XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHINING
Qarori
“Oʻzbekiston — Turkmaniston” erkin savdo zonasidagi obyektlarning 2026-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovlarining eng kam stavkalarini tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi “Oʻzbekiston — Turkmaniston” erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-90-sonli qarori, 2025-yil 23-iyundagi PF-98-sonli Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 660-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat muassasasi direktori M. Maxmudovning 2026-yil 21-maydagi 87/01-03-sonli xati hamda viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2026-yil 8-maydagi 02-04-33-32/299-sonli xulosasi, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi v.v.b. D. Abdukarimovning 2026-yil 13-maydagi 387/01-04-sonli xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Oʻzbekiston — Turkmaniston” erkin savdo zonasidagi obyektlarning ijara toʻlovlarining eng kam stavkalari 1-ilovaga;
Ijara toʻlovining eng kam miqdorini hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar 2-ilovaga;
Ijara toʻlovining eng kam stavkalarini koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda hisoblab chiqarish tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. “Hazorasp” EIZ direksiyasi (M. Maxmudov) “Oʻzbekiston — Turkmaniston” erkin savdo zonasi obyektlarining (savdo doʻkonlari, savdo pavilyonlari, hostel, oshxona, sartaroshxona, omborxona, dorixona) “e-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron-onlayn auksionga joylashtirilishini taʼminlasin.
4. Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi (Oʻ. Matqurbanov) hamda “Xorazm haqiqati” gazetasi tahririyati (S. Raximberganova) ushbu qarorni rasman eʼlon qilsin.
5. Ushbu qaror tasdiqlangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi raisi K. Igambergenov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi A. RADJABOV
Xorazm viloyati,
2026-yil 23-iyun,
VII-23-70-12-0-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.