QASHQADARYO VILOYATI SHAHRISABZ SHAHAR HOKIMINING
QARORI
Shahrisabz shahar, “Xabarlik” MFY, Poklik koʻchasiga “3.27. “Toʻxtash taqiqlangan” (Transport vositalarining toʻxtashi va toʻxtab turishi taqiqlanadi) taqiqlovchi yoʻl belgisini oʻrnatishga ruxsat berish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi 377-son “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligini boshqarmasining 2025-yil 4- noyabrdagi 24-493-sonli xati inobatga olinsin.
2. Shahrisabz shahar, “Xabarlik” MFY, Poklik koʻchasiga “3.27. “Toʻxtash taqiqlangan” (Transport vositalarining to'xtashi va to'xtab turishi taqiqlanadi) taqiqlovchi yoʻl belgisi oʻrnatilsin.
3. Yoʻl belgisini oʻrnatish ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirish shahar ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻi D. Toshpulatov hamda tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi M. Xusanov zimmasiga yuklatilsin.
4. Shahar hokimligi matbuot xizmati mazkur qarorni hokimlikning rasmiy veb-saytida joylashtirilishini hamda qaror rasman kuchga kirishi bilan ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishini taʼminlasin.
5. Shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi N. Meyliyev, shahar ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻi D. Toshpulatov yuqorida qayd etilgan manzilga “3.27. “Toʻxtash taqiqlangan” (Transport vositalarining to'xtashi va to'xtab turishi taqiqlanadi) taqiqlovchi yoʻl belgisi oʻrnatilgach, ushbu yoʻl belgisiga qatʼiy rioya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari U. Abdusalimov va shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi N. Meyliyev zimmasiga yuklatilsin.
Shahar hokimi SH. BURIYEV
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahar,
2026-yil 16-mart,
45-4-209-Q/26-son