Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
«Sudyalarning maqomi toʻgʻrisida»gi QL-265-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
«Sudyalarning maqomi toʻgʻrisida»gi QL-265-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2026-yil 30-iyulda kiritilgan «Sudyalarning maqomi toʻgʻrisida»gi QL-265-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 7-sentabr,
2513-V-son