28.08.2026 yildagi VII-35-60-10-149-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BEKOBOD SHAHAR KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bekobod shahridagi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (koʻchalar, tor koʻchalar va berk koʻchalar) nom berish hamda ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qarori asosida shahardagi 33 ta mahalladagi aholi punktlarining tarkibiy qismlari boʻlgan 419 ta koʻcha, tor koʻcha va berk koʻchalar toifalarga ajratilib, xatlov ishlari toʻliq yakunlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlov yakunlari boʻyicha 10 ta koʻchaga nom berilmaganligi aniqlandi. Toshkent viloyati Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining 2026-yil 12-iyundagi 95-son yigʻilish bayoni asosida Bekobod shahar komissiyasining 2026-yil 13-martdagi yigʻilish bayoni koʻrib chiqildi hamda 10 ta geografik obyekt nomining qonunchilik talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Respublika ekspert komissiyasi tomonidan mazkur 10 ta geografik obyektni nomlash va qayta nomlash boʻyicha kiritilgan takliflarning barchasi Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi 303-sonli qonun hujjatlari talablariga muvofiq ekanligi yuzasidan ekspert xulosasi berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunining 10-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qarori hamda Toshkent viloyati Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining 2026-yil 12-iyundagi 95-son yigʻilish bayonini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6- va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geografik obyektlarni nomlash va ularni qayta nomlash masalalari boʻyicha shahar komissiyasi kotibi G. Mirzaaxmedovaning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bekobod shahar komissiyasining 2026-yil 13-martdagi yigʻilish bayonida berilgan 10 ta geografik obyektni (koʻcha, tor koʻcha va berk koʻcha) nomlash hamda qayta nomlash boʻyicha xulosasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bekobod shahar Soliq inspeksiyasi, shahar Statistika boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi, Iqtisodiyot va moliya boʻlimi, Ichki ishlar boʻlimi, Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasining shahar boʻlimi, Davlat kadastrlari palatasi agentligining shahar boʻlimi hamda boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari mazkur qaror bilan nom berilgan va qayta nomlangan 10 ta geografik obyekt boʻyicha nomlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda boshqa zarur tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror “Bekobod yangiliklari” — “Novosti Bekabada” gazetalarida rasman eʼlon qilinsin hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha shahar komissiyasi kotibi G.Mirzaaxmedova geografik obyektlarga nom berilganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritish uchun oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror rasman imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari shahar kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi J. DUSHABAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Bekobad sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-35-60-10-149-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.