Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.03.2020
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK BOShQARUVINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARI ELEKTRON TIZIMLARIDA AXBOROTNI MUHOFAZA QILISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDAGI QARORGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 3-avgustda 1552-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/4-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3224, 10.03.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan, Boshqaruv qaror qiladi:
1. Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/8-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari elektron tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (2006-yil 13-mart, roʻyxat raqami 1552) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-aprel,
10/7-son
Markaziy bank Boshqaruvining
2006-yil 20-apreldagi 10/7-sonli qaroriga
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari elektron tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari elektron tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror boʻyicha:
a) nomlanishdagi “elektron tizimlarida” soʻzlari “avtomatlashtirilgan bank tizimlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadagi “elektron tizimlarida” soʻzlari “avtomatlashtirilgan bank tizimlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-banddagi “elektron tizimlarida” soʻzlari “avtomatlashtirilgan bank tizimlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari elektron tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi nizom boʻyicha:
a) nomlanishdagi “elektron tizimlarida” soʻzlari “avtomatlashtirilgan bank tizimlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Arxivlar toʻgʻrisida”gi, “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi, “Elektron hisoblash mashinalari dasturlari va maʼlumotlar bazasini huquqiy muhofazalash toʻgʻrisida”gi, “Bank siri toʻgʻrisida”gi, “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi va “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan.”
v) 1-banddagi “elektron tizimlarida” va “elektron tizimlarning” jumlalari mos ravishda “avtomatlashtirilgan bank tizimlarida” va “avtomatlashtirilgan bank tizimlarining” jumlalari bilan almashtirilsin.
3. Nizomning II boʻlimi quyidagi 3-band bilan toʻldirilsin:
“3. Tijorat banklarida avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi.
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.”.
4. Nizomning 3—29-bandlari 4—30-bandlar deb hisoblansin.
Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining
birinchi oʻrinbosari A. IZBOSAROV
Toshkent sh.,
2006-yil 19-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 324-modda)