XALQ DEPUTATLARI MARHAMAT TUMANI KENGASHINING
qarori
Marhamat tumanining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, Byudjet kodeksining 27, 99-moddalari, “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-son Qonuniga muvofiq xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining 2025-yil 26-dekabrdagi VII-15-297-1-0-K/25-son qarori hamda Andijon viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 26-dekabrdagi 01/05/2-15-/2482-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-son Qonuni hamda xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining 2025-yil 26-dekabrdagi VII-15-297-1-0-K/25-son qarori (keyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Qarorga muvofiq, Marhamat tuman byudjetining 2026-yilgi daromadlari 142 325 750 ming soʻm va xarajatlari esa 142 325 750 ming soʻmga maʼlumot uchun qabul qilinganligi Marhamat tuman byudjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan byudjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 650.0 mln. soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Marhamat tumanining 2026-yil uchun mahalliy byudjet daromadlari prognozi 1-ilovaga muvofiq hamda Marhamat tumani mahalliy byudjeti xarajatlarining 2026-yil uchun asosiy koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman byudjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 1 786 216 ming soʻm miqdorida belgilansin.
Bunda, zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarini amaldagi byudjet qonunchiligiga muvofiq, byudjet tizimi byudjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi taʼminlansin.
5. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Sh. Abdurazzaqov, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (J. Boltayev), tuman soliq inspeksiyasi (X. Isayev) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy byudjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
6. Hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar har chorak yakuni bilan byudjet mablagʻlarining samarali va maqsadli sarflanganligi, xarajatlarning amaliy natijalari yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borsinlar.
Bunda, hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar:
a) byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
b) oʻzlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallari hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining toʻgʻri tuzilishi;
d) byudjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi;
e) tasarrufidagi tizim tashkilotlariga byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi;
f) oʻz tasarrufidagi tizimda byudjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilinishini;
g) byudjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirib borilishini taʼminlasinlar.
7. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 99-moddasiga muvofiq Qonunga muvofiqlashtirilgan holda qayta koʻrib chiqilgan hamda tegishli ilovalar bilan toʻldirilgan.
9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi (B. Abdullajonov) hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Sh. Abdurazzaqov zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi B. ABDULLAJONOV
Andijon viloyati, Marhamat tumani,
2025-yil 29-dekabr,
VII-16-96-1-24-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.