Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 18.10.2009
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Qarori
“BANKLARNI RO‘YXATGA OLISh VA ULARGA LITSENZIYA BERISh TARTIBI TO‘FRISIDA”GI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘FRISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 14-mayda 630-5-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2014, 08.10.2009-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3, 7, 17 va 51-moddalariga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul massasi o‘sishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli Farmonining 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. 1998-yil 9-noyabrdagi 22-sonli “Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga (Adliya vazirligida 1999-yil 11-fevralda 630-son bilan ro‘yxatga olingan) 1-ilovaga muvofiq 5-sonli o‘zgartirish kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan o‘n kun o‘tgach kuchga kiritilsin.
Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 20-aprel,
9/18-son
O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvining
2002-yil 20-apreldagi
qaroriga 1-ilova
(9/18-sonli bayonnoma)
“Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida”gi
Nizomga o‘zgartirishlar
1. Kirish qismidagi “boshqa qonunlarini hamda qonun hujjatlariga muvofiq” so‘zlarini “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli “Pul massasi o‘sishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-yil, 5-6-son, 38-modda) va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq” so‘zlari bilan o‘zgartirilsin.
2. 5.9-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Xususiy bank ustav kapitalining eng kam miqdori 1,25 mln. AQSh dollari miqdorida belgilanadi va faoliyatining dastlabki uch yili davomida o‘zgartirilmaydi”.