XALQ DEPUTATLARI JONDOR TUMANI KENGASHINING
qarori
Jondor tumanidagi “Oxshix” mahalla fuqarolar yigʼini nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 10-sentabrdagi 03/08-11061-sonli xati, Respublika toponimika boshqarmasi ekspert komissiyasining 2026-yil 9-sentabrdagi 05-19-10768-sonli ekspert xulosasi bilan Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi Geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining 2026-yil 21-avgustdagi 11/4345-01-11-sonli murojaatnomasi va unda qayd etilgan Buxoro viloyati komissiyasining Jondor tumanidagi “Oxshix” mahalla fuqarolar yigʼini nomidagi “q” harfi tovush oʻgarishiga uchrab “x” deb talafuz qilinishi natijasida “Oxshix” atab kelinganligini inobatga olib, uning asl atamasi boʻlgan “Oqshix” deb nomlash toʻgʼrisidagi taklifi maʼqullangan hamda tasdiqlash uchun Xalq deputatlari tuman Kengashiga kiritilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 10-sentabrdagi 03/08-11061-sonli xati, Respublika toponimika boshqarmasi ekspert komissiyasining 2026-yil 9-sentyabrdagi 05-19-10768-sonli xulosasi inobatga olinsin.
2. “Oxshix” mahalla fuqarolar yigʼinining tovush oʻgarishiga uchrab, imloviy xato bilan yozilgan “Oxshix” mahalla fuqarolar yigʼini nomi “Oqshix” shaklida oʻzgartirilsin.
3. Tuman hokimligi axborot xizmati kotibi (S. Shomurodov)ga:
mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishini taʼminlash topshirilsin.
4. Tegishli tashkilot va idoralarga rahbarlariga:
“Oxshix” mahalla fuqarolar yigʼini nomini belgilangan tartibda “Oqshix” mahalla fuqarolar yigʻini nomiga oʻzgartirish bilan bogʻliq maʼlumotlarni tegishli hujjatlar va elektron axborot tizimlarida belgilangan tartibda yangilash tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi (H. Qarayeva) zimmasiga yuklatilsin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirishi belgilansin.
Kengash raisi L. BEHBUDOVA
Buxoro viloyati, Jondor tumani,
2026-yil 2-noyabr,
VII-33-91-2-35-K/26-son