NAVOIY VILOYATI ZARAFSHON SHAHAR HOKIMINING
QARORI
Zarafshon shahar hokimining 2022-yil 21-sentabrdagi 235-5-78-Q/22-son qarori 2-bandi 2-xatboshisiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunining 59-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan hamda shahar hokimi oʻrinbosari X. Oripovning bildirgisini koʻrib chiqib qaror qilaman:
1. Shahar hokimi oʻrinbosari X. Oripovning bildirgisi inobatga olinsin.
2. Shahar hokimining 2022-yil 21-sentabrdagi 235-5-78-Q/22-son qarori 2-bandi 2-xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shaharning Konchilar MFY Zurab Zarapetyan koʻchasidagi “Shukrona” kafesi yon tomonidan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Markaziy kon boshqarmasi binosiga kirish qismida hamda Marvarid koʻchasi shahar markazida joylashgan “Kamalak” aqua bogʻi tomondan kirish qismiga avtotransport vositalarining harakatini soat 07:00 dan 19:00 gacha cheklash maqsadida 3.1 – “Kirish taqiqlangan” va 7.25 – “Faqat xizmat avtomobillari” hamda qoʻshimcha 7.5.4 yoʻl belgilarini;”
3. Shahar hokimining 2022-yil 21-sentabrdagi 235-5-78-Q/22-son qarorining qolgan qismi oʻz kuchini saqlab qolsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimi oʻrinbosari X. Oripov zimmasiga yuklansin.
Shahar hokimi N. RAHMANOV
Navoiy viloyati, Zarafshon shahri,
2026-yil 27-avgust,
155-5-78-Q/26-son