15.07.2026 yildagi VII-19-58-4-62-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI KITOB TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitob tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan markaziy koʻchalar boʻyidagi tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari tariflarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarorining 8-bandi “a” kichik bandi ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2026-yil 26-yanvardagi VII-21-13-4-0-K/26-sonli qarorini hamda tuman hokimining oʻrinbosari F. Usmonovning 2026-yil 20-iyundagi 03-03/2016-sonli xati bilan taqdim etilgan tariflar loyihasini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kitob tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan markaziy koʻchalar boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun belgilangan tariflar koʻrsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga markaziy koʻchalar boʻyidagi tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlanganligini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilik hamda tadbirkorlik subyektlari eʼtiboriga yetkazish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A. Boboyev va tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari F. Usmonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi raisi S. KODIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 15-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-19-58-4-62-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.