Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
oʻzbekiston respublikasi davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
AYRIM TURDAGI TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN ShUGʻULLANAYOTGAN YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLAR UChUN QATʼIY BELGILANGAN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 13-fevralda 1218-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2004-yildagi parametrlari toʻgʻrisida”gi 567-son qaroriga asosan qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2003-yil 31-yanvardagi 24-son va 2003-19-son qarori (2003-yil 16-fevral, roʻyxat raqami 1218-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 4-son) bilan tasdiqlangan Alohida turdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shuQullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun qatʼiy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“pul (buyum) yutuqli tavakkalchilikka asoslangan oʻyin avtomatlari, shu jumladan oʻyin avtomatlari zallarini tashkil etish boʻyicha faoliyat;”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri M.B. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2004-yil 30-yanvar,
27-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi J.B. SAYFIDDINOV
Toshkent sh.,
2004-yil 30-yanvar,
2004-17-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 6-son, 79-modda)