Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi banklari oʻrtasida elektron toʻlovlar tizimi boʻyicha hisob-kitoblar yuritish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 28-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1010-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2001-yil 8-fevraldagi 4/9-son “Oʻzbekiston Respublikasi banklari oʻrtasida elektron toʻlovlar tizimi boʻyicha hisob-kitoblar yuritish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1010, 2001-yil 19-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 293-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 27-oktabr,
25/5-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2026 y., 10/26/1010-2/1082-son)