26.06.2026 yildagi VII-22-49-5-210-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI GʻOZGʻON SHAHAR KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻozgʻon shahrining 2026-yil mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini balansliligini buzmagan holda koʻpaytirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Xalq deputatlari Gʻozgʻon shahar Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlar, agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 12-iyun DKQ 03-01/25-26-sonli Qarori va Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksining 127-moddasi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24- moddasiga asosan xalq deputatlari Gʻozgʻon shahar Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qaroriga asosan shahardagi jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizini mahalla jamgʻarmasiga oʻtkazishdan yuzaga kelgan farqni qoplash uchun 250 000,0 (ikki yuz ellik million) ming soʻm mablagʻ zarurligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Gʻozgʻon shahar boʻlimi tasarrufidagi mahallalarning “Mahalla jamgʻarmasi”ga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizini oʻtkazishdan yuzaga kelgan farqni qoplash uchun Navoiy viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda, Xalq deputatlari Gʻozgʻon shahar Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-16-119-5-210-K/25-sonli qarori 2-ilovasidagi 11-bandi hamda 3-ilovasidagi 7-bandlari shahar mahalliy byudjeti hisobidan Gʻozgʻon shahar mahalliy byudjetining 2026-yil daromadlari va xarajatlarini 250 000,0 (ikki yuz ellik million) ming soʻmga ilovaga muvofiq oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shahar Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari (S. Boboyev) Gʻozgʻon shahar mahalliy byudjetining 2026-yil daromadlari va xarajatlari rejalariga tegishli oʻzgartirish kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlar, agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (M. Qodirov) va ijrosi shahar hokimining birinchi oʻrinbosari (N. Zoyirov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi Z. ROʻZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati, Gʻozgʻon shahri,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 26-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-22-49-5-210-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.