28.11.2025 yildagi VII-15-114-4-224-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI KO'KDALA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-303-sonli Qonuni, “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeiyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5850-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli, 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 34-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash yuzasidan 2025-yiling 29-iyulida tumandagi 2890 ta geografik obyekt nomini qayta nomlash uchun davlat ekpertizasiga yuborilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 31-iyuldagi 03/08-8395-sonli ekspert xulosasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining 2025-yil 4-iyuldagi 07-15/5599-sonli murojaatnomasi va unda qayd etilgan Koʻkdala tumanidagi jami 2890 ta geografik obyekt (koʻcha, berk ko'cha, tor koʻcha)ni nomlash va qayta nomlash boʻyicha taklifi Ekspertiza komissiyasi tomonidan oʻrganib chiqilib kelib tushdi. Xulosaga koʻra, 2890 ta geografik obyekt nomi “Geografik obyektlar toʻgʻrisida”gi qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilgan. Nomi qonun talablariga muvofiq deb topilgan 2890 ta geografik obyekt nomlarini koʻrib, Kengash tasdigʻidan oʻtkazish uchun kiritildi. Tumanda amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar toʻgʻrisidagi tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshrish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi D. Xaydarovaning axborotini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 31-iyuldagi 03/08-8395-sonli ekspert xulosasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining 2025-yil 4-iyuldagi 07-15/5599-sonli murojaatnomasi va unda qayd etilgan Koʻkdala tumanidagi jami 2890 ta geografik obyekt (koʻcha, berk ko'cha, tor koʻcha)ni nomlash va qayta nomlash boʻyicha taklifi Ekspertiza komissiyasi xulosasi maʼlumot hamda ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining qonun talablariga mos deb topilgan 2890 ta geografik obyekt nomlari berilgan ekspert xulosalari ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, komunikasiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari (Oʻ. Abduraximov), tuman hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi (D. Xaydarova)ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi nomlangan koʻchalarda ishlarni tashkil etish, mazkur geografik obyektlarni Davlat reyestriga kiritish choralarini koʻrish va yakuniga yetkazish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman kadastr va tuman stasistika boʻlimlariga yangi nomlangan va nomi oʻzgargan geografik obyektlarni tuman xaritasiga joylashtirish, shuningdek, tegishlicha tuman stastistika maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.Tuman hokimligi axborot xizmati (O. Xudoyberdiyev)ga Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonunlari talablari asosida ushbu olib borilgan ishlarni ommaviy-axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari va tuman hokimining oʻrinbosari Oʻ. Abduraximov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi X. DJURAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati, Koʻkdala tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-15-114-4-224-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.