28.09.2026 yildagi VII-38-109-5-0-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy va Zarafshon shaharlari jamoat transporti tizimida yangi, qoʻshimcha va ragʻbatlantiruvchi tariflarni joriy qilish hamda yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimidan foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi 419-I-sonli qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 1109-sonli qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-59-son, 2024-yil 25-martdagi “Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-139-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida yoʻlovchilar aylanmasini va umumiy foydalaniladigan avtomobil va elektr transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro yoʻnalishlarda hamda soatlar boʻyicha tashilgan yoʻlovchilar sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomi”ga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 2-iyuldagi 2/898-sonli xatini va viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 30-dekabrdagi 01-12/20-18-32/1183-sonli va 2026-yil 11-iyundagi 01-12/20-17-32/417-sonli xulosalari hamda viloyat Transport boshqarmasining 2026-yil 24-fevraldagi 01-10/37-son xati, xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 10-avgustdagi DKQ 03-01/94-26-sonli qarori hamda bildirilgan taklif, fikr-mulohazalarni inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari viloyat Kengashi, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Navoiy viloyati Transport boshqarmasi boshligʻi B.Raximovning axboroti maʻlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Navoiy va Zarafshon shaharlarining jamoat transporti avtobus yoʻnalishlarida toʻlovlar shaffofligini taʼminlash, yoʻlkira toʻlovlari yigʻilishida bosqichma-bosqich inson omilini kamaytirish, elektron toʻlov tizimlaridan foydalanishni ragʻbatlantirish va avtomatlashtirilgan (elektron) toʻlov tizimini rivojlantirish maqsadida qatnovlarni amalga oshirish uchun yoʻlkira haqining cheklangan tariflari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar yoʻlovchi transporti (avtobuslar)da yoʻlovchilar tomonidan hajmi 60 sm x 40 sm x 20 sm va ogʻirligi 20 kilogrammdan ortiq boʻlmagan qoʻl yuki hamda musiqa asbobini, 150 santimetrgacha uzunlikdagi buyumlarni, shuningdek qafasga solingan mayda hayvonlar va parrandalar, aravacha (bolalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va boshqalarning aravachalari)ni, mayda bogʻdorchilik inventarlari, bolalar chanalarini oʻzi bilan birga bepul olib yurish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar yoʻnalishlaridagi avtobuslarda 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni tashish uchun yoʻl haqi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qaroriga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar yoʻlovchi transporti (avtobuslar)da qatnovlar soniga bogʻliq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif – 1 600 (bir ming olti yuz) soʻm (QQS bilan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilarning shahar yoʻlovchilar transporti (avtobus)dan foydalanishlarida qatnovlar soniga bogʻliq holda belgilangan tarif rejalari 2-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron toʻlov tizimlaridan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yoʻnalishli yoʻlovchi transporti (avtobuslar)dan boshqasiga oʻtish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tarif rejalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-avgustdagi VM-29/25-71-sonli bayoniga asosan Navoiy shahri yoʻnalishlaridagi avtobus va elektrobuslar salonida yoʻl haqqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechilsin va yoʻl haqqini faqat elektron tarzda qabul qilish amaliyoti joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Transport boshqarmasi (B. Raximov) mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, oʻn kun muddatda qonun hujjatlariga muvofiq yoʻlovchilarni tashuvchi tegishli tashkilot va korxonalar bilan tuzilgan oferta (brutto) shartnomalariga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Viloyat hokimligi axborot xizmati (Sh. Raubayeva) mazkur qarorni “Doʻstlik bayrogʻi” va “Знамя дружбы” gazetalarida eʼlon qilinishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 15 (oʻn besh) kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini taʼminlash viloyat hokimi oʻrinbosari (E. Niyozov) hamda nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi (N. Isoqov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi Gʻ. ALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 28-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-38-109-5-0-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.