XALQ DEPUTATLARI QAMASHI TUMANI KENGASHINING
Qarori
Qamashi tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan 2025-yilda sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgrisida”gi Qonunning 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Qamashi tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A. Eshqobilovning 2026-yil 17-fevraldagi 27-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qamashi tumanidagi fermer xoʻjaliklariga va boshqa suvdan foydalanuvchilarga 2025-yil sugʻorish mavsumi uchun ajratilgan suv limiti ilovaga muvofiq qayta tasdiqlansin.
3. Qamashi tumani hokimining oʻrinbosari H. Azizov hamda tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (Eshqobilov)ga:
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash - tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borish vazifasi yuklatilsin.
4. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan xalq deputatlari Qamashi tumani Kengashining 2025-yil 12-noyabrdagi VII-13-90-4-58-K/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari H. Azizov hamda xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Mirzayev) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi NOMOZOV ABDUMALIK ERGASHOVICH
Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani,
2026-yil 18-mart,
VI-19-26-4-58-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.