XALQ DEPUTATLARI NISHON TUMANI KENGASHINING
Qarori
Nishon tumani boʻyicha 2026-yilning usuv davri uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga hamda jami ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimyati toʻgʻrisda”gi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Nishon tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Y. Xudoyberdiyevning Nishon tumani boʻyicha 2026-yil usuv davri uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga hamda jami ajratilgan cheklangan suv miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin hamda Nishon tumani hududlariga Qarshi magistral kanali va Mirishkor magistral kanalidan 2026-yilning usuv davrida qishloq xoʻjalik ekinlarini sugʻorishga va jami ajratilgan cheklangan suv limiti 1-ilovaga muvofiq;
Nishon tumanidagi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va boshqa isteʼmolchilarga Qarshi magistral kanali va Mirishkor magistral kanalidan 2026-yilning usuv davrida sugʻorishga hamda jami ajratilgan cheklangan suv limiti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari M. Sheroliyev, Nishon tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Y. Xudoyberdiyev bilan birgalikda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitiringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib boorish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman kengashining doimiy komissiya raislari hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari M. Sheroliyev zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi U. USMANOV
Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani,
2026-yil 6-may,
VII-21-62-4-65-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.