05.03.2026 yildagi VII-24-27-12-172-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QOʻSHKOʻPIR TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani hududida koʻrsatiladigan obodonlashtirish va maishiy chiqindi xizmatlari uchun toʻlov tariflarini miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarorining 8.a-bandida 2026-yil 1-yanvardan boshlab obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tuman (shahar)lar markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatishga ruxsat beriladi. Bunda chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatganlik boʻyicha tariflar tuman (shahar)lar hokimliklari tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar)lar kengashlariga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan, kun tartibidagi masalalarni atroflicha muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoʻshkoʻpir tumani hokimi oʻrinbosari — tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi R.Matyaqubovning tuman hududida koʻrsatiladigan obodonlashtirish va maishiy chiqindi xizmatlari uchun toʻlov tariflarini miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli qarori 8.a-bandida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlari va budjet tashkilotlariga koʻrsatiladigan chiqindilarni olib chiqish va koʻrsatiladigan obodonlashtirish xizmati narxlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻshkoʻpir tumani hokimligi axborot xizmati rahbari (M. Matyaqubov)ga mazkur qarorni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman kengashining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi A. Erkinov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi M. TANGRIBERGANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 5-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-24-27-12-172-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.