XALQ DEPUTATLARI YANGIBOZOR TUMANI KENGASHINING
Qarori
2026-yil vegetatsiya davrida tumanda suvdan samarali foydalanish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-son qaroriga asosan tuman irrigatsiya boʻlimlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etilgan va ularning vazifalari belgilab berilgan.
Shuningdek, ushbu qarorda suv xoʻjaligi tashkilotlariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga vegetatsiya davridagi sugʻorish limitlarini joriy yilning 1-apreliga qadar yetkazish va tasdiqlash uchun tuman xalq deputatlari Kengashiga kiritish topshirilganligi, hamda shunga muvofiq, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan 2026-yilgi vegetatsiya mavsumi uchun isteʼmolchilarning suv manbalari va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha suv olish limitlari ishlab chiqilgan.
Kun tartibidagi masalani atroflicha muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlar boʻyicha 2026-yilning yozgi sugʻorish davri uchun cheklangan suv miqdori (limit) 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari A. Qazaqov va tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A. Sapayevlar:
suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar boʻyicha ishlab chiqilgan suv olish limitlarini barcha suv isteʼmolchilariga yetkazsin;
suv isteʼmolchilari bilan ularga ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarning tuzilishini hamda ularni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (A. Sapayev) va tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi (F. Madaminov)ga:
suvdan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlari va tushuntirish ishlarini olib borish vazifasi yuklatilsin.
4. Xalq deputatlari Yangibozor tumani Kengashi deputatlari oʻzi saylangan hududda 2026-yilning vegetatsiya mavsumi uchun isteʼmolchilarning suv manbalari va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha suv olish limitlarini nazorat qilsin.
5. Mazkur qaror tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, suv xoʻjaligi ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi M. Atajanov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi D. ARTIKOVA
Xorazm viloyati, Yangibozor tumani,
2026-yil 4-may,
VII-21-37-12-178-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.