|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq isteʼmol tovarlari koʻrgazmalari va yarmarkalarini oʻtkazish sohasida “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi faoliyatini faollashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 29-dekabrdagi 270-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “Oʻzulgurjisavdoinvest” ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tomonidan xalq isteʼmol tovarlari koʻrgazmalari va yarmarkalarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev
Toshkent sh.,
2007-yil 16-fevral,
35-son
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 16-fevraldagi 35-son qaroriga
ILOVA
2007-yil 16-fevraldagi 35-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro yarmarka savdosi respublika markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1999-yil 4-martdagi 97-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzkoʻrgazmasavdo” doimiy ishlovchi respublika yarmarka savdosi markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 5-sentabrdagi 340-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 56-modda) va qarorga ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qaroriga ilovaning 21-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 5-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga 1-ilovaning 24-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-9-son, 48-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 66-modda)