XALQ DEPUTATLARI YAKKABOGʼ TUMANI KENGASHINING
qarori
Yakkabogʻ tumanida 2026-yilda melioratsiya obyektlarini tizimli taʼmirlash-tiklash ishlari loyihalarini belgilangan tartibda shakllantirish va amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4801-sonli qarorining 7-bandiga muvofiq 2021-yildan boshlab irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va tizimli taʼmirlash-tiklash boʼyicha ustuvor loyihalarni tanlash maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʼljallangan kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida PF-6024-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2025-yil 30-iyundagi “Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 401-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 24-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4801-sonli qarorining 7-bandiga muvofiq 2021-yildan boshlab irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlash-tiklash boʼyicha ustuvor loyihalarni tanlash maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʼljallangan kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida PF-6024-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2025 yil 30-iyundagi “Sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 401-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari U. Nurmanovning tumanda 2026-yilda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha ustuvor loyihalarni tanlash toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. 2026-yilda tumandagi meliorativ obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda tizimli taʼmirlash-tiklash ishlari boʻyicha obyektlarni tanlash, meliorativ obyektlarda tadbirlarni amalga oshirilishi, shuningdek ajratilayotgan byudjet mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanishni nazorat qilib boruvchi tuman Ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. 2026-yilda meliorativ obyektlarni tizimli taʼmirlash-tiklash boʻyicha ustuvor loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (U. Nurmanov) qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (Sh. Mustafoyev), tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi boshligʻi (M. Abrayev), tuman Fermerlar kengashi raisi (S. Ashurov), tuman Meliorativ uchastkasi boshligʻi (A. Tilovov), mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari va fermer xoʻjaliklari rahbarlari bilan birgalikda:
meliorativ obyektlarni tizimli taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirayotgan pudratchi tashkilotlarning mexanizatorlari uchun zarur shart sharoitlarni yaratish, bajariladigan ishlarning sifatini nazorat qilish va belgilangan tartibda qabul qilishda faol ishtirok etsinlar;
tizimli taʼmirlash-tiklash ishlari amalga oshirilgan meliorativ obyektlar (kollektor, yopiq-yotiq drenaj, gidropost, quvurli oʼtish, akveduk-dyuker, kuzatuv quduq, va dayver) inshoot hamda qurilmalarning qirgʼoqbuyi mintaqa maydonlariga, yon atroflariga har xil chiqindi va hokozolar tashlanishini oldini olish kollektor-drenaj tarmoqlari va inshootini koʼz qorachigʼidek asrab avaylash boʼyicha maxalla fuqаrolar yigʼini aholisi, fermerlar va klaster korxonalari rahbarlariga tushuntirishlar va koʼrsatmalar bersin.
6. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari Yakkabogʻ tuman Kengashining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi S. Ashurov va tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari U. Nurmanovlar zimmallariga yuklatilsin.
Kengash raisi A. GʻIYOSOV
Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumani,
2025-yil 29-noyabr,
VII-15-134-4-68-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.