NAVOIY VILOYATI ZARAFSHON SHAHAR HOKIMINING
QARORI
Zarafshon shahrida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan shahardagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomning 39-bandiga muvofiq, shaharda maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish jarayonida umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohududlar)ni aniq belgilab olish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asoslanib qaror qilaman:
1. Zarafshon shahrida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohududlar) roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish umumtaʼlim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan bolalarni birma-bir (uyma-uy) roʻyxatga olish orqali amalga oshirilsin.
3. Zarafshon shahar hokimining 2026-yil 18-maydagi “Zarafshon shahrida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan shahardagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida”gi 102-5-78-Q/26-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Shahar hokimi oʻrinbosari (Lavozimga koʻra), shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (M. Tursunova), umumtaʼlim maktablari direktorlariga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga, umumtaʼlim muassasasi bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
Belgilansinki, shahridagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Zarafshon shahar boʻlimi (Sh. Abduraxmanov)ga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish jarayonida mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan umumtaʼlim muassasalariga amaliy yordam koʻrsatilishi tavsiya etilsin.
6. Shahar hokimligi axborot xizmati (J. Yorqulov)ga mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish va qaror matnini shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Shahar hokimi N. RAHMANOV
Navoiy viloyati, Zarafshon shahri,
2026-yil 9-iyun,
113-5-78-Q/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.