XALQ DEPUTATLARI QOʻSHKOʻPIR TUMANI KENGASHINING
qarori
Qoʻshkoʻpir tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 ва 437-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli, viloyat soliq boshqarmasi va viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 3-dekabrdagi qoʻshma xatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli, viloyat Soliq boshqarmasi va viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 4-dekabrdagi qoʻshma xatlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mahallalar iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab, 2026-yil 1-yanvardan yuridik va jismoniy shaxslar uchun belgilangan yer soligʻi bazaviy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari 1, 2-ilovalarga muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 dan 1,3 gacha qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 3-ilovaga muvofiq;
noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, yer soligʻining amaldagi stavkalari 1,2 baravarga indeksatsiya qilinishi inobatga olinsin hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari keyingi yil uchun belgilangan mahalliy byudjet prognozi doirasidan kelib chiqqan holda kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllash maqsadga muvofiq boʻladi.
3. Ushbu qaror “Hayot koʻzgusi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
4. Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman kengashining 2025-yil 4-yanvardagi VII-6-2-12-172-K/25-sonli qarori va 1, 2-ilovalari 2026-yil 1-yanvar kunidan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (S. Pirnapasov) hamda xalq deputatlari tuman kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (N. Boymuratova) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi SH. AXMEDOV
Xorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-21-131-12-172-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.