Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2006 YIL 15 SENTYABRDA QABUL QILINGAN “MIKROMOLIYALASh TOʻGʻRISIDA”GI OʻRQ-50-SONLI QONUNI)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 15-sentabrda qabul qilingan “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-50-sonli Qonunining 24-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 25-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida mikrokreditlashni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 30-avgustdagi 309-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 31-oktabr,
225-son
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 31-oktabrdagi 225-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi hisobidan kredit berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (2-ilova);
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga, shuningdek kichik tadbirkorlikning boshqa subyektlariga tijorat banklari tomonidan Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mikrokredit berish “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga, shuningdek tijorat banklari tomonidan belgilanadigan mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi”;
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mikrokreditlar ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq belgilanadigan foiz stavkasi boʻyicha beriladi, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan beriladigan mikrokreditlar bundan mustasno”;
19-bandning birinchi xatboshidagi “muomaladan chiqarilgan, garov predmeti boʻla oladigan buyumlar bundan mustasno” soʻzlari “(muomaladan chiqarilgan buyumlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq garov predmeti boʻla olmaydigan boshqa mol-mulk va/yoki mulkiy huquqlar (talablar) bundan mustasno)”
28-bandning uchinchi xatboshidagi “kalendar boʻyicha navbatli tartibda” soʻzlari “qonun hujjatlarida belgilangan navbatli tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Tijorat banklari tomonidan Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (3-ilova) 2-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Tijorat banklari Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasini dehqon va fermer xoʻjaliklariga, tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish bilan band boʻlgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, shuningdek yuqori texnologiyali va innovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit va mikrokreditlar berish uchun tashkil etadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 430-modda)