi foyda bilan soliqqa tortiladigan foyda oʻrtasidagi farqdir.
Hisobvaraqning debetida oldindan toʻlangan soliqlar va soliq talablari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida xarajatlarning mos hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob soliq, yigʻim, ajratmalarning har bir turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19941

Tugatilgan yoki tugatilish jarayonida boʻlgan banklardagi mablagʻlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
mikrokredit tashkilotining, tugatilgan yoki tugatilish jarayonida boʻlgan banklardagi depozitlari va boshqa mablagʻlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida tugatilgan yoki tugatilish jarayonida boʻlgan banklardagi depozitlari va boshqa mablagʻlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan, koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi mablagʻlari hisobidan yoki boshqa aktivlar bilan qoplangan tugatilgan yoki tugatilish jarayonida boʻlgan banklarning mablagʻlari summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir bank boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19945

Tugatilgan yoki tugatilish jarayonida boʻlgan banklardagi mablagʻlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan, tugatilgan bank yoki tugatilayotgan banklardagi undirilmaslik ehtimoli mavjud boʻlgan depozitlari va boshqa mablagʻlari boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning bekor qilingan va/yoki kamayish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19995

Sud jarayonidagi boshqa aktivlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
mikrokredit tashkilotining sud jarayonidagi aktivlari hisobi olib boriladi (mikrokredit tashkilotining javobgar shaxsi tomonidan yetkazilgan moddiy zararlar, noqonuniy berilgan pul mablagʻlari va boshqalar).
Hisobvaraqning debetida sud jarayoni sababli qayta tasniflangan va tegishli asosiy hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa oʻtkazilgan avtivlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida undirilgan va/yoki zararlarni qoplash zaxirasi hisobiga 19999 — “Boshqa aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilgan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aktiv boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19997

Boshqa aktivlar
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining yuqorida taʼriflangan aktivlarga mos tushmaydigan boshqa aktivlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aktivlar qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan, sotilgan yoki dispozitsiya qilingan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob aktivlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


19999

Boshqa aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning taʼrifi:
alohida “Zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaraqlarida koʻzda tutilmagan aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning oʻsish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning bekor qilingan va/yoki kamayish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aktiv tur� boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


20000

MAJBURIYATLAR

21400

JALB QILINGAN QARZ MABLAGʻLAR

21402

Taʼsischilarning qarz mablagʻlari

Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti taʼsischilaridan olingan qarz mablagʻlarning hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkiloti taʼsischilaridan olingan qarzlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida toʻlangan/hisobdan chiqarilgan qarzlar summasi hisobi yuritiladi.

Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha shartnomalar qirqimida ?lohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


21404

Boshqa shaxslardan jalb qilingan qarz mablagʻlari

Hisobvaraqning taʼrifi: boshqa shaxslardan jalb qilingan qarz mablagʻlarining hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida boshqa shaxslardan jalb qilingan qarz mablagʻlarining summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida toʻlangan/hisobdan chiqarilgan qarz mablagʻlarining summasi hisobi yuritiladi.

Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha shartnomalar qirqimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


21600

OLINGAN QISQA MUDDATLI KREDITLAR

21606

Banklardan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha banklardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


21610

Davlatning maqsadli jamgʻarmalaridan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha davlatning maqsadli jamgʻarmalaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlarning summasi hisobdan chiqariladi.
Tahlil”iy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


21614

Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan, shu jumladan lombard va lizing kompaniyalaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


21618

Nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha nodavlat notijorat tashkilotlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


21622

Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha xalqaro moliyaviy institutlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlarning summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


21626

Chet ellik investorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha chet ellik investorlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks e�tiriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


21696

Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha yuqorida koʻrsatilgan turkum taʼriflarga mos tushmaydigan kreditorlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22000

OLINGAN UZOQ MUDDATLI KREDITLAR

22006

Banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga banklar olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22010

Davlatning maqsadli jamgʻarmalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga davlatning maqsadli jamgʻarmalaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlarning summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22014

Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan, shu jumladan lombard va lizing kompaniyalaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22018

Nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga nodavlat notijorat tashkilotlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22022

Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga xalqaro moliyaviy institutlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar su?masi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlarning summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22026

Chet ellik investorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanas�dan boshlab 1 yildan ortiq muddatga chet ellik investorlardan olingan kredit(shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22096

Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning taʼrifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga yuqorida koʻrsatilgan taʼriflarga mos tushmaydigan kreditorlardan olingan kredit(shuningdek, mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22100

LIZING (MOLIYAVIY IJARA) BOʻYIChA MAJBURIYATLAR

22102

Banklar oldidagi lizing boʻyicha majburiyatlar

22104

Boshqa lizing beruvchilar oldidagi lizing boʻyicha majburiyatlar

Yuqoridagi hisobvaraqlar oʻz xususiyatlari boʻyicha bir xil boʻlgani uchun ularning taʼrifi umumlashtirilgan holda berilmoqda.

Hisobvaraqlarning taʼrifi: lizing boʻyicha majburiyatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida lizingga berilgan mulkning haqiqiy qiymati bilan minimal lizing toʻlovlarining qaysi birining qiymati kichik boʻlsa, oʻsha summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning debetida lizing toʻlovlari jadvali boʻyicha majburiyatlarning kamaygan summasi hisobi yuritiladi.
Tahliliy hisob har bir lizing beruvchi boʻyicha lizing shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22200

BOSh OFIS VA (YOKI) FILIALLARGA TOʻLANADIGAN MABLAGʻLAR

22203

Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Moliyaviy mablagʻlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mikrokredit tashkiloti Bosh ofisi bilan uning filiallari oʻrtasidagi yoki bitta mikrokredit tashkiloti filiallari oʻrtasidagi moliyaviy mablagʻlar boʻyicha operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq 16102 — “Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablagʻlar — Moliyaviy mablagʻlar” hisobvaraq uchun oʻzaro bogʻliq hisobvaraq hisoblanadi. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng boʻlishi va jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq boʻlmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis va (yoki) filiallardan kelib tushgan moliyaviy mablagʻlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis va filiallar bilan boʻladigan hisob-kitoblar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22205

Bosh ofis va (yoki) filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Boshqa aktivlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
Bosh ofis hamda filiallar va (yoki) bitta mikrokredit tashkiloti filiallari oʻrtasidagi boshqa aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qimmatliklar) boʻyicha operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 16104 — “Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablagʻlar — Boshqa aktivlar” oʻzaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng boʻlishi va jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq boʻlmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida Bosh ofis va (yoki) filiallar tomonidan qabul qilingan boshqa aktivlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh ofis va (yoki) filiallarga belgilangan muddatlarda toʻlanadigan mablagʻlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis va filiallar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22400

TOʻLANIShI LOZIM BOʻLGAN HISOBLANGAN FOIZLAR

22402

Taʼsischilarning qarz mablagʻlari boʻyicha hisoblangan foizlar

22404

Boshqa shaxslardan jalb qilingan qarz mablagʻlari boʻyicha hisoblangan foizlar

Yuqoridagibalans hisobvaraqlari oʻz xususiyatlari boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti taʼsischilaridan hamda boshqa shaxslardan jalb qilingan qarz mablagʻlari boʻyicha hisoblangan, lekin toʻlanmagan foizlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida toʻlangan foizlar summasi, shuningdek notoʻgʻri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.

Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha qarz shartnomalari qirqimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22408

Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning taʼrifi: liz�ng boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida lizing toʻlovlari jadvali boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan foizlar, shuningdek, notoʻgʻri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22410

Olingan kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotlarining kredit majburiyatlari (mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar) boʻyicha hisoblangan, lekin toʻlanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan foizlar summasi, shuningdek notoʻgʻri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor boʻyicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hicobvaraqlarda olib boriladi.


22414

Chiqarilgan korporativ obligatsiyalar boʻyicha toʻlash uchun hisoblangan foizlar

Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan chiqarilgan korporativ obligatsiyalar boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida toʻlash uchun hisoblangan foizlar, shuningdek sotish qiymatiga qoʻshilgan foizlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida toʻlangan foizlar summasi, shuningdek notoʻgʻri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob korporativ obligatsiyalar, muddati va chiqarilishi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22496

Boshqa majburiyatlar boʻyicha hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
yuqorida koʻrsatilgan turkum taʼriflarga mos tushmaydigan majburiyatlar boʻyicha hisoblangan, lekin toʻlanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan foizlar summasi, shuningdek, notoʻgʻri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22500

HISOBLANGAN SOLIQLAR

22502

Hisoblangan foyda soliqlari
Hisobvaraqning taʼrifi:
joriy davrda hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foyda soliqlari (foyda soligʻi va boshqa shu kabi soliqlar) va yagona soliq toʻlovi (yagona soliq toʻlovchilari uchun)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan joriy foyda soliqlari, yagona soliq toʻlovi (yagona soliq toʻlovchilari uchun) summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan foyda soliqlari, yagona soliq toʻlovi (yagona soliq toʻlovchilari uchun) summasi, shuningdek notoʻgʻri hisoblangan foyda soliqlari, yagona soliq toʻlovi (yagona soliq toʻlovchilari uchun) summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob soliqlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22504

Hisoblangan boshqa soliqlar
Hisobvaraqning taʼrifi: hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan soliq (foyda soligʻidan tashqari)lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan soliqlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan soliqlarning hisobdan chiqarilgan summasi, shuningdek, notoʻgʻri hisoblangan soliqlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob soliqlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22506

Toʻlash uchun ushlab qolingan soliqlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
qonunchilikka muvofiq mikrokredit tashkilotining xodimlaridan ushlab qolgan va budjet daromadiga oʻtkaziladigan soliqlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ushlab qolinadigan soliqlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjetga oʻtkazilgan soliqlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir soliq turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22508

Muddati kechiktirilgan soliqlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
muddati kechiktirilgan foyda soliqlari hisobga olinadi. Muddati kechiktirilgan foyda soligʻi bu, joriy davrda soliqqa tortiladigan foydadan chegirib tashlanadigan, lekin kelgusi davrning soliqqa tortiladigan foydaga kiritiladigan vaqtinchalik farqlarni qoʻshgan holda kelgusi davrda toʻlanadigan foyda soligʻidir. Bu buxgalteriya foydasi bilan soliqqa tortiladigan foyda oʻrtasidagi farqdir.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan muddati kechiktirilgan foyda soliqlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida muddati kechiktirilgan foyda soliqlarining kamaygan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.


22510

Hisoblangan yagona ijtimoiy toʻlov

Hisobvaraqning taʼrifi: qonunchilikka muvofiq mikrokredit tashkiloti tomonidan yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha mablagʻlar hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditidamikrokredit tashkiloti tomonidan yagona ijtimoiy toʻlovga oʻtkaziladigan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetidayagona ijtimoiy toʻlovga oʻtkazilgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisobalohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22512

Jamgʻarmalar bilan boʻladigan hisob-kitoblar

Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq jamgʻarmalarga oʻtkaziladigan toʻlovlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida jamgʻarmalarga oʻtkaziladigan toʻlovlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida jamgʻarmalarga oʻtkazilgan toʻlovlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir jamgʻarma va toʻlovlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22800

MUDDATI UZAYTIRILGAN DAROMADLAR

22812

Kelgusi davr foizli daromadlari
Hisobvaraqning taʼrifi: oldindan olingan va ularning amalda ishlab topilganligiga qarab davriy ravishda mikrokredit tashkiloti daromadiga oʻtkaziladigan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida oldindan olingan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti daromadiga oʻtkazilgan ishlab topilgan foizlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob daromadlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22814

Grant mablagʻlari
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan olingan grantlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan grantlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida grantlar bilan bogʻliq shartlar bajarilishiga koʻra mikrokredit tashkiloti daromadiga oʻtkaziladigan yoki grant shartlari bajarilmagan taqdirda qaytariladigan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


22896

Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
oldindan olingan va ularning amalda ishlab topilganligiga qarab davriy ravishda daromadga oʻtkaziladigan, haqiqiy xizmat koʻrsatilguniga qadar mikrokredit tashkiloti daromadi sifatida aks ettirish mumkin boʻlmagan, majburiyat sifatida aks ettirib turiladigan boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar (foizli daromadlar mustasno), ijara boʻyicha olingan boʻnak va boshqa foizsiz operatsiyalar pul mablagʻlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan boʻnak pul mablagʻlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti daromadiga oʻtkazilgan ishlab topilgan daromadlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob daromadlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


23600

ChIQARILGAN KORPORATIV OBLIGATSIYALAR

23602

Chiqarilgan korporativ obligatsiyalar

Hisobvaraqning taʼrifi: aksiyadorrlik jamiyati shaklidagi mikrokredit tashkiloti tomonidan chiqarilgan korporativ obligatsiyalar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida chiqarilgan korporativ obligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida chiqarilgan korporativ obligatsiyalarni soʻndirishda yoki toʻlov muddati kelgunga qadar egalaridan sotib olishdagi nominal qiymatining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob korporativ obligatsiyalarning muddati va chiqarilishi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


23696

Chiqarilgan korporativ obligatsiyalar boʻyicha mukofot

Hisobvaraqning taʼrifi: aksiyadorlik jamiyati shaklidagimikrokredit tashkiloti tomonidan chiqarilgan korporativ obligatsiyalarning nominal qiymati bilan sotish narxi (sotish davrida olingan foizlar summasi chegirilgan holda) oʻrtasidagi ijobiy farq — mukofot summasi hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida korporativ obligatsiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoda sotishdagi mukofot summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotining korporativ obligatsiyalarni soʻndirishda va/yoki ularni keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olinganda, shuningdek amortizatsiya vaqtidagi hisobdan chiqariladigan mukofot summalari aks ettiriladi.

Tahliliy hisob korporativ obligatsiyalar muddati va chiqarilishi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

 


23698

Chiqarilgan korporativ obligatsiyalar boʻyicha diskont (kontr-passiv)

Hisobvaraqning taʼrifi: aksiyadorlik jamiyati shaklidagi mikrokredit tashkiloti tomonidan chiqarilgan korporativ obligatsiyalar nominal qiymati bilan sotilgan narxi oʻrtasidagi salbiy farq-diskont (aga?, mavjud boʻlsa, sotilgan vaqtida olingan foizlar summasidan tashqari) hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida korporativ obligatsiyalarning nominal qiymatidan past bahoda sotilgan diskont summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkilotining korporativ obligatsiyalarni soʻndirishda yoki ularni keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olishdagi diskont summasi hamda diskont amortizatsiyasi summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob korporativ obligatsiyalarning muddati va chiqarilishi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


29800

BOShQA MAJBURIYATLAR

29801

Mijozlar bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning maqsadi: mijozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar boʻyicha turli toʻlovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida belgilangan maqsadi boʻyicha mablagʻlarni hisobdan chiqarish aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


29802

Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlanadigan mablagʻlar
Hisobvaraqning taʼrifi: olingan tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar (elektr, suv, gaz va boshqalar) uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlangan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor va/yoki toʻlovlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


29803

Mikrokredit tashkiloti xodimlari bilan boʻladigan hisob-kitoblardagi toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar
Hisobvaraqning taʼrifi: ish haqi, pensiya, aliment, bolalar yordam puli, moddiy yordam, band qilingan ish haqi, boshqa mukofotlar yoki badallar berish uchun hisoblangan mablagʻlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan mablagʻlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob hisoblar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


29805

Ijara (operatsion ijara) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar
Hisobvaraqning taʼrifi: operatsion ijara boʻyicha hisoblangan majburiyatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida operatsion ijara boʻyicha toʻlash uchun hisoblangan (xarajat) summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida operatsion ijara boʻyicha toʻlash uchun hisoblangan summaning toʻlangan yoki hisobdan chiqarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ijara beruvchi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

29807

Toʻlanishi lozim boʻlgan dividendlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan, lekin hali toʻlanmagan dividendlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan dividendlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti tomonidan toʻlangan dividendlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


29830

Taʼsischi (aksiyador)lar ning ustav kapitalini (aksiyalar uchun obuna mablagʻlarini) oshirish maqsadida qoʻyilgan mablagʻlari

Hisobvaraqning taʼrifi: taʼsischi (aksiyador)lar tomonidan ustav kapitalini (aksiyadorlar tomonidan aksiyalarga obuna mablagʻlarini) oshirish maqsadida kiritilgan mablagʻlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida ustav kapitalini (aksiyalarga obuna mablagʻlarini) oshirish maqsadida kiritilgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida ustav kapitalini oshirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir taʼsischi (aksiyador) boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


29896

Boshqa majburiyatlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
yuqorida koʻrsatilgan turkum taʼriflarga mos tushmaydigan operatsiyalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablagʻlar kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mablagʻlarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob operatsiyalar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


30000

KAPITAL


30300

MIKROKREDIT TAShKILOTINING USTAV KAPITALI

30301

Ustav kapitali
Hisobvaraqning taʼrifi: ustav kapitalining taʼsis hujjatlarida belgilangan umumiy ulushlarning (pul ifodasida) yigʻindisi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida taʼsischilardan olingan ulushlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotidan chiqib ketayotgan taʼsischilarga qaytarilgan ulushlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir taʼsischi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


30315

Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli aksiyalar

Hisobvaraqning taʼrifi: toʻliq toʻlangan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati hisobga olinadi.

Hisobvaraqning kreditida ustav kapitalining shakllanishi uchun chiqarilgan imtiyozli aksiyalarning summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida ustav kapitalining kamayish summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir aksiyador uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


30318

Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy aksiyalar

Hisobvaraqning taʼrifi: toʻliq toʻlangan oddiy aksiyalarning nominal qiymati hisobga olinadi.

Hisobvaraqning kreditida ustav kapitalining shakllanishi uchun chiqarilgan oddiy aksiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida ustav kapitalining kamayish summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir aksiyador uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


30321

Aksiyadorlardan qayta sotib olingan oʻz aksiyalari — Imtiyozli (kontr-passiv)

Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida oʻz aksiyadorlaridan sotib olingan imtiyozli aksiyalarning nominal summasi hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida aksiyadorlardan qayta sotib olingan mikrokredit tashkilotining imtiyozli aksiyalari summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkiloti tomonidan qayta sotilgan yoki bekor qilingan imtiyozli aksiyalar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir aksiyador boʻyicha shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.


30324

Aksiyadorlardan qayta sotib olingan oʻz aksiyalari — Oddiy (kontr-passiv)

Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida oʻz aks?yadorlaridan sotib olingan oddiy aksiyalarning nominal qiymati hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida aksiyadorlardan qayta sotib olingan mikrokredit tashkilotining oddiy aksiyalari summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkiloti tomonidan qayta sotilgan yoki bekor qilingan oddiy aksiyalar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir aksiyador boʻyicha shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.


30600

QOʻShIMChA KAPITAL

30603

Qoʻshimcha kapital — Imtiyozli aksiyalar

Hisobvaraqning taʼrifi: oʻzining imtiyozli aksiyalarini birlamchi joylashtirishda imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatidan yuqori bahoda sotish natijasida olingan emissiyaviy daromadning hisobi, shuningdek oʻzning imtiyozli aksi�larini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi oʻrtasidagi ijobiy farqning hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida birlamchi joylashtirishda imtiyozli aksiyalarning sotish qiymati bilan ularning nominal qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq summasi, oʻzining imtiyozli aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi oʻrtasidagi ijobiy farq summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotining ustav kapitalini oshirishga va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasi, shuningdek oʻzining imtiyozli aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi (ushbu hisobvaraqning kredit qoldigʻi doirasida) oʻrtasidagi salbiy farq summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir emissiya boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


30606

Qoʻshimcha kapital — Oddiy aksiyalar

Hisobvaraqning taʼrifi: oʻzining oddiy aksiyalarini birlamchi joylashtirishda aksiyalarning nominal qiymatidan yuqori bahoda sotish natijasida olingan emissiyaviy daromadning hisobi, shuningdek oʻzining oddiy aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi oʻrtasidagi ijobiy farqning hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida birlamchi joylashtirishda oddiy aksiyalarning sotish qiymati bilan ularning nominal qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq summasi, oʻzining oddiy aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi oʻrtasidagi ijobiy farq summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotining ustav kapitalini oshirishga va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasi, shuningdek oʻzining oddiy aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi (ushbu hisobvaraqning kredit qoldigʻi doirasida) oʻrtasidagi salbiy farq summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir emissiya boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


30900

ZAXIRA KAPITALI

30903

Umumiy zaxira fondi
Hisobvaraqning taʼrifi: oʻrnatilgan tartibga muvofiq, umumiy maqsadlar uchun mikrokredit tashkilotining taqsimlanmagan foydasi hisobidan ajratilgan mablagʻlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yil oxirida foydadan umumiy zaxira fondiga oʻtkazilgan mablagʻlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida umumiy zaxira fondidan maʼlum maqsadlar uchun hisobdan chiqarilgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir maqsadlar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.


30905

Tekinga olingan mulklar
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining taʼsischilaridan tekinga olingan mulklar qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tekinga olingan mulklar qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa shaxslardan mulklarni tekinga olish (oldin tekinga olingan) natijasida koʻrilgan zararni qoplashga yoʻnaltirilgan, shuningdek, oʻrnatilgan tartibga muvofiq taqsimlanmagan foyda hisobiga oʻtkazilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.


30908

Boshlangʻich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi
Hisobvaraqning maqsadi: mikrokredit tashkilotining asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari bozor qiymatining sezilarli oʻsishi natijasida boshlangʻich qiymatiga nisbatan qiymatining oshgan miqdori hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkilotining asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari qiymatining balans qiymatiga nisbatan oshgan miqdori aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida baholanayotgan asosiy vosita va nomoddiy aktiv sotilganda yoki boshqa yoʻl bilan hisobdan chiqarilganda, ular qiymatining oshgan miqdori, shuningdek, mikrokredit tashkilotining asosiy vositasi va nomoddiy aktivi qiymatining balans qiymatiga nisbatan pasayib ketishi va oʻrnatilgan tartibga muvofiq, taqsimlanmagan foyda hisobiga oʻtkazilgan summalar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir baholangan asosiy vosita va nomoddiy aktiv boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


31200

TAQSIMLANMAGAN FOYDA

31203

Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)

Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining oʻtgan moliyaviy yillardagi faoliyati davomida olgan taqsimlanmagan foydasi (zarari)ning hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻidan oʻtkazilgan sof foyda hamda zaxira kapitalidan taqsimlanmagan foydaga oʻtkazilgan summalar aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetidataqsimlanmagan foyda hisobidan har xil fondlar uchun ajratmalar, 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻidan oʻtkazilgan zarar summasi, shuningdek taʼsischilar qaroriga muvofiq mikrokredit tashkilotining ustav fondiga qilingan qayta investitsiya (reinvestitsiya)lash hamda eʼlon qilingan dividendlar summalari aks ettiriladi.

Tahliliy hisobbitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.


31206

Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)
Hisobvaraqning taʼrifi: hisobot yili davomida mikrokredit tashkiloti moliyaviy faoliyati natijasida olingan sof foyda (zarar)lar hamda ushbu davr davomida eʼlon qilingan dividendlar summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobot yili davomida mikrokredit tashkiloti tomonidan olingan foyda, 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkazilgan zarar summasi, shuningdek notoʻgʻri eʼlon qilingan dividendlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobot yili davomida mikrokredit tashkiloti tomonidan koʻrilgan zarar, 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkazilgan foyda summasi, eʼlon qilingan dividendlar, shuningdek zaxira kapitaliga oʻtk�zilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob
sof foyda hisobi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.


31700

OʻZLAShTIRILGAN GRANT MABLAGʻLARI

31701

Oʻzlashtirilgan grant mablagʻlari
Hisobvaraqning taʼrifi:
mikrokredit tashkiloti grant mablagʻlarining oʻzlashtirilgan summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida dividendlar eʼlon qilingunga qadar 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻidan oʻtkazilgan grant mablagʻlarining oʻzlashtirilgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida grant mablagʻlarining oʻzlashtirilgan qismi notoʻgʻri hisoblanishi natijasida qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.


40000

DAROMADLAR


40400

BANKLARDAGI DEPOZITLAR BOʻYIChA FOIZLI DAROMADLAR

40401

Banklardagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar boʻyicha foizli daromadlar

40403

Banklardagi jamgʻarma depozitlar boʻyicha foizli daromadlar

40405

Banklardagi muddatli depozitlar boʻyicha foizli daromadlar

40407

Banklardagi boshqa mablagʻlar boʻyicha foizli daromadlar

Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari oʻz xususiyatlari boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining boshqa banklardagi talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamgʻarma, muddatli va boshqa depozitlari boʻyicha foizli daromadlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqlarning kreditida kelib tushgan hamda depozitlar boʻyicha banklardan olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning debetida notoʻgʻri hisoblangan yoki olingan foizlarning summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.


42000

JISMONIY ShAXSLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROQARZLAR BOʻYIChA FOIZLI DAROMADLAR

42001

Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar

42005

Jismoniy shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar

42009

Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar


42100

YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROKREDITLAR BOʻYIChA FOIZLI DAROMADLAR

42101

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar

42105

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar

42109

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar


42300

YuRIDIK ShAXSLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROKREDITLAR BOʻYIChA FOIZLI DAROMADLAR

42301

Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar

42305

Yuridik shaxslarga berilgan muddati oʻtgan mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar

42309

Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilg?n qisqa muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar


44200

JISMONIY ShAXSLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROQARZLAR BOʻYIChA FOIZLI DAROMADLAR

44201

Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar

44209

Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar


44300

YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROKREDITLAR BOʻYIChA FOIZLI DAROMADLAR

44301

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar

44309

Yakka tartibdagi tadbirkorlar�a berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar


44500

YuRIDIK ShAXSLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROKREDITLAR BOʻYIChA FOIZLI DAROMADLAR

44501

Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar

44509

Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar

Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari oʻz xususiyatlari boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hi�obvaraqlarning taʼrifi: yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddatli, muddati oʻtgan va shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqlarning kreditida mikroqarzlar, mikrokreditlar boʻyicha kelib tushgan, shuningdek, olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning debetida notoʻgʻri hisoblangan yoki olingan foizlarning summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.


44700

SUD JARAYoNIDAGI MIKROQARZLAR VA MIKROKREDITLAR BOʻYIChA FOIZLI DAROMADLAR

44701

Sud jarayonidagi mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning taʼrifi: sud jarayonidagi mikroqarzlar boʻyicha foizli daromadlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida mikroqarzlar boʻyicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri hisoblangan yoki olingan foizlarning summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilini�g oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.


44703

Sud jarayonidagi mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlar
Hisobvaraqningtarifi: sud jarayonidagi mikrokreditlar boʻyicha foizli daromadlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrokreditlar boʻyicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri hisoblangan yoki olingan foizlarning summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.


44900

BOShQA FOIZLI DAROMADLAR

44901

Boshqa foizli daromadlar
Hisobvaraqning taʼrifi: yuqorida taʼriflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan mikrokredit tashkilotlarining hisoblangan foizli daromadlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan hamda olinishi lozim boʻlgan boshqa foizli daromadlar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri hisoblangan yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.


45100

MIKROLIZING (MOLIYAVIY IJARA) BOʻYIChA FOIZLI DAROMADLAR

45105

Mikrolizing boʻyicha foizli daromadlar

45117

Muddati oʻtgan mikrolizing boʻyicha foizli daromadlar

45119

Shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrolizing boʻyicha foizli daromadlar

45121

Sud jarayonidagi mikrolizing boʻyicha foizli daromadlar

Yuqoridagi balans hisobvaraqlari oʻz xususiyatlari boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning taʼrifi: mikrokredit tashkilotlari tomonidan muddatli, muddati oʻtgan va shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikrolizinglar hamda sud jarayonidagi mikrolizinglar boʻyicha ishlab topilgan foizli daromadlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqlarning kreditida ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning debetida notoʻgʻri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.


45200

FOIZSIZ DAROMADLAR

45201

Koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar, mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglarni rasmiylashtirish, axborot va konsalting hamda boshqa xizmatlarni taqdim qilishdan olingan daromadlar hisobi yuritiladi
Hisobvaraqning kreditida koʻrsatilgan xizmatlar uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.


45217

Sotib olingan debitorlik qarzlari boʻyicha daromadlar — Faktoring
Hisobvaraqning taʼrifi:
mikrokredit tashkilotlari tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlari boʻyicha daromadlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdor tomonidan sotib olingan debitorlik qarzini qoplashda, ishlab topilgan daromad summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.


45400

ChET EL VALYUTASI KURSI OʻZGARIShI NATIJASIDA OLINGAN FOYDA

45401

Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida olingan foyda
Hisobvaraqning taʼrifi:
chet el valyutasida ifodalangan aktiv va majburiyatlarini Markaziy bank kursi boʻyicha qayta baholashda, chet el valyutasi kursini soʻmga nisbatan oshishida yuzaga keladigan foydalar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida chet el valyutasi kursi oshishi natijasida yuza�a keladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


45900

BOShQA FOIZSIZ DAROMADLAR

45901

Asosiy vositalarning ijarasi boʻyicha olingan daromadlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
mikrokredit tashkilotlari tomonidan asosiy vositalar obyektini, koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklarini ijaraga berishdan olingan daromadlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida asosiy vositalar obyektini, koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklarini ijaraga berishdan olingan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri olingan yoki hisoblangan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.


45909

Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda

45913

Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda

Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari oʻz xususiyatlari boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning taʼrifi: mikrokredit tashkilotlarining asosiy vositalarini, koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar/aktivlarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqlarning kreditida asosiy vositalarini, koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar/aktivlarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning debetida notoʻgʻri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.


45917

Grant mablagʻlaridan olingan daromad
Hisobvaraqning taʼrifi:
olingan grantlar boʻyicha mikrokredit tashkiloti tomonidan grantlar bilan bogʻliq shartlar bajarilishiga koʻra oʻzlashtirilgan grantlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan grantlar bilan bogʻliq shartlar bajarilgan grantlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri oʻtkazilgan grantlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


45921

Hisobdan chiqarilgan mablagʻlarning qaytarilishi
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotlarining ilgari hisobdan chiqarilgan aktivlarining va tashkil etilgan zaxiralarining qaytarilish summasini hisobi yuritiladi.
?iso?varaqning kreditida ilgari hisobdan chiqarilgan aktivlar boʻyicha kelib �ushgan daroadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hiso?varaqqa oʻtkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.


45994

Boshqa foizsiz daromadlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
yuqorida taʼriflangan turkum hisobvaraqlariga mos tushmaydigan mikrokredit tashkilotlarining foizsiz daromadlari (jarima, penya va boshqalar) hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida yuqorida taʼriflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan, kelib tushgan foizsiz daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida notoʻgʻri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.


50000

XARAJATLAR


50600

JALB QILINGAN MABLAGʻLAR BOʻYIChAFOIZLI XARAJATLAR

50601

Taʼsischi (aksiyador)larning qarz mablagʻlari boʻyicha foizli xarajatlar

50603

Boshqa shaxslardan jalb qilingan qarz mablagʻlar boʻyicha foizli xarajatlar

Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari oʻz xususiyatlari boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqning taʼrifi: jalb qilingan qarz mablagʻlari boʻyicha mikrokredit tashkilotining foizli xarajatlari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqlarning debetida jalb qilingan qarz mablagʻlari boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqlarning kreditida notoʻgʻri hisoblangan yoki toʻlangan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


53100

QISQA MUDDATLI KREDITLAR BOʻYIChA FOIZLI XARAJATLAR

53101

Banklardan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan foizli xarajatlar

53105

Davlat maqsadli jamgʻarmalaridan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan foizli xarajatlar

53109

Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

53113

Nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

53117

Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

53121

Chet ellik investorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

53195

Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar


54100

UZOQ MUDDATLI KREDITLAR BOʻYIChA FOIZLI XARAJATLAR

54101

Banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

54105

Davlat maqsadli jamgʻarmalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

54109

Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

54113

Nodavlat noti�orat tashkilotlaridan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

54117

Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

54121

Chet ellik investorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

54195

Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar

Yuqoridagi balans hisobvaraqlari oʻz xususiyatlari boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning taʼrifi: banklardan, davlatning maqsadli jamgʻarmalaridan, bank boʻlmagan moliyaviy muassasalardan, nodavlat notijorat tashkilotlaridan, xalqaro moliyaviy institutlardan, chet ellik investorlardan va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar (mohiyati boʻyicha kreditlar boʻlgan boshqa operatsiyalar) boʻyicha mikrokredit tashkilo�ining foizli xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida toʻlangan foizlar summasi, shuningdek kreditlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida notoʻgʻri hisoblangan yoki toʻlangan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek, hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi


54200

ChIQARILGAN KORPORATIV OBLIGATSIYALAR BOʻYIChA FOIZLI XARAJATLAR

54202

Chiqarilgan korporativ obligatsiyalar boʻyicha foizli xarajatlar

Hisobvaraqning taʼrifi: aksiyadorlik jamiyati shaklidagimikrokredit tashkiloti tomonidan chiqarilgan korporativ obligatsiyalar boʻyicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida toʻlangan foizlar summasi, diskont amortizatsiyasi summalari, shuningdekaksiyadorlik jamiyati shaklidagi mikrokredit tashkilotining chiqarilgan korporativ obligatsiyalari boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida korporativ obligatsiyalar boʻyicha notoʻgʻri hisoblangan foizlar summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summasi aks ettiriladi.


54400

LIZING (MOLIYAVIY IJARA) BOʻYIChA FOIZLI XARAJATLAR

54401

Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha foizli xarajatlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida lizing (moliyaviy ijara) jadvali boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


54900

BOShQA FOIZLI XARAJATLAR

54902

Boshqa foizli xarajatlar
Hisobvaraqning taʼrifi: yuqorida taʼriflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan foizlar summasi, shuningdek, boshqa majburiyatlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri hisoblangan va/yoki toʻlangan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


55100

FOIZSIZ XARAJATLAR

55106

Koʻrsatilgan xizmatlar va vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotlariga koʻrsatilgan xizmatlar uchun qilingan xarajatlar va vositachilik xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


55300

ChET EL VALYUTASI KURSI OʻZGARIShI NATIJASIDA KOʻRILGAN ZARAR

55301

Chet el valyutasi kursi oʻzgarishi natijasida koʻrilgan zarar
Hisobvaraqning taʼrifi:
chet el valyutasida ifodalangan aktiv va majburiyatlarini Markaziy bank kursi boʻyicha qayta baholashda, chet el valyutasi kursini soʻmga nisbatan pasayishida yuzaga keladigan zararlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida chet el valyutasi kursi pasayishi natijasida yuzaga keladigan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


55900

BOShQA FOIZSIZ XARAJATLAR

55902

Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan koʻrilgan zararlar

55906

Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklarni/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan koʻrilgan zararlar

Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼriflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning taʼrifi: mazkur hisobvaraqlarda asosiy vositalarni, koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan koʻrilgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida asosiy vositalarni, koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan koʻrilgan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida notoʻgʻri koʻrilgan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


55995

Boshqa foizsiz xarajatlar
Hisobvaraqning taʼrifi: yuqorida taʼriflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan foizsiz xarajatlar hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning debetida yuqorida taʼriflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan amalga oshirilgan foizsiz xarajatlar hisobi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56100

MIKROKREDIT TAShKILOTI XODIMLARINING ISh HAQI VA ULAR UChUN QILINGAN BOShQA XARAJATLAR

56102

Ish haqi
Hisobvaraqning taʼrifi: xizmatchilarning mehnat ish haqi (mehnat shartnomasi va fuqaroviy-huquqiy xarakterdagi shartnomalar boʻyicha bajarilgan), ish vaqtidan tashqari qilinadigan ishlar, dam olish va bayram kunlaridagi ishlar, mukofot toʻlovlari (oylik ish, bajarilgan maxsus ishlar uchun natijalar boʻyicha va boshqalar uchun), koʻp yillik ish staji va mikrokredit tashkiloti nizomi va qonunchilikka muvofiq mikrokredit tashkilotining boshqa toʻlovlar uchun xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ish haqiga qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56106

Mikrokredit tashkiloti xodimlari uchun imtiyozlar
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining xodimlari uchun berilgan imtiyozlarga qilgan xarajatlari, yaʼni mukofot toʻlovlari, (yil yakuni boʻyicha mukofotlar, koʻp yillik xizmati uchun, ish staji uchun qoʻshimcha haq, bayram va yubiley sanalariga beriladigan mukofotlar va boshqalar), mikrokredit tashkiloti xodimlarining oʻqishlari uchun toʻlovlar, shuningdek, ularning stipendiyalari, xodimlarga beriladigan qimmatli sovgʻalar qiymati, hamda mikrokredit tashkiloti nizomi va qonunchilikka muvofiq ravishda jismoniy shaxslardan undirib olingan toʻlov hisobiga mikrokredit tashkiloti tomonidan toʻlanadigan summalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida xodimlarga imtiyozlari uchun amalga oshirilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56110

Tibbiy, stomatologiya xizmatlari va shifoxonada davolash xarajatlari
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti xodimlariga ambulatoriya yoki statsionar meditsina va stomatologiya xizmati koʻrsatish uchu� qilgan xarajatlari, hamda ular va ularning bolalari uchun sogʻlomlashtirish lagyerlariga, sanitar-kurort muassasalariga va boshqalarga oʻrnatilgan tartibda toʻliq yoki qisman toʻlanadigan yoʻllanmalar qiymatining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida meditsina, stomatologiya xizmatlari koʻrsatish va shifoxonada davolash xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56114

Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha badallar
Hisobvaraqning taʼrifi: qonunchilikka muvofiq nodavlat pensiya fondlariga toʻlanadigan ixtiyoriy badallari, yagona ijtimoiy toʻlovlar uchun mikrokredit tashkiloti xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijtimoiy sugʻurta uchun oʻtkazilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri yoki ortiqcha toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56118

Ijtimoiy himoya boʻyicha xarajatlar
Hisobvaraqning taʼrifi:
mikrokredit tashkilotining qonunchilikd? koʻrs?tilgan hollarda mehnat shartnomasini muddatidan oldin tugatish vaqtida beriladigan ishdan boʻshatish nafaqa toʻlovlari va kompensatsiya toʻlovlar, shuningdek qonunchilikka va mikrokredit tashkiloti ustaviga muvofiq ravishdagi nafaqa (bolalarga qonunchilikda oʻrnatilgan balogʻat yoshiga yetgunicha beriladigan va boshqa) toʻlovlari, moddiy yordam pullari va boshqa toʻlovlarini hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijtimoiy himoya uchun amalga oshirilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56122

Jamgʻarmalarga badallar
Hisobvaraqning taʼrifi: qonun hujjatlariga muvofiq jamgʻarmalarga ajratmalar, shuningdek xodimlarning sogʻliqlarini majburiy va ixtiyoriy sugʻurtalash va boshqa badallar hisobi olib boriladi..
Hisobvaraqning debetida jamgʻar�alarga ajratmalar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56195

Mikrokredit tashkiloti xodimlari uchun qilingan boshqa xarajatlar
Hisobvaraqning taʼrifi: yuqoridagi taʼriflangan hisobvaraqlarga mos tushmaydigan, xizmatchilarga toʻlanadigan (toʻgaraklardagi, klublardagi mashgʻulotlarga, gazeta va jurnallarga obuna boʻlishga, qonunchilikda oʻrnatilgan meʼyordan ortiqcha toʻlangan safar va vakillik xarajatlar summasi va boshqalar) toʻlovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida taʼriflangan turkumlarga mos tushmaydigan, amalga oshirilgan toʻlovlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56200

IJARA VA TAʼMINOT XARAJATLARI

56202

Ijara toʻlovi

56206

Suv toʻlovi

56210

Elektr energiyasi va isitish tarmoqlari xarajatlari

56214

Taʼmirlash va taʼminot xarajatlari

56218

Qoʻriqlash xizmati xarajat�ari

Yuqoridagi balans hisobvaraqlari xususiyati boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼriflanishi umumlashtirilib berilmoqda.


Hisobvaraqlarning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining ijaraga olingan obyektlarga, shartnoma asosida ishlaydigan mikrokredit tashkiloti xodimlari hisoblanmaydigan xodimlardan tashkil topgan qoʻriqchilarga, shuningdek, qoʻriqlash signalizatsiyasiga, remontga va mikrokredit tashkiloti binosini, mebellarni, transport va boshqa jihozlarni saqlashga, mikrokredit tashkilotining suv, elektr, isitish tarmogʻi va boshqa kommunal xizmatlari uchun toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida ijara va taʼminot uchun hisoblangan va toʻlangan xarajatlarini summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56300

XIZMAT SAFARI VA TRANSPORT XARAJATLARI

56302

Xizmat safari xarajatlari

56306

Xizmat safari vaqtidagi kunlik xarajatlar

56310

Mikrokredit tashkiloti mulkini koʻchirish bilan bogʻliq boʻlgan (Fraxt) xarajatlar

56314

Yoqilgʻi xarajatlari

Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼriflanishi umumlashtirilib berilmoqda.


Hisobvaraqlarning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining xodimlarning xizmat safari bilan bogʻliq (transport (xizmat safari xarajatlari), mehmonxona xizmati (yashash uchun boshqa xizmatlar) qiymati va limit doirasidagi kunlik xarajatlar; fraxt (mikrokredit tashkiloti ofislari oʻrtasida jihozlar va boshqa mulklarni koʻch�rish xarajatlari, xususiy va ijaraga olingan harakat vositalari uchun foydalaniladigan yoqilgʻi xarajatlari, shuningdek, oʻrnatilgan tartibga muvofiq ravishda xizmat safari uchun foydalaniladigan mikrokredit tashkiloti xodimlarining shaxsiy avtomobillari uchun xarajatlarini hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida xizmat safari va transport uchun qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56400

MAʼMURIY XARAJATLAR

56402

Reklama va eʼlon xarajatlari

56406

Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari

56410

Pochta, telefon, faks boʻyicha xarajatlar

56414

Hujjat markalari uchun xarajatlar

56418

Kitob, gazeta va boshqa davriy nashriyotlar boʻyicha xarajatlar

Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirilib berilmoqda.



Hisobvaraqlarning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining gazeta, radio, televideniye va boshqa axborot vositalari orqali beradigan reklama va eʼlonlariga, blankalarga, devonxona va ofis qurollariga, pochta va hujjat markalariga, telefon va faks, maʼlumotlarni uzatish uchun boshqa aloqa kanallari (Reuters, SWIFT, Internet, teleks va boshqalar)dan foydalanish xarajatlari, shuningdek davriy nashrlarga, shu bilan birga elektron bildirgichi (“PRAVO”, “NORMA” tizimlari va boshqalar)ga qilingan xarajatlar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqlarning debetida maʼmuriy xarajatlarga toʻlangan summala� aks ettiriladi. Hisobvaraqlarning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56500

REPREZENTATSIYA VA XAYRIYA

56502

Reprezentatsiya va koʻngilochar tadbirlar xarajatlari

Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan oʻz mavqeyi va faoliyatini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan reprezentatsiya va koʻngil ochar tadbirlar uchun qilingan xarajatlar summasi hisobga olinadi.

Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti tomonidan oʻz mavqeyi va faoliyatini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan reprezentatsiya va koʻngil ochar tadbirlar uchun qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvar?qning kreditida mikrokredit tashkiloti tomonidan oʻz mavqeyi va faoliyatini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan reprezentatsiya va koʻngil ochar tadbirlar uchun qilingan xarajatlar boʻyicha notoʻgʻri hisoblangan, shuningdek moliyaviy �isobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56506

Aʼzolik badallari

Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan klublar, uyushmalar, jamoat va boshqa tashkilotlarga aʼzo boʻlib kirganda toʻlanadigan aʼzolik badallari summasi hisobga olinadi.

Hisobvaraqning debetida klublar, uyushmalar, jamoat va boshqa tashkilotlarga aʼzo boʻlib kirganda toʻlangan aʼzolik badallari summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida klublar, uyushmalar, jamoat va boshqa tashkilotlarga aʼzo boʻlib kirganda toʻlangan aʼzolik badallari boʻyicha notoʻgʻri hisoblangan, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56510

Xayr-ehson va xayriya xarajatlari

Hisobvaraqning taʼrifi: Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining xayriya jamgʻarmalariga, boshqa notijorat faoliyat bilan shugʻullanmaydigan xayriya tashkilotlariga, shuningdek tabiiy ofatdan talafot koʻrganlarga koʻrsatgan xayr-ehson summalari hisobga olinadi.

Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotining xayriya jamgʻarmalariga, boshqa notijorat faoliyat bilan shugʻullanmaydigan xayriya tashkilotlariga, shuningdek tabiiy ofatdan talafot koʻrganlarga koʻrsatgan xayr-ehson summalari aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkilotining xayriya jamgʻarmalariga, boshqa notijorat faoliyat bilan shugʻullanmaydigan xayriya tashkilotlariga, shuningdek tabiiy ofatdan talafot koʻrganlarga koʻrsatgan xayr-ehsonlar boʻyicha notoʻgʻri hisoblangan, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56600

ESKIRISh XARAJATLARI

56602

Mikrokredit tashkiloti bino va boshqa imoratlarining eskirish summasi

56610

Transport vositalarining eskirish summasi

56614

Mebel va jihozlarning eskirish summasi

56618

Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi

56622

Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning eskirish summasi

56626

Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi boʻyicha eskirish summasi

56630

Ombordagi asosiy vositalarning eskirish summasi

56632

Olingan kreditlar boʻyicha garovga qoʻyilgan asosiy vositalarning eskirish summasi

Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati boʻyicha bi? xil boʻlganligi uchun ularning taʼriflanishi umumlashtirilib berilmoqda.


Hisobvaraqlarning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar uchun hi?ob?anadigan eskirish xarajatlarini hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debeti?a hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida notoʻgʻri hisoblangan eskirish summasining qaytarilish?, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56700

SUGʻURTA, SOLIQ VA BOShQA XARAJATLAR

56702

Yuridik va auditorlik xizmati xarajatlari

56706

Maslahatchi (konsalting)lar xizmati uchun toʻlov xarajatlari

Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼriflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining yuristlar va boshqa firmalar tomonidan shartnoma asosida koʻrsatilgan yuridik, auditorlik va maslahatchilik xizmatlari uchun toʻlov xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida yuridik va maslahatchilik xizmatlar uchun qilingan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56710

Sugʻurta xarajatlari

Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining oʻz mulkini sugʻurta qilishga, yongʻindan sugʻurta qilishga va oʻz faoliyati bilan bogʻliq boshqa sugʻurta turlariga qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sugʻurta uchun qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56714

Soliq (foyda soligʻidan tashqari) va litsenziyalar

Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining soliqlarga, yigʻimlarga va qonunchilikka muvofiq ravishda mulkka, yoʻlga, ekolo�iyaga boʻladigan soliqlar kabi boʻlgan majburiy ajratmalar, haqiqiy ishlab topilgan daromaddan Pensiya fondiga boʻladigan ajratmalar va boshqa soliqlari (foyda soligʻidan tashqari), shuningdek mikrokredit tashkilotining litsenziyalarga qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining soliqlarga (foyda soligʻidan tashqari) va boshqa majburiy toʻlovlarga, shuningdek litsenziyalarga qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida hisoblangan soliqlar (foyda soligʻidan tashqari) va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek litsenziyalarga qilgan xarajatlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56718

Jarima va penya xarajatlari

Hisobvaraqlarning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining amaldagi qonunchilikka va qoidalarga asosan oʻziga solingan penya va jarimalar uchun qilgan xarajatlarini hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida toʻlangan jarima va penyalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan jarima va penyalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56722

Sud jarayoni va/yoki aktivni sotib olish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar

H?sobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining sud jarayoni bilan bogʻliq xarajatlari, shuningdek mikrokredit tashkilotining xususiylikni oʻz no?iga oʻzlashtirish boʻyicha xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sud jarayoni, shuningdek aktivlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlarini summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56795

Boshqa operatsion xarajatlar

Hisobvaraqning taʼrifi: yuqorida taʼriflangan turkumlarga mos tushmaydigan xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida taʼriflangan turkumlarga mos tushmaydigan toʻlangan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri toʻlangan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56800

KOʻRILIShI MUMKIN BOʻLGAN ZARARLARNI BAHOLASh

56802

Mikroqarz va mikrokreditlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash

56814

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash

56832

Nomoddiy aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash

56834

Koʻchmas mulk va boshqa xususiy mulklar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash

56838

Mikrolizing (moliyaviy ijara) boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash

56840

Hisoblangan foizsiz daromadlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash

56842

Sud jarayonidagi mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing (moliyaviy ijara) boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash

56895

Boshqa aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash

Yuqorida koʻrsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati boʻyicha bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼriflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining aktivlari boʻyicha koʻrishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholashning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


56900

FOYDA SOLIGʻINI BAHOLASh

56902

Foyda soligʻini baholash

Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan olingan foydaga hisoblangan soliqlar (foyda soligʻiva shu kabi boshqa soliqlar) va yagona soliq toʻlovi (yagona soliq toʻlovi toʻlovchilari uchun) boʻyicha xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha hisoblangan xarajatlar su?masi a?s e?tiriladi.
Hisobvaraqning kreditida notoʻgʻri hisoblangan soliqlarning qaytarilish ?ummasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa oʻtkaziladigan summa aks ettiriladi.


90000

KOʻZDA TUTILMAGAN HOLATLAR


90300

QIMMATLI QOGʻOZLAR

90329

Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi mikrokredit tashkilotining hujjatsiz qimmatli qogʻozlari

Hisobvaraqning taʼrifi: aksiyadorlik shaklidagi mikrokredit tashkilotining muomalaga chiqarilguncha saqlanayotgan qimmatli qogʻozlari, shuningdek soʻndirish (toʻlash) yoki muomaladan chiqarish maqsadida qayta sotib olingan xususiy hujjatsiz qimmatli qogʻozlari hisobi yuritiladi. Soʻndirish (toʻlash) yoki muomaladan chiqarish maqsadida qayta sotib olingan xususiy qimmatli qogʻozlar “donasi 1 soʻm” boʻlgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96314 — “Mikrokredit tashkilotining qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”dir.

Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotining muomalaga chiqarilguncha saqlanayotgan hujjatsiz qimmatli qogʻozlari qiymati, shuningdek soʻndirish (toʻlash) yoki muomaladan chiqarish maqsadida mikrokredit tashkiloti tomonidan qayta sotib olingan hujjatsiz hujjatsiz qimmatli qogʻozlari hisobi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkilotining sotilgan hujjatsiz qimmatli qogʻozlari qiymati aks ettiriladi. Shuningdek, soʻndirilgan (toʻlangan) yoki muomaladan chiqarilgan korporativ hujjatsiz qimmatli qogʻozlari ning hisobi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob hujjatsiz qimmatli qogʻozlari boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


90337

Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi mikrokredit tashkilotining sotib olingan qimmatli qogʻozlari

Hisobvaraqning taʼrifi: soʻndirish (toʻlash) muddati kelguncha yana qayta sotish maqsadida mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan xususiy qimmatli qogʻozlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96314 — “Mikrokredit tashkilotining qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”dir.

Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti tomonidan qayta sotib olingan oʻz qimmatli qogʻozlarning nominal qiymati aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkiloti tomonidan qayta sotilgan oʻz xususiy qimmatli qogʻozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.

Tahliliy hisob qimmatli qogʻozlar boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


90900

SAVDOGA OID MOLIYALAShLAR

90966

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96331 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring boʻyicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan debitorlik qarzlarining toʻliq qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan toʻliq qoplangan sotib olingan debitorlik qarzlar hisobdan chiqariladi.

Tahliliy hisob har bir shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


90993

Kafolat va kafilliklar
Hisobvaraqning taʼrifi: mijozlar foydasiga mikrokredit tashkiloti tomonidan berilgan yoki tasdiqlangan kafolat va kafilliklarning, shuningdek mikrokredit tashkiloti tomonidan boshqa emitentlarning kafillik berilgan (avalirovannix mikrokreditnoy organizatsiyey) veksellarining nominal qiymatini hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96337 — “Kafolat va kafilliklar boʻyicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida berilgan kafolatlarning summasi, shuningdek mikrokredit tashkiloti tomonidan boshqa emitentlarning kafillik berilgan veksellarini nominal qiymati aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida foydalanilgan, shuningdek foydalanilm?gan va ?rna?ilg?n tartibda muddati oʻtishi bilan yoʻq qilingan kafolatlarning summasi,

shuningdek mikrokredit tashkiloti tomonidan kafillik berilgan boshqa emitentlarni qoplangan veksellarining nominal qiymati aks ?ttiriladi.
Tahliliy hisob har bir kafolat boʻyicha, shuningdek avallashtirilgan veksellarning turi va muddati boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


91500

AKTIVLAR BOʻYIChA FOIZLAR VA VOSITAChILIK HAQLARI

91501

Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning taʼrifi: muddati oʻtgan va oʻrnatilgan qoidalarga muvofiq balansdan hisobdan chiqarilgan, berilgan muddatli va shartlari qayta koʻrib chiqilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha hisoblangan, lekin olinmagan foizlar, shuningdek “foiz oʻstirmaslik” maqomiga oʻtkazilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha hisoblanadigan foizlar hisobi olib boriladi. Shu bilan birgalikda muddati oʻtgan hamda sud jarayonidagi mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha hisoblangan, lekin olinmagan foizlar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96335 — “Aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha muddati oʻtgan va/yoki hisoblangan foizlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


91505

Boshqa aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari
Hisobvaraqning taʼrifi: boshqa aktivlar va vositachiliklar boʻyicha hisobdan chiqarilgan foizlar hisobi olib boriladi. Mazkur hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96335 — “Aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida boshqa aktivlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan muddati oʻtgan va/yoki hisoblangan foizlar va vositachilik haqlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa aktivlar boʻyicha toʻlangan va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar va vositachilik haqlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


91700

MIKROKREDIT TAShKILOTINING MIKROQARZ, MIKROKREDIT VA MIKROLIZING BERISh MAJBURIYATLARI

91709

Mikrokredit tashkilotining mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish majburiyati
Hisobvaraqning taʼrifi:
mikrokredit tashkilotining mijozlarga yoki banklarga mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish majburiyatlari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96351 — “Mikrokredit tashkilotining mikroqarz, mikrokredit va mikrolizinglar berish majburiyati boʻyicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotning mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish boʻyicha berilgan majburiyatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish boʻyicha ijro etilgan yoki bekor qilingan majburiyatlarining summasi, shuningdek qisman amalga oshirilgan toʻlovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


91800

MIKROKREDIT TAShKILOTINING KREDIT VA LIZING (MOLIYAVIY IJARA) OLISh MAJBURIYATLARI

91816

Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing (moliyaviy ijara) olish majburiyati
Hisobvaraqning taʼrifi: mikrokredit tashkilotining mijozlardan yoki boshqa banklardan kredit va\yoki lizing olish majburiyatlarining hisobi yuritiladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96358 — “Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing (moliyaviy ijara) olish majburiyati boʻyicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotining kredit va\yoki lizing olish boʻyicha bergan majburiyatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kredit va\yoki lizing olish boʻyicha ijro etilgan yoki bekor qilingan majburiyatlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


91900

QARZDORLARNING MIKROQARZ, MIKROKREDIT VA MIKROLIZING MAJBURIYATLARI

91901

Qarzdorlarning qisqa muddatli mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing boʻyicha majburiyatlari
Hisobvaraqning taʼrifi:
qarzdorlarning mikrokredit tashkiloti tomonidan berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizing boʻyicha muddatli majburiyatlarini hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96345 — “Qarzdorlarning qisqa muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha majburiyatlari kontr-hisobvaragʻi”dir.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha qarzdorlardan qabul qilingan muddatli majburiyatlar summasi oʻtkaziladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻla qoplangan majburiyatlar summasi aks ettiriladi. Qisman amalga oshirilgan toʻlovlar summasi majburiyat toʻla bajarilgunga qadar uning orqa tomoniga yozib boriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

91905

Qarzdorlarning uzoq muddatli mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing boʻyicha majburiyatlari
Hisobvaraqning taʼrifi: qarzdorlarning mikrokredit tashkiloti tomonidan berilgan uzoq muddatli mikroqarzlari, mikrokreditlari va mikrolizinglari boʻyicha muddatli majburiyatlarini hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96349 — “Qarzdorlarning uzoq muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha majburiyatlari kontr-hisobvaragʻi”dir.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha qarzdorlardan qabul qilingan muddatli majburiyatlar summasi oʻtkaziladi.
Hisobvaraqning kreditida toʻliq qoplangan majburiyatlar summasi aks ettiriladi. Qisman amalga oshirilgan toʻlovlar summasi majburiyat toʻla bajarilgunga qadar uning orqa tomoniga yozib boriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


94500

GAROV SIFATIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR, MULKLAR VA MULKIY HUQUQ (TALAB)LAR

94501

Garov sifatida olingan qimmatli qogʻozlar

94502

Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan balans hisobvaraqlari xususiyati jihatidan bir xil boʻlganligi uchun ularning taʼrifi umumlashtirilgan holda keltirilgan.

Hisobvaraqlarning taʼrifi: berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglarga garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar hamda qimmatli qogʻozlarning hisobi olib boriladi. Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar hisobvaraqqa garov boʻyicha shartnoma tuzilgan vaqtdagi baholangan qiymati boʻyicha kirim qilinadi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96381 — “Garov sifatidagi qimmatli qogʻozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar boʻyicha kontr-hisobvaraq” dir.
Hisobvaraqlarning debetida garov taʼminoti sifatida qabul qilingan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar hamda qimmatli qogʻozlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida garovga qabul qilingan yoki mikrokreditlar, mikroqarzlar va mikrolizinglar hamda foizlarni qoplanganidan soʻng qaytariladigan foydalanilgan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar hamda qimmatli qogʻozlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mikroqarz, mikrokredit va\yoki mikrolizing shartnomasi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


94503

Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar
Hisobvaraqning taʼrifi: berilgan mikrokreditlar, mikroqarzlar va mikrolizinglarning taʼminoti sifatida qabul qilingan kafolat va kafilliklarning, shuningdek sugʻurta polislarining hisobi olib boriladi. Mazkur hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96381 — “Garov sifatidagi qimmatli qogʻozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar boʻyicha kontr-hisobvaraq” dir.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikrokreditlar, mikroqarzlar va mikrolizinglarning taʼminoti sifatida qabul qilingan kafolat va kafilliklarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar qaytarilmaganda foydalanilgan taʼminot summasi, shuningdek kreditlar qaytarilgandan keyin va kredit shartnomalari yopilgandan keyin kafolatlar va kafilliklarning muddati oʻtishi bilan oʻrnatilgan tartibda foydalanilmagan va bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir tegishli shartnoma boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


95400

BOShQA KOʻZDA TUTILMAGAN HOLATLAR HISOBVARAQLARI

95413

Hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar
Hisobvaraqning taʼrifi: amaldagi qoidalarga muvofiq ravishda mikrokredit tashkiloti balansidan hisobdan chiqarilgan mikrokreditlar, mikroqarzlar va mikrolizinglar (toʻlanmagan qismi)ning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96397 — “Boshqa koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tiklangan yoki toʻlangan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglarning, shuningdek oʻrnatilgan muddat oʻtishi bilan bekor qilingan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor boʻyicha tegishli shartnomalarga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


95497

Boshqa koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari
Hisobvaraqning taʼrifi: yuqoridagi turkum hisobvaraqlar taʼrifiga mos tushmaydigan operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96397 — “Boshqa koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”dir. Hisobvaraqning debetida kirim qilingan mablagʻlar, hujjatlar yoki boshqa qimmatbaho buyumlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablagʻlar, hujjatlar yoki boshqa qimmatbaho buyumlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob hujjatlar va boshqa qimmatbaho buyumlar turi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.


96300

KOʻZDA TUTILMAGAN HOLATLAR KONTR-HISOBVARAQLARI

96314

Mikrokredit tashkilotining qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq

96331

Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring boʻyicha kontr-hisobvaraq

96335

Aktivlar boʻyicha foizlar va vositachilik haqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq

96337

Kafolat va kafilliklar boʻyicha kontr-hisobvaraq

96345

Qarzdorlarning qisqa muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha majburiyatlari kontr-hisobvaragʻi

96349

Qarzdorlarning uzoq muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar boʻyicha majburiyatlari kontr-hisobvaragʻi

96351

Mikrokredit tashkilotining mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar berish majburiyati boʻyicha kontr-hisobvaraq

96358

Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing (moliyaviy ijara) olish majburiyati boʻyicha kontr-hisobvaraq

96381

Garov sifatida olingan qimmatli qogʻozlar, mulklar va mulkiy h�quq (talab)lar boʻyicha kontr-hisobvaraq

96397

Boshqa koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-4, 25.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 10/19/1728-4/3958-son)
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
11-ILOVA
Mikrokredit tashkiloti bosh buxgalteri toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi mikrokredit tashkilotlarining bosh buxgaltyerlariga taalluqlidir.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish uchun mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbari javobgar hisoblanadi. Rahbar buxgalteriya hisobi toʻgʻri yuritilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi, bosh buxgalterning hujjatlar va maʼlumotlarni rasmiylashtirish hamda hisobini yuritish uchun taqdim etish tartibi borasidagi talablari mikrokredit tashkilotining boʻlinmalari, xizmatlari va hisobni yuritishga aloqador xodimlari tomonidan ogʻishmay bajarilishini taʼminlashi shart.
2. Bosh buxgalter mikrokredit tashkilotida buxgalteriya hisobi tashkil etilishini hamda moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona, tejamkorlik bilan foydalanilishi hamda mulkning but saqlanishi ustidan nazorat olib borilishini taʼminlaydi.
Mikrokredit tashkiloti bosh buxgalteri lavozimga tashkilot ijro etuvchi organi rahbari tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi. Agar mikrokredit tashkilotining yuqori muassasasi mavjud boʻlsa, unda bosh buxgalterni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish yuqori turgan mikrokredit tashkiloti rahbari hamda bosh buxgalteri bilan kelishiladi hamda u bevosita yuqori tashkilot rahbariga, buxgalteriya hisobini tashkil etish, hisobotlar tuzish, nazorat qilish tartibi va metodikasi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha esa, bevosita yuqori tashkilot bosh buxgalteriga boʻysunadi.
3. Mikrokredit tashkilotining bosh buxgalteri boshchilik qiladigan buxgalteriya hisobi boʻlimi mustaqil tarkibiy boʻlinma boʻlib hisoblanadi va boshqa biron-bir boʻlinma tarkibiga kirmasligi lozim.
4. Mikrokredit tashkilotining bosh buxgalteri lavozimiga oliy iqtisodiy yoki iqtisodiy oʻrta maxsus maʼlumoti va shu mutaxassislik boʻyicha kamida 3 yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadi.
5. Bosh buxgalter lavozimga tayinlanayotganda va lavozimidan ozod qilinayotganda buxgalteriya hisobi va hisobotining ahvoli tekshirilib, mikrokredit tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanganidan keyin boʻlinmani qabul qilish-topshirish jarayoni dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Yuqori tashkilot mavjud boʻlganda, ushbu dalolatnomaning nusxasi mikrokredit tashkilotining yuqori boshqarish organiga yuboriladi. Zarur hollarda bosh buxgalter tomonidan ishlarni qabul qilish-topshirish jarayonida yuqori tashkilotning vakili qatnashadi.
6. Bosh buxgalter zimmasiga pul mablagʻlari va moddiy boyliklar uchun bevosita moddiy javobgarlik bilan bogʻliq vazifalar, shuningdek mikrokredit tashkiloti rahbari vaqtincha ishda boʻlmagan paytda uning vazifalarini bajarib turish yuklatilishi mumkin emas. Bosh buxgalterga bevosita cheklar va boshqa hujjatlar asosida mikrokredit tashkiloti mablagʻ va tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish taqiqlanadi.
7. Bosh buxgalter vaqtincha ishda boʻlmagan vaqt mobaynida (xizmat safari, taʼtil, kasallik va shu kabilar) bosh buxgalterning huquq va majburiyatlari uning muoviniga oʻtadi va bu haqda mikrokredit tashkilotining buyrugʻi chiqariladi.
II. Bosh buxgalterning vazifalari
8. Bosh buxgalter buxgalteriya hisobining yuritilishi yuzasidan belgilangan qoidalar asosida uni tashkil etib, quyidagilarni taʼminlashi shart:
buxgalteriya hisobining toʻgʻri tashkil etilishi, buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida operatsiyalarning oʻz vaqtida va toʻgʻri aks ettirilishi;
mikrokredit tashkilotiga kelib tushgan pul hisob-kitob hujjatlarini ularga ishlov beriladigan uchastkalardan oʻtishining aniq muddatlariga rioya etilib, mikrokredit tashkilotining tegishli hisobvaraqlarida aks ettirilib, hujjatlar aylanishini, kunlik balans tuzilishi va uni tegishli joyga topshirilishini tashkil etish;
mijozlarning kelib tushadigan pul hisob-kitob hujjatlari shakliga va mazmuniga koʻra toʻgʻri rasmiylashtirilishini, shuningdek, ularning qonuniy tarzda bajarilishini hamda mablagʻ va boyliklar but saqlanishini taʼminlash;
qatʼiy hisobdagi blanklarning but saqlanishi va ularning hisobining toʻgʻri yuritilishi;
elektron toʻlov hujjatlarining toʻgʻri rasmiylashtirilishini hujjatlarning asl nusxasi bilan solishtirish orqali tekshirish;
balans tuzish;
buxgalteriya (kirim-chiqim) hujjatlarini oʻz vaqtida (ish kuni oxirigacha yoki keyingi kunning ertalab soat 10-00 dan kechikmay) jamlanishi hamda rasmiylashtirilishi, shuningdek ular oʻrnatilgan tartibda arxivga topshirilishi;
buxgalteriya hisobining ilgʻor shakl va usullaridan keng foydalanish;
kelib tushgan pul mablagʻlari, tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalar hisobining toʻliq yuritilishi, shuningdek ular harakati bilan bogʻliq operatsiyalarning barchasi buxgalteriya hisobida oʻz vaqtida aks ettirilishi;
mijozlarning kredit va qarz hisobvaraqlari boʻyicha foizlarning toʻgʻri va belgilangan muddatlarda hisoblanishi;
kamomad hamda pul mablagʻlari va tovar-moddiy boyliklarning talon-toroj qilinishi boʻyicha materiallarni rasmiylashtirish yuzasidan mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbari bilan tekshiruvlar oʻtkazish, tegishli hollarda bu materiallar sud va tergov organlariga taqdim etilishini nazorat qilish;
buxgalteriya hisobi va hisobotining toʻgʻri tashkil etilishini tekshirish, buxgalteriya hisobi, hisoboti, nazorat va iqtisodiy tahlil masalalari yuzasidan xodimlarga oʻz vaqtida yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatib borish;
birlamchi hujjatlar hamda buxgalteriya yozuvlari asosida haqiqiy holatni aks ettiruvchi buxgalteriya hisobotlarini tuzish, bu hisobotlarni belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, shuningdek, tegishli organlarga taqdim etish;
oʻz tasarrufida boʻlgan mikrokredit tashkiloti filiallari buxgalteriya koʻrsatkichlari boʻyicha belgilangan tartibda yillik hisobot tuzish va uni belgilangan muddatlarda tegishli joylarga topshirish;
boshqa boʻlinmalar bilan hamkorlikda buxgalteriya hisobi va hisoboti maʼlumotlari asosida mikrokredit tashkiloti moliyaviy faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish;
buxgalteriya hujjatlarining but saqlanishi, ularning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi va arxivga topshirilishi.
9. Bosh buxgalter tegishli boʻlinma va xizmatlar xodimlari bilan birgalikda quyidagilarni sinchiklab nazorat qilishi shart:
a) tovar-moddiy boyliklarning qabul qilinishi va topshirilishini rasmiylashtirishda belgilangan qoidalarga rioya etilishi;
b) ish haqi fondining toʻgʻri sarflanishi, mansab maoshlarining toʻgʻri belgilanishi, shtatlar, moliya va kassa intizomiga qatʼiy rioya etilishi;
v) pul mablagʻlari, tovar-moddiy boyliklar, asosiy fondlarni inventarizatsiya qilish, hisob-kitoblar va toʻlov majburiyatlarini bajarishning belgilangan qoidalariga rioya etilishi;
g) belgilangan muddatlarda debitorlik qarzini undirib olinishi va kreditorlik qarzining qaytarilishi, toʻlov intizomiga rioya etish;
d) kamomadlar, debitorlik qarzi va boshqa yoʻqotishlarni buxgalteriya hisobining balans hisobotlaridan qonuniy tarzda chiqarilishi.
10. Bosh buxgalter kamomadlar yuzaga kelishi, pul mablagʻlari va tovar-moddiy boyliklarning gʻayriqonuniy tarzda sarflanishi, moliyaviy hamda xoʻjalik qonunlari buzilishining oldini oluvchi tadbirlarni tayyorlashda faol qatnashishi shart. Mansabdor shaxslar tomonidan gʻayriqonuniy xatti-harakatlar qilinayotgani (yaʼni oshirib yozish, mablagʻlardan notoʻgʻri foydalanish hamda boshqa qoidabuzarlik va mansabni suiisteʼmol qilish hollari) maʼlum boʻlgan hollarda bosh buxgalter chora koʻrish uchun bu haqda mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbariga axborot beradi.
11. Pul mablagʻlari va tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish hamda berish uchun asos boʻlib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek kredit va hisob-kitob majburiyatnomalari rahbar va bosh buxgalter yoki ular shunday vakolat berilgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi. Bu vakolatli shaxslarga hujjatlarni imzolash huquqining berilishi mikrokredit tashkiloti boʻyicha chiqariladigan buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Yuqorida aytilgan hujjatlarga bosh buxgalter yoki shunday vakolat berilgan boshqa shaxslar tomonidan imzo chekilmasa, ular haqiqiy hisoblanmaydi va mazkur mikrokredit tashkiloti masʼul shaxslari tomonidan ijroga qabul qilinmaydi.
12. Bosh buxgalter qonun hujjatlariga hamda pul mablagʻlari, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish, saqlash va sarflash boʻyicha belgilangan tartibga zid boʻlgan operatsiyalar bilan bogʻliq hujjatlarni ijroga qabul qilishi hamda rasmiylashtirishi taqiqlanadi.
III. Bosh buxgalterning huquqlari
13. Bosh buxgalter oʻziga boʻysunuvchi xodimlar uchun xizmat vazifalarini belgilab beradi. Bunda har bir xodim oʻz majburiyatlarini bilishi hamda ular bajarilishi uchun javobgar boʻlishi zarur.
14. Bosh buxgalterning bajarilgan operatsiyalarni rasmiylashtirish hamda maʼlumotlarni elektron toʻlov tizimi orqali joʻnatish zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni buxgalteriyaga taqdim etish borasidagi talablari mikrokredit tashkiloti boʻlinma va xizmatlari uchun majburiydir.
Bosh buxgalter oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib bergan koʻrsatmalarning bajarilmagani yoki buzilgani uchun aybdor shaxslar belgilangan tartibda mikrokredit tashkiloti rahbarining farmoyishiga binoan mukofotdan toʻliq yoki qisman mahrum etilishi.
Mikrokredit tashkiloti boʻlinma va xizmatlari:
bajarilayotgan operatsiyalarning qonuniyligi va ular toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun toʻla javobgar hisoblanadilar;
buxgalteriya hisobini yuritish, nazorat qilish va joʻnatish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni buxgalteriyaga oʻz vaqtida topshirishlari shart.
Bu hujjatlar sifatsiz tuzilgani va rasmiylashtirilgani hamda buxgalteriya hisobi va hisobotida qayd etishga berilish vaqtidan kechikkani, hujjatlardagi maʼlumotlarning notoʻgʻriligi, shuningdek, gʻayriqonuniy operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar tuzilgani uchun bu hujjatlarni tuzgan va imzolagan mansabdor shaxslar javobgar boʻladilar. Birlamchi hujjatlarni tuzish vazifasi yuklatilgan hamda bu hujjatlarni imzolash huquqi berilgan mansabdor shaxslar roʻyxati bosh buxgalter bilan kelishiladi.
15. Moddiy javobgar shaxslar (kassir, ombor mudirlari va boshqalar)ni lavozimga tayinlash, ozod etish va boshqa lavozimga oʻtkazish masalasi bosh buxgalter bilan kelishilgan holda hal qilinadi.
16. Xodimlarga mansab maoshlari, ish haqi ustamalari hamda mukofotlarni belgilash toʻgʻrisidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh buxgalter koʻrib chiqadi va ularga imzo chekadi.
17. Bosh buxgalter quyidagi huquqlarga ega:
a) buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari toʻgʻri tashkil etilishini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar koʻrishni mikrokredit tashkiloti rahbaridan talab qilish;
b) tarkibiy boʻlinmalarda pul mablagʻlari, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish, kirimga yozish, saqlash hamda sarflash yuzasidan belgilangan tartibda amal qilinishini tekshirib turish;
v) mukofotlar hajmlarini pasaytirish yoki mukofotdan mahrum etish toʻgʻrisida takliflar berish.
18. Mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbari bosh buxgalterga ushbu Nizomda koʻzda tutilgan oʻz majburiyatlarini bajarishi hamda huquqlaridan foydalanishida atroflicha yordam berishga majbur.
Bosh buxgalter ana shu majburiyatlarni bajargani hamda oʻz huquqlaridan foydalangani uchun unga tazyiq oʻtkazish borasida qilinadigan har qanday urinishlarga qatʼiyan barham berilishi, bunga aybdor boʻlgan shaxslar esa qatʼiy javobgarlikka tortilishi lozim.
IV. Bosh buxgalterning javobgarligi
19. Bosh buxgalter quyidagi hollarda javobgar boʻladi:
a) buxgalteriya hisobi notoʻgʻri yuritilib, oqibatda buxgalteriya hisobi pala-partish holatga kelgan va buxgalteriya hisoboti buzilganda;
b) pul mablagʻlari, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish, kirimga yozish, saqlash va sarflash yuzasidan belgilangan tartibga zid operatsiyalar boʻyicha hujjatlar ijroga qabul qilingan hamda rasmiylashtirilgan hollarda;
v) mikrokredit tashkiloti hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar, shuningdek debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda notoʻgʻri amalga oshirilganda;
g) kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yoʻqotishlarni buxgalteriya balans hisobotlaridan chiqarish tartibi buzilganda;
d) buxgalteriya aybi bilan notoʻgʻri buxgalteriya hisoboti tuzilganda;
e) buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa meʼyoriy hujjatlar buzilganda.
20. Bosh buxgalter quyidagi holatlar uchun mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbari bilan bab-baravar javob beradi:
a) moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi qoidalar va nizomlar buzilishi;
b) mansabdor shaxslardan ular yetkazgan zarar summasini oʻz vaqtida undirib olmaslik;
v) kunlik, oylik, choraklik va yillik balans hisoboti va boshqa buxgalteriya hisobotlarini hamda balanslarini tegishli organlarga taqdim etish muddatlari buzilishi;
g) mikrokredit tashkiloti balans hisobotida aks ettirilgan maʼlumotlar hamda elektron toʻlovlar tizimi orqali oʻtkazilgan toʻlov hujjatlarining qonuniylik va but saqlanish hamda kunlik arxivlash tartibi uchun.
21. Bosh buxgaltyerlarning tartib-intizomi, moddiy va jinoiy javobgarligi amaldagi qonunlarga muvofiq tarzda belgilanadi.
(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-4, 25.10.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2019-y., 10/19/1728-4/3958-son)
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Mikrokredit tashkilotlari buxgalteriya xodimlarining asosiy vazifalari roʻyxati
Buxgalteriya xodimining vazifalari quyidagilar:
1. Buxgalteriya xodimi tomonidan yuritiladigan hisobvaraqlar boʻyicha mikrokredit tashkiloti mijozlari va xodimlaridan qabul qilingan hisob-kitob-pul hujjatlariga tegishli ishlov berish.
2. Kelib tushgan barcha hisob-kitob hujjatlari boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalar qonuniyligi hamda ular kreditlash va hisob-kitob qilish qoidalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan tekshirish.
Tovarlar va xizmatlar haqini toʻlash uchun yozilgan toʻlov hujjatlarida, tovar-transport hujjatlarining yoki ular oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatlarning nomyerlari hamda ulardagi summalar koʻrsatilganligi tekshiriladi;
Mikrokreditlar berish va shaxsiy ssuda hisobvaraqlarini tartibga solish bilan bogʻliq hujjatlarda mikrokredit rahbari yoki u vakolat bergan shaxsning ijozat imzolari borligi tekshiriladi.
3. Toʻlov hujjatlarida va ularga ilova qilingan tovar-transport hujjatlari yoxud ularning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatlar toʻgʻri rasmiylashtirilganligi hamda bu hujjatlar belgilangan shakldagi blanklarda tuzilganini, ularning koʻzda tutilgan barcha rekvizitlari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish;
raqam va soʻz bilan yozilgan summalarda tuzatish va qoʻshimcha raqam kiritish alomatlari yoʻqligi, qoʻshimcha raqam yozilmasligi uchun toʻlov hujjatlarida boʻsh oʻrinlarga chiziq tortilganligi;
hujjatning qoʻshimcha nusxalarining birinchi nusxasiga mos kelishi, hujjatda belgilangan tartibda imzolar va muhr izi (muhr iziga boʻlgan talab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi) borligi, ularning oldindan berilgan namunalarga mosligi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-3, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1728-3/2896-son)
chiqim orderida oluvchining pasportini koʻrsatgani toʻgʻrisidagi yozuvning toʻgʻriligi, pul va boshqa qimmatliklar olingani toʻgʻrisida egasi koʻrsatilgan cheklardagi chiqim kassa ordyerlaridagi va boshqa hujjatlardagi tilxatning mavjudligi hamda bu yozilgan tilxatlarning haqiqiyligi.
4. Maʼlum bir operatsiyalarni boshlab bergan buxgalteriyaning boshqa xodimlari imzolarini, zarur boʻlgan hollarda tegishli nazoratchi xodimlarning ulardan kelayotgan hujjatlardagi imzolarini oldindan belgilangan namunalarga solishtirish va toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshirish. Buxgalteriyaning boshqa xodimlaridan kelib tushgan hujjatlarning shakllari bajarilayotgan operatsiyalar turiga mos kelishini tekshirish.
5. Kassadan kelgan kirim hujjatlaridagi kassirlar imzolarini namunalarga qarab tekshirish.
6. Mijozlarga oʻrnatilgan tartibda berilgan naqd pullarini tegishli varaqchalarda qayd etish.
7. Ijro uchun qabul qilingan va ijrochining oʻzi tuzgan hujjatlarni imzolash.
8. “Koʻzda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlarida hisobga olinadigan pul hisob-kitob hujjatlari varaqchalarini yuritish.
9. Koʻrsatiladigan mikromoliyalash xizmatlari uchun, shuningdek hujjatlar haqini toʻlash yoki qarzlarni qaytarish muddatlari kechikkani uchun penyalar hamda foizlar summalarini hisoblash.
10. Shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlar toʻgʻriligini tekshirish. Shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlar toʻgʻri aks ettirilgani hisobvaraq debeti boʻyicha bu yozuvlar uchun asos boʻlgan asl nusxadagi hujjatlarga qarab, kredit boʻyicha esa, kelib tushgan hujjatlarning elektron nusxalariga qarab tekshiriladi.
11. Buxgalteriya hisobi maʼlumotlarini yigʻish va saqlash hamda ularni joriy arxivga oʻz vaqtida topshirish.
12. Bajarilgan operatsiyalar boʻyicha belgilangan hisobotlarni tuzish.
13. Mijozlar va boshqa mikrokredit tashkilotlari va banklarning bajarayotgan operatsiyalari hamda mazkur mikrokredit tashkilotida xizmat koʻrsatilayotgan mijozlarga doir xatlari va reklamatsiyalarini ijro etish.
14. Hujjatlar aylanish jadvaliga hamda mijozlarga xizmat koʻrsatish jadvaliga rioya etilishi.
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA
Chiqim kassa orderi shakli
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ILOVA
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-3, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1728-3/2896-son)
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
5-ILOVA

‎‎20__ yil __________ uchun
‎Bosh kitob

‎‎
Bet raqami‎‎ _____________‎


‎‎

‎_____________mikrokredit tashkiloti
‎‎‎‎
‎‎Hisobvaraq raqami _______

‎Hisobvaraq nomi _________‎
Sana‎ Izoh‎ Korrespondensiyalanuvchi hisobvaraq‎ DEBET‎ KREDIT‎ QOLDIQ‎

1.‎

2.‎

3.‎

...‎

...‎

31.‎


‎Rahbar‎ _____________________‎‎

‎_____________

(ismi-sharifi)‎

‎‎(imzo)

Bosh buxgalter ___________‎‎_____‎

_____________

(ismi-sharifi)‎

‎‎(imzo)

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-3, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1728-3/2896-son)
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
6-ILOVA
Pul mablagʻlarini hisobga olish kitobi

‎‎20__ yil ___________ uchun _______ hisobvaragʻi boʻyicha

‎Hisobot oyi boshiga boʻlgan saldo _____________________

T/r Sana‎‏ Operatsiya mazmuni‎‏ Hisobvaraqlar kreditidan hisobvaraqlar debetiga Hisobvaraqlar debetidan hisobvaraqlar kreditiga
№‎ №‎ №‎ №‎ №‎ Jami‎ №‎ №‎ №‎ №‎ Jami‎‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎
‎‎
‎Hisobot oyi oxiriga boʻlgan saldo __________________________
Rahbar‎‎ ________‎‎_____________

‎‎_________________

‎‎‎‎(ismi-sharifi)

‎‎(imzo)

Bosh buxgalter‎‎ __‎_____________‎‎

‎‎‎_________________

‎‎‎‎‎‎(ismi-sharifi)

‎‎‎‎(imzo)


(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-3, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1728-3/2896-son)
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
7-ILOVA
Berilgan mikrokredit, mikrolizing, mikroqarz va boshqa mikromoliyalash operatsiyalarni hisobga olish kitobi

‎‎20 yil ________oyi uchun
‎‎____________________ hisobvaraq boʻyicha ‎

‎‏t/r

‎‏Qarzdorning F.I.O. (Yuridik shaxsning nomi)

Hisobot davri boshiga hisobvaraq qoldigʻi‎‏

Shartnoma raqami va sanasi‎‏

Hisobvaraq kreditidan hisobvaraqlar debetiga

Hisobvaraq debetidan hisobvaraqlar kreditiga

‎‏Hisobot davri oxiriga hisobvaraq qoldigʻi

№‎‎

№‎‎

№‎‎

Jami

№‎‎

№‎‎

Jami‎‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎



‎Rahbar‎‎‎‎



‎______________________________‎‎



‎‎‎____________

(F.I.O.) ‎

‎(imzo)‎

‎‎Bosh buxgalter‎‎‎‎

______________________________‎

____________‎

(F.I.O.) ‎

‎(imzo)‎ ‎


(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-3, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1728-3/2896-son)
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
8-ILOVA
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish kitobi


‎‎‎20__ yil _____________ uchun hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish kitobi

‎_______________ hisobvaraq boʻyicha

T/r‎‏ Hisobdor shaxsning ismi–sharifi‎‏ ______ ga boʻlgan qarz qoldigʻi‎‏ Hisobot uchun berildi
‎( _____ hisobvaragʻi debetidan
‎_____ hisobvaraqlari kreditiga) ‎‎
Sarflangan
‎( ____ hisobvaragʻi kreditidan
‎_____ hisobvaraqlari debetiga) ‎‎
__________ ga boʻlgan qarz qoldigʻi‎
№‎ №‎ №‎ №‎ Jami‎ №‎ №‎ №‎ Jami‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎

‎‎Rahbar‎

‎‎_________________

‎‎_________________‎

‎‎(ismi-sharifi)

‎‎(imzo)

‎‎‎‎Bosh buxgalter‎ ‎

‎‎‎‎_________________

‎‎_________________‎

‎‎‎‎(ismi-sharifi)

‎‎(imzo)

‎‎
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-3, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1728-3/2896-son)
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
9-ILOVA
Kambaholi va tez eskiruvchi buyumlarni hisobga olish kitobi

‎20__ yil ________ uchun _________ hisobvaragʻi boʻyicha

T/r‎‏ Kambaholi va tez eskiruvchi buyumlar nomi ‎‏ Oʻlchov birligi ‎‏ Bahosi (haqiqatdagi tannarxi) ‎‏ Hisobot davri boshiga boʻlgan qoldiq‎‎‏ ____ hisobvaragʻi debeti boʻyicha hisobvaraqlar kreditiga kelib tushdi va aks ettirildi‎‎ Sarflangan va hisobvaraqlar debetiga kiritilgan‎‎ Hisobot davri oxiriga boʻlgan qoldiq‎‎‏
№ _____‎‎‎ № _____‎‎ № _____‎‎ № _____
miqdori‎ summasi‎ miqdori‎ summasi‎ miqdori‎ summasi‎ miqdori‎ summasi‎ miqdori‎ summasi‎ miqdori‎ summasi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎

‎‎Rahbar

‎‎___________________

‎‎___________________

‎‎(ismi-sharifi)

‎‎(imzo)

‎‎
‎‎Bosh buxgalter

‎‎
‎___________________

‎‎
‎___________________

‎‎(ismi-sharifi)

‎‎(imzo)

(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-3, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1728-3/2896-son)
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
10-ILOVA
Mehnatga haq toʻlashni hisobga olish kitobi
‎‎ ‎‎ ‎‎


‎20__ yil _________ uchun mehnatga haq toʻlashni hisobga olish kitobi

T/r‎‏ Ismi-sharifi‎‏ Lavozimi Hisobot
‎davri boshiga
‎boʻlgan qarz qoldigʻi (ish haqining deponentlashtirilishi)‎‏
_______ hisobvaragʻi krediti boʻyicha oborot hisobvaraqlar debetiga (hisoblab yozilgan)‎‎ _______ hisobvaragʻi debeti boʻyicha oborot hisobvaraqlar kreditiga (ushlab qolingan)‎‎ Berish uchun‎‏ Hisobot davrida berilgan‎‎‎ Hisobot davri oxiriga qarz qoldigʻi (deponentlashtirilgan ish haqi)‎ Ajratmalar va majburiy badallar‎‎
№‎ №‎ №‎ №‎ №‎ №‎ Kor. hisob. v‎ summasi‎
‎Rahbar‎

___________________‎

‎‎___________________

(ismi- sharifi)‎

(imzo)

Bosh buxgalter

__________________

‎‎___________________

(ismi- sharifi)‎

‎‎(imzo)

(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-3, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1728-3/2896-son)
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
11-ILOVA
Hisobot davri xarajatlarini hisobga olish kitobi

20 yil _________oyi uchun hisobot davri xarajatlarini hisobga olish kitobi

t/r‎‎

Hisobvaraq nomi‎‎

‎‎‎‎Xarajatlarni hisobga olish hisobvaragʻi debetidan hisobvaraqlar kreditiga‎‎
‎‎

‎‎‎‎Xarajatlar hisobvaragʻi kreditidan hisobvaraqlar debetiga
‎‎

Xarajatlar qoldigʻi‎‎

№‎‎

№‎‎

№‎‎

Jami‎

№‎‎

№‎‎

№‎‎

Jami‎

Oy boshiga‎‎

Oy oxiriga‎‎



‎Rahbar‎‎‎‎



‎______________________________‎‎



‎‎‎____________

(F.I.O.) ‎

‎(imzo)‎

‎‎Bosh buxgalter‎‎‎‎

______________________________‎

____________‎

(F.I.O.) ‎

‎(imzo)‎ ‎


(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-3, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1728-3/2896-son)
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
12-ILOVA
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish kitobi

‎‎
‎20__ yil _________________ uchun

T/r‎‏ Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar turi‎‏ Qisqacha tavsif‎‏ Foydali xizmat muddati‎‏ ‎‎Hisobot davri boshiga boʻlgan qoldiq
soni‎ qiymati‎ shu jumladan qayta baholash summasi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎

‎Davomi‎‎
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar harakatlanishi Hisobot davri oxiriga boʻlgan qoldiq
‎‎Debet (kirim) ‎‎Kredit (chiqib ketishlar) Chiqib ketish sababi‎‏ soni‎‏ qiymati‎‏ shu jumladan, qayta baholash summasi‎‏
soni‎ Boshlangʻich qiymati‎ Qiymatning oʻzgartirilishi‎ Soni‎ Toʻplangan eskirishning hisobdan chiqarilishi‎ Balans qiymatining hisobdan chiqarilishi‎
8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎ 17‎

‎‎Rahbar

___________________

‎‎_________________

‎‎(ismi-sharifi)

(imzo)‎‎

‎‎Bosh buxgalter

‎‎___________________

‎‎_________________

‎‎(ismi-sharifi)

‎‎(imzo)

(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-3, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1728-3/2896-son)
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
13-ILOVA

‎‎_____________________ mikrokredit tashkiloti‎‎‎

‎‎Bet raqami ______

‎‎‎Naqd pul kirimi boʻyicha kassa kitobi

‎‎
‎Oy ____________ Yil _________ ‎

Sana‎‏

Hisobvaraq raqami‎‏

Kassa hujjati raqami

Summa‎‏

Shartnoma ‎‎

raqami‎

sanasi‎ ‎

(13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
14-ILOVA

‎‎________________ mikrokredit tashkiloti‎‎‎

‎‎Bet raqami ______

‎‎‎Naqd pul chiqimi boʻyicha kassa kitobi

‎‎
‎Oy ____________ Yil _________

‎‎

‎Sana

‎Hisobvaraq raqami‎

Kassa hujjati raqami‎‏

‎Hujjat (qaydnoma va boshqalar) raqami

‎Summa

Shartnoma‎

raqami‎

sanasi ‎ ‎

(14-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-3, 08.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1728-3/2896-son)
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
16-ILOVA

‎‎Mikrokredit tashkiloti ________________________________________


‎‎‎KREDIT VARAQChASI

‎‎Ssuda hisobvaraq raqami _________

‎‎Qarzdor raqami __________

Ismi _________________________

‎‎Manzil ______________________‎___

Taʼminot turi

‎‎Pasport raqami ________________

‎‎Aholi punkti ____________________‎

‎‎Mulk _______

‎‎Koʻchmas mulk_______

‎‎Tugʻilgan sanasi ________________

Sektor __________________________

‎‎Kafolat ______________

‎‎Taʼminlanmagan ________

‎‎Telefon raqami ________________




‎‎‎‎_____________________________
‎Qarzdor/Aʼzo imzosi

‎‎Boshqalar _________________


‎_____________________________
‎Bosh buxgalter imzosi‎‎‎

‎‎_____________________________‎‎
‎Rahbar imzosi

‎‎Kafillar:

‎‎Manzil ________________________

‎‎Ismi _________________

‎‎Aholi punkti ___________________

‎‎Telefon raqami _______________

‎‎Sektor _________________________

Kredit maqsadi ____________________
‎____________________

‎‎Kafil raqami _________________

‎‎Manzil ________________________

Ismi ________________________

‎‎Aholi punkti ___________________

‎‎Telefon raqami_______________

‎‎Sektor ______________________‎__

‎‎Kafil raqami ________________

‎‎Qarz majburiyatini roʻyxatga olish

‎‎

‎‎

Qoʻshma/guruhiy kreditlash‎‎

‎‎Kreditlar boʻyicha boshqa aʼzolarga kafolatlar

Qarz majburiyatlar raqami‎

Tasdiqlangan kredit sanasi‎

Summa‎

Toʻlov muddati‎

Toʻlov summasi‎

Yillik foiz stavkasi‎

Toʻliq undirish sanasi‎

Qarzdor raqami‎

Ismi‎

Boshqa taʼminot turi‎

Sana‎

Qarzdor ismi‎

Qarz majburiyatlar raqami‎

Summa‎

Toʻlov sanasi ‎

‎_______

‎‎Olinishi lozim boʻlgan ssudalar

Berilgan summa‎

Toʻlangan summa‎

‎‏Qoldiq

Olingan foizlar‎

Olingan ustama‎

Muddati oʻtgan toʻlov uchun penya‎

Toʻlov sanasi foizda

Toʻlov raqami‏

Muddati oʻtishni nazorat qilish

Qoʻshimcha axborotlar

‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏

Sana‎

Eslatma #-‎

DEBET‎

KREDIT‎

KREDIT‎

KREDIT‎

KREDIT‎

Kreditlarni soʻndirish ustuniga muvofiq qoldiq‎

Sana

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

(16-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-3, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1728-3/2896-son)
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
17-ILOVA

‎‎Bet raqami ______‎

‎‎
‎‎KASSA KITOBI‎‎

‎‎__________________ mikrokredit tashkiloti

‎Sana ______________________‎‎
Kirim‎
Mikrokredit‎‎
Mikroqarz‎‎
Mikrolizing‎‎
Toʻlovlarning muddati oʻtganligi uchun toʻlov‎‎
Foizlar‎‎
Ustamalar
Boshqa tushumlar: (oʻtkazish)
‎______________‎‎
Jami naqd tushum: (A)‎‎
‎‎
‎‎Chiqim:‎‎
Mikrokredit‎‎‎‎
Mikroqarz‎‎
Boshqa chiqimlar (oʻtkazish)‎‎
Jami naqd chiqim (V)
‎‎
Koʻpayish (kamayish) naqd pulda (A) - (B)‎‎
MINUS: Naqd pul kamayishi‎‎
PLYUS: Naqd pul koʻpayishi‎‎
Naqd pulda sof koʻpayish (kamayish) ‎‎
‎‎
PLYUS: Kun boshiga qoldiq‎‎
‎‎
‎‎Kun oxiriga qoldiq**
‎‎
Oʻrnatilgan kassa limiti qoldigʻi‎‎
‎‎
‎‎Kassir tomonidan taqdim etilgan summaga teng boʻlishi lozim

‎Tayyorladi
‎Tekshirdi‎

‎Sana:
‎Sana:‎
(17-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
18-ILOVA
Asosiy vositalar inventar varaqchasi shakli
‎‎____________________ mikrokredit tashkiloti

№________‎‎

‎‎
‎ASOSIY VOSITALAR INVENTAR VARAQChASI

‎‎Hisobvaraq raqami:________________
‎Sub-hisobvaraq raqami:________________

‎Aktivlar roʻyxati: ________________
‎_________________________________
‎Aktivlar raqami: _________________
‎Olingan sana: ____________________

‎Aktivlar joylashtirilishi: ________

‎Sotilgan sana: ___________________

‎Chiqib ketgan sana: ________________

‎Chiqib ketish uslubi _______________

‎‎Eskirishni hisoblash
‎usullari: ________________________
‎Tugatish bahosi: __________________
‎Foydali xizmat muddati: __________
‎Inventarizatsiya sanasi: ___________
‎Sotib olish qiymati **: ___________

‎Tasdiqlangan sana: ________________

‎Sotilgan sana: ___________________

‎Tasdiqlangan sana: ________________
Sana‎ Taʼrif‎‎ Debet‎ Kredit‎ Balans‎
‎‎‎
‎‎‎
‎‎‎
‎‎‎
‎‎‎
‎‎‎
‎‎‎
‎‎‎
‎‎‎
‎‎
** Barcha soliqlar hisobga olingan holda, transportirovka va oʻrnatish boʻyicha xarajatlar
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
19-ILOVA
Ishonchnoma

‎‎Ishonchnoma №__________


‎‎‎Berilgan sana 20__ yil “____”________________________________________
‎Ishonchnoma 20__ yil “____” __________________ gacha haqiqiy hisoblanadi.

‎__________________________________________________________________

‎‎Mikrokredit tashkiloti nomi va uning manzili

‎‎Ishonchnoma berilgan shaxs ___________________________________________

‎‎Lavozimi va F.I.Sh.

‎‎Pasport seriyasi ________________ № ___________________
‎Kim tomonidan berilgan ____________________________________________
‎Berilgan sana __________________ yil “___” __________________________

‎_______________________________________________________________ dan

‎‎Etkazib beruvchi nomi

‎‎__________________________________________________________________

‎‎Hujjat nomi, raqami va sanasi

‎‎boʻyicha moddiy boyliklarni olish uchun.

‎Orqa tomoni
‎‎

Olinadigan moddiy boyliklar
‎ROʻYXATI

№‎ Moddiy boyliklar nomi‎ Oʻlchov birligi‎ Soni (yozuv bilan)‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎

‎‎Ishonchnomani olgan shaxsning imzosini _________ tasdiqlaymiz.

_____________‎

_________________________‎

imzo

F.I.Sh.‎

_____________‎

_________________________‎

imzo ‎

F.I.Sh. ‎

(19-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-3, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1728-3/2896-son)
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
20-ILOVA
Shaxsiy hisobvaraqlarni raqamlash tartibi toʻgʻrisida koʻrsatmalar
1. Mikrokredit tashkilotlarida ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlar ichki hisobvaraqlar boʻlib, ular mijozlarga ajratiladigan mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing va boshqa mikromoliya xizmatlari boʻyicha mablagʻlar hisobini yuritish uchun hamda mikrokredit tashkilotlarining ichki xoʻjalik operatsiyalari hisobvaraqlariga boʻlinadi.
Bunda mikrokredit tashkilotida yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorga hisobvaraqlar, shuningdek mikrokredit tashkilotining ichki faoliyati boʻyicha hisobvaraqlar ularning bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha Bank depozitorlarining milliy axborot bazasida berilgan xos raqami bilan, jismoniy shaxslarga hisobvaraqlar “99XXXXXX” tartibida har bir jismoniy shaxs uchun alohida ixtiyoriy shakllantirilgan xos raqam bilan ochiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
2. Mikrokredit tashkilotining ichki xoʻjalik hisobvaraqlariga ichki faoliyati hisobini yuritish uchun ochiladigan hisobvaraqlar kiradi. Xususan, asosiy vositalar hisobini yuritish hisobvaraqlari, daromad va xarajatlar hisobvaraqlari, kassa hisobvaraqlari va boshqalar shular jumlasidandir. Bu hisobvaraqlar Mikrokredit tashkiloti tomonidan mustaqil ravishda ochiladi. Bunda mikrokredit tashkilotining ichki faoliyatidagi barcha operatsiyalar toʻliq aks ettirilishi kerakligi hisobga olinadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
Shaxsiy hisobvaraqlar nomyerlari 20 razryaddan iborat boʻladi.
Mikrokredit tashkilotining ichki shaxsiy hisobvaragʻi tuzilishi quyidagi koʻrsatkichlardan iboratdir:
CCCCC‎‎ VVV‎‎ ‎‎NNN
bunda:
SSSSS — Bosh kitobning balans hisobvaragʻi;
VVV — Valyuta kodi;
NNN — Faqat shu balans hisobvaragʻi boʻyicha mikrokredit tashkilotida qayd etilgan shaxsiy hisobvaraq tartib raqami.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
Bosh kitobning balans hisobvaragʻi raqami hisobvaraqlar rejasiga muvofiq aniqlanadi, valyuta kodi “Jahon mamlakatlari va valyutalar tasniflagichi”ga asosan belgilanadi, nazorat kalitini mikrokredit tashkilotlar oʻzi hisoblab chiqaradi.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
Bitta balans hisobvaragʻida shaxsiy hisobvaraqning tartib raqami (mikrokredit tashkilotining ichki hisobvaraqlari uchun) doimo “001” dan “999” gacha boʻlgan tartib raqamlaridan boshlanadi (1-jadvalga qarang).
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1728-1, 03.06.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 239-modda)
3. Mijozlar hisobvaraqlariga mikrokredit tashkiloti tomonidan mijozlarga ajratiladigan mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing va boshqa mikromoliya xizmatlari boʻyicha mablagʻlar hisobini yuritish uchun ochiladigan hisobvaraqlar kiradi.
Mijozlar shaxsiy hisobvaraqlarining nomyerlari ularda hisobga olinadigan mablagʻlar va qimmatliklarning xarakteriga qarab 20 razryad (raqam)dan iborat boʻladi.
Mijozlar shaxsiy hisobvaragʻining strukturasi quyidagi koʻrsatkichlardan tarkib topadi:
CCCCC‎‎ VVV‎‎ ‎‎NNN
bunda:
SSSSS — Bosh kitobning balans hisobvaragʻi;
VVV — Valyuta kodi;
NNN — Shu balans hisobvaragʻi boʻyicha shaxsiy hisobvaraqning tartib raqami.
Shaxsiy hisobvaraqning tartib raqami doimo “001” dan “999” gacha boʻlgan tartib raqami bilan belgilanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 41-42-son, 426-modda; 2011-y., 22-23-son, 239-modda; 2015-y., 37-son, 494-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1728-3/2896-son; 25.10.2019-y., 10/19/1728-4/3958-son)