Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.01.2010
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT IShLARI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON MATBUOT VA AXBOROT AGENTLIGINING
Qarori
UMUMTAʼLIM MAKTABLARINI DARSLIKLAR VA OʻQUV-METODIK QOʻLLANMALAR BILAN TAʼMINLASh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 24-iyulda 1603-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining 2009-yil 16-dekabrdagi 53, 115, QQ-19, 05-04-02 sonli “Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2064, 14.01.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-mayda PQ-362-sonli “Umumtaʼlim maktablarini darsliklar bilan taʼminlash tizimini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarorining 7-bandini (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 22-son, 190-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash toʻgʻrisida nizom tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Xalq taʼlimi vaziri T. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-iyun,
17-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-iyun,
63-son
Madaniyat va sport ishlari vaziri A. AZIZXOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-iyun,
2-son
Oʻzbekiston matbuot va axborot Agentligi direktori B. ALIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-iyun,
1-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 301-modda)