XALQ DEPUTATLARI QOʻSHKOʻPIR TUMANI KENGASHINING
qarori
2026-yilda Qoʻshkoʻpir tumani boʻyicha “Alkagol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkagol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yigʻimlarining cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-son qarori ijrosini taʼminlash va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6-va 24-moddalariga asosan muvofiq xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuniga 9-ilova bilan 2026-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalari tasdiqlanganligi, shunigdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar” toʻgʻrisidagi 387-sonli qarori 2-bandi v) kichik bandida xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi hamda mazkur yigʻimlardan tushgan tushumlar toʻliq miqdorda tuman(shahar)lar budjetlariga yoʻnaltirilishi belgilab qo`yilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2.Yuqoridagilardan kelib chiqib 2026-yil uchun Qoʻshkoʻpir tumani hududida alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning miqdorlariga kiritiladigan o`zgarishlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoʻshkoʻpir tumani hokimining birinchi oʻrinbosari S. Pirnapasov tuman soliq inspeksiyasi (Oʻ. Ashirov) bilan birgalikda mazkur qaror oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
4.Tuman hokimligining axborot xizmati (M. Matyaqubov) “Hayot koʻzgusi” gazetasi (M. Tillayeva) bilan hamkorlikda mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy vebsaytiga joylashtirsin hamda “Hayot koʻzgusi” gazetasida rasmiy eʼlon qilsin.
5. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi N. Boymuratova zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi M. TANGRIBERGANOV
Xorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir tumani,
2026-yil 5-mart,
VII-24-26-12-172-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.