XALQ DEPUTATLARI GʼUZOR TUMANI KENGASHINING
Qarori
Gʼuzor tumani boʻyicha 2026-yil oʻsuv davri uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga hamda jami ajratilgan cheklangan uzil kesil suv miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimyati toʻgʻrisda”gi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Gʼuzor tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Gʼuzor tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Y. Xudoyberdiyevning Gʼuzor tumani boʻyicha 2026-yil oʻsuv davri uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga hamda jami ajratilgan cheklangan uzil kesil suv miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va 1,2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari-qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Sh. Donayev, Gʼuzor tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori B. Shomirzayev bilan birgalikda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib boorish vazifalari yuklatislsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman kengashining doimiy komissiyaraislari hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari-qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Sh. Donayev zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi K. JUMAYEVA
Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumani,
2026-yil 21-may,
VII-17-36-4-56-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.