18.02.2026 yildagi VII-23-15-12-172-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QOʻSHKOʻPIR TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshkoʻpir tumanidagi geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari sohasida ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qaroriga, Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining 2025-yil 30-dekabrdagi 01-19/14165-sonli xatiga hamda Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 24-yanvardagi 05-19-1391-sonli ekspertiza xulosasiga asosan xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 24-yanvardagi 05-19-1391-sonli ekspertiza xulosasi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoʻshkoʻpir tumanidagi 80 ta nomsiz koʻchalarning yangi nomlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻshkoʻpir tumani hokimi oʻrinbosari, geografik obyektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi tuman komissiyasi raisining oʻrinbosari X. Ibragimov, tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (N. Yuldoshev), kadastrlar palatasi Qoʻshkoʻpir tuman boʻlimi (D. Polvonov)larga bir hafta muddatda Qoʻshkoʻpir tumani hududidagi nomlari oʻzgargan koʻchalarning nomlarini lotin yozuvida peshlavhalarga yozib hamda raqamlab, ularni belgilangan tartibda oʻrnatish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoʻshkoʻpir tumani hokimligi axborot xizmati rahbari M. Matyakubov, “Hayot koʻzgusi” gazetasi bosh muharriri M. Tillayevalarga ushbu qarorni hokimlik veb-sayti va gazeta sahifasida chop etish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi R. Ismoilova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi M. TANGRIBERGANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 18-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-23-15-12-172-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.