1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
“TASDIQLAYMAN”
O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qo‘mitasi
raisi o‘rinbosari S. Aripov
10.12.1997-y.
05/8-374-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KELINADIGAN TOVARLARNING BOJXONA QIYMATINI BELGILASh BO‘YIChA
Yo‘riqnoma
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 13-yanvarda 390-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 18-apreldagi 8/02-22-9-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash bo‘yicha yo‘riqnoma, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 390-4, 27.04.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
I. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.
1.11. Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullaridan biri orqali aniqlanadigan va bojxona to‘lovlarini hisoblash maqsadida foydalaniladigan tovar qiymatidir.
1.2. O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlanishi xalqaro amaliyotda foydalaniladigan umumiy tamoyillarga asoslanadi.
1.3. Tovarning bojxona qiymati bojxona qiymati deklaratsiyasini (bundan buyon matnda BQD deb yuritiladi) to‘ldirgan holda tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga ma’lum qilinadi.
1.4. Tovarning bojxona qiymati deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan keltirilgan usullariga binoan ma’lum qilinadi.
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usuli to‘g‘ri tanlanganligi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 319-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
II. Bojxona qiymatini aniqlash usullari va ularni qo‘llash tartibi
2.1. Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash quyidagi usullarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi:
olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha;
aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha;
o‘xshash tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha;
qiymatlarni chegirib tashlash asosida;
zaxira usul.
2.2. Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha aniqlash usuli (bundan buyon matnda 1-usul deb yuritiladi) olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi.
Agar olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning 1-usulini qo‘llash mumkin bo‘lmasa, ushbu Yo‘riqnomaning 2.1-bandining uchinchi — yettinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan usullar ketma-ketlikda qo‘llaniladi. Bunda har bir keyingi usulning qo‘llanilishiga, agar bojxona qiymatini aniqlashda oldingisidan foydalanish mumkin bo‘lmasa, yo‘l qo‘yiladi. Qiymatlarni chegirib tashlash va qo‘shish usullari teskari ketma-ketlikda qo‘llanilishi mumkin.
2.3. 1-usul qiymatli negizga ega bo‘lgan tashqi savdo bitimlariga muvofiq olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda qo‘llaniladi.
2.4. Aynan bir xil va o‘xshash tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha usullar (bundan buyon matnda 2 va 3-usullar deb yuritiladi) ilgari 1-usul bilan aniqlangan aynan bir xil yoki o‘xshash tovarlarga doir bitim qiymatidan bojxona qiymatini belgilash uchun asos qilib olinadigan baza sifatida foydalanishga asoslangan. Bunda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan amalda mavjud bo‘lgan tashqi savdo bitimlarining narxi va tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi chegarasi orqali olib o‘tilishi to‘g‘risidagi hujjatlar asosida tasdiqlangan ma’lumotlarni qo‘llaydi.
2.5. Qiymatlarni chegirib tashlash va qo‘shish usullari (bundan buyon matnda 4 va 5-usullar deb yuritiladi) bojxona qiymatini hisob-kitob qilishning prinsipial jihatdan boshqacha negizini nazarda tutadi: 4-usul tovarlarning dastlabki holati o‘zgarmagan holatda (yoki qayta ishlangan holatda, agar qayta ishlanganlik holati tovarlarning narxiga ta’sirini aniqlash mumkin bo‘lsa) sotiladigan narxga asoslanadi; 5-usul tovar eksporter mamlakatda ishlab chiqarish va olib chiqish uchun ketgan xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlarga asoslanadi. Mazkur usullarning qo‘llanilishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish muayyan qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ularning qo‘llanilishi ketma-ketligi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
2.6. Zaxira usuli (bundan buyon matnda 6-usul deb yuritiladi) bundan oldingi usullardan hech birini qo‘llash imkoniyati mavjud bo‘lmaganda qo‘llaniladi. Ushbu usul bo‘yicha bojxona qiymati bojxona organlarida mavjud bo‘lgan narx ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Bojxona organlari BQDda mavjud bo‘lgan axborotlarni yig‘ish, umumlashtirish va tizimlashtirilishini, shuningdek, ushbu axborotlarni o‘zaro almashinuvini ta’minlaydi.
Agar bojxona organi tovarning bojxona qiymatini mustaqil ravishda aniqlaydigan bo‘lsa, u 1 — 5-usullarning shartlarini qo‘llashda bir muncha qayishqoqlikni nazarda tutuvchi 6-usuldan foydalanadi.
III. Tovarning bojxona qiymatini 1-usul bo‘yicha aniqlash
3.1. 1-usul olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini bitim qiymati bo‘yicha, ya’ni olib kirilayotgan tovar bojxona chegarasini kesib o‘tayotgan paytda tovar uchun amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan, ushbu Yo‘riqnomaning 3.9 va 3.91-bandlari qoidalari hisobga olingan holda tuzatilgan narx bo‘yicha aniqlashni nazarda tutadi.
3.2. 1-usuldan quyidagi hollarda bojxona qiymatini aniqlash uchun foydalanilishi mumkin emas, agar:
a) sotib oluvchining baholanayotgan tovardan foydalanishga yoki uni tasarruf etishga bo‘lgan huquqlariga nisbatan cheklovlar mavjud bo‘lsa, bundan qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlar yoxud tovar qayta sotilishi mumkin bo‘lgan geografik mintaqadagi cheklovlar yoki tovarning qiymatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydigan cheklovlar mustasno;
(3.2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
b) tovar bojxona hududiga qiymat asosiga ega bo‘lmagan bitim bo‘yicha olib kirilgan bo‘lsa;
v) sotish yoki bitimning bahosi ta’sirini hisobga olish mumkin bo‘lmagan shartlarga rioya etilishiga bog‘liq bo‘lsa (ayirboshlash, kontraktatsiya, qayta ishlash shartnomalari);
g) tovarni keyinchalik qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etishdan tushgan tushumning istalgan qismi sotuvchiga bevosita yoki bilvosita o‘tsa va bunda tovarning qiymatiga O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksning 304-moddasiga muvofiq tegishli tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘lmasa;
d) tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan foydalanilgan ma’lumotlar hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lmasa;
e) bitimning taraflari (sotib oluvchi va sotuvchi) bir-biriga o‘zaro bog‘liq shaxslar bo‘lsa, bundan ularning o‘zaro bog‘liqligi bitimning bahosiga ta’sir etmagan hollar mustasno, bu esa deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan isbotlanishi lozim.
3.3. Sotib oluvchining olib kiriladigan tovarlarga doir huquqlariga nisbatan muayyan cheklovlar mavjud bo‘lganda 1-usul qo‘llanilmaydi. Shu sababli 1-usulning qo‘llanilishiga imkon bermaydigan cheklovlarni va ushbu usulning qo‘llanilishiga ruxsat beriladigan cheklovlarni aniq farqlay bilish zarur.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq sotib oluvchining baholanayotgan tovarga doir huquqlariga nisbatan cheklovlar mavjud bo‘lganda ham 1-usulning qo‘llanilishiga ruxsat beriladigan cheklovlarning faqat uchta turi belgilangan:
(3.3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
a) O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlar. Bunda quyidagi tarzdagi cheklovlar nazarda tutiladi, masalan, muayyan tovarni import qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasiga nisbatan cheklovlar va hokazo. Jumladan, yadroviy, kimyoviy, zaharlovchi moddalar, giyohvandlik moddalari importi faqat qat’iy cheklangan doiradagi shaxslarga ruxsat etiladi;
(3.3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
b) tovarlar qayta sotilishi mumkin bo‘lgan geografik mintaqadagi cheklovlar. Bunda tovarning qayta sotilishi bo‘yicha alohida shaxslar uchun hududiy cheklovlar nazarda tutiladi.
Masalan, sotuvchi tovarni O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘zining sotuvchilariga sotadi va barcha hududni ularning har birida alohida sotuvchisi bo‘lgan 10 ta qismga bo‘ladi. Bunda sotuvchilarning har biri tovarni faqat muayyan hududda sotishi mumkinligi to‘g‘risidagi shart qo‘yiladi;
v) tovarning qiymatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydigan cheklovlar. Agar narxga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan shart mavjudligi haqida ma’lum qilinsa, unda 1-usulning qo‘llanilishi faqat bunday shart natijasida narxning miqdoriy o‘zgarishi hujjatlar asosida belgilangan holdagina mumkin bo‘ladi. Agar narxga miqdoriy ta’sir qilishni belgilash va hujjatlar asosida tasdiqlash mumkin bo‘lmasa, unda bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usullariga o‘tish kerak bo‘ladi.
Masalan, sotuvchi tibbiy jihozni sotib oluvchiga undan O‘zbekiston Respublikasida faqat xayriya maqsadlarida foydalanadi degan shart bilan sotadi. Bunda 1-usul qo‘llanilishi mumkin emas, chunki sotib oluvchining tovardan foydalanish huquqiga nisbatan cheklov mavjud va bu xildagi shart bitim qiymatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday holda bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usullari qo‘llanilishi kerak.
Cheklovlarning 1-usuldan foydalanish imkoniyatiga ta’sir ko‘rsatishi nuqtai nazaridan olganda, bunday cheklovlarni baholashdagi asosiy mezon u yoki bu shartning bitim qiymatiga ta’sir ko‘rsatish darajasidir. Cheklov bitim narxiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydigan holda u 1-usuldan foydalanishga to‘sqinlik qilmaydi.
Agar sotib oluvchi huquqiga nisbatan yana qandaydir boshqa cheklovlar mavjud bo‘lsa, unda 1-usul qo‘llanilmaydi.
3.4. 1-usul qiymat asosiga ega bo‘lmagan tashqi savdo bitimlariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. Jumladan:
a) tovarning bepul yetkazib berilishi.
Masalan, sotuvchi sotib oluvchiga namuna sifatida 5 ta kresloni yetkazib berdi. Mazkur holatda oldi-sotdi shartnomasi mavjud emas;
b) tovar konsignatsiya shartlarida yetkazib berilgan.
Masalan, yetkazib beruvchi o‘z agentiga bir turkum kartoshka mahsulotini yetkazib beruvchi uchun qulayroq shartlarda sotish uchun yetkazib beradi. Ushub holatda agent kartoshka mahsulotini sotib olmaydi, ya’ni uning egasiga aylanmaydi; kartoshka mahsulotini sotishdan ko‘rilgan foydani yetkazib beruvchi oladi (agentga uning sotishga doir xarajatlari va ish haqi to‘lanishi hisobga olingan holda);
v) tovarning vositachiga sotilmasdan vositachi orqali yetkazib berilishi.
Masalan, yuridik shaxs bo‘lgan kompaniya Belgiyada joylashgan va Toshkentda o‘z nomidan faoliyat yuritmaydigan o‘z filialiga ega. Ular o‘rtasidagi tovar yetkazib berilishi oldi-sotdi bitimi tushunchasiga kirmaydi;
g) tovarlarning barter yoki kompensatsion operatsiyalar doirasida yetkazib berilishi, agar tovarlar narxi ko‘rsatilmagan bo‘lsa;
d) tovarlarning ijara shartnomalari (lizing) bo‘yicha yetkazib berilishi. Mazkur holatda tovarga mulkchilik qilish huquqi ijaraga beruvchidan ijaraga oluvchiga o‘tmaydi, mulkdor tovardan foydalanganlik huquqi uchun foydaning bir qismini oladi va tovarni muayyan vaqtdan so‘ng uning egasiga (ijaraga beruvchiga) qaytarishi mumkin;
e) tovarlarning vaqtincha olib kirish maqsadida yetkazib berilishi.
Masalan, mulkdor (yetkazib beruvchi) tomonidan muayyan vaqtdan so‘ng yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim bo‘lgan mashinani iste’molchiga vaqtincha olib kirish shartlarida yetkazib beradi;
j) tovarlarning kontraktda nazarda tutilgan kafolatlar hisobiga yetkazib berilishi. Etkazib berilgan uskuna uchun kafolat muddati davomida alohida mexanizmlari ishdan chiqdi. Ularni almashtirish uchun yangi detallar yetkazib beriladi.
3.5. Bitimning tuzilishida, agar baholanadigan tovarlar qiymatini aniqlashga va binobarin, bitim qiymatining bojxona maqsadlari uchun qabul qilinishiga to‘sqinlik qiladigan shartlar bitim shartlari sifatida ilgari surilgan bo‘lsa, bunday holatda 1-usulning qo‘llanilishi mumkin emas. Quyidagilar mana shunday shartlarga kiradi:
sotuvchi import qilinadigan tovarlarga narxni sotib oluvchi, shuningdek, muayyan miqdorlardagi boshqa turdagi tovarlarni ham tovarning har bir turiga narx ko‘rsatilmagan holda sotib oladi degan shart asosida belgilaydi.
Masalan, 5000 pul birligi summasidagi charm buyumlari yetkazib berilyapti. Etkazib beruvchi import qiluvchining qiymati noma’lum bo‘lgan 2 ming juft poyabzalni ham qo‘shimcha ravishda sotib olishini shart qilib qo‘yadi;
import qilinadigan tovarlarning narxi mana shunday tovarlar sotib oluvchining import qilinadigan tovarlarning sotuvchisiga sotadigan boshqa tovarlarning narxi yoki narxlariga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, sotuvchi 1000 pul birligi summasidagi elektr tovarlarini sotyapti. Sotib oluvchi esa ushbu sotuvchiga bunday tovarlarni ishlab chiqarish uchun releni sotyapti. Bunda sotuvchi relening narxini — 10000 pul birligi degan shartni qo‘yadi. Shunday qilib, elektr uskunalari narxi rele narxining ta’siri “sinovidan o‘tadi”;
narx import qilinadigan tovarlarga aloqasi bo‘lmagan haq to‘lash shakli asosida belgilanadi.
Masalan, import qilinadigan tovarlar sotuvchi tayyor mahsulotlarning muayyan miqdorini olish sharti asosida yetkazib beradigan yarim tayyor mahsulotlardan iborat bo‘ladi. Sotuvchi 10000 pul birligiga yog‘och-taxta sotayapti. Sotib oluvchi yog‘och-taxtadan jami 1000 dona stolni ishlab chiqaradi. Sotuvchi shart qo‘yadi: sotib oluvchi yog‘och-taxta uchun haq to‘lash hisobiga 500 ta stolni yetkazib beradi, stollar qiymati aniqlanmagan;
oldi-sotdi shartnomasi faqat ushbu sotuvchidan sotib olish shartini nazarda tutadi;
Bunday shartlar mavjud bo‘lganda ularning bitim qiymatiga ta’sir etgan yoki etmaganligini va bunday ta’sirni miqdoriy jihatdan belgilash mumkin yoxud mumkin emasligini aniqlash kerak bo‘ladi. Faqatgina shartning qiymatga ta’siri miqdoriy jihatini belgilash mumkin bo‘lsa hamda ma’lum qilingan narx haqiqatda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan narx bo‘lsagina, 1-usulni qo‘llash mumkin.
Bunday holatda bitim shartlarini ko‘rib chiqishda, shuningdek, umum qabul qilingan tusga ega bo‘lgan va tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilariga tegishli bo‘ladigan (yoki ularga taqdim etilishi mumkin bo‘lgan) yetkazib berish shartlarni va tanlangan tusdagi hamda umum qabul qilinmagan yetkazib berish shartlarini farqlay bilish lozim. Quyida tashqi iqtisodiy faoliyatda mavjud bo‘lgan, 1-usulning qo‘llanilishiga ruxsat etadigan tovar yetkazib berishning umum qabul qilingan shartlari keltirilgan:
tovar yetkazib berishlarning barcha umum qabul qilingan shartlari (avvalo, INKOTERMSga kiritilgan yetkazib berish shartlari);
bitimlarni tuzish va tovar yetkazib berilishini amalga oshirishning “ekspertni jalb etish (ekspert xulosasi mavjudligi) sharti bilan xarid qilish”, “tovarni muayyan sanagacha yetkazib berish sharti bilan xarid qilish” singari umum qabul qilingan shartlari, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalari uchun umumiy bo‘lib hisoblanadigan va bitim narxiga ta’sir qilmaydigan (tovar soniga qarab chegirmalar berish, mazkur sotuvchining “ishonchliligi” va x.k.) boshqa shartlar. Masalan, agar mazkur sotib oluvchiga tovarni har doim aynan shu sotuvchidan sotib olganligi uchun qiymatidan chegirma qilinishi umum qabul qilingan amaliyot deb hisoblanadigan bo‘lsa, unda bunday chegirma va binobarin, bitim qiymati e’tirof etilishi kerak va 1-usul qo‘llanilishi lozim;
sotib oluvchining sotuvchiga O‘zbekiston Respublikasida tayyorlangan texnik topshiriqlar yoki chizmalarni taqdim etish;
sotib oluvchining u import qiladigan tovarlarning sotilishiga doir qandaydir harakatlarni o‘z hisobidan (ehtimol, hatto sotuvchi bilan kelishuvga ko‘ra) amalga oshirish, masalan, sotib oluvchi haqini to‘laydigan reklama bo‘yicha faoliyat.
3.6. Agar tuzilgan shartnoma shartlariga ko‘ra sotib oluvchi tovarning keyinchalik qayta sotilishi, tasarruf etilishi yoki undan foydalanilishidan so‘ng tushgan tushumning bir qismini sotuvchiga o‘tkazishi kerak bo‘lsa-yu, lekin, bunday qism miqdori yoki uni aniqlash usuli shartnomada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 1-usulning qo‘llanilishi mumkin emas.
Agar shartnoma shartlariga ko‘ra, tushumning beriladigan qismi miqdorini hisoblab chiqarish mumkin bo‘lsa, unda bojxona qiymati ikki bosqichda aniqlanadi.
Birinchi bosqich. Bojxona qiymati tovar olib kirilishi vaqtida 1-usul bilan aniqlanadi va uning muomalaga chiqarilishi belgilangan tartibda bojxona organining belgisi qo‘yilgan holda amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqich. Tovarni keyinchalik qayta sotilishi, tasarruf etilishi yoki undan foydalanilgandan so‘ng deklarant yoki bojxona brokeri olingan tushum miqdori va sotuvchiga beriladigan summa to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etadi.
Mana shunday ma’lumotlar asosida bojxona qiymati va, binobarin, undirilishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari summasiga tuzatishlar kiritiladi.
3.7. Deklarant yoki bojxona brokeri ma’lum qiladigan tovarning bojxona qiymati va uni aniqlashga taalluqli taqdim etiladigan ma’lumotlar to‘g‘ri, miqdoriy jihatdan aniqlash mumkin bo‘lgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotga asoslanishi kerak. BQDda ko‘rsatilgan summalar sotib oluvchi haqiqatda to‘lagan yoki to‘lashi lozim bo‘lgan summalar sifatida hujjatlar asosida tasdiqlangan bo‘lishi shart.
Bunda to‘lovlar bevosita yoki bilvosita O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirilishi mumkin.
(3.7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Mana shunday talabga muvofiq ravishda bojxona qiymati faqat uning BQDda ko‘rsatilgan hamma elementlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlan taqdirda, 1-usul bilan aniqlanishi mumkin, shu jumladan:
bitim narxi — yetkazib berilganga to‘langan hisob-faktura (invoys) orqali;
bitim qiymatiga qo‘shimcha hisoblanmalar — to‘lov va tovarning kuzatuv hujjatlari orqali;
hisobdan chiqariladigan (chegiriladigan) xarajatlarning summalari — to‘lov, tovarning kuzatuv va bojxonaga doir hujjatlar orqali.
1-usul hujjatlar asosida tasdiqlanmasa qo‘llanilishi mumkin emas.
Tovarning u eksport qilingan mamlakatdan chegara orqali O‘zbekiston Respublikasiga olib o‘tilishi va sotib oluvchidan mana shunday tovar o‘rniga pullik hisob-kitoblar (to‘lovlar)ning qabul qilingan shakllariga muvofiq teng keladigan pul summasini yoki tovarni olish uchun asos bo‘ladigan, qiymatga doir baholash yoki uning hisob-kitob usulini o‘z ichiga olgan tashqi savdo shartnomaning (kontraktning) mavjudligi 1-usulni qo‘llash sharti hisoblanadi.
Masalan — sotib oluvchilar zanjiri mavjudligida bojxona qiymatining aniqlanishi.
Sotuvchi
1-sotib oluvchi
2-sotib oluvchi
3-sotib oluvchi
(A) Xitoy
(B) Kanada
(V) AQSh
(S) O‘zbekiston
10000$
15000$
20000$
?
Tovar Xitoydagi sotuvchidan Kanada va AQShdagi sotuvchilar orqali O‘zbekistonga kelib tushadi va erkin muomalaga chiqarish uchun deklaratsiyalanadi. Bunda bitim narxi quyidagi tarzda o‘zgaradi:
A dan B ga — 10000 AQSh dollari;
B dan V ga — 15000 AQSh dollari;
V dan S ga — 20000 AQSh dollari.
Sotib oluvchilar zanjiri mavjudligida tovarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududida erkin muomalaga chiqaradigan shaxsning xarid narxi bitim narxi sifatida olinadi. Ushbu misolda 3 (S) — sotib oluvchining 20000 AQSh dollariga teng xarid narxini bitim narxi sifatida qabul qilish kerak bo‘ladi.
3.8. O‘zaro bog‘liq shaxslar deganda quyidagi belgilarning hech bo‘lmaganda bittasiga mos keladigan shaxslar tushuniladi:
bitim taraflarining biri (jismoniy shaxs) yoki bitim taraflaridan birining mansabdor shaxsi ayni vaqtda bitim boshqa tarafining mansabdor shaxsi bo‘lsa;
bitim taraflari yuridik shaxsga birgalikda egalik qiluvchilar bo‘lsa;
bitim taraflarining biri (jismoniy shaxs) boshqa taraf bilan mehnat munosabatlari bo‘yicha bog‘liq bo‘lsa;
bitim taraflarining biri bitim boshqa ishtirokchisining ustav fondida (ustav kapitalida) ovoz berish huquqi bilan ustav fondining (ustav kapitalining) kamida besh foizini tashkil etuvchi hissaga (payga) egalik qilsa yoki aksiyalarining egasi bo‘lsa;
bitimning har ikkala tarafi bevosita yoki bilvosita uchinchi shaxs tomonidan nazorat qilinayotgan bo‘lsa;
bitimning taraflari bevosita yoki bilvosita uchinchi shaxsni nazorat qilayotgan bo‘lsa;
bitimning bir tarafi va (yoki) uning mansabdor shaxsi bevosita yoki bilvosita bitimning ikkinchi tarafini nazorat qilayotgan bo‘lsa;
bitim taraflari va (yoki) ularning mansabdor shaxslari qarindosh bo‘lsa.
Sotuvchi bilan sotib oluvchining o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, bunday bog‘liqlikning bitim narxiga ta’siri to‘g‘risidagi ma’lumotlar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan ko‘rsatiladi.
Sotuvchi bilan sotib oluvchi o‘rtasida aloqa mavjudligining o‘zi bitimning ma’lum qilingan qiymatini tan olmaslik va 1-usulni qo‘llashni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi.
Olib kiriladigan tovarga doir bitim taraflarining o‘zaro bog‘liqlik belgilari mavjud bo‘lgan taqdirda bojxona organi bitimning amaldagi holatlarini o‘rganib chiqishi kerak.
Agar bojxona organi bitim taraflarining o‘zaro bog‘liqligi bitim bahosiga ta’sir ko‘rsatmagan deb topsa, ushbu bitim bojxona qiymatini aniqlash uchun qabul qilinadi. Aks holda, bojxona organi deklarantga yoki bojxona brokeriga mazkur o‘zaro bog‘liqlik bitim narxiga ta’sir ko‘rsatmaganligini isbotlovchi dalillarni o‘ttiz kalendar kundan oshmagan muddatda taqdim etish zarurligi to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi.
Deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga ko‘ra amalga oshirilgan bitimning narxi tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun qabul qilinadi, agar deklarant yoki bojxona brokeri bitimning qiymati baholanayotgan tovar olib kirilishidan oldin yoki olib kirilganidan so‘ng o‘ttiz kalendar kun ichida tovarning olib kirilayotganda bojxona organi rozi bo‘lgan quyidagi qiymatlarning biriga yaqinligini isbotlay olsa:
O‘zbekiston Respublikasida o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan sotib oluvchilarga aynan bir xil yoki o‘xshash tovarlar sotilayotgandagi bitimning qiymatiga;
aynan bir xil yoki o‘xshash tovarning qiymatlarini chegirib tashlash usuli bo‘yicha aniqlangan bojxona qiymatiga;
aynan bir xil yoki o‘xshash tovarning qiymatlarini qo‘shish usuli bo‘yicha aniqlangan bojxona qiymatiga.
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqqoslash uchun taqdim etilgan, ushbu bandning o‘n beshinchi — o‘n sakkizinchi xatboshlarida ko‘rsatilgan bitimning bahosiga va tovarning bojxona qiymatiga quyidagi mezonlar bo‘yicha farqlar hisobga olingan holda tuzatishlar kiritiladi:
tijorat shartlari;
miqdori;
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksning 304-moddasida sanab o‘tilgan xarajatlar;
o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi bitimda sotuvchining xarajatlari, agar bunday xarajatlar sotuvchi tomonidan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxs bilan tuzilgan bitimda amalga oshirilmasa.
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqqoslashga taqdim etilgan aynan bir xil yoki o‘xshash tovarning bitim bahosidan yoki bojxona qiymatidan baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun bitimning bahosi o‘rniga foydalanilishi mumkin emas.
3.81. Sotuvchi bilan sotib oluvchi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lgan holatlarda bojxona organlarining asosiy harakatlari:
Bundan ilgari ushbu tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi bilan bitimlar bo‘lgan-bo‘lmaganligi va ular yuzasidan qanday e’tirozlar bo‘lganligini tekshirish; bojxona organida mavjud bo‘lgan mazkur bitimga bevosita yoki bilvosita tegishli bo‘lgan axborotni tahlil etish.
Bojxona organlari zarur axborotga ega bo‘lgach, o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi aynan bir xil yoki o‘xshash tovarlar yuzasidan tuzilgan bitimlar yoxud 4 yoki 5-usullar bo‘yicha aniqlangan bojxona qiymati bilan nazoratli taqqoslashlarni mustaqil ravishda amalga oshirishi mumkin. Agar bunday axborot o‘zaro bog‘liqlik bitim qiymatiga ta’sir qilmagan deb xulosa chiqarish uchun yetarli bo‘ladigan holda ma’lum qilingan qiymat bojxona organi tomonidan deklarantdan yoki bojxona brokeridan qo‘shimcha axborotni so‘ramasdan qabul qilinadi va bojxona qiymatini aniqlash uchun 1-usul qo‘llaniladi. Keyingi tekshiruv (tahlil) o‘tkazilmaydi.
Bunday o‘zaro bog‘liqlikning tovar qiymatiga ta’sirini tahlil etish. Tekshiruv (tahlil etish) jarayonida sotuvchi bilan sotib oluvchining tijorat munosabatlarining xususiyati va tashkil etilishi; tovarni sotish shartlari; buyurtmalar qay tarzda berilganligi; tovar qiymati qanday hisoblangani, narxning qanday belgilangani va hisobvaraqqa kiritilganligi; haq to‘lash qay tarzda amalga oshirilgani, to‘lovlarning qanday o‘tkazilganligi va x.k. ko‘rib chiqiladi.
Agar tekshiruv (tahlil etish) jarayonida sotuvchi bilan sotib oluvchi garchi o‘zaro bog‘liq shaxslar bo‘lsa-da, ularning bir-biridan tovarlarni sotib olishi va sotishi ular o‘rtasida go‘yo bunday bog‘liqlik bo‘lmagani holda sodir etiladigani tarzdagi kabi yuz berishi aniqlansa, unda bunday o‘zaro munosabatlar qiymatga ta’sir qilmagan deb qabul qilinadi. Masalan, agar qiymatning ushbu sanoat tarmog‘idagi narxni belgilashga doir oddiy amaliyotga muvofiq yoki sotuvchining sotish narxini u bilan bog‘liq bo‘lmagan sotib oluvchilarga sotishidagi kabi yo‘l bilan tayinlashi aniqlansa, unda bu hol kontragentlarning o‘zaro munosabatlari qiymatga ta’sir ko‘rsatmaganligini tasdiqlaydi.
Agar tekshiruv (tahlil) sotuvchi bilan sotib oluvchining o‘zaro bog‘liqligi bitim qiymatiga ta’sir qilmaganligini tasdiqlasa, bunday qiymat qabul qilinishi mumkin deb e’tirof etiladi va bojxona qiymatini aniqlash uchun 1-usul qo‘llaniladi. Aks holda 2 — 6-usullar qo‘llaniladi.
Deklarantga yoki bojxona brokeriga o‘zaro bog‘liqlikning bitim qiymatiga ta’siri bo‘lmaganligini isbotlash imkoniyatini berish va deklarant yoki bojxona brokeri taqdim etgan dalillarni ko‘rib chiqish;
Agar bojxona organida deklarant yoki bojxona brokeri ma’lum qilgan bitim qiymatini qabul qilmaslikka asos mavjud bo‘lsa bunday asoslarni yozma shaklda ma’lum qilish;
Deklarantning yoki bojxona brokerining arizasiga binoan shaxslar o‘zaro bog‘liqligining bitim qiymatiga ta’sirining tekshiruvi (tahlili) natijalarini kutib o‘tirmasdan bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usullariga o‘tish;
Ushbu tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisini maxsus hisobga olib qo‘yish.
Shuni hisobga olish kerakki, bojxona organi o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi va shu jumladan, uning bitim qiymatiga ta’siri yuzasidan yetarli darajadagi asosli shubhalar bo‘lmaganda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisini maxsus nazorat ostiga olib qo‘yishi mumkin. Bunday nazorat tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisining boshqa bitimlarni rasmiylashtirishidagi faoliyatini kuzatish uchun kerak va mana shundan keyingina zarur bo‘lgan holatda va zarur bo‘lgan axborotlar yig‘ilganda tekshiruv (tahlil) o‘tkaziladi.
Shuni nazarda tutish kerak bo‘ladiki, tekshiruvning (tahlilning) o‘tkazilishi va o‘zaro bog‘liq shaxslar o‘rtasidagi bitim sharoitlarini o‘rganish sotuvchi bilan sotib oluvchi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan hamma holatlarda ham amalga oshirilishi kerak emas. Bu tarzdagi o‘rganish faqat bojxona organida qiymatning qabul qilinishi maqbulligi yuzasidan yetarli darajadagi asosli shubhalar mavjud bo‘lgandagina talab etiladi. Qiymatning qabul qilinishi maqbulligi yuzasidan bojxona organida shubha uyg‘onmaganda bunday narx deklarantga yoki bojxona brokeriga qo‘shimcha axborotlarni so‘rab murojaat qilmasdan qabul qilinadi (masalan, agar bojxona organi bundan ilgari mazkur kontragentlar o‘rtasidagi mavjud aloqani o‘rgangan yoki ular to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarga ega bo‘lsa).
Bitimning bir qiymati yoki bojxona qiymatining boshqa qiymatga qanchalik “juda yaqinligini” belgilashda qator omillarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi. Bunday omillar import qilinadigan tovarlar xususiyatini; tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlarini; tovar import qilinadigan mavsumni, shuningdek, farqning qiymatda tijorat mohiyatiga ega yoki ega emasligi omilini hisobga olishi zarur. Bunday omillarning turli hollarda bir xil bo‘lmasligi uchun universal andoza, masalan, qat’iy belgilangan foizini har bir alohida holda qo‘llanilishi mumkin bo‘lmasligi kabi. Masalan, bir xildagi tovarga tegishli holatda qiymatlardagi unchalik jiddiy bo‘lmagan farq qabul qilinmasligi mumkin, ayni bir vaqtda esa boshqa bir xildagi tovarga tegishli holatda qiymatlardagi ancha jiddiy farqning bemalol qabul qilinishi ham mumkin.
Shunday qilib, har bir aniq holatda maxsus tekshiruv (tahlil) o‘tkazilishi va ushbu ishga vaziyatdan kelib chiqqan holatda qaror qabul qilinishi lozim.
3.82. Ko‘rib chiqilayotgan bitim shartlarining muvofiqligini hisobga olgan holda bojxona qiymatini aniqlashning 1-usuli qo‘llanilishi mumkinligi belgilangandan so‘ng ma’lum qilingan qiymatga tuzatish kiritish O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 304-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Haqiqatda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan qiymatning, ya’ni sotib oluvchi sotuvchiga haqi to‘lagan amaldagi xarajatlarning belgilanishi har doim bojxona qiymatini aniqlash uchun asosiy negiz bo‘ladi.
Har qanday holda ham deklarant yoki bojxona brokeri bitim qiymatini tasdiqlash uchun BQDni to‘ldirishda, haqi to‘langan yoki to‘lanmaganligidan qat’iy nazar, sotuvchining ushbu tovarga haq to‘lanishi uchun qo‘ygan hisobvaraqni taqdim qilishi shart.
Agar bojxona rasmiylashtiruvi paytida tovar uchun haq to‘lanishi amalga oshirilgan bo‘lsa, unda sotuvchi qo‘ygan va sotiboluvchi haqini to‘lagan hisobvaraq uning tasdig‘i sifatida taqdim etiladi.
Agar tovarning bojxona rasmiylashtiruvi paytida sotib oluvchi sotuvchi taqdim etgan hisobvaraqning haqini to‘lamagan bo‘lsa, unda bojxona organiga haqi to‘lanmagan hisobvaraq taqdim etiladi va shu hisobvaraq bo‘yicha BQDda ko‘rsatilgan summaning hisobvaraqdagi summaga muvofiqligi tekshiriladi.
Bunda agar bitim shartlariga doir faktura qiymatiga chegirmalar nazarda tutilgan bo‘lsa va bojxona rasmiylashtiruvi paytida tovarga hisob uchun haq to‘lanishi ushbu chegirmalar inobatga olinib amalga oshirilgan bo‘lsa, bojxona qiymatini aniqlashda amalda to‘langan summa asos etib qabul qilinadi (ya’ni chegirmalar inobatga olinadi). Bojxona organi ushbu to‘lovni tasdiqlovchi bank hujjatlarini talab qilish huquqiga ega, sotib oluvchi ko‘rsatilgan hujjatlarni bojxona organiga taqdim etishga majbur.
Haqi to‘lanmagan hisoblar bo‘yicha to‘lov shartlari bo‘yicha chegirmalar qabul qilinmaydi. Hisobning haqi to‘langanidan keyin bojxona qiymatiga tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Hisobvaraq bo‘lmaganda 1-usul qo‘llanilmaydi va bojxona qiymatini boshqa usullar bilan aniqlanadi. Agar taqdim etilgan hisobvaraq bojxona organida shubha uyg‘otsa (muhrlar, sotuvchi yoki sotib oluvchi rekvizitlari yo‘qligi, ma’lumotlarning noaniq ifodalanishi va x.k.), unda bojxona organi bitim qiymatini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlarni (bank, tijoratchilik va x.k.) talab qilishga majbur.
3.9. Bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeri taqdim etgan hujjatlarga binoan bitim qiymatini qabul qilgandan so‘ng tovarning bojxona qiymatini hisob-kitob qilish uchun unga qo‘shimcha hisoblanmalar yoki chegirmalarni belgilashi zarur. Bitim qiymatining tarkibi tovarni yetkazib berish shartlariga bog‘liq bo‘ladi.
Faqat O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 304-moddasida belgilangan xarajatlar qiymatga qo‘shimchalar sifatida kiritilishi mumkin:
a) tovarni bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlar:
tashish qiymati. Tashish qiymatiga tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan joygacha tashish xarajatlari, agar bu xarajatlar yetkazib berish shartlariga muvofiq bitimning narxiga kiritilmagan bo‘lsa kiradi. Bunda agar tashish turli xil transport vositalarida amalga oshirilsa, har bir transport vositasi uchun xarajatlar inobatga olinadi.
Tashish xarajatlariga shuningdek fraxt uchun qo‘shimcha to‘lovlar, tovarni olib kirganlik uchun to‘lov (tovarning kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtiruvi uchun xarajatlar), tashish vaqtida tovarlarga ishlov berish xarajatlari (tovarning saqlanishini ta’minlanishi uchun kerakli haroratni, namlikni ushlab turish, havo aylanilishi, yo‘lda hayvonlarning ozuqa bilan ta’minlanishi va muolaja qilishi va x.k. uchun qilinadigan xarajatlar) kiritiladi.
EXW va FAS yetkazib berish shartlarida tovarni eksport mamlakatidan olib chiqishda sotib oluvchi tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflangan xarajatlar inobatga olinadi.
Agar yetkazib berish beg‘araz yoki sotib oluvchi o‘zining transport vositalari yordamida amalga oshirilgan bo‘lsa, unda yuklarni tashish paytidagi tegishli transport vositalari uchun amalda bo‘lgan tariflar bo‘yicha hisoblangan tashish xarajatlari summasi bojxona qiymatiga qo‘shiladi. Istisno tariqasida, avtomobil transporti orqali tashish tariflari to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lmagan taqdirda, tashish qiymati korxonaning (jamiyatning) tegishli buxgalterlik hisob-kitob hujjatlariga asosan tashish xarajatlarining summasini belgilashga ruxsat etiladi;
tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga to‘kish xarajatlari. Ushbu xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan joygacha yuzaga kelgan bo‘lsa, ular bojxona qiymatiga kiritiladi.
Masalan, agar yetkazib berish shartlariga binoan tovarni yetkazish sotuvchining majburiyatiga kirmasa va shundan kelib chiqib, tegishli xarajatlar tovar qiymatiga qo‘shilmagan bo‘lsa, unda yetkazib berish sotib oluvchining hisobidan amalga oshiriladi. Tovarni yo‘lda bir transport vositasidan boshqa transport vositasiga qayta yuklash (agarda yetkazib berish turli xil transport vositalari orqali amalga oshirilgan bo‘lsa), ularni yo‘lda tushirish va shu kabi holatlarning yuzaga kelishi natijasidagi hamma xarajatlar bojxona qiymatiga qo‘shilishi kerak;
sug‘urta qiymati. Sug‘urta qiymatiga tovarni yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan sug‘urtalash xarajatlari kiradi, ya’ni tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga to‘kish davrini sug‘urtalash;
b) sotib oluvchi tomonidan qilingan xarajatlar:
vositachilik va brokerlik haqlari, bundan tovarni xarid qilishdagi vositachilik xarajatlari mustasno. Tovarni xarid qilishdagi vositachilik haqlari deganda, sotib oluvchi (komitent) baholanayotgan (olib kirilayotgan) tovarni chet elda uni taqdim etish va unga kerakli bo‘lgan tovarni topib berish uchun komissionerga to‘lab beriladigan haqlar tushuniladi;
konteynerlar va (yoki) ko‘p marta ishlatiladigan boshqa idishlarning qiymati, agar ular O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq baholanayotgan tovar bilan bir butun deb qaralsa;
o‘rov-joylov qiymati, shu jumladan o‘rash-joylash materiallarining va o‘rash-joylash ishlarining qiymati;
v) sotuvchi sotib oluvchiga bepul yoki arzonlashtirilgan narxda bevosita yoxud bilvosita taqdim etadigan xizmatlarning va boshqa tovarlarning qiymati;
g) intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun sotib oluvchi baholanayotgan tovarni sotish sharti sifatida bevosita yoki bilvosita to‘lashi kerak bo‘lgan litsenziya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar;
d) olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, o‘zgacha tarzda tasarruf etish yoki undan boshqa tarzda foydalanishdan tushgan tushumning bevosita yoki bilvosita sotuvchiga tegishi kerak bo‘lgan har qanday qismining qiymati;
Ushbu bandning “a” — “d” bandlarida ko‘rsatilgan, bitimning narxiga kiritiladigan xarajatlar tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sug‘urta qilish, brokerlik xizmati) uchun haq to‘langanligi to‘g‘risida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, to‘lov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi.
Ushbu bandda ko‘rsatilmagan xarajatlarni bitim narxiga qo‘shishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Turli nomdagi tovarlardan tashkil topgan tovarlarning bitta turkumi yetkazib berilganda, bojxona hududiga olib kirilgan tovarlardan har birining bojxona qiymatiga qo‘shilishi lozim bo‘lgan hamda tovarlarning butun turkumi uchun belgilangan xarajatlarni aniqlash har bir tovar qiymatining tovarlar turkumining qiymatiga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikka mutanosib ravishda, transport xarajatlarini hisobga olishda esa, tovarlarning og‘irligiga yoxud hajmiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
3.91. Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitim narxidan quyidagi to‘lovlar va xarajatlar, basharti ular bojxona hududiga olib kiriladigan tovar uchun haqiqatda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan narxdan ajratib olingan bo‘lsa, chiqarib tashlanadi:
sanoat qurilmalari, mashinalar yoki uskunalar kabi tovarlar bojxona hududiga olib kirilganidan keyin amalga oshirilgan uskunalarni qurish, o‘rnatish, yig‘ish, montaj qilish, sozlash va ularga xizmat ko‘rsatish yoki texnik ko‘maklashish xarajatlari;
tovar bojxona hududiga olib kirilganidan keyin qilinadigan transport xarajatlari;
tovarni olib kirish yoki sotish bilan bog‘liq holda O‘zbekiston Respublikasida to‘lanadigan bojxona to‘lovlari va boshqa to‘lovlar, agar kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlariga ko‘ra bu to‘lovlar sotuvchi tomonidan to‘lansa.
Bitimning narxidan chiqarib tashlanadigan to‘lovlar va xarajatlar, bundan O‘zbekiston Respublikasida to‘lanadigan bojxona to‘lovlari mustasno, tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sug‘urta qilish) uchun haq to‘langanligi to‘g‘risida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, to‘lov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi.
IV. Tovarning bojxona qiymatini 2-usul bo‘yicha aniqlash
4.1. 2-usul bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati qabul qilinishini nazarda tutadi.
Aynan bir xil tovar deganda:
baholanayotgan tovar bilan fizik xususiyatlariga, sifatiga va bozordagi qadriga ko‘ra bir xil bo‘lgan;
baholanayotgan tovar qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgan bo‘lsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilgan va O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish uchun sotilgan;
baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni o‘sha shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tushuniladi.
4.2. Tovarning tashqi ko‘rinishidagi juz’iy farqlar, agar bunday tovar qolgan jihatlari bilan ushbu Yo‘riqnomaning 4.1-bandida ko‘rsatilgan shartlariga muvofiq bo‘lsa, unga aynan bir xil deb qarashni rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qila olmaydi.
Masalan, bir holatda bog‘ va poliz uchun insektitsidli purkagich qismlarga bo‘lingan va suyuqliksiz (kimyoviy moddasiz) yetkazib beriladi. Ikkinchi holatda esa zaharlovchi dorilar to‘ldirilgan va yig‘ilgan holatdagi xuddi shunday purkagichlar yetkazib beriladi.
Purkagich ikkita yig‘ma qismdan iborat bo‘ladi: a) nasos va qopqog‘iga biriktirilgan uchlik va b) zaharli kimyoviy moddalar uchun konteyner (idish). Qismlarga bo‘lingan purkagichlarni ishlaydigan holatga keltirish uchun konteyner suyuqlik bilan to‘ldiriladi va qopqog‘i berkitiladi. Shunday qilib, ishlatish uchun tayyorlangan purkagichlar taqqoslasa bo‘ladigan (o‘xshash) holga keladi, hamma jihatlariga ko‘ra, shu jumladan, fizik xususiyatlari va qadriga ko‘ra bozorda xuddi shunday tovarlar tarzida taqdim etiladi, bundan bir mamlakatda u qismlarga bo‘lingan holda, boshqasida esa yig‘ilgan holda qo‘yilishi bundan mustasnodir. Yig‘ishga doir operatsiya aynan bir xil yoki o‘xshash tovarlar tarzida ko‘rib chiqilayotgan yig‘ilmagan yoki yig‘ilgan tovarlardagi farqlarning bartaraf etilishiga olib keladi. Shunday qilib, tovarlarning bir holatda yig‘ilgan holda, boshqa holatda esa — qismlarga bo‘lingan holda yetkazib berilishi ularni aynan bir xil tovarlar tarzida ko‘rib chiqishni istisno eta olmaydi.
4.3. Agar tovarning bitim qiymati O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatini o‘z ichiga olgan bo‘lsa, aynan bir xil tovar deb hisoblanmaydi.
4.4. Agar aynan bir xil tovar bojxona hududiga:
baholanayotgan tovar olib kirilguniga qadar to‘qson kalendar kun ichida olib kirilgan bo‘lsa;
taxminan o‘sha miqdorda va (yoki) o‘sha tijorat shartlarida olib kirilgan bo‘lsa, aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitimning qiymati baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida qabul qilinadi.
Agar tovarni o‘sha miqdorda va o‘sha tijorat shartlarida bojxona hududiga olib kirish hollari mavjud bo‘lmasa, boshqacha miqdorda va boshqa tijorat shartlarida olib kirilgan aynan bir xil tovarning ushbu farqlar hisobga olinib bitimning narxiga tuzatishlar kiritilgan holdagi qiymatidan foydalanish mumkin.
Agar aynan bir xil tovar uchun ushbu Yo‘riqnomaning 3.9-bandi ikkinchi qismining “a” bandida ko‘rsatilgan xarajatlarning qiymati baholanayotgan tovar uchun shunday xarajatlarning qiymatidan masofa va transportning turlaridagi tafovut tufayli ancha farq qilsa, aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga ko‘ra aniqlanadigan bojxona qiymatiga tegishli tarzda tuzatishlar kiritilishi kerak.
Baholanayotgan tovarning bojxona qiymatiga tuzatishlar kiritish deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan to‘g‘ri va hujjat bilan tasdiqlangan ma’lumotlar asosida amalga oshirilishi lozim.
Masalan, “LG” kir yuvish mashinasi Xitoydan oluvchi X tomonidan bepul import qilinadi. Xuddi shunday turdagi mashina sotib oluvchi Y tomonidan Janubiy Koreyadan savdo bitimi natijasida import qilinadi.
“a”
Etkazib beruvchi
(Xitoy)
Bepul yetkazib berish
“LG” kir yuvish mashinalari
(10 dona)
Oluvchi
(X)
“b”
Sotuvchi
(Janubiy Koreya)
Aynan bir xil tovarni yetkazib
berish bo‘yicha savdo bitimi
(100 dona)
Bojxona qiymati = 2450 AQSh dollari
Sotib oluvchi
(Y)
a) tovar uchun 1-usulni qo‘llash mumkin emas, chunki olib kirish uchun savdo bitimi mavjud emas. b) tovarning bojxona qiymatini belgilash uchun 1-usul qo‘llanilgan. Oluvchi X va sotib oluvchi Y olib kirgan kir yuvish mashinalari aynan bir xil tovarlar hisoblanadi. b) tovarning bojxona qiymati aniqlanganligi sababli uni bepul yetkazib beriladigan tovarlarga, ularning miqdoriga qarab zarur tuzatishlar kiritilgan tarzda 2-usul bilan aniqlash uchun jalb etish kerak bo‘ladi.
Agar 2-usul qo‘llanilganda aynan bir xil tovarga doir bir nechta bitim aniqlansa, baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun bahosi eng past bo‘lgan aynan bir xil tovarga doir bitim qo‘llaniladi.
V. Tovarning bojxona qiymatini 3-usul bo‘yicha aniqlash
5.1. 3-usul bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun o‘xshash tovarga doir bitimning qiymati ushbu bo‘limda ko‘rsatilgan shartlarga rioya etgan holda asos sifatida qabul qilinishini nazarda tutadi.
O‘xshash tovar deganda:
baholanayotgan tovar bilan har jihatdan bir xil bo‘lmasa-da, u bilan o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lganligi va tarkib jihatdan o‘xshashligi tufayli bir xil vazifalarni bajara oladigan hamda tijorat nuqtai nazaridan, shu jumladan sifati, bozordagi qadri, tovar belgisining mavjudligiga ko‘ra uning o‘rnini bosa oladigan;
baholanayotgan tovar olib kirilguniga qadar to‘qson kalendar kun ichida olib kirilgan;
baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni o‘sha mamlakatda ishlab chiqarilgan va O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish uchun sotilgan;
baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tushuniladi. Baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar mavjud bo‘lmagan taqdirda boshqa shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar o‘xshash tovar sifatida qabul qilinadi.
5.2. 3-usuldan foydalanishda 2-usulni qo‘llashdagi kabi qoidalar qo‘llaniladi.
Masalan, bir-biriga o‘xshagan bo‘limli doiralardagi rezina pokrishkalar bir mamlakatda joylashgan ikkita turli ishlab chiqaruvchilardan import qilinmoqda. Har bir ishlab chiqaruvchining o‘z savdo markalaridan foydalanishiga qaramasdan rezina pokrishkalar bir xil standartlar, sifatga ega, import qiluvchi mamlakatning avtomobil sanoatida foydalaniladi va bir xil qadrga ega.
Mana shunday ma’lumotlar asosida quyidagicha xulosalar chiqarilishi mumkin:
a) ushbu rezina pokrishkalar turli savdo markalariga ega bo‘lganligi sababli ular aynan bir xil tovarlar sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin emas;
b) shu bilan birga, garchi pokrishkaning xossalari hamma jihatlariga ko‘ra bir xil bo‘lmasa-da, biroq ular bir-biriga o‘xshash xususiyatlarga va tarkibiy materiallarga ega, bu ularning bir xil funksiyalarni bajarishiga imkon beradi. Tovarlarning bir xil standartlarni hisobga olib bajarilgani, sifati va bozordagi qadri jihatidan bir xilligi va savdo markasiga egaligi sababli ularni o‘xshash tovarlar sifatida ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi.
5.3. Agar bitimning qiymati O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatlarini o‘z ichiga olsa, tovar o‘xshash tovar deb hisoblanmaydi.
3-usuldan foydalanilayotganda ushbu Yo‘riqnomaning 4.4-bandi qoidalari qo‘llaniladi.
Tuzatishlar kiritishga nisbatan qo‘yiladigan talablar 2-usul bo‘yicha tuzatishlar kiritishga qo‘yiladigan talablar singari bo‘ladi.
Masalan:
“a”
Etkazib beruvchi (Xitoy)
Bepul yetkazib berish (kafolat hisobiga) “Samsung” kir yuvish mashinasi — 10 dona
(yetkazib berish vaqti 01.01.2017-y.)
Oluvchi
(R)
“b”
Sotuvchi (Janubiy Koreya)
O‘xshash tovarni yetkazib berish bo‘yicha savdo bitimi “LG” kir yuvish mashinasi — 1000 dona;
Bojxona qiymati = 245000 AQSh dollari (yetkazib berish vaqti 05.10.2016-y.)
“v”
Sotuvchi
(Xitoy)
O‘xshash tovarni yetkazib berish bo‘yicha savdo bitimi “Koning” kir yuvish mashinasi — 20 dona;
Bojxona qiymati = 4300 AQSh dollari (yetkazib berish vaqti 20.11.2016-y.)
“g”
Sotuvchi
(Germaniya)
O‘xshash tovarni yetkazib berish bo‘yicha savdo bitimi “Bosch” kir yuvish mashinasi — 1500 dona;
Bojxona qiymati = 450000 AQSh dollari
(yetkazib berish vaqti 25.12.2016-y.)
Ushbu holatda aynan bir xil bo‘lmagan tovarlar taqdim etilgan, chunki tovarlar turli savdo markasiga va tashqi bezatilishi jihatidan prinsipial farqlarga ega. Bu o‘rinda gap bir xildagi xususiyatlarga ega va bir xildagi materiallardan tayyorlangan o‘xshash tovarlar haqida borayapti. Savdoda ular o‘zaro bir-birining o‘rnini bosadi.
“b”, “v”, “g” bandlarida keltirilgan tovarlar 1-usul bilan aniqlangan bojxona qiymatiga ega.
“a” tovar uchun 1-usulni qo‘llash mumkin emas, chunki sotib olish fakti mavjud emas. 2-usul ham qo‘llanilishi mumkin bo‘lmaydi, chunki aynan bir xil tovarlarning bojxona qiymati mavjud emas. Shunday qilib, bunday holda 3-usul qo‘llanilishi kerak bo‘ladi. “b”, “v”, “g” tovarlarning bojxona qiymati aniqlanganligi sababli uni bepul yetkazib berilgan “a” tovarning hisob-kitobi uchun asos baza sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Biroq ushbu holatda o‘xshash tovarlarga doir 3 ta bitimdan eng past narxga ega bo‘lganini tanlash zarur. Bu holatda “v” variantdagi yetkazib berilgani eng maqbuli bo‘lishi mumkin, chunki tovar birligining narxi 215 AQSh dollaridan iborat. Shunday qilib, zarur tuzatishlar kiritish amalga oshirilgach, “v” tovarning bojxona qiymatidan “a” tovarni baholash uchun foydalanish kerak.
Agar deklarant yoki bojxona brokeri ixtiyorida aynan bir xil va o‘xshash tovarlarning bojxona qiymati to‘g‘risidagi axborotlar mavjud bo‘lmasa, unda bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usullariga o‘tilishi lozim.
VI. Tovarning bojxona qiymatini 4-usul bo‘yicha aniqlash
6.1. 4-usul baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida:
bojxona hududida dastlabki holati o‘zgarmagan holatda;
baholanayotgan tovar bojxona hududiga olib kirilguniga qadar to‘qson kalendar kun ichida katta miqdorlarda (bir nechta turkumlarda);
shunday tovarni sotuvchi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan shaxsga sotilayotgan, baholanayotgan, aynan bir xil yoki o‘xshash tovar birligining narxi qabul qilinishini nazarda tutadi.
6.3. Baholanayotgan, aynan bir xil yoki o‘xshash tovar birligining narxidan quyidagi xarajatlar chegirib tashlanadi:
to‘lanadigan yoxud to‘lashga kelishilgan vositachilik haqi yoki foyda uchun ustamalar hamda olib kirilgan o‘sha klassdagi va turdagi tovarni bojxona hududida sotish bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy xarajatlar;
tovarlarni olib kirish yoki sotish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasida to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarining va boshqa to‘lovlarning summalari;
bojxona hududida transportda tashish, sug‘urtalash, yuklash va tushirish uchun sarflangan xarajatlar.
O‘sha klassdagi yoki turdagi tovar iqtisodiyotning muayyan tarmog‘i mahsulotiga taalluqli bo‘lgan tovarlar guruhini, shu jumladan aynan bir xil va o‘xshash tovarlarni anglatadi..
6.4. Ichki bozorda tovarning sotilish narxini tanlashda ko‘rilayotgan tovarning import qilinganidan keyingi birinchi tijorat bosqichidagi narxini, ya’ni olib kirilgan tovarning birinchi marta qayta sotilishidagi narxini hisobga olish kerak bo‘ladi.
6.5. Bojxona qiymati belgilanishi lozim bo‘lgan tovar guruhini tanlash uchun misollarni ko‘rib chiqamiz.
Sotuvlar hajmi
Bir birlik narxi
Sotilganlar soni
Ushbu narx bo‘yicha sotilgan
umumiy miqdor
1 — 10 ta birlik
100
3 ta birlikdan 5 ta sotilgan
5 ta birlikdan 10 ta sotilgan
65
11 — 25 ta birlik
95
11 ta birlikdan 5 ta sotilgan
55
25 tadan ortiq birlik
90
30 ta birlikdan 1 ta sotilgan
50 ta birlikdan 1 ta sotilgan
80
Bir narx bo‘yicha sotilgan tovarlarning eng ko‘p miqdori 80 tani tashkil etadi, shunday qilib, eng ko‘p jamlangan turkumdagi tovar birligi narxi 90 ta birlikni tashkil etadi.
Bojxona qiymatini aniqlash uchun tovarning sotish narxidan 6.3-bandda ko‘rsatilgan, tovar birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlarning bir qismini chiqarib tashlash kerak bo‘ladi. Masalan, bu, aytaylik, 18 pul birligi — savdo ustamasi, 5,4 pul birligi — bojxona bojlari va soliqlar, 0,6 pul birligi — transport xarajatlari bo‘lsin. O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan va tovar birligiga to‘g‘ri keladigan barcha xarajatlarning jami summasi 24 pul birligini tashkil etadi. Tovar birligi narxi 90 dan 24 pul birligini chiqarib tashlash kerak. Shunday qilib, tovar birligining bojxona qiymati 66 pul birligidan iborat bo‘ladi. Bojxona qiymatini olib kiriladigan tovarlar soniga tuzatish kiritib, baholanayotgan tovarlar turkumining bojxona qiymatini belgilash mumkin.
6.6. 4-usul bo‘yicha bojxona qiymatini aniqlash maqsadida foydalanish uchun tovar birligi narxini belgilashda import qilinadigan mamlakatda sotuvchiga tovar va xizmatlarni tovarlar ishlab chiqarilishi va ularning import qilinadigan mamlakatga eksportga sotilishi munosabati bilan foydalanish uchun bevosita yoki bilvosita bepul yoki kamaytirilgan narx bo‘yicha yetkazib berishni amalga oshiradigan shaxsga qandaydir sotilishi e’tiborga olinmasligi kerak.
6.8. Baholanayotgan, aynan bir xil yoki o‘xshash tovarning baholanayotgan tovar olib kirilishidan oldin to‘qson kalendar kun ichida sotilganligi faktlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, ushbu Yo‘riqnomaning 6.1-bandi va 6.3-bandi birinchi — to‘rtinchi xatboshlarining qoidalari inobatga olingan holda baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida baholanayotgan, aynan bir xil yoki o‘xshash tovar birligining qaysi narxi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida eng katta turkumda, o‘zgarmas holatda, baholanayotgan tovar olib kirilgan kunga eng yaqin muddatda, lekin baholanayotgan tovar olib kirilgan kundan e’tiboran to‘qson kundan kechiktirmay sotilayotgan bo‘lsa, o‘sha narx qabul qilinadi.
Baholanayotgan, aynan bir xil yoki o‘xshash tovarning bojxona hududida o‘zgarmas holatda sotilganligi faktlari mavjud bo‘lmagan holatlarda baholanayotgan tovarning bojxona qiymati tovarga keyinchalik ishlov berilganidan keyin olingan, shunday tovarni sotuvchi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan shaxsga bojxona hududida eng katta miqdorda sotiladigan mahsulot birligining narxi asosida, deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga ko‘ra aniqlanadi. Bunda tovarning bojxona qiymatiga ushbu Yo‘riqnoma 6.3-bandining birinchi — to‘rtinchi xatboshlarida nazarda tutilgan tuzatishlar kiritiladi.
VII. Tovarning bojxona qiymatini 5-usul bo‘yicha aniqlash
7.1. 5-usul baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida tovarning quyidagilarni qo‘shish orqali hisoblab chiqarilgan narxi qabul qilinishini nazarda tutadi:
a) baholanayotgan tovarni tayyorlashda sarflangan materiallarning qiymati hamda ishlab chiqarish va (yoki) ishlov berish xarajatlari;
b) ushbu bandning “a” bandida aks ettirilmagan umumiy xarajatlarning hajmi va baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni o‘sha mamlakatda ishlab chiqarilgan ayni o‘sha klassdagi va turdagi tovarni O‘zbekiston Respublikasida sotishda odatda eksport qiluvchi tomonidan olinadigan foyda;
v) O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 304-moddasi birinchi qismining “a” bandida ko‘rsatilgan xarajatlar.
7.2. 5-usul bo‘yicha bojxona qiymati faqat O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan hujjat va ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Qoidaga ko‘ra, tovarni ishlab chiqaruvchi O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasidan tashqarida bo‘ladi. Shu sababli 5-usulning qo‘llanilishi odatda shunday shartlar bilan cheklangan bo‘ladiki, ular sotib oluvchi bilan sotuvchi o‘zaro bog‘liq bo‘ladi va ishlab chiqaruvchi O‘zbekiston Respublikasining bojxona organiga O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 312-moddasida ko‘rsatilgan zarur ma’lumotlarni taqdim etishga tayyor bo‘ladi.
Tovarni ishlab chiqaruvchi tovarning bojxona qiymatini aniqlash maqsadida taqdim etgan hujjat va ma’lumotlar uning mamlakatida O‘zbekiston Respublikasining vakillari tomonidan ishlab chiqaruvchining roziligi bilan va manfaatdor mamlakat hukumatini oldindan xabardor qilinganda va uning bunday tekshiruvga nisbatan qarshiligi mavjud bo‘lmagan shartga muvofiq tasdiqlanishi mumkin.
7.3. Tovarni tayyorlashda sarflangan materiallarning qiymati hamda ishlab chiqarish va (yoki) ishlov berish xarajatlari baholanayotgan tovarning ishlab chiqarilishiga tegishli, ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki uning nomidan taqdim etiladigan hujjat va ma’lumotlar asosida aniqlangan bo‘lishi lozim. Ular ishlab chiqaruvchining tijoratga oid hisobotlarida qayd etilgan bo‘lishi, bunday hisobotlar tovar ishlab chiqarilgan mamlakatda qo‘llaniladigan hisobga olishning umumiy qabul qilingan qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
7.4. “Umumiy xarajatlar” atamasi ushbu Yo‘riqnomaning 7.1-bandining “a”-bandida aks ettirilmagan tovarning ishlab chiqarilishi va eksportga sotilishiga doir bevosita va bilvosita xarajatlarni qamrab olishi kerak.
Agar import qilinadigan tovar uchun qo‘llanilgan 1 — 4 usullar bojxona qiymatini aniqlashga imkoniga olib kelmasa, unda chet el ishlab chiqaruvchi taqdim etgan kalkulatsiya hujjatlari asosida bojxona qiymatini aniqlash imkoniyati ham mavjud bo‘lib, bunday qiymat, masalan, material uchun xarajatlar, umumiy (qo‘shimcha) xarajatlar, olib kiriladigan tovarning hisob-kitob qilingan qiymati usuli bo‘yicha bojxona qiymati kabi xarajatlarni o‘z ichiga olishi lozim. Agar shubha uyg‘otadigan bo‘lsa, ushbu Yo‘riqnoma 7.2-bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingani holda kalkulatsiya hujjatlari tekshirilishi mumkin.
7.5. Baholanayotgan tovar bilan bir sinfdagi yoki shu turdagi, kelib chiqish mamlakati bir xil bo‘lgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasiga sotishda eksporter tomonidan olinadigan foyda miqdori ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki uning nomidan taqdim etiladigan ma’lumot asosida belgilanishi lozim. Ishlab chiqaruvchi taqdim etgan ma’lumotlarning ishlab chiqaruvchilar eksport mamlakatida tovarlarni import mamlakatiga olib chiqish uchun amalga oshiradigan, baholanayotgan tovarlar sinfidagi yoki shu turdagi tovarlarning sotilishidagi ko‘rsatkichlarga muvofiq kelishiga e’tibor berish zarur.
Taqdim etilgan ma’lumotlarni tahlil etishda shuni qayd qilish kerakki, “foyda va xarajatlar miqdori” bir butun sifatida ko‘rib chiqilishi lozim. Bu shuni anglatadiki, agar biron-bir alohida holda ishlab chiqaruvchi foydasi miqdori unchalik katta bo‘lmasdan, uning umumiy xarajatlari yuqori bo‘lsa, unda uning birgalikda olingan foydasi va umumiy xarajatlari baribir odatda shunday sinfdagi yoki turdagi tovarlar sotilishida aks etadigan bunday ko‘rsatkichlarga muvofiq kelishi mumkin. Bunday vaziyat, masalan, mahsulot import mamlakatida bozorga chiqadigan va ishlab chiqaruvchi ushbu bozorni o‘zlashtirish bilan bog‘liq yuqori umumiy xarajatlarini qisman shuning hisobiga qoplash niyatida foydaning nol darajasi yoki undan past darajani qabul qiladigan holda vujudga kelishi mumkin. Agar ishlab chiqaruvchi import qilinadigan tovarlarni sotishda u alohida tijoratchilik holatlari oqibatida foyda olishini ko‘rsata olsa, unda uning foydaning amaldagi ko‘rsatkichlarini oqlash uchun jiddiy tijoratga doir dalillari mavjud bo‘lib, uning narxlarga oid siyosati sanoatning ushbu tarmog‘idagi oddiy narx siyosatini aks ettirishi sharti bilan bunday ko‘rsatkichlarni e’tibor uchun qabul qilish kerak bo‘ladi. Bunday vaziyat, masalan, ishlab chiqaruvchilar talabning kutilmagan tarzda pasayib ketishi natijasida narxlarni pasaytirishga majbur bo‘lganida yoki ular tovarlarni import mamlakatida ishlab chiqariladigan tovarlar toifasini to‘ldirish tartibida sotadigan va o‘zining raqobatga bardoshliligini saqlab qolish maqsadida kam foydaga rozi bo‘ladigan holda vujudga kelishi mumkin.
7.6. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 304-modda birinchi qismi “a” bandida ko‘rsatilgan xarajatlarga quyidagi tovarni bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlar kiradi:
tashish qiymati;
tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga to‘kish xarajatlari;
sug‘urta qiymati;
Ushbu xarajatlar ham hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.
7.7. Bojxona qiymatini 5-usul bilan aniqlash maqsadlari uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki uning nomidan taqdim etiladiganidan tashqari hujjat va ma’lumotlardan foydalanilayotgan bo‘lsa, bojxona organi bunday axborotlarning manbasini, foydalanilgan ma’lumotlar hamda ular asosida amalga oshirilgan hisobotlarini deklarantga yoki bojxona brokeriga, agar u bu haqda so‘rasa, xabardor qilishi shart.
7.8. Bojxona qiymatini 5-usul bilan aniqlashda hech qanday chiqimlar va materiallarning qiymati ikki barovar hisobga olinmasligi kerak.
VIII. Zaxira usul (6-usul).
8.1. Agar tovarning bojxona qiymatini ushbu Yo‘riqnomaning 2.1-bandining ikkinchi — yettinchi xatboshlarida ko‘rsatilgan bojxona qiymatini aniqlash usullarini ketma-ketlikda qo‘llash natijasida deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan aniqlash mumkin bo‘lmasa, baholanayotgan tovarning bojxona qiymati bojxona qiymatini aniqlash usullarining muddatlarni qo‘llash, tovarlarning ishlab chiqarilgan mamlakatini, aynan bir xilligini yoki o‘xshashligini aniqlashga doir talablarini bir muncha qayishqoqlik bilan qo‘llash orqali aniqlanadi.
8.2. 6-usulni qo‘llashda bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeriga o‘z ixtiyorida mavjud bo‘lgan narxlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi. Bojxona organi zaxira usulni to‘g‘ri qo‘llash maqsadida shunday axborotni yig‘ib boradi.
Tovarning bojxona qiymatini 6-usulda aniqlash uchun asos sifatida quyidagilardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi:
a) O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan o‘xshash tovarning sotilish narxidan;
b) ikki va undan ortiq muqobil qiymatlarning eng yuqori qiymatidan;
v) eksport qiluvchi mamlakatning ichki bozoridagi tovar narxidan;
g) bojxona qiymatini aniqlash uchun qiymatlarni qo‘shish usulini qo‘llashda foydalanilmaydigan ishlab chiqarish chiqimlaridan;
d) eksport qilayotgan mamlakatdan uchinchi mamlakatlarga yetkazib berilayotgan tovarning narxidan;
e) eng past bojxona qiymatlaridan;
j) tovarning o‘zboshimchalik bilan belgilangan yoki to‘g‘ri tasdiqlanmagan narxidan.
8.4. Quyidagilar tartibga ko‘ra belgilangan usullarni qo‘llanishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan oqilona qayishqoq yondashuviga ayrim misollar bo‘la oladi:
a) aynan bir xil tovarlarga nisbatan qayishqoqlik quyidagilar yuzasidan yo‘l qo‘yilishi mumkin:
aynan bir xil tovarlarni olib kirish muddatlari, biroq bojxona qiymatini belgilash uchun asos sifatida eksport qiluvchi mamlakatida boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan va bojxonada baholanishi lozim bo‘lgan tovarlarni eksport qiluvchi mamlakatdan boshqa qaysidir o‘zga mamlakatda ishlab chiqarilgan xuddi shuningdek import qilingan tovarlar ko‘rib chiqilishi mumkin;
aynan bir xil import qilingan tovarlarning ilgari 4 va 5-usullarga ko‘ra belgilangan bojxona qiymatidan foydalanish;
b) o‘xshash tovarlarga nisbatan qayishqoqlik quyidagilar yuzasidan yo‘l qo‘yiladi:
o‘xshash tovarlarning olib kirilishi muddatlariga nisbatan;
bojxonada baholanishi lozim bo‘lgan tovarlarni eksport qiluvchi mamlakatdan boshqa qaysidir o‘zga mamlakatda ishlab chiqarilgan shunga o‘xshagan import qilingan tovarlar shunga o‘xshagan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash uchun asos sifatida foydalanilganida;
o‘xshash import qilingan tovarlarning ilgari 4 va 5-usullarga ko‘ra belgilangan bojxona qiymatidan foydalanish;
v) 4-usulga nisbatan tovarlarning ichki bozorda sotilishi muddatlari to‘g‘risidagi, shuningdek, ularning qay holda import qilingani (ya’ni, muayyan qayta ishlashga yo‘l qo‘yilishi) haqidagi talablarning qayishqoqlik bilan talqin etilishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
6-usuldan foydalanishda hujjatlar bilan tasdiqlashga doir talablar quyidagilarni boshqa usullarga nisbatan bir muncha qayishqoqlikka yo‘l qo‘yadi: jahon narxlariga doir, ichki bozordagi narxlariga doir axborot ma’lumotnomalaridan foydalanish; vositachilik haqlari, chegirmalar, foydalar, transport tariflari umum qabul qilingan darajalarining statistik ma’lumotlaridan foydalanish. Bunda baholanayotgan tovarlarning yetkazib berish shartlarini hisobga olgan holda ma’lumotlarga tegishli tuzatishlar kiritilishi shart.
8.41. Bojxona organi ushbu bo‘limga muvofiq aniqlangan tovarning bojxona qiymati hamda shunday qiymatni aniqlash uchun foydalanilgan usul to‘g‘risida deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga ko‘ra unga axborot beradi.
8.5. O‘zbekiston Respublikasi hududida sarflangan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, 4-usul bilan bojxona qiymatini aniqlash uchun ilovaga muvofiq ekspert baholash qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda tovar birligining bojxona qiymati aniqlanib, keyinchalik butun turkumning bojxona qiymati qayta hisob-kitob qilinadi.
IX. Yakunlovchi qoidalar
9.1. Ma’lum qilingan bojxona qiymatini tekshirish zarurati, shu jumladan, qo‘shimcha axborotning olinishi tovarni ushlab turish uchun asos bo‘la olmaydi.
Bojxona organi deklarantga yoki bojxona brokeriga bojxona qiymatini belgilash yoki ma’lum qilingan qiymatni tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda qo‘shimcha muddat berishi mumkin.
(9.1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona organlari bojxona qiymati miqdorini aniqlash maqsadida tekshirish o‘tkazishi mumkin. Tekshirish natijalariga ko‘ra bojxona qiymati qayta hisob-kitob qilinishi, shuningdek, bojxona to‘lovlarining qo‘shimcha to‘lanishi lozim bo‘lgan summasini aniqlanishi va ularning undirilishi yoki qaytarilishi amalga oshirilishi mumkin.
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati ayni bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) bo‘yicha ko‘pi bilan bir marta o‘tkazilishi mumkin.
Tekshiruv davomida qo‘shimcha ravishda bojxona to‘lovlarining hisoblanishiga sabab bo‘luvchi bojxona qiymatining miqdoriga ta’sir etuvchi holat aniqlangan taqdirda, bojxona to‘lovlarini qo‘shimcha hisoblash tovarlarning bojxona nazorati ostida bo‘lishi tugagan paytdan e’tiboran bir yil ichida amalga oshirilishi mumkin.
Bojxona organlari tekshiruv amalga oshirilgan kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) bo‘yicha reyestr yuritadi.
9.2. Agar import qilinadigan tovarning bojxona qiymati bojxona organlari tomonidan aniqlanadigan bo‘lsa, unda deklarantning yoki bojxona brokerining yozma yoki elektron arizasiga ko‘ra bojxona organlari bunday qiymatning qaysi yo‘l bilan aniqlaganini yozma yoxud elektron shaklda xabardor etadi.
9.3. Deklarant yoki bojxona brokeri bojxona organining qaroridan norozi bo‘lsa, u yuzasidan yuqori bojxona organlariga va shuningdek, sud organlariga shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash bo‘yicha yo‘riqnomaga ILOVA
Olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini baholashning 4-usulini qo‘llash bo‘yicha
TAVSIYALAR
O‘zbekiston Respublikasi hududida sarflangan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, 4-usul bilan bojxona qiymatini aniqlash uchun iqtisodiy-matematika usullarini qo‘llagan holda ishlab chiqilgan ekspert baholash qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda tovar birligining bojxona qiymati aniqlanib, keyinchalik butun turkumning bojxona qiymati qayta hisob-kitob qilinadi.
Bojxona to‘lovlarining advalor (foizdagi) stavkalari belgilangan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash uchun vazifa quyidagi tarzda shakllantiriladi:
Qisqartmalarni belgilaymiz:
Bq — tovar birligining bojxona qiymati;
Sn — O‘zbekiston Respublikasi hududida birinchi marta sotilganda mazkur tovar birligining qiymati.
Tovar birligining qiymatidan (Sn) bojxona hududida amalga oshirilgan quyidagi xarajatlar chegiriladi:
1. Import bojxona boji (Bb). Bojning eng yuqori miqdori Bb = 2*k*Bq, bunda k — k =Bbs/100% formulasi bilan aniqlanadigan bojxona boji koeffitsiyenti stavkasi. Masalan, boj stavkasi 10 foiz bo‘lsa, koeffitsiyent 0,1 ga teng. Boshqa turdagi to‘lovlar koeffitsiyentlari ham shu tartibda aniqlanadi.
2. Aksiz solig‘i (As). As = m*Bq, bunda m — aksiz solig‘i stavkasi koeffitsiyenti.
3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i (Qqs). Qqs = n*(Bq+2*k*Bq+m*Bq) formulasi bo‘yicha aniqlanadi, bunda n — QQS stavkasi koeffitsiyenti.
4. Jismoniy shaxslardan olinadigan yig‘im (Jshy). Jshy = f*Bq, bunda f — jismoniy shaxslardan olinadigan yig‘imning eng yuqori stavkasi koeffitsiyenti.
5. Tovarni birinchi marta qayta sotishda O‘zbekiston Respublikasi hududida olinadigan tijorat foydasi (Tf).
Tf = r*(Bq+Bb+As+Qqs+Jshy),
bunda r — tijorat foydasi koeffitsiyenti.
6. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi transport va boshqa kutilmagan xarajatlar (Tx).
Tx = r*(Bq + Bb + As + Qqs + Jshy), bunda r — transport xarajatlari koeffitsiyenti.
Olib kiriladigan tovar birligi bojxona qiymati:
Bq = Sn — Bb — As — Qqs — Jshy — Tf — Tx
Sn = Bq + Bb + As + Qqs + Jshy + Tf + Tx.
Tenglamaga Bb, As, Qqs, Jshy, Tf, Tx ma’lumotlari ko‘rsatkichlarini kiritamiz va Sn = Bq*[(1+2*k+m)* (1+n) + f] * (1+r+r) olinadi;
Qulaylik uchun [(1+2*k+m)*(1+n)+f]*(1+r+r) koeffitsiyentini xarajatlar umumiy koeffitsiyenti deb nomlaymiz va Uxk1 harfi bilan belgilaymiz. Shu tariqa, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida tovarning birinchi marta sotilishi narxi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lganda har bir tovar turi uchun umumiy xarajatlar koeffitsiyentini hisob-kitob qilishga e’tibor beriladi: Bq = Sn/Uxk1.
1-masala. Yo‘nilmagan to‘sinning bir kub metri shartli ravishda ulgurji bozorda 20 ming so‘m turadi, bojxona boji stavkasi — 3% (k = 0,03), jismoniy shaxslardan olinadigan yig‘im stavkasi — 50% (f = 0,5), QQS — 20% (n = 0,2), aksiz solig‘i — yo‘q (m=0).
Tijorat foydasi koeffitsiyenti shartli ravishda QQS stavkasiga teng deb qabul qilinadi QQS — 20% (r = 0,2), boshqa xarajatlar koeffitsiyenti — 5% (r = 0,05)ga teng. Bojxona qiymatini aniqlash uchun:
1) Mazkur turdagi tovar uchun umumiy xarajatlar koeffitsiyentini aniqlaymiz Uxk1 = [(1+2*k+m) * (1+n) +f] * (1+r+r). Qiymatlarni qo‘yib, quyidagini olamiz Uxk1 = [(1+2*0,03+0) * (1+0,2)+0,5] * (1+0,2+0,5) = 2,215;
2) bojxona qiymatini aniqlaymiz
Bq = 20000 : 2,215 = 9029 so‘m.
Ya’ni olib kirilgan yo‘nilmagan to‘sinning bir kub metri qiymati taxminan 9000 so‘mni tashkil qiladi.
Izoh: aksi hisoblash usuli bilan tekshirishda uch foizgacha yanglishishga yo‘l qo‘yiladi.
2-masala. Ulgurji bozorda bitta charm kurtkaning qiymati shartli ravishda 35000 so‘m. Bunda bojxona boji stavkasi 30% (k = 0,3), aksiz solig‘i 25% (m = 0,25), jismoniy shaxslardan yig‘im 50% (f = 0,5), QQS va tijorat foydasi 20% (n = p = 0,2), transport xarajatlari 5 foiz (r = 0,05)ga teng. Bojxona qiymatini aniqlash uchun:
1) mazkur tovar turi uchun umumiy xarajatlar koeffitsiyentini aniqlaymiz. Uxk1 = [(1+2*k+m)*(1+n)+f] *(1+r+r) = [(1+2*0,3+0,25)*(1+0,2)+0,5]*(1+0,2+0,05) = 3,4;
2) bojxona qiymatini aniqlaymiz Bq = Sn / Uxk1
Bq = 35000/3,4 = 10294,1.
Bitta charm kurtkaning bojxona qiymati taxminan 10200 so‘mga teng.
Aksiz solig‘ining alohida stavkasi belgilangan tovarlar (masalan, ilgari foydalanishda bo‘lgan yengil avtomobillar) uchun bojxona qiymati quyidagicha aniqlanadi:
Bojxona hududida qilingan xarajatlar:
1. Import bojxona boji Bb = 2*k*Bq, bunda k — bojxona boji stavkasi koeffitsiyenti;
2. Aksiz solig‘i As = m*V, bunda V — aksiz solig‘ining alohida stavkasi qo‘yilgan parametr, masalan, dvigatel hajmi;
3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i Qqs = n*(Bq+2*k*Bq+ m*V), bunda n — QQS stavkasi koeffitsiyenti;
4. Jismoniy shaxslardan yig‘im Jshy = f*Bq, bunda f — jismoniy shaxslardan olinadigan yig‘im stavkasi koeffitsiyenti;
5. Tovarni birinchi marta qayta sotishda O‘zbekiston Respublikasi hududida olinadigan tijorat foydasi;
Tf = R*(Bq+Bb+As+Qqs+Jshy), bunda R — tijorat foydasi koeffitsiyenti;
6. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi transportga oid va kutilmagan xarajatlar:
Tx = r*(Bq+Bb+As+Qqs+Jshy), bunda r — transport xarajatlari koeffitsiyenti.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha xarajatlarni hisobga olgan holda tovar birligi qiymati quyidagiga teng bo‘ladi:
Bunda [(1+2*k)(1+n)+f]*(1+r+r) koeffitsiyentini umumiy xarajatlar koeffitsiyenti deb ham nomlaymiz va Uxk2 harfi bilan belgilaymiz. Bu tenglamani soddalashtirib, quyidagi formulani olishimiz mumkin:
Bq = [Sn-m* V+(1+n)*(1+r+r)]/Uxk2.
3-masala. Bozorda “Mersedes-Bens-190” (ishlab chiqarilgan yili 3 yildan ortiq) turkumidagi yengil avtomobil qiymati 6 mln. so‘m. 1 EVRO kursi = 143 so‘m. Dvigatel hajmi 1999 kub. sm. Bojxona boji stavkasi — 100% (k = 1), aksiz solig‘i — 1 kub sm uchun 2,9 EVRO, jismoniy shaxslardan olinadigan yig‘im — 50% (f = 0,5), QQS va tijorat foydasi — 20% (n = p = 0,2), transport xarajatlari 5% (r = 0,05).
1) mazkur tovar turi uchun umumiy xarajatlar koeffitsiyentini aniqlaymiz.
Bojxona boji va aksiz solig‘ining alohida stavkasi belgilangan tovarlar (masalan, yangi yengil avtomobillar) uchun bojxona qiymati quyidagicha aniqlanadi:
Bojxona hududida qilingan xarajatlar:
1. Import bojxona boji Bb = 2*k*V. Sertifikat bo‘lmaganligi sababli ikki baravar miqdorda undiriladi, bunda k — bojxona bojining alohida stavkasi, V — bojxona boji belgilangan parametr, masalan, dvigatel hajmi;
2. Aksiz solig‘i As = m*V, bunda m — aksiz solig‘ining alohida stavkasi;
3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i Qqs = n*(Bq+2*k*V+m*V), bunda n — QQS stavkasi koeffitsiyenti;
4. Jismoniy shaxslardan olinadigan yig‘im Jshy = f*Bq, bunda f — jismoniy shaxslardan olinadigan yig‘im stavkasi koeffitsiyenti;
5. Tovarni birinchi marta qayta sotishda O‘zbekiston Respublikasi hududida olinadigan tijorat foydasi:
Tf = p*(Bq+Bb+As+Qqs+Jshy), bunda r — tijorat foydasi koeffitsiyenti;
6. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi transportga oid va boshqa kutilmagan xarajatlar: Tx = r*(Bq+Bb+As+Qqs+Jshy), bunda r — transport xarajatlari koeffitsiyenti.
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan barcha xarajatlarni hisobga olib, bitta tovarning qiymati:
Sn — V*(2k+m)*(1+n)*(1+p+r) Bq = ―――――――――――――――――――― (1+n+f)*(1+p+r)
Bunda [(1+n+f)*(1+p+r)] koeffitsiyentini umumiy xarajatlar koeffitsiyenti deb ham nomlaymiz va Uxk3 harfi bilan qayd etamiz.
4-masala. “Mersedes-Bens-190” turkumidagi (1998-yilda ishlab chiqarilgan) yengil avtomobil narxi bozorda 30 mln. so‘m turadi. 1 EVRO kursi = 143 so‘m. Dvigatel hajmi 1999 kub. sm. Bojxona boji stavkasi –1 kub sm uchun 2,2 EVRO, aksiz solig‘i — 1 kub. sm uchun 2,5 EVRO, jismoniy shaxslardan olinadigan yig‘im — 50% (f = 0,5), QQS va tijorat foydasi — 20% (n=p=0,2), transport xarajatlari — 5% (r = 0,05).