18.06.2026 yildagi 223-12-0-Q/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XORAZM VILOYATI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat transportida yoʻlkira haqini toʻlashda naqd pulsiz toʻlov tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-martdagi “Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-139-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-avgustdagi “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi majlisining 71-sonli bayoni 38-bandiga muvofiq umumiy foydalaniladigan jamoat transportida koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish, jamoat transportida toʻlovlar shaffofligini taʼminlash, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali yashirin iqtisodiyotni bartaraf etish, yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimlaridan foydalanishni ragʻbatlantirish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6 va 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-martdagi “Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-139-sonli qarori bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat transportida yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimidan foydalanishni ragʻbatlantiruvchi tariflar joriy etilishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish haqini toʻlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan tariflar boʻyicha amalga oshirilishi qayd etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yoʻlovchi ogʻirligi 20 kilogrammdan ortiq boʻlgan bagajini tashish xizmati uchun bir martalik toʻlov tarifi 4 000 (toʻrt ming) soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trolleybus yoʻnalishlarida yoʻlkira haqi bir yoʻlovchi uchun 3 000 (uch ming) soʻm (QQS bilan) qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar jozibadorligini oshirish hamda avtobus va trolleybus yoʻnalishlarida yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bosqichda 2026-yil 1-iyuldan SHI-4, SHI-5, SHI-7, SHI-13, SHI-18, SHI-19 va SHI-28-sonli avtobus yoʻnalishlari hamda T1-sonli “Urganch shahri — Xiva shahri” trolleybus yoʻnalishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bosqichda qolgan avtobus hamda trolleybus yoʻnalishlarida belgilangan tartibda brutto-shartnomasi rasmiylashtirilgandan keyin yoʻlkira haqini toʻlashda naqd pulsiz toʻlov tizimi amaliyoti joriy etilsin va toʻlovlar faqat elektron tarzda qabul qilinishi yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Urganch shahar hokimligi (B. Radjapov), Urganch tumani hokimligi (Gʻ. Sultanov), Qoʻshkoʻpir tumani hokimligi (Sh. Axmedov), Xiva tumani hokimligi (S. Palvanov), Xiva shahar hokimligi (T. Davletov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-iyulga qadar yoʻlkira haqini toʻlash naqd pulsiz faqat elektron tarzda amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyilishi munosabati bilan D215 “Urganch — Xiva” avtomobil yoʻlining tegishliligicha oʻz hududida naqd pulsiz toʻlov tizimi uchun infratuzilma obyektlari (zarur bekatlarni qurish hamda barcha bekatlarda va mavjud bekatga yaqin joylarda (radiusi: shaharlarda — 150 — 200 metr, tumanlarda — 500 — 600 metr) chipta olishga moʻljallangan infokiosklar) bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ (S. Beregin) bilan birgalikda infokiosklar oʻrnatiladigan bekatlarning manzilli roʻyxatiga muvofiq bosqichma-bosqich elektr quvvatiga (50 metr radius atrofida) ulash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat transport boshqarmasi (T. Satimov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, ikki kun muddatda qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoʻlovchi tashuvchi korxonalar bilan tuzilgan ommaviy oferta shartnomalariga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchi tashuvchi korxonalarga tegishli har bir yoʻnalish boʻyicha harakatlanayotgan avtobus hamda trolleybuslar salonida validatorlarning uzluksiz va sifatli ishlashini taʼminlash hamda yoʻlovchilarning ushbu qurilmadan foydalanishda qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlkira haqini toʻlash naqd pulsiz faqat elektron tarzda amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyilishi munosabati bilan naqd pulsiz toʻlov tizimining yoʻlovchilar uchun qulayligi va afzalliklari yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali keng ommaga yetkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Transport nazorati inspeksiyasi viloyat hududiy boʻlimi (M. Anyozov) “Xorazm yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi (U. Tajiyev) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch shahrida barcha yoʻnalishlarda harakatlanayotgan avtobuslar hamda trolleybus yoʻnalishlaridagi trolleybuslarning validatorlar bilan jihozlanishini taʼminlasin hamda yoʻlkira haqini avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi ATTO orqali toʻlanishini doimiy nazoratga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
validator oʻrnatilmagan yoʻlovchi tashuvchi avtobus hamda trolleybus korxonalariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Viloyat hokimining 2025-yil 11-iyundagi “Urganch va Xiva shaharlari hududida yoʻlovchilar tashish transporti xizmatlariga yangi tariflarning joriy qilinishi toʻgʻrisida”gi 263-12-0-Q/25-sonli qarorining 2-bandi “a” va “b” kichik xatboshilari “soʻm” soʻzlaridan keyin “QQS bilan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror “Xorazm haqiqati” gazetasida rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari A. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimi J. RAXIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 18-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223-12-0-Q/26-son