17.10.2026 yildagi VII-30-111-5-73-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI NAVBAHOR TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbahor tumani obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan markaziy koʻchalar boʻyida joylashgan tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–387-son qarorining 8-bandiga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tuman (shahar) markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlariga chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlarini shartnoma asosida koʻrsatishga ruxsat berilganligi, Markaziy bozor (Mustaqillik MCHJ) bilan oylik 5000.0 ming soʻmdan yillik 60000.0 ming soʻmga, Mengi testil MCHJ bilan 2026 yil 1 iyuldan boshlab oylik 11600.0 ming soʻmdan yillik 70000.0 ming soʻmlik shartnomalar imzolanib xizmatlar amalga oshirilib kelinmoqda mazkur xizmatlar uchun tariflar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, tuman Navbahor tuman hokimi oʻrinbosari J.Sobirovning 2026-yil 11-sentyabrdagi 01-27-3216-sonli xati va hisobotini tinglab xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyaning 2026-yil 12-oktyabrdagi DKQ 03-01/115-26-sonli qarorini inobatga olib Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan, xalq deputatlari Navbahor tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Navbahor tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatish boʻyicha toʻlov tariflari yuzasidan tuman Navbahor tuman hokimi oʻrinbosari J. Sobirovning hisoboti qoniqarli deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumanda maishiy chiqindilar, agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar (daraxt va boʻta shox-shabbalai, barglari) hamda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun toʻlov narxlari ilovaga muvofiq maʼqullanganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (M. Jumaboyev)ga tasdiqlangan tariflarni amaliyotga toʻliq va oʻz vaqtida joriy etilishini taʼminlash, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, Iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, barcha tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatishda yagona yondashuv va tartib-intizomni taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari (L. Jamilov)ga markaziy koʻchalarda joylashgan tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida chiqindilarni oʻz vaqtida va sifatli olib chiqish, hududlarni sanitariya va ekologik talablarga muvofiq obodonlashtirish, belgilangan tariflar asosida xizmatlarni uzluksiz tashkil etish, shartnoma majburiyatlarini qatʼiy bajarish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (N. Xotamov)ga mazkur xizmatlar uchun belgilangan tariflarning iqtisodiy asoslanganligini doimiy ravishda tahlil qilib borish, xizmatlar tannarxi va moliyaviy samaradorligini oʻrganish, budjet intizomiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash hamda ushbu sohada ortiqcha xarajatlarning oldini olish boʻyicha aniq choralar koʻrib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi (Sh. Berdiyev)ga xizmatlar boʻyicha shakllanadigan barcha tushumlarning toʻliq va shaffof hisobga olinishini taʼminlash, tadbirkorlik subyektlari bilan hisob-kitoblarning toʻgʻri yuritilishini nazorat qilish, yashirin iqtisodiyotning oldini olish hamda soliq bazasini kengaytirish yuzasidan qatʼiy nazorat choralarini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining qurulish, qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari – tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi (J. Sobirov) qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Qaraboyev) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 3 (uch) oydan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi T. ABDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati, Navbahor tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 17-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-30-111-5-73-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.