Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASh
VA QAYTA TAYYORLASh DAVLAT DASTURI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturi toʻgʻrisida” 2005-yil 10-martdagi PQ-24-son qaroriga muvofiq hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2006—2010-yillar davrida ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Dasturning maqsadli vazifalarini bosqichma-bosqich amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari hisoblansin:
ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni takomillashtirish: Bakalavriat, magistratura, shuningdek ikki yillik oliy jurnalistika kurslari yoʻnalishlari klassifikatoriga oʻzgartirish kiritish;
davlat taʼlim standartlarini, oʻquv rejalari va dasturlarini takomillashtirish, xalqaro talablarga muvofiq darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari, elektron-oʻqitish axborot resurslarining yangi avlodini yaratish;
jurnalistika fakultetlarining tuzilmasi va faoliyatini maqbullashtirish, tele-, radio- va Internet jurnalistikaning yangi yoʻnalishlarini joriy etish, talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar, eng avvalo siyosiy sharh, ommaviy axborot vositalari iqtisodiyoti va menejmenti, ommaviy axborot vositalari sotsiologiyasi va psixologiyasi, axborot-psixologiya xavfsizligi masalalari mutaxassisliklari boʻyicha magistratura ochish;
oliy taʼlim muassasalari jurnalistika fakultetlarining xalqaro standartlarga muvofiq kasbiy va kompyuter texnikasi bilan jihozlanishini yaxshilash;
professor-oʻqituvchilarning tarkibi malakasini va pedagogik mahoratini oshirish, tajriba orttirishi, jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, jurnalistika fakultetlari bakalavriati va magistraturasi talabalarining Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarida tajriba orttirish tizimini takomillashtirish;
jurnalistika masalalari boʻyicha ixtisoslashtirilgan ilmiy almanax taʼsis etish, uni Oliy attestatsiya komissiyasi reyestriga kiritish.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Aripov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-avgust,
163-son
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 7-avgustdagi 163-son qaroriga
ILOVA
2006—2010-yillar davrida ommaviy axborot vositalari sohasida
kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash Davlat dasturi
Ilovalar:
1-ilova. Ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash Davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasi
2-ilova. Ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash Davlat dasturini moliyalashtirish manbalari
3-ilova. Ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash Davlat dasturini amalga oshirish doirasida mablagʻlarni oʻzlashtirish jadvali
Kirish qismi
Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash boʻyicha ustuvor vazifalar, shuningdek jahon axborot makoni globallashuvining kuchayishi ommaviy axborot vositalari sohasida jahonda sodir boʻlayotgan voqealarga tez va mos ravishda munosabat bildira olishga, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik qayta oʻzgarishlar haqida respublika aholisini, jahon hamjamiyatini oʻz vaqtida va xolisona xabardor qilishga qodir boʻlgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishni talab etadi.
Raqobatga bardoshli, yangicha shart-sharoitlarda ishlay oladigan jurnalist kadrlarni tayyorlash zaruriyatini vatanimiz ommaviy axborot vositalari rivojlanishining davlat va nodavlat davriy bosma nashrlari, tele- va radiostudiyalari, tahririyat-matbaa komplekslarining miqdor va sifat jihatidan oʻsishida, jamoatchilik bilan aloqalar institutlari, reklama agentliklari, Internet jurnalistikaning shakllanishi va rivojlanishida, shuningdek ushbu sohadagi mehnat bozorida talablarning ortishida namoyon boʻlayotgan zamonaviy tendensiyalar ham taqozo etmoqda.
I. Jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining joriy ahvoli
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini va ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish doirasida butun taʼlim tizimidagi singari jurnalistika taʼlimi sohasida jiddiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Zamonaviy talablarga muvofiq Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakulteti qayta tashkil etildi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida xalqaro jurnalistika fakulteti ochildi. Jurnalistika taʼlimi sifatini oshirish maqsadida 1999-2000 oʻquv yilidan boshlab oliy maʼlumotli jurnalist kadrlarni tayyorlash koʻrsatib oʻtilgan oʻquv yurtlarida amalga oshirilmoqda, boshqa oʻquv yurtlarida esa jurnalistika fakultetlari (boʻlimlari) tugatildi (Qoraqalpogʻiston davlat universitetidan tashqari). Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida xalqaro jurnalistika boʻyicha magistratura ochildi.
Oʻzbekiston milliy universiteti huzurida maxsus ikki yillik Oliy jurnalistika kurslari ochildi, kurslarga tanlov asosida boshqa mutaxassisliklar boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻlgan va jurnalistika sohasida ijodiy qobiliyatlarini namoyon etayotgan mutaxassislar qabul qilinmoqda.
Keyingi besh yilda respublikada jurnalistika tarixi, nazariyasi va amaliyoti sohasida 3 doktorlik, 7 nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi.
Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston milliy universitetida, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida, Qoraqalpogʻiston davlat universitetida 1400 nafardan ortiq bakalavr, 100 nafarga yaqin magistrlar, ikki yillik Oliy jurnalistika kurslarida 100 nafar tinglovchi taʼlim olmoqda, ixtisoslik boʻyicha 70 nafardan ortiq oʻqituvchi taʼlim bermoqda, biroq ularning faqat 30 foizi fan doktori va nomzodi ilmiy darajasiga ega. Har yil jami 300 nafardan ortiq bakalavr va magistr chiqarilmoqda.
Hozir respublikada 900 dan ortiq davriy nashrlar nashr etilmoqda, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan bir qatorda viloyat teleradiostudiyalari, 60 ta davlat va nodavlat nashriyotlari, 3 ta axborot agentligi, vazirliklar va idoralarning matbuot xizmatlari faoliyat koʻrsatmoqda, reklama agentliklari tarmogʻi jadal rivojlanmoqda, Internet-jurnalistika shakllanib bormoqda.
Shu bilan birga, vatanimiz ommaviy axborot vositalari faoliyatining, ularda ishlayotgan jurnalistlar kasb mahorati darajasining tahlillari shuni koʻrsatmoqdaki, tayyorlanayotgan axborot materiallarining sifati, ularni ham mamlakat ichida, ham uning tashqarisida tarqatish tezkorligi, xalqaro axborot makonida Oʻzbekiston manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish uquvi zamonaviy talablarga toʻliq darajada javob bermaydi.
Shu munosabat bilan, jurnalist kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, moddiy-texnik bazani va oʻquv jarayonini zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlashni sifat jihatidan yaxshilash masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Amaldagi normativ bazani va oʻquv dasturlarini yanada takomillashtirishga, ommaviy kommunikatsiyalar turli kanallari oʻrtasida ijodiy raqobat ortib borayotgan sharoitlarda vatanimiz bosma, tele- radioindustriyasi rivojlanishidagi yangi tendensiyalarni hisobga olgan holda xalqaro standartlarga va ommaviy axborot vositalari sohasidagi xalqaro talablarga javob beradigan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarining yangi avlodini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish zarur.
II. Ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash
Davlat dasturining maqsadi, asosiy yoʻnalishlari va vazifalari
Ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) jamiyat va davlatning yuqori malakali jurnalist kadrlarga boʻlgan ehtiyojini yanada toʻliqroq qondirish hamda xalqaro talablarga muvofiq, shuningdek jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash boʻyicha ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda respublika ommaviy axborot vositalari rivojlanishiga demokratik standartlarni joriy etish maqsadida qabul qilinmoqda.
Quyidagilar Dasturning asosiy yoʻnalishlari va maqsadli vazifalari hisoblanadi:
2.1 Normativ va oʻquv-metodik bazani takomillashtirish, oliy oʻquv yurtlari jurnalistika fakultetlarining tuzilmasi va faoliyatini maqbullashtirish, shu jumladan:
ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni takomillashtirish: Bakalavriat, magistratura, shuningdek ikki yillik oliy jurnalistika kurslari yoʻnalishlari klassifikatoriga oʻzgartirish kiritish;
xalqaro talablarga muvofiq hamda ushbu soha mehnat bozoridagi zamonaviy tendensiyalar va talablarni hisobga olgan holda davlat taʼlim standartlarini, oʻquv rejalari va dasturlarini qayta koʻrib chiqish;
oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibi malakasini oshirish masalalarini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqish;
darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari, elektron-oʻqitish axborot resurslari oʻquv-metodik ishlanmalarining yangi avlodini yaratish, ularni ishlab chiqish uchun davlat grantlari ajratish;
ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologiya xavfsizligi masalalarini oʻrganish boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va oliy taʼlim yurtlari gumanitar (psixologiya, sotsiologiya, filosofiya, jurnalistika, yurisprudensiya, siyosatshunoslik, tarix, filologiya) fakultetlari oʻquv jarayoniga joriy etish;
har yili taʼlim muassasalariga talabalar qabul qilish boʻyicha Hukumat qarorida belgilanadigan kvotalar doirasida, mehnat bozorining yangi yoʻnalishdagi mutaxassislarga boʻlgan amaldagi ehtiyojini hisobga olgan holda siyosiy sharh, ommaviy axborot vositalari iqtisodiyoti va menejmenti, Internet jurnalistika, ommaviy axborot vositalari sotsiologiyasi, ommaviy axborot vositalari psixologiyasi, axborot-psixologiya xavfsizligi masalalari mutaxassisliklari boʻyicha magistratura ochish.
2.2 Oʻquv jarayonlariga zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish, shu jumladan:
oʻqitishning inteaktiv metodlarini keng joriy etish, tajribali amaliyotchi jurnalistlar rahbarligidagi “usta-sinf”lar sonini koʻpaytirish, majburiy tartibda oʻquv gazetasini chiqargan, radio-, teleeshittirish tayyorlagan holda tahririyatning kundalik ishiga juda yaqin boʻlgan amaliy oʻyinlardan foydalanish;
oʻquv jarayonlariga “ZiyoNET” tarmogʻi axborot resurslarini joriy etish, uning ilmiy-oʻquv, madaniy-maʼrifiy va maʼlumotnoma-tahliliy materiallar bilan boyitilishida jurnalistika fakultetlari talabalarining ishtirok etishini taʼminlash;
talabalarni chet el mutaxassislari va xorijiy oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari olib borishlari mumkin boʻlgan ayrim maxsus kurslar boʻyicha masofadan turib oʻqitish uchun global Internet tarmogʻidan foydalanish;
jurnalistika fakultetlarida chet tillarni oʻqitish sifatini yaxshilashga qaratilgan yangi taʼlim texnologiyalari joriy etish;
talabalar tomonidan bilimlarni oʻzlashtirishi sifatini nazorat qilish va monitoring olib borish tizimini takomillashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida axborot xavfsizligi masalalari boʻyicha jurnalistlar va mutaxassislar uchun maxsus kurslar tashkil etish.
2.3 Jurnalist kadrlarni tayyorlash moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, shu jumladan:
Oʻzbekiston milliy universitetining respublikada yetakchi boʻlgan jurnalistika fakulteti moddiy bazasini yaxshilash, uning barcha tuzilmalarini oʻquv jarayonini yuqori darajada tashkil etish hamda boʻlajak jurnalistlarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish talablariga javob beruvchi bitta binoga joylashtirish;
jurnalistika fakultetlarida oʻquv jarayonini zamonaviy texnik vositalar: raqamli tele- va fotokameralar, diktofonlar, Internet tarmogʻiga ulagan holda kompyuter texnikasi bilan jihozlash:
oliy oʻquv yurtlari talabalari va oʻqituvchilarning respublikaning tegishli idoralari va tashkilotlari axborot-taʼlim resurslaridan, shuningdek Internet tarmogʻidan keng foydalana olishini taʼminlash;
oʻquv tele- va radiostudiyalar, zamonaviy tele-, radio-, kino- va fotolaboratoriyalar tashkil etish;
Oʻzbekiston milliy universiteti bazasida oʻquv-nashriyot kompleksini barpo etish, uni oʻquv-metodik adabiyotlar nashr etish uchun zamonaviy matbaa va nusxa koʻpaytirish texnikasi bilan jihozlash, uning ishiga jurnalistika fakultetining talabalari va oʻqituvchilarini jalb etish.
2.4 Oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, jurnalistika sohasida ilmiy-amaliy kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, shu jumladan:
professor-oʻqituvchilar tarkibini qayta tayyorlash va ularning pedagogik mahoratini oshirish tizimini rivojlantirish, jurnalistika fakultetlari bakalavriati va magistraturasi talabalari orasidan nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi vakolatxonalarida oliy taʼlim muassasalarining oʻquv jarayoniga budjet va toʻlov-kontrakt smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar, grantlar va budjetdan tashqari manbalar mablagʻlari doirasida tajriba orttirishga yuborish uchun tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish va tanlash sifatini oshirish;
tegishli kadrlarni magistraturada, aspiranturada, doktoranturada tayyorlash samaradorligini oshirish orqali jurnalistika fakultetlari oʻqituvchilari tarkibini sifat jihatidan yaxshilash, jurnalistika fakultetlari oʻqituvchilari, ommaviy axborot vositalari sohasi mutaxassislari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari oʻtkazilishini ragʻbatlantirish;
jurnalistika boʻyicha (10.01.10), fan va texnika tarixi (jurnalistika tarixi) boʻyicha (07.00.10), siyosiy madaniyat va ideologiya boʻyicha (23.00.23) nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yoqlash uchun ixtisoslashtirilgan Kengash ochish;
Oʻzbekiston milliy universiteti huzurida “Jurnalistika masalalari” boʻyicha ixtisoslashtirilgan ilmiy almanax taʼsis etish, uni Oliy attestatsiya komissiyasi reyestriga kiritish.
III. Dasturni amalga oshirish bosqichlari moliyalashtirish manbalari
3.1 Amalga oshirish bosqichlari:
Ishlab chiqilgan Tadbirlar rejasiga muvofiq Dasturni 2006—2010-yillarda amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Birinchi bosqichda (2006-2007-yillar):
jurnalist, professor-oʻqituvchi kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan bazaviy normativ hujjatlar va oʻquv-metodik materiallarni qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish;
oʻquv jarayonini zamonaviy kompyuter texnikasi bilan jihozlash, ularni “ZiyoNET” taʼlim tarmogʻiga ulash;
oʻquv teleradiostudiyalari, tele-, radio-, kino-, fotolaboratoriyalar va nashriyot kompleksini tashkil etish;
tajribali amaliyotchi jurnalistlar, gazetalar, jurnallar, televideniye va radioeshittirish tahririyatlari dizaynyerlari rahbarligidagi “usta-sinf”lar sonini koʻpaytirish;
oʻqitishning interaktiv metodlarini joriy etish;
Oʻzbekiston milliy universiteti huzurida jurnalistika mutaxassisligi boʻyicha — 10.01.10, siyosiy madaniyat va ideologiya mutaxassisligi boʻyicha — 23.00.23, fan va texnika tarixi (jurnalistika tarixi) mutaxassisligi boʻyicha — 07.00.10 doktorlik (nomzodlik) dissertatsiyalari yoqlash uchun ixtisoslashtirilgan Kengash ochish;
axborot xavfsizligi masalalari boʻyicha jurnalistlar va mutaxassislar uchun maxsus kurslar tashkil etish nazarda tutilmoqda.
Ikkinchi bosqichda (2007—2010-yillar):
zamonaviy-ilmiy-pedagogik va taʼlim talablariga javob beruvchi darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari, shuningdek elektron-oʻqitish va boshqa bilim beruvchi resurslarining yangi avlodini yaratish;
jurnalist kadrlar tayyorlanadigan jurnalistika fakultetlarining tuzilmasi va faoliyatini tashkil etishni maqbullashtirish;
ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologiya xavfsizligi masalalarini oʻrganish boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va oliy taʼlim yurtlari gumanitar (psixologiya, sotsiologiya, filosofiya, jurnalistika, yurisprudensiya, siyosatshunoslik, tarix, filologiya) fakultetlari oʻquv jarayoniga joriy etish;
jurnalist kadrlar malakasini oshirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan metodikalar ishlab chiqish, maxsus kurslar oʻtkazish;
jurnalistika sohasida koʻrsatilayotgan taʼlim xizmatlari sifatini nazorat qilish va monitoring olib borish tizimini takomillashtirish;
3.2 Moliyalashtirish manbalari
Dasturni moliyalashtirish har yili oliy taʼlim muassasalariga ajratiladigan budjet mablagʻlari, shuningdek oliy taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, “Isteʼdod” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi mablagʻlari, kadrlarni qayta tayyorlash uchun buyurtmachilar mablagʻlari, shuningdek homiylar mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ommaviy axborot vositalari sohasida
kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash
Davlat dasturiga
1-ILOVA
2006—2010-yillar davrida ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash Davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasi

T/r‎

Tadbirlar nomi‎

Bajarish muddatlari‎

Moliyalashtirish manbalari‎

Masʼul bajaruvchilar‎

‎‎I. Normativ va oʻquv-metodik bazani takomillashtirish, oliy oʻquv yurtlari jurnalistika fakultetlarining tuzilmasi va faoliyatini maqbullashtirish

1.‎ Ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarini tartibga soluvchi barcha bazaviy normativ hujjatlarni:
‎bakalavriat, magistratura, ikki yillik Oliy jurnalistika kurslari yoʻnalishlari klassifikatorini;
‎bakalavriat, magistratura, ikki yillik Oliy jurnalistika kurslari uchun davlat taʼlim standartlarini, oʻquv rejalari va dasturlarini;
‎oliy taʼlim muassasalari uchun oʻqituvchi kadrlarni tanlab olish, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibi malakasini oshirish boʻyicha nizomni qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish. ‎
2006-2007-yillar ‎ Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, oliy taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi ‎
2.‎ ‎Magistraturaning yangi yoʻnalishlari:

‎Jamoatchilik bilan aloqalar;
‎Ommaviy axborot vositalarida reklama;
‎Tahririyat-matbaa ishi;
‎Internet-jurnalistika boʻyicha oʻqitish uchun zarur boʻlgan namunaviy dasturlarni tayyorlash.
‎2006-2007-yillar Oliy taʼlim muassasalarini rivoj�antirish jamgʻarmasi, oliy taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari‎ ‎Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
3.‎ ‎Quyidagilar:

‎ “Ommaviy axborot vositalari iqtisodiyoti va menejmenti”;
‎“Axborot-psixologiya xavfsizligi”
‎“Ommaviy axborot vositalari sotsiologiyasi”
‎“Ommaviy axborot vositalari psixologiyasi” mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalarini va namunaviy dasturlarni ishlab chiqish.
‎2006-2007-yillar Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, oliy taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ‎
4.‎ ‎Quyidagilar:

‎Jurnalistik ijodiyot texnologiyasi va metodikasi;
‎Adabiy tahrir;
‎Matbuot xizmatlari ishini tashkil etish;
‎Jamoatchilik bilan aloqalar;
‎Reklama ishi masalari boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari, shuningdek elektron-oʻqitish va boshqa bilim beruvchi resurslarning yangi avlodini yaratish.
2006—2010-yillar ‎ Grant asosida mablagʻ bilan taʼminlash, har yili oliy taʼlim muassasalariga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida ‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston milliy universiteti ‎
5.‎ ‎Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologiya xavfsizligi masalalarini oʻrganish boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va oliy oʻquv yurtlari gumanitar (psixologiya, sotsiologiya, filosofiya, jurnalistika, yurisprudensiya, siyosatshunoslik, tarix, filologiya) fakultetlari oʻquv jarayoniga joriy etish. 2006-2007 oʻquv yilining ikkinchi yarmidan boshlab‎ Oliy taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari, grant asosida mablagʻ bilan taʼminlash, har yili oliy taʼlim muassasalariga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida ‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, ‎
6.‎ ‎Oʻzbekiston milliy universitetida quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha magistratura ochish:
‎ “Siyosiy sharh”;
‎“Ommaviy axborot vositalari iqtisodiyoti va menejmenti”;
‎ “Axborot-psixologiya xavfsizligi”;
‎“Ommaviy axborot vositalari sotsiologiyasi”;
‎“Ommaviy axborot vositalari psixologiyasi”.
2007-2010-yillar davrida bosqichma-bosqich ‎ Har yili oliy taʼlim muassasalariga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston milliy universiteti ‎
7.‎ ‎“Ommaviy axborot vositalari iqtisodiyoti va menejmenti”;
‎ “Ommaviy axborot vositalari sotsiologiyasi va psixologiyasi” kafedralarini tashkil etish.
‎2008-yilgacha Har yili oliy taʼlim muassasalariga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston milliy universiteti ‎

II. Oʻquv jarayonlariga zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish

8.‎ ‎Oʻqitishning inteaktiv metodlarini keng joriy etish:
‎tajribali amaliyotchi jurnalistlar rahbarligidagi “usta-sinf”lar sonini koʻpaytirish;
‎majburiy tartibda oʻquv gazetasini chiqargan holda tahririyatning kundalik ishiga juda yaqin boʻlgan amaliy oʻyinlardan foydalanish;
‎radio-, teleeshittirishlar tayyorlash, oʻquv jarayoniga oʻquv hujjatli filmlarni joriy etish; muammoli leksiyalar oʻqish uchun turli mutaxassislarni taklif etish.
2006-2007-yillar‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ‎
9.‎ ‎Oʻquv jarayonlariga “ZiyoNET” tarmogʻi axborot resurslarini jalb etish, uning ilmiy-oʻquv, madaniy-maʼrifiy va maʼlumotnoma-tahliliy materiallar bilan boyitilishida jurnalistika fakultetlari talabalarining ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

‎talabalarni chet el mutaxassislari va xorijiy oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari olib borishlari mumkin boʻlgan ayrim maxsus kurslar boʻyicha masofadan turib oʻqitish uchun global Internet tarmogʻidan foydalanish.
2006-2007, 2007-2008 oʻquv yillari ‎ Moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 28-dekabrdagi 282-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 2006-yilda tarmoqqa ulash bilan bogʻliq xarajatlar har yili oliy taʼlim muassasalariga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi. 2007—2010-yillarda tarmoqqa ulash va aloqa xizmatlariga haq toʻlash uchun zarur mablagʻlar har yili oliy taʼlim muassasalariga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida nazarda tutiladi ‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ‎
10.‎ ‎Talabalar tomonidan bilimlarni oʻzlashtirishi sifatini nazorat qilishning zamonaviy metodlarini:
‎imtihon testlarini;
‎reyting nazorat usullarini
‎ talabaning mustaqil ishini baholash mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish.
2007-2008-yillar‎ Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Qoraqalpogʻiston davlat universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ‎ Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Qoraqalpogʻiston davlat universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ‎
11.‎ ‎Jurnalistika fakultetlarida chet tillarni oʻqitish sifatini yaxshilashga qaratilgan yangi taʼlim texnologiyalari joriy etish. ‎2006-2007 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston milliy Universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Qoraqalpogʻiston davlat universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ‎ Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Qoraqalpogʻiston davlat universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ‎
12.‎ ‎Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha jurnalistlar va mutaxassislar uchun maxsus kurslar tashkil etish. 2006-yil sentyabr-dekabr‎ Tinglovchilarni yoʻllovchi tashkilotlar va muassasalar mablagʻlari hisobiga ‎ Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi‎

‎‎III. Jurnalist kadrlarni tayyorlash moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish

13.‎ ‎Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining jurnalistika fakultetlarini, Qoraqalpogʻiston davlat universitetining jurnalistika boʻlimini zamonaviy asbob-uskunalar, oʻqitishning texnik vositalari oʻquv proyektorlari, raqamli audio-videoapparatura, elektron taxtalar va kompyuter laboratoriyalari bilan jihozlash, ularni Internet tarmogʻiga ulash. ‎2006-2007, 2007-2008 oʻquv yillari Har yili oliy taʼlim muassasalariga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, homiylik tushumlari‎ Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Qoraqalpogʻiston davlat universiteti, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi‎
14.‎ ‎Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakulteti moddiy bazasini yaxshilash, uning barcha tuzilmalarini oʻquv jarayonini yuqori darajada tashkil etish hamda boʻlajak jurnalistlarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha talablarga javob beruvchi bitta binoga joylashtirish. 2007-2008-yillar‎ Har yili oliy taʼlim muassasalariga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, homiylik tushumlari‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston milliy universiteti‎
15.‎ ‎Oliy oʻquv yurtlari talabalari va oʻqituvchilarning respublikaning tegishli idoralari va tashkilotlari axborot-taʼlim resurslaridan (eng avvalo, kutubxonalardan) foydalana olishi uchun keng shart-sharoitlarni taʼminlash. ‎2006-2007 oʻquv yili Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Qoraqalpogʻiston davlat universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ‎ Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Qoraqalpogʻiston davlat universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi‎
16.‎ ‎Oʻzbekiston milliy universitetida oʻquv teleradiostudiyasi tashkil etish (shu jumladan uning uchun tegishli asbob-uskunalar xarid qilish) 2007-2008, 2008-2009 oʻquv yillari ‎ Har yili oliy taʼlim muassasalariga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, homiylik tushumlari‎ ‎Oʻzbekiston milliy universiteti
17.‎ ‎Oʻzbekiston milliy universitetini va Oʻzbekiston davlat ja�on tillari universitetini oʻquv-metodik adabiyotlar nashr etish uchun zamonaviy matbaa va nusxa koʻpaytirish texnikasi bilan jihozlash, uning ishiga jurnalistika fakultetining talabalari va oʻqituvchilarini jalb etish. 2007-2008-yillar ‎ Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, homiylik tushumlari‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti‎

‎‎IV. Oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, jurnalistika sohasida ilmiy-amaliy kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish

18.‎ ‎Jurnalistika fakultetlari oʻqituvchi kadrlarining har yillik tajriba orttirishlari rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish (2007-yildan boshlab har yili 4 kishidan):
‎Oʻzbekistonning turli ommaviy axborot vositalari tahririyatlarida;
‎ jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash xalqaro markazlarida;
‎yetakchi xorijiy universitetlarda.
2007—2010-yillar‎ “Isteʼdod” jamgʻarmasi, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, Oliy taʼlim muassasalari-ning oʻz mablagʻlari, homiylik tushumlari ‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Isteʼdod” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Qoraqalpogʻiston davlat universiteti‎
19.‎ ‎Magistratura, aspirantura, doktoranturalar bitiruvchilarining salohiyatidan yuqori darajada foydalanish orqali jurnalistika fakultetlari oʻqituvchilari tarkibini sifat jihatidan yaxshilash, jurnalistika fakultetlari oʻqituvchilari tomonidan tarix, kommunikatsiya jarayonlari nazariyasi va amaliyotining dolzarb muammolari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari oʻtkazilishini ragʻbatlantirish. 2006—2010-yillar‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Isteʼdod” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Qoraqalpogʻiston davlat universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti‎
20.‎ ‎Jurnalistika fakultetlari bakalavriati va magistraturasi talabalari orasidan nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi vakolatxonalarida – elchixonalarning matbuot xizmatlarida, Oʻzbekiston axborot agentliklarining oʻz muxbirlariga yordamchi sifatida, budjet mablagʻlari va grantlar hisobiga tajriba orttirishga yuborish uchun tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish va tanlash sifatini oshirish (2007-yildan boshlab har yili 10 kishidan). 2007—2010-yillar‎ Har yili oliy taʼlim muassasalariga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan kvotalar boʻyicha, “Isteʼdod” jamgʻarmasi‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Qoraqalpogʻiston davlat universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti‎
21.‎ ‎Oʻzbekiston Respublikasi jurnalist kadrlari uchun maxsus seminarlar, treninglar, malaka oshirish kurslari tashkil etish. 2006—2010-yillar (har yili) ‎ Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi ‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Qoraqalpogʻiston davlat universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi�
22.‎ ‎Jurnalistika boʻyicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yoqlash uchun ixtisoslashtirilgan Kengash ochish. ‎2006-yil oxirigacha Oʻzbekiston milliy universiteti oʻz mablagʻlari‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston milliy Universiteti‎
23.‎ ‎Oʻzbekiston milliy universiteti huzurida yiliga 2-marta chiqadigan “Jurnalistika masalalari” ixtisoslashtirilgan ilmiy va kasbiy almanax taʼsis etish, uni Oliy attestatsiya komissiyasi reyestriga kiritish. ‎2006-yil oxirigacha Oliy taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari ‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston milliy universiteti‎
Ommaviy axborot vositalari sohasida
kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash
Davlat dasturiga
2-ILOVA
2006—2010-yillar davrida ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar
tayyorlash va qayta tayyorlash Davlat dasturini moliyalashtirish manbalari

T/r‎‏‎

Tadbirlar nomi‎‏‎

Bajarish muddatlari‎‏‎

Xarajatlarning umumiy summasi (ming soʻm)‎‏‎

Shu jumladan (ming soʻm) ‎‎

“Isteʼdod” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi ‎

Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, grant asosida moliyalashtirish, oliy taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari, har yili oliy taʼlim muassasalariga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida‎

Homiylik tushumlari va boshqa tushumlar

1.‎ ‎Ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarini tartibga soluvchi barcha bazaviy normativ hujjatlarni:

‎bakalavriat, magistratura, ikki yillik Oliy jurnalistika kurslari yoʻnalishlari klassifikatorini;

‎bakalavriat, magistratura, ikki yillik Oliy jurnalistika kurslari uchun taʼlim standartlarini, oʻquv rejalari va dasturlarini;

‎oliy taʼlim muassasalari uchun oʻqituvchi kadrlarni tanlab olish, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibi malakasini oshirish boʻyicha nizomni qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish.
‎2006-2007-yillar ‎- ‎- ‎- ‎-
2.‎ ‎Magistraturaning yangi yoʻnalishlari:

‎Jamoatchilik bilan aloqalar;
‎Ommaviy axborot vositalarida reklama;
‎Tahririyat-matbaa ishi;
‎Internet jurnalistika boʻyicha oʻqitish uchun zarur boʻlgan namunaviy dasturlarni tayyorlash.
‎2006-2007-yillar ‎- -‎ -‎ ‎-
3.‎ ‎Quyidagilar:

‎“Ommaviy axborot vositalari iqtisodiyoti va menejmenti”;
‎ “Axborot-psixologiya xavfsizligi”
‎“Ommaviy axborot vositalari sotsiologiyasi”
‎ “Ommaviy axborot vositalari psixologiyasi” mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalarini va namunaviy dasturlarni ishlab chiqish.
2006-2007-yillar ‎
4.‎ ‎Quyidagilar:
‎Jurnalistik ijodiyot texnologiyasi va metodikasi;
‎Adabiy tahrir;
‎Matbuot xizmatlari ishini tashkil etish;
‎Jamoatchilik bilan aloqalar;
‎Reklama ishi masalari boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari, shuningdek elektron-oʻqitish va boshqa bilim beruvchi resurslarning yangi avlodini yaratish.
2006—2010-yillar‎ ‎46397,6 ‎- 46397,6 ‎ ‎-
5.‎ ‎Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologiya xavfsizligi masalalarini oʻrganish boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va oliy taʼlim yurtlari gumanitar (psixologiya, sotsiologiya, filosofiya, jurnalistika, yurisprudensiya, siyosatshunoslik, tarix, filologiya) fakultetlari oʻquv jarayoniga joriy etish (shu jumladan tegishli oʻquv qoʻllanmasini ishlab chiqish va eʼlon qilish). 2006-2007 oʻquv yilining ikkinchi yarmidan boshlab‎ 26038,6 ‎ -‎ 26038,6 ‎ -‎
6.‎ ‎Oʻzbekiston milliy universitetida quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha magistratura ochish:
‎“Siyosiy sharh”;
‎“Ommaviy axborot vositalari iqtisodiyoti va menejmenti”;
‎“Axborot-psixologiya xavfsizligi”;
‎“Ommaviy axborot vositalari sotsiologiyasi”;
‎“Ommaviy axborot vositalari psixologiyasi”.
‎Bosqichma-bosqich, 2007-2010-yillarda 146400,0 ‎ -‎ 146400,0 ‎ -‎
7.‎ ‎“Ommaviy axborot vositalari iqtisodiyoti va menejmenti”,‎ “Ommaviy axborot vositalari sotsiologiyasi va psixologiyasi” kafedralarini tashkil etish. 2007-2008-yillarda ‎ 41580,0 ‎ -‎ 41580,0 ‎
8.‎ ‎Oʻqitishning interaktiv metodlarini keng joriy etish, shu jumladan:

‎tajribali amaliyotchi jurnalistlar rahbarligidagi “usta-sinf”lar sonini koʻpaytirish;
‎majburiy tartibda oʻquv gazetasini chiqargan holda tahririyatning kundalik ishiga juda yaqin boʻlgan amaliy oʻyinlardan foydalanish;
‎radio-, teleeshittirishlar tayyorlash, oʻquv jarayoniga oʻquv hujjatli filmlarni joriy etish;
‎muammoli leksiyalar oʻqish uchun turli mutaxassislarni taklif etish.
2006-2007-yillar‎ -‎ -‎ -‎ ‎-
9.‎ ‎Oʻquv jarayonlariga “ZiyoNET” tarmogʻi axborot resurslarini jalb etish, uning ilmiy-oʻquv, madaniy-maʼrifiy va maʼlumotnoma-tahliliy materiallar bilan boyitilishida jurnalistika fakultetlari talabalarining ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish.

‎Talabalarni chet el mutaxassislari va xorijiy oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari olib borishlari mumkin boʻlgan ayrim maxsus kurslar boʻyicha masofadan turib oʻqitish uchun global Internet tarmogʻidan foydalanish.
2006-2007, 2007-2008 oʻquv yillari ‎ -‎

Moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 28-dekabrdagi 282-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 2006-yilda tarmoqqa ulash bilan bogʻliq xarajatlar har yili oliy taʼlim muassasalariga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi. 2007—2010-yillarda tarmoqqa ulash va aloqa xizmatlariga haq toʻlash uchun zarur mablagʻlar har yili oliy taʼlim muassasalariga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida nazarda tutiladi

10.‎ ‎Talabalar tomonidan bilimlarni oʻzlashtirishi sifatini nazorat qilishning zamonaviy metodlarini: imtihon testlarini; reyting nazorat usullarini talabaning mustaqil ishini baholash mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish. 2007-2008-yillar‎ ‎- -‎ -‎ -‎
11.‎ ‎Jurnalistika fakultetlarida chet tillarni oʻqitish sifatini yaxshilashga qaratilgan yangi taʼlim texnologiyalari joriy etish. ‎2006-2007 oʻquv yilidan boshlab -‎ ‎- ‎- -‎
12.‎ ‎Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha jurnalistlar va mutaxassislar uchun maxsus kurslar tashkil etish. 2006-yil sentyabr-dekabr‎ -‎ -‎ -‎ ‎-
13.‎ ‎Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining jurnalistika fakultetlarini, Qoraqalpogʻiston davlat universitetining jurnalistika boʻlimini zamonaviy asbob-uskunalar, oʻqitishning texnik vositalari oʻquv proyektorlari, raqamli audio-videoapparatura, elektron taxtalar va kompyuter laboratoriyalari bilan jihozlash, ularni Internet tarmogʻiga ulash. ‎2006-2007, 2007-2008 oʻquv yillari 124938,5 ‎ -‎ 93703,8 ‎ 31234,7 ‎
14.‎ ‎Oʻzbekiston milliy universitetining respublikada yetakchi boʻlgan jurnalistika fakulteti moddiy bazasini yaxshilash, uning barcha tuzilmalarini oʻquv jarayonini yuqori darajada tashkil etish hamda boʻlajak jurnalistlarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha talablarga javob beruvchi birta binoga joylashtirish. 2007-2008-yillar‎ 81802,0 ‎ -‎ 61351,4 ‎ 20450,6 ‎
15.‎ ‎Oliy oʻquv yurtlari talabalari va oʻqituvchilarning respublikaning tegishli idoralari va tashkilotlari axborot-taʼlim resurslaridan (eng avvalo, kutubxonalardan) foydalana olishi uchun keng shart-sharoitlarni taʼminlash. 2006-2007 oʻquv yili‎ ‎- -‎ ‎- ‎-
16.‎ ‎Oʻzbekiston milliy universitetida oʻquv teleradiostudiyasi tashkil etish (shu jumladan uning uchun tegishli a�bob-uskunalar xarid qilish) 2007-2008, 2008-2009 oʻquv yillari ‎ 134025,5 ‎ ‎- 100519,0 ‎ 33506,5 ‎
17.‎ ‎Oʻzbekiston milliy universitetini va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini oʻquv-metodik adabiyotlar nashr etish uchun zamonaviy matbaa va nusxa koʻpaytirish texnikasi bilan jihozlash, uning ishiga jurnalistika fakultetining talabalari va oʻqituvchilarini jalb etish. 2007-2008-yillar ‎ Barcha xarajatlar ushbu hujjatning 13-bandiga kiritilgan ‎ -‎ ‎- -‎
18.‎ ‎Jurnalistika fakultetlari oʻqituvchi kadrlarining har yillik tajriba orttirishlari rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish (2007-yildan boshlab har yili 4 kishidan):
‎Oʻzbekistonning turli ommaviy axborot vositalari tahririyatlarida;
‎jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash xalqaro markazlarida;
‎xorijiy universitetlarda, xususan Moskva davlat universtitetida, Sankt-Peterburg davlat universitetida, Yevropa va Osiyoning boshqa universitetlarida.
2007—2010-yillar‎ 37571,2 ‎ 32320,0 ‎ 3500,8 ‎ ‎1750,4
19.‎ ‎Magistratura, aspirantura, doktoranturalar bitiruvchilarining salohiyatidan yuqori darajada foydalanish orqali jurnalistika fakultetlari oʻqituvchilari tarkibini sifat jihatidan yaxshilash, jurnalistika fakultetlari oʻqituvchilari tomonidan tarix, kommunikatsiya jarayonlari nazariyasi va amaliyotining dolzarb muammolari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari oʻtkazilishini ragʻbatlantirish. ‎2006—2010-yillar ‎- ‎- -‎ -‎
20.‎ ‎Jurnalistika fakultetlari bakalavriati va magistraturasi talabalari orasidan nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi vakolatxonalarida – elchixonalarning matbuot xizmatlarida, Oʻzbekiston axborot agentliklarining oʻz muxbirlariga yordamchi sifatida, budjet mablagʻlari va grantlar hisobiga tajriba orttirishga yuborish uchun tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish va tanlash sifatini oshirish (2007-yildan boshlab har yili 10 kishidan). ‎2007—2010-yillar 320904,0 ‎ 50040,0 ‎ ‎270864,0 -‎
21.‎ ‎Oʻzbekiston Respublikasi jurnalist kadrlari uchun maxsus seminarlar, treninglar, malaka oshirish kurslari tashkil etish. 2006-2010-yillar (har yili) ‎ 5203,3 ‎ 5203,3 ‎ -‎ -‎
22.‎ ‎Jurnalistika boʻyicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yoqlash uchun ixtisoslashtirilgan Kengash ochish. ‎2006-yil oxirigacha -‎ -‎ -‎ -‎
23.‎ ‎Oʻzbekiston milliy universiteti huzurida yiliga 2-marta chiqadigan “Jurnalistika masalalari” ixtisoslashtirilgan ilmiy va kasbiy almanax taʼsis etish, uni Oliy attestatsiya komissiyasi reyestriga kiritish. ‎2006-yil oxirigacha 15092,0 ‎ 15092,0 ‎ -‎ ‎-

‎J A M I

979952,7‎‎

102655,3‎

102655,3‎

86942,2‎

Izoh. Barcha xarajatlar va narxlar bojxona bojlari, soliqlar va yigʻimlar hisobga olinmasdan shakllantirilgan hamda taxminiy hisoblanadi.
Ommaviy axborot vositalari sohasida
kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash
Davlat dasturiga
3-ILOVA
Ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash
Davlat dasturini amalga oshirish doirasida mablagʻlarni oʻzlashtirish jadvali
ming soʻm‎

‎‏
‎T/r



‎‎‏Moliyalashtirish manbalari

Bajarish muddatlari (yillar)‎‎

2006-yil‎

2007-yil‎

2008-yil ‎

2009-yil‎

2010-yil‎

Jami:‎

1.‎ Har yili oliy taʼlim muassasalariga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida‎ -‎ 379718,6‎ 83721,4‎ 49603,7‎ 64241,0‎ 577284,7‎
2.‎ Oliy taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari‎ -‎ 4446,0‎ 4446,0‎ 4446,0‎ 4448,7‎ 17786,7‎
3.‎ Grant ajratish asosida moliyalashtirish‎ 10043,7‎ 10000,0‎ 9099,4‎ 9099,4‎ 38242,5‎
4.‎ Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi‎ 49358,2‎ 107257,3‎ 7096,6‎ 4210,6‎ 4210,6‎ 172133,3‎
5.‎ “Isteʼdod” jamgʻarmasi‎ -‎ 20590,0‎ 20590,0‎ 20590,0‎ 20590,0‎ 82360,0‎
6.‎‏‏
‎‏
Grant asosida jalb qilinadigan mablagʻlar: ‎
Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi‎

-‎

433,6‎ 433,6‎ 433,6‎ 433,7‎ 1734,5‎
Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi‎

-‎

433,6‎ 433,6‎ 433,6‎ 433,6‎ 1734,4‎
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi‎

-‎

433,6‎ 433,6‎ 433,6‎ 433,6‎ 1734,4‎
7.‎ Homiylik tushumlari ‎ -‎ 74594,6‎ 7096,6‎ 2625,5‎ 2625,5‎ 86942,2‎

J A M I:‎

49358,2‎

597951,0‎

134251,4‎

91876,0‎

106516,1‎

979952,7‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 319-modda)