Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2008
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
QARORI
QIShLOQ XO‘JALIGI TOVAR IShLAB ChIQARUVChILARI TOMONIDAN YAGONA YER SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 4-sentabrda 1102-6-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-oktabrdagi “Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yagona yer solig‘ini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-2086-sonli Farmoniga qo‘shimchalar kiritish haqidagi” PF-3886-sonli Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2007-yil, 25-26-son, 259-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 31-yanvardagi 29, 2002-27-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona yer solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaning (2002-yil 5-mart, ro‘yxat raqami 1102 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5-son; 2003-y., 1-2-son; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 7-son, 87-modda; 2005-y., 5-6-son, 44-modda; 2006-y., 28-29-son, 276-modda; 2007-y., 4-5-son 52-modda) 18-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar ixtiyoriy tugatilganda yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan boshlab yagona yer solig‘ini hisoblab yozish to‘xtatiladi.
Ixtiyoriy tugatish, shuningdek tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish va faoliyatini tiklash tartib-taomillari qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan taqdirda soliq imtiyoz qo‘llanadigan butun davr uchun to‘liq hajmda olinadi”.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 16-avgust,
78-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 16-avgust,
2007-52-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 35-36-son, 371-modda)