XALQ DEPUTATLARI SHEROBOD TUMANI KENGASHINING
Qarori
Sherobod tumanidagi mavjud ayrim geografik obyektlar nomlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2026-yil 23-iyuldagi 03/08-8699-sonli yigʻilish bayoni hamda Respublika ekspertiza komissiyasining 2026-yil 22-iyuldagi 05-19-12822-sonli ekspertiza xulosasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Tuman hokimi U. Alimovning 2026-yil 12-oktabrdagi Sherobod tumanidagi ayrim geografik obyektlar nomlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 01-06/1433-sonli xati, shuningdek, tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari – davlat tili boʻyicha maslahatchisi A. Toshtemirovning tumandagi ayrim geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2026-yil 23-iyuldagi 03/08-8699-sonli yigʻilish bayoni hamda Respublika ekspertiza komissiyasining 2026-yil 22-iyuldagi 05-19-12822-sonli ekspertiza xulosasi maʼqullansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2026-yil 23-iyuldagi 03/08-8699-sonli yigʻilish bayoni hamda Respublika ekspertiza komissiyasining 2026-yil 22-iyuldagi 05-19-12822-sonli ekspertiza xulosasiga asosan tumandagi jami 26 ta geografik obyektni nomlash va qayta nomlash boʻyicha berilgan ekspertiza xulosasi Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasiga asosan qonun hujjatlariga muvofiq deb hisoblanganligi inobatga olinsin hamda tuman boʻyicha jami 26 ta geografik obyekt nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tumanda geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha mavjud 26 ta geografik obyekt nomlari Kadastr agentligi ekspert komissiyasi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilganligi inobatga olinib, ushbu 26 ta geografik obyekt roʻyxati xalq deputatlari tuman Kengashi qarori asosida Kadastr agentligining davlat reyestri elektron bazasiga kiritish maqsadida viloyat hududiy komissiyasiga taqdim etilsin.
5. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash uchun tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari – davlat tili boʻyicha maslahatchisi A. Toshtemirov, tuman hokimining oʻrinbosari A. Pirmatov hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Sherobod tumani boʻlimi masʼuli O. Ostonaqulov masʼul etib belgilansin.
6. Mazkur qaror “Sherobod hayoti” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (N. Saidova) zimmasiga yuklatilsin.
8. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi O. TURSUNOV
Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani,
2026-yil 20-oktabr,
VII-27-103-8-119-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.