XALQ DEPUTATLARI BOʻSTON TUMANI KENGASHINING
qarori
Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “2025-yil uchun Boʻston tumani mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-3-013-1-19-K/24-sonli qarori ijrosi jarayonida tuman mahalliy budjetiga kiritilgan oʻzgarishlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 27 va 147-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi PF-5283-sonli “Mahalliy davlat hokimyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy budjetlarga tushumlarning toʻliqligini taʼminlash boʻyicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qoʻshmcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Boʻston tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari R. Ashur-oxunovning Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “2025-yil uchun Boʻston tumani mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-3-013-1-19-K/24-sonli qarori ijrosi jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevral kungi "Hududlarda 2025-yilda tejamkorlik va barqarorlikni taʼminlash tamoyili asosida budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanish va samaradorligini oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisida"gi 03-03/1-4456-raqamli 6-son bayoni, Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori, ijtimoiy soha obyektlari isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish boʻyicha 2020-yil 29-dekabrda 45-2020-son Davlat-xususiy sheriklik bitimiga 2024-yil 6-avgust kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida 45/1-2020-reyestr raqami bilan roʻyhatga olingan 1-sonli qoʻshimcha kelishuv, homiladorlik va kasallik varaqalari, kommunal toʻlovlar, harajatlarni maqbullashtirish, ish haqi miqdorining oshirilishi va boshqa harajatlar boʻyicha 2025-yil davomida kiritilgan oʻzgarishlarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Budjet Kodeksining 27-va 147-moddalariga asosan budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning aniqlangan miqdorlariga 2025-yil davomida kiritilgan oʻzgarishlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xususiy sherik “Ziyo 2002-MX” MCHJ tomonidan 2025-yil 1-noyabr kuni Davlat sherigi Boʻston tumani hokimligi va tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimiga yozgan 14-sonli xatiga asosan Bitim boʻyicha 15-noyabrdan 15-martgacha, yaʼni 120 kun issiqlik energiyasi bilan taʼminlash belgilanganligi, lekin maktabgacha taʼlim tashkilotlari va tibbiyot birlashmasida 1-noyabrdan 15 kunlik qoʻshimcha issiqlik energiyasi bilan taʼminlash zarurati tugʻilganligi va buning hisobiga 304 594,0 ming soʻmlik (tibbiyot birlashmasiga 84 277,0 ming soʻm, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 220 317,0 ming soʻm) qoʻshimcha xizmatlar amalga oshirilishi va ushbu mablagʻlar budjet tashkilotlarining budjet parametrlari hisobidan toʻlab berilishi inobatga olinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini taʼmilash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M. Gaziyevga, nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari doimiy komissiyasi (Sh. Mamarizayev) hamda kotibiyat mudiri J. Raxmonov zimmasiga yuklatilsin.
5. Ushbu qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi S. NOSIROVA
Andijon viloyati, Boʻston tumani,
2025-yil 16-dekabr,
VII-15-163-1-19-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.