27.10.2026 yildagi VII-27-111-8-119-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SHEROBOD TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarorining tumandagi ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarori 7-bandi “a” kichik bandiga muvofiq, 2026-yil 1-oktyabrdan 2027-yil 1-aprelga qadar kuz-qish davrida Sherobod tumani hududidagi suv isteʼmolchilariga suv olish limitlarini belgilash hamda suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “AMU-SURXON” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻining 2026-yil 16-sentyabrdagi 01-10/1582-sonli hamda Sherobod tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori J. Boʻriyevning 2026-yil 25-sentyabrdagi 01-05/302-sonli xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sherobod tumani hududidagi suv isteʼmolchilarining 2026-yil 1-oktyabrdan 2027-yil 1-aprelga qadar kuz-qish davrida nosugʻorish ishlari uchun suv olish limitlari 1 — 5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sherobod tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari J. Boʻriyevga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan limitlar asosida suv isteʼmolchilariga suv yetkazib berishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash hamda taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisobotini yuritishni raqamlashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan tartibda xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashiga hisobot berib borishni taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sherobod tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari J. Boʻriyev tasdiqlangan suv olish limitlarining suv isteʼmolchilariga belgilangan tartibda yetkazilishini hamda suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanilishini taʼminlash uchun masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati (A. Toshtemirov) hamda “Sherobod hayoti” gazetasi tahririyatiga (P. Muhammadiyev) Sherobod tumani hududidagi suv isteʼmolchilarining 2026-yil 1-oktyabrdan 2027-yil 1-aprelga qadar kuz-qish davrida nosugʻorish ishlari uchun tasdiqlangan suv olish limitlari, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish hamda suvni tejash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sherobod tumani hokimligi, “AMU-SURXON” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda Sherobod tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan suv olish limitlarining tegishli suv isteʼmolchilariga oʻz vaqtida yetkazilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning 2-bandida belgilangan suv olish limitlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, ushbu masala amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi (Q. Raxamov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash Sherobod tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari J. Boʻriyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi O. TURSUNOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 27-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-27-111-8-119-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.