23.10.2026 yildagi VI-29-65-11-155-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI DANGʻARA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dangʻara tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-bobi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi 126-son Farmoniga muvofiq, 2027-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ish bilan taʼminlash uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish maqsadida, tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimining 2026-yil 30-sentabrdagi 32/08-01/16-10-sonli xatini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Dangʻara tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimining 2026-yil 30-sentabrdagi 32/08-01/16-10-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi 98-son Farmoniga muvofiq ijtimoiy ehtiyojmand shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish vakolatlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga oʻtkazilganligi hamda 126-son Farmoniga muvofiq ish oʻrinlarini majburiy zaxiralash tartibi belgilanganligi ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining takliflari maʼqullansin va 2027-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun jami 694 ta ish oʻrni zaxiraga qoʻyilsin, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun — 298 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun — 47 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy reyestrdagi oilalarning aʼzolari uchun — 320 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim hamda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar uchun — 5 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar uchun — 21 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun — 3 kishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2027-yilda zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining davlat tashkilotlari (budjet tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar) boʻyicha manzilli roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 foizini kalendar yil boshlanishidan oldin 10 kundan kechiktirmay tayyor holga keltirsin hamda bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga axborot taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarining qolgan qismini kalendar yilning birinchi choragi davomida zaxiraga qoʻysin hamda birinchi chorak tugaganidan keyin 10 kun ichida bu haqda axborot taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga joylashtirilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oy hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlarini zaxirada saqlash “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 40-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi 64-son qaroriga muvofiq, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga mansub shaxslarni belgilangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan ish beruvchilar subsidiya olish huquqiga ega ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-, 13-, 34-, 38-, 39-, 40- va 41-moddalariga muvofiq mazkur qaror talablarini bajarmagan ish beruvchilar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. Jarima qoʻllanilishi ish beruvchini zaxiraga qoʻyilishi lozim boʻlgan ish oʻrinlarini yaratish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʼi D. Dadamirzayev:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh kun muddatda ushbu qaror nusxasini “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali ish beruvchining “YaMMT” IDAKdagi shaxsiy kabinetiga yuborsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror ijrosi ustidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror talablarini bajarmagan yoki fuqarolarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etgan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Dangʻara tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi D.Dadamirzayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qaror 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi K. DADABOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Dangʻara tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 23-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI-29-65-11-155-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.