XALQ DEPUTATLARI QOʻSHKOʻPIR TUMANI KENGASHINING
qarori
Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tumani kengashining 2025-yil 7-maydagi “2025-yil sugʻorish mavsumida tumanda suvdan samarali foydalanish toʻgʻrisida”gi VII-12-54-12-218-K/25-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli qaroriga asosan tuman irrigatsiya boʻlimlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etilgan va ularning vazifalari belgilab berilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandida suvdan foydalanish va suv isteʼmol qilishning belgilangan davri tugaganidan keyin ikki oy muddatda manbalardagi suvning haqiqiy miqdorini hisobga olgan holda, oʻtgan sugʻorish davri uchun suv olishning uzil-kesil limitlarini qayta koʻrib chiqish koʻrsatib oʻtilgan.
Shundan kelib chiqib, joriy yilning vegetatsiya (sugʻorish) davriga ajratilgan suv olish limitlari Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan koʻrib chiqilib, vazirlikning 2025-yil 30-oktabrdagi 187-sonli buyrugʻi bilan sugʻorish davriga ajratilgan limitlar qayta taqsimlandi.
Yuqorida keltirilgan masalani atroflicha muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tumani kengashi qaror qiladi:
1. Qoʻshkoʻpir tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori X. Valiyevning xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tumani kengashining 2025-yil 7-maydagi “2025-yil sugʻorish mavsumida tumanda suvdan samarali foydalanish toʻgʻrisida”gi VII-12-54-12-218-K/25-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan taklifi maʼqullansin.
2. Tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasining suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlar boʻyicha 2025-yilning yozgi sugʻorish davri uchun cheklangan suv miqdori (limit) 1-ilovaga muvofiq qayta tasdiqlansin.
3. Mazkur qaror tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi” raisi A. Erkinov zimmasiga yuklatilsin.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi M. TANGRIBERGANOV
Xorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir tumani,
2026-yil 28-yanvar,
VII-22-10-12-172-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.