XALQ DEPUTATLARI QARSHI TUMANI KENGASHINING
Qarori
Qarshi tumanida 2026-yilning oʻsuv davrida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom hamda Qarshi tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori Sh. Raxmonovning 2026-yil 7-maydagi 02//199-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Qarshi tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori Sh. Raxmonovning 2026-yil 7-maydagi 02//199-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Tuman hududlari boʻyicha 2026-yil oʻsuv davrida qishloq xoʻjalik ekinlarini sugʻorishga ajratilgan suv limiti ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori Sh. Raxmonovga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (V. Jahongirov) hamda xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (A. Bozarov) zimmalariga yuklansin.
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi R. BERDIYEV
Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani,
2026-yil 15-may,
VII-21-54-4-59-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.