|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.05.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“AUDITORLIK FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 29-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda maʼqullangan
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi OʻRQ-677-sonli “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi 734-XII-sonli Qonuniga (2000-yil 26-mayda qabul qilingan 78-II-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 149-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 21-modda bilan toʻldirilsin:
“21-modda. Auditorlik faoliyatining asosiy prinsiplari
Auditorlik faoliyati mustaqillik, xolislik, erkinlik, professional malakalilik va maxfiylik prinsiplari asosida amalga oshiriladi”;
2) 3-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Auditor mehnat shartnomasi boʻyicha yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha faqat bitta auditorlik tashkiloti bilan ishlashi mumkin”;
3) 5-modda beshinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik bir foizi mazkur auditorlik tashkilotining shtatdagi bir yoki bir necha auditoriga tegishli boʻlishi kerak (auditorlik tashkiloti — chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki shuʼba korxonasi tuzilgan hollar bundan mustasno). Auditor (auditorlar) faqat bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori) boʻlishi mumkin;
auditorlik tashkilotining shtat birligi tegishli malakaga ega boʻlgan shtatdagi auditorlarning eng kam soniga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak”;
4) 6-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olingan davrda xoʻjalik yurituvchi subyektga professional xizmatlar koʻrsatish, bundan buxgalteriya hisobini yoʻlga qoʻyish, tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish mustasno;
auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga aʼzo boʻlib kirish”;
5) 7-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi yettinchi—toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvlari natijalariga doir auditorlik xulosalari va auditorlik hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida mavjud boʻlishini hamda ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashi;
auditorlarning bir yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan oʻtishlarini taʼminlashi;
auditorlik tashkilotlarini majburiy reyting baholash uchun auditorlarning respublika jamoat birlashmasi soʻroviga koʻra axborot toʻkdim etishi”;
yettinchi xatboshisi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin;
6) 15-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga koʻra auditorlik tashkiloti va ushbu organlar oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida oʻtkaziladi hamda unga mazkur shartnoma asosida haq toʻlanadi”;
7) 16-modda:
“v” kichik bandidagi “ushbu Qonunning 17-moddasida” degan soʻzlar “ushbu Qonun 17-moddasi birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Auditorlik tashkiloti aynan bir xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyatini ketma-ket uch yildan ortiq auditorlik tekshiruvidan oʻtkazishga haqli emas”;
8) 21-moddaning ikkinchi qismi:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga auditorlik tashkiloti tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi hamda uch yilda kamida bir marta mazkur masalalar yuzasidan tekshiruv oʻtkazadi”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“auditorlik tashkiloti rahbarini uch yilda bir marta attestatsiyadan oʻtkazadi”;
yettinchi—toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi—oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
9) 25-modda:
ikkinchi qismi “ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini tugatishga sabab boʻlgan qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan auditorlik tashkiloti rahbarining, shuningdek auditorning malaka sertifikati amal qilishi litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran tugatiladi”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
kuyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining uchinchi — beshinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra malaka sertifikatining amal qilishi tugatilgan shaxs auditor malaka sertifikati amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch yil mobaynida malaka sertifikati olish toʻgʻrisidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli emas”;
10) 26-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan asoslarga koʻra malaka sertifikati bekor qilingan shaxs auditor malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch yil mobaynida malaka sertifikati olish toʻgʻrisidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli emas”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2007-yil 19-sentabrdagi 186 (4339)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-sentabr,
OʻRQ-110-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)