XALQ DEPUTATLARI YANGIBOZOR TUMANI KENGASHINING
qarori
Xalq deputatlari Yangibozor tumani Kengashining 2025-yil 6-mayda “2025-yilning vegetatsiya davrida tumanda suvdan samarali foydalanish toʻgʻrisida”gi VII-8-47-12-218-K/25-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvarda “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli qaroriga asosan tuman irrigatsiya boʻlimlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etilgan va ularning vazifalari belgilab berilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandida suvdan foydalanish va suv isteʼmol qilishning belgilangan davri tugaganidan keyin ikki oy muddatda manbalardagi suvning haqiqiy miqdorini hisobga olgan holda, oʻtgan sugʻorish davri uchun suv olishning uzil-kesil limitlarini qayta koʻrib chiqish koʻrsatib oʻtilgan.
Shundan kelib chiqib, joriy yilning vegetatsiya (sugʻorish) davriga ajratilgan suv olish limitlari Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan koʻrib chiqilib, vazirlikning 2025-yil 30-oktabrdagi 187-sonli buyrugʻi bilan sugʻorish davriga ajratilgan limitlar qayta taqsimlandi.
Kun tartibidagi masalani atroflicha muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Yangibozor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A. Sapayevning, xalq deputatlari Yangibozor tumani Kengashining 2025-yil 6-mayda “2025-yilning vegetatsiya davrida tumanda suvdan samarali foydalanish toʻgʻrisida”gi VII-8-47-12-218-K/25-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan taklifi maʼqullansin.
2. Xalq deputatlari Yangibozor tumani Kengashining 2025-yil 6-maydagi VII-8-47-12-218-K/25-sonli qarori ilovalariga 1 va 2-ilovalarga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi M. Atajanov zimmasiga yuklansin.
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi R. JUMANIYAZOV
Xorazm viloyati, Yangibozor tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-16-142-12-178-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.